Iqtisodiyot va moliya vazirligining 21.04.2026 y. 358-son, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining 07.04.2026 y. 2026-12-son, Soliq qoʻmitasining 30.03.2026 y. 2026-12-son "Aholi punktlarini borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlar tarkibiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning muqaddimasiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 06.05.2026 y. 1868-2-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
06.05.2026 y.
N 1868-2
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYoT VA MOLIYa VAZIRLIGINING 21.04.2026 y. N 358 |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI URBANIZATsIYa VA UY-JOY BOZORINI BARQAROR RIVOJLANTIRISh MILLIY QOʻMITASI HUZURIDAGI KADASTR AGENTLIGINING 07.04.2026 y. N 2026-12 |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ QOʻMITASINING 30.03.2026 y. N 2026-12 |
|
QARORI
Aholi punktlarini borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlar
tarkibiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning
muqaddimasiga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008 yil 14 oktyabrdagi 101, 113 va 2008-43-son qarori (roʻyхat raqami 1868, 2008 yil 11 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 yil., 46-son, 458-modda) bilan tasdiqlangan Aholi punktlarini borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlar tarkibiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Mazkur Yoʻriqnoma aholi punktlarida oʻz faoliyatlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari uchun belgilangan aylanmadan olinadigan soliqning pasaytirilgan stavkalarini qoʻllash maqsadida aholi punktlarini borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlar tarkibiga kiritish tartibini belgilaydi.".
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir
|
D.A. Kuchkarov |
Direktor oʻrinbosari
|
M.S. Mirmaksudov |
Rais |
F.J. Pulatov |
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 8 may

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter