Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 28.03.2026 y. 84-son "Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari faoliyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 06.05.2026 y. 3829-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
06.05.2026 y.
N 3829
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
KORRUPSIYaGA QARShI KURAShISh
AGENTLIGI DIREKTORINING
28.03.2026 y.
N 84
BUYRUGʻI
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari
faoliyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni
tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 dekabrdagi PF-270-son "Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni, 2021 yil 6 iyuldagi PQ-5177-son "Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari faoliyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktor A.E. Burхanov
2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy
normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2021 yil 6 sentyabrdagi 27-son "Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 3319, 2021 yil 8 sentyabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.09.2021 y., 10/21/3319/0856-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2025 yil 11 apreldagi 69-son "Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi buyrugʻiga (roʻyхat raqami 3619, 2025 yil 23 aprel) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2025 y., 10/25/3619/0399-son) ilovaning 1-bandi.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 7 may

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter