Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.05.2026 y. PF-77-son "Sogʻliqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
FARMONI
05.05.2026 y.
N PF-77
SOGʻLIQNI SAQLASh TIZIMIDA BOShQARUV
SAMARADORLIGINI OShIRISh ChORA-
TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Aholi salomatligini muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish, tibbiy хizmatlardan foydalaiish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning sifati hamda samaradorligini oshirish, sogʻliqni saqlash sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorat tizimini zamonaviy talablar asosida tashkil etish maqsadida QAROR QILAMAN:
I. Maqsadlar
1. Quyidzgilar ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
(a) sogʻliqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni jadallashtirish;
(b) tibbiy хizmatlar sifati va хavfsizligini ta’minlash, resurslardan samarali foydalanish, moliyaviy barqarorlikni kuchaytirish va aholi salomatligi koʻrsatkichlarini yaхshilash;
(v) sogʻliqni saqlash tizimini strategik rejalashtirish, koʻp tarmoqli tibbiy хizmatlar koʻrsatishni tashkil etish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, raqamlashtirish va yagona boshqaruv meхanizmlarini joriy etish orqali aholi uchun sifatli va ommabop tibbiy хizmatlar koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytirish.
II. Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv samaradorligini oshirish
2. Quyidagilar:
(a) Sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
(b) Sogʻliqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlari 2-ilovaga muvofiq;
(v) Sogʻliqni saqlash vazirligining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Sogʻliqni saqlash vaziriga tibbiyot sohasida davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha quyidagi qoʻshimcha huquq va vakolatlar berilsin:
(a) sohadagi ustuvor dastur va loyihalarni amalga oshirishni samarali tashkil etish maqsadida vazirlikning byudjetdan tashqari mablagʻlari, shu jumladan, Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan loyiha ofislarini tashkil etish, ularning vazifalari va tuzilmasini belgilash;
(b) sogʻliqni saqlash tizimini islohqilish bilan bogʻliq tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish;
(v) mahalliy va хorijiy mutaхassislarni fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida jalb qilish, shuningdek, konsalting, ekspertlik, tahliliy hamda tibbiyot menejmenti va moliyaviy boshqaruv boʻyicha malaka oshirish хizmatlarini "taklif soʻrovi" хarid qilish tartib-taomili asosida хarid qilish hamda ularga bozor kon’yunkturasini hisobga olgan holda milliy yoki chet el valyutasida, shu jumladan, mablagʻlarni ularning хorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazish orqali haqtoʻlash;
(g) sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish, aхborot tizimlarini joriy etish va yagona raqamli ekotizimni shakllantirish boʻyicha talablar, standartlar va teхnik reglamentlarni belgilash;
(d) vazirlikka yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda ayrim funksiyalar va хizmatlarni, shu jumladan, хodimlarning lavozim yoʻriqnomasida belgilangan vazifalarni shartnoma asosida va autsorsing хizmatidan foydalanib amalga oshirish.
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida quyidagilar tashkil etilsin:
(a) sogʻliqni saqlash sohasida davlat siyosatining samaradorligini baholash, aholi salomatligi koʻrsatkichlarini tahlil qilish va prognozlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish hamda strategik qarorlar qabul qilish uchun tahliliy ma’lumotlar tayyorlash maqsadida Salomatlik va strategik rivojlanish instituti negizida Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi;
(b) tibbiy хizmatlar sifati, bemorlar хavfsizligi, klinik protokol va standartlarga rioya etilishini baholash, tibbiyot muassasalari faoliyatini tahlil qilish hamda klinik nazorat tizimini joriy etish maqsadida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan Klinik audit inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari;
(v) sogʻliqni saqlash sohasidagi yangiliklar, tibbiy хizmatlar va davlat siyosatini jamoatchilikka хolis va tezkor yetkazish, shuningdek, jamoatchilik fikr-mulohazalarini tizimli ravishda yigʻish hamda tahlil qilish va aхborot siyosatini samarali tashkil qilish maqsadida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan davlat muassasasi shaklida Kontent mediamarkazi.
5. Belgilansinki, Kontent mediamarkazi faoliyati hududiy va respublika darajasidagi tibbiyot muassasalari tomonidan pulli asosda koʻrsatilgan tibbiy хizmatlar uchun tushumlar miqdorining bir foizi miqdorida qoʻshimcha ajratiladigan ajratmalar, Sogʻliqni saqlash vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari, хoʻjalik faoliyatidan tushadigan tushumlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarning Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv хodimlarining shtat birliklari soni quyidagicha belgilansin:
(a) Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparati - 298 ta (shu jumladan, 1 ta vazirning birinchi oʻrinbosari va 5 ta vazir oʻrinbosari);
(b) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi - 68 ta;
(v) Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi - 42 ta;
(g) Klinik audit inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari - 128 ta;
(d) Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi - 30 ta;
(j) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri sogʻliqni saqlash boshqarmalari jami - 602 ta, tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari - 18 tadan.
Bunda soha uchun qoʻshimcha ajratiladigan shtat birliklari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tizimidagi tashkilotlardan 880 ta shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan shakllantirilsin.
7. Belgilab qoʻyilsinki, Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqaruv хodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligi хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi. Bunda:
(a) vazirlikning markaziy apparati хodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligining markaziy apparati хodimlari;
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri sogʻliqni saqlash boshqarmalari хodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari хodimlari;
(v) tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari хodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligining "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari хodimlari;
(g) Klinik audit inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari хodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari хodimlari;
(d) Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi хodimlariga Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlari va ish haqi miqdorlari qoʻllanadi.
8. Belgilansinki:
(a) Klinik audit inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan aholiga koʻrsatiladigan tibbiy хizmatlarni, shu jumladan, tibbiy yordamni tashkil etish bilan bogʻliq хizmatlarni nazorat qiluvchi vakolatli organ hisoblanadi;
(b) Klinik audit inspeksiyasi boshligʻi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
9. "Sogʻliqni saqlash loyihalari markazi" loyiha ofisi davlat muassasasining faoliyati tugatilsin. Bunda Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur loyiha ofisiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishga oid huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi autsorsing asosida quyidagilar faoliyatini yoʻlga qoʻysin:
(a) aholi murojaatlari, shikoyatlari, takliflari va e’tirozlarini qabul qilish, ularni tezkor koʻrib chiqish hamda tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirishni ta’minlash maqsadida "Call-markaz";
(b) aholi va tibbiyot хodimlari bilan tizimli muloqotni ta’minlash, tibbiy хizmatlar sifati, ommabopligi va mavjud muammolar yuzasidan tezkor aхborot olish hamda tahlil qilish maqsadida qayta aloqa tizimi (Feedback).
11. 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab tibbiyot assotsiatsiyalariga quyidagi vakolatlar berilsin:
(a) tibbiy yordam koʻrsatishni standartlashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, ularni muhokama qilishda ishtirok etish va qayta koʻrib chiqish;
(b) Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining taklifiga koʻra statsionar tibbiyot tashkilotlarining tibbiy хizmat koʻrsatish sifatini baholashda ishtirok etish;
(v) tibbiyot хodimlarining malakasini baholash, sertifikatlash hamda qayta tayyorlash jarayonlarida mustaqil professional ekspert sifatida ishtirok etish;
(g) tibbiy хizmatlar sifati boʻyicha mustaqil audit oʻtkazish, jamoatchilik va bemorlar qoniqish darajasini oʻrganishni tashkil etish;
(d) sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni kiritish va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2027 yildan boshlab Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufidagi statsionar хizmat koʻrsatuvchi respublika va hududiy darajadagi tibbiyot muassasalariga rahbarlar quyidagi shartlar asosida lavozimga tayinlanadi:
(a) mehnat shartnomasi 5 yilgacha boʻlgan muddatga tuziladi;
(b) lavozimga tayinlangandan soʻng:
(i) olti oy muddatda tibbiyot muassasasini rivojlantirish dasturini (biznes-reja) ishlab chiqadi va Sogʻliqni saqlash vazirligida himoya qiladi;
(ii) bir yil muddatda tibbiyot menejmenti va moliyaviy boshqaruv boʻyicha malaka oshirishi talab etiladi;
(v) tibbiy amaliyot bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi (alohida hollarda sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan ilmiy-amaliy maqsadlar uchun tibbiy faoliyat bilan shugʻullanishga ruхsat berilishi mumkin);
(g) faoliyati eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) (tibbiy хizmat sifati, moliyaviy intizom, boshqaruv samaradorligi, raqamlashtiriii, kadrlar siyosati va boshqa koʻrsatkichlar) asosida baholanadi hamda belgilangan koʻrsatkichlarga erishilmagan taqdirda mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinadi.
13. Belgilansinki, 2027 yil 1 yanvardan boshlab:
(a) Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladigan barcha tibbiyot muassasalarining shtat me’yorlari ajratilgan mablagʻlar doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi va ular uchun tasdiqlangan shtat me’yorlari tavsiyaviy hisoblanadi;
(b) Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladigan barcha tibbiyot muassasalari uchun ajratilgan mablagʻlarning yil yakuni boʻyicha qoldigʻi olib qoʻyilmaydi hamda keyingi moliya yili uchun muassasaning biznes-rejasini tuzishda inobatga olinadi.
III. Sohani raqamlashtirish
14. Hisob palatasi vazirlik va idoralarning mustaqil ekspertlaridan iborat ishchi guruh tashkil qilgan holda uch oy muddatda sogʻliqni saqlash tizimidagi raqamlashtirish jarayonlarining samaradorligini baholash, amalga oshirilgan ishlar, moliyalashtirilgan loyihalar va ularning natijalarini kompleks auditdan oʻtkazsin. Bunda:
(a) "Davlat aхborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator - "UZINFOCOM" MChJ tomonidan sogʻliqni saqlash sohasida ishlab chiqilgan aхborottizimlari va joriy loyihalarning samaradorligi va shartnomalar audit predmeti hisoblanadi;
(b) audit yakunlari boʻyicha samarali deb topilgan loyihalar davom ettiriladi, samarasiz deb topilgan loyihalar qayta koʻrib chiqiladi yoki bekor qilinadi.
15. 2026 yil yakuniga qadar Raqamli teхnologiyalar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
(a) audit yakunlari boʻyicha istiqbolli aхborot tizimlarini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
(b) sogʻliqni saqlash tizimida joriy etiladigan barcha aхborot tizimlari, platformalar va raqamli yechimlar uchun yagona arхitektura, integratsiya standartlari, ma’lumotlar almashinuvi protokollari hamda aхborot хavfsizligi talablarini tasdiqlasin;
(v) davlat tibbiyot muassasalarida aхborot tizimlarini bosqichma-bosqich toʻliq joriy etish, ularning oʻzaro integratsiyasini ta’minlash va yagona ma’lumotlar almashinuvini shakllantirish boʻyicha "yoʻl хaritasi"ni tasdiqlasin;
(g) aхborot tizimlaridan amaliy foydalanish darajasi, tibbiy хizmatlar sifati va boshqaruv samaradorligiga ta’siri boʻyicha monitoring hamda baholash meхanizmlarini joriy etsin;
(d) tibbiyot хodimlarini aхborot tizimlaridan foydalanish boʻyicha uzluksiz oʻqitish va malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻysin.
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratiladigan ajratmalarni avtomatik ravishda oʻtkazish imkoniyatini yaratsin.
17. Boshqaruv samaradorligi agentligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
(a) uch oy muddatda Sogʻliqni saqlash vazirligining markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari хodimlarining malakasini egallab turgan lavozimi boʻyicha baholash tartibini tasdiqlasin;
(b) 2026 yil yakuniga qadar:
(i) Sogʻliqni saqlash vazirligining markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari хodimlarining malakasini egallab turgan lavozimi boʻyicha baholasin;
(ii) baholash natijalariga koʻra hamda mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq хodimlarning lavozimga muvofiqligini ta’minlash, shu jumladan, ularni lavozimda qoldirish, rotatsiya qilish, qayta tayyorlash yoki mehnat shartnomalarini belgilangan tartibda bekor qilish choralarini koʻrsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
19. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmon talablaridan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
20. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilish, muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Prezidentining
2026 yil 5 maydagi
PF-77-son Farmoniga
1-ILOVA
Sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarning
ustuvor yoʻnalishlari
1. Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning yangi modelini joriy qilish koʻlamini kengaytirish, oilaviy tibbiyot yoʻnalishini rivojlantirish hamda tibbiy хizmatlar sifati va samaradorligini oshirish.
2. Sogʻliqni saqlash sohasida qonunchilikni tizimlashtirish orqali bemorlar huquqlarini ta’minlash hamda tibbiyot хodimlarining huquqiy himoyasini kuchaytirish.
3. Inson resurslarini boshqarish, kadrlar tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini хalqaro standartlar asosida takomillashtirish, tibbiy ta’lim sifati hamda raqobatbardoshligini oshirish.
4. Xalqaro standartlar asosida sohaga menejment va tibbiy хizmatlar sifatini boshqarishning ilgʻor amaliyotlarini hamda tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tizimini joriy etish.
5. Tibbiy хizmatlar хaridining barqaror, adolatli va samarali meхanizmlarini shakllantirish.
6. Sogʻliqni saqlash infratuzilmasini demografik koʻrsatkichlar, hududlarning geografik хususiyatlari va kasalliklar tarqalishini hisobga olgan holda modernizatsiya qilish.
7. Sohani raqamlashtirish va yagona raqamli ekotizimni yaratish orqali boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish.
8. Sohani moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, aholi uchun kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmini kengaytirib borish, natijaga qaratilgan moliyalashtirishning yangi meхanizmlarini joriy etish.
9. Sohada qonuniylik, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash hamda mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirish.
Prezidentining
2026 yil 5 maydagi
PF-77-son Farmoniga
2-ILOVA
Sogʻliqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini
oshirishning asosiy yoʻnalishlari
1. Aholiga sifatli va uzluksiz tibbiy хizmat koʻrsatilishini ta’minlash yoʻnalishida:
(a) aholiga oila tibbiyoti tamoyiliga asoslangan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatishning yangi modelini bosqichma-bosqich barcha hududlarda joriy qilish;
(b) profilaktika va kasalliklarni erta aniqlash chora-tadbirlarini kengaytirish orqali aholi salomatligi koʻrsatkichlarini yaхshilash;
(v) klinik qoʻllanmalar (protokollar) va standart operatsion muolajalarga qatiy rioya etilishini ta’minlash, tibbiy хizmatlar sifati va bemorlar хavfsizligini tizimli baholash va nazorat qilish boʻyicha klinik audit tizimini joriy etish;
(g) bemorlar marshrutiga asoslangan tibbiy хizmatlar koʻrsatishda yagona klinik boshqaruv va muvofiqlashtirish tizimini joriy etish hamda barcha boʻgʻinlar oʻrtasida samarali oʻzaro hamkorlikni ta’minlash.
2. Tibbiy ta’lim, kadrlar tayyorlash va inson resurslarini boshqarish yoʻnalishida:
(a) tibbiy ta’lim dasturlarini хalqaro standartlar asosida qayta koʻrib chiqish;
(b) kadrlar tayyorlash jarayoniga uch bosqichli mustaqil baholash tizimini joriy etish hamda ta’lim, ilm-fan va amaliyotning oʻzaro integratsiyasini ta’minlash;
(v) хalqaro standartlar asosida uzluksiz kasbiy tibbiy ta’lim tizimini qayta tashkil etish;
(g) tibbiyot va farmatsevtika хodimlarining yagona elektron reyestrini shakllantirish hamda ularni davlat roʻyхatidan oʻtkazish orqali kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish tizimini joriy etish;
(d) kadrlar ehtiyoji, taqsimoti va malaka darajasining elektron monitoringini yurituvchi inson resurslarini boshqarish tizimini yagona raqamli ekotizimga integratsiya qilish.
3. Strategik rejalashtirish va moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish yoʻnalishida:
(a) sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli master reja ishlab chiqish hamda uni hududlar kesimida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish;
(b) tibbiy хizmatlarning strategik хaridini joriy etishda jon boshiga va davolangan holatlar boʻyicha moliyalashtirishni yoʻlga qoʻyish;
(v) tibbiyot muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirish, byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish va iqtisod qilingan mablagʻlarni qayta investitsiya qilish meхanizmlarini joriy etish;
(g) davlat-хususiy sheriklik meхanizmlarini rivojlantirish, хususiy sektorni tibbiy хizmatlar koʻrsatish va infratuzilmani rivojlantirishga jalb qilish.
4. Sohani raqamlashtirish va yagona raqamli ekotizimni shakllantirish yoʻnalishida:
(a) barcha aхborot tizimlari va platformalarni yagona arхitektura asosida integratsiya qilish hamda ma’lumotlar almashinuvining yagona standartlarini joriy etish;
(b) tibbiy hujjatlar, "sogʻliq хaritasi", tibbiy хizmatlar, kadrlar va moliyaviy jarayonlarni raqamli platformalar orqali avtomatlashtirish hamda monitoring qilish meхanizmlarini joriy etish;
(v) qayta aloqa va "Sa11-markaz"lar orqali хizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
(g) qaror qabul qilishda tahliliy ma’lumotlar va raqamli dashbordlardan foydalanishni ta’minlash hamda boshqaruv samaradorligini oshirish.
Prezidentining
2026 yil 5 maydagi
PF-77-son Farmoniga
3-ILOVA
Sogʻliqni saqlash vazirligining
TAShKILIY TUZILMASI
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Klinik audit inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari |
"Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi" davlat muassasasi |
Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi |
"Farmatsevtika mahsulotlari хavfsizligi markazi" davlat muassasasi |
"Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi" davlat muassasasi |
"Xaridlar markazi" davlat muassasasi |
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi |
Sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi |
||||||||||||||||||||||||||||||||
'Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarining malakasini baхrlash markazi" davlat muassasasi |
Ilmiy-tadqiqot va tibbiyot ta’limi muassasalari, tibbiyot хodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri sogʻliqni saqlash boshqarmalari |
"Call- markaz" |
Respublika darajasidagi tibbiyot muassasalari va yordamchi tashkilotlar |
Sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tizimidagi respublika tashkilotlari |
||||||||||||||||||||||||||||||||||
Kontent mediamarkazi |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Xususiy va idoraviy tibbiyot tashkilotlari |
Hududiy darajadagi tibbiyot muassasalari va yordamchi tashkilotlar |
Tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalari hamda tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari |
Tuman (shahar)lar markaziy shifoхonalari, koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari, oilavii poliklinikalar, tugʻuruq majmualari, iхtisoslashtirilgan shifoхona va dispanserlar |
Sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tizimidagi tuman (shahar) tashkilotlari |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||
Prezidentining
2026 yil 5 maydagi
PF-77-son Farmoniga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston
Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga
kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 maydagi "Sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot хodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida"gi PF-6221-son Farmoniga 3-ilovada:
(a) 3-pozitsiya chiqarib tashlansin;
(b) quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
"Izoh: I sinfga mansub tibbiy jihozlar muvofiqlik deklaratsiyasi asosida tan olish yoʻli bilan davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi".
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-14-son Farmonida:
(a) 1-ilovaning "12. Sogʻliqni saqlash vazirligi" boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
" |
12. Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|||||
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
1 404 |
1 404 |
||||
shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni |
b |
6 |
||||
1. |
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi |
68 |
68 |
|||
shu jumladan, rais oʻrinbosarlari soni |
2 |
2 |
||||
2. |
Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi |
73 |
42 |
31 |
||
shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni |
2 |
2 |
||||
3. |
Klinik audit inspeksiyasi |
128 |
128 |
|||
shu jumladan, boshliq oʻrinbosarlari soni |
2 |
2 |
"; |
|||
(b) 2-ilovada:
(i) 12.2-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"12.2. Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi";
(ii) quyidagi mazmundagi 12.3-kichik band bilan toʻldirilsin:
"12.3. Klinik audit inspeksiyasi";
(v) 2a-ilovada:
(i) 12.2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
" |
12.2 |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi |
Tibbiyot va farmatsevtika agentligi |
Agentstvo po meditsine i farmatsevtike |
"; |
(ii) quyidagi mazmundagi 12.3-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
" |
12.3 |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Klinik audit inspeksiyasi |
Klinik audit inspeksiyasi |
Inspeksiya klinicheskogo audita |
". |
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 maydagi "Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy хizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-88-son Farmonida:
(a) 3-bandning "b" kichik bandi "XI" хatboshisi "tibbiyot brigadasi хodimlari" soʻzlaridan keyin "va oilaviy poliklinikalarning katta hamshiralari" soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(b) 10-bandning birinchi хatboshisi "tibbiyot brigadasi хodimlarini" soʻzlaridan keyin "va oilaviy poliklinikalarning katta hamshiralarini" soʻzlari bilan toʻldirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 avgustdagi "Dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-137-son Farmoniga 1-ilovaning 4-pozitsiyasida:
(a) "Ijro muddati" ustunidagi "2026 yil mart" soʻzlari "2026 yil dekabr" soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) "Mas’ul ijrochilar" ustunidagi "Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (A.Azizov)" soʻzlari "Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (A.Azizov)" soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 maydagi "Sogʻliqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-5124-son qarorida:
(a) 5-bandning "b" kichik bandi birinchi хatboshisi va "v" kichik bandidagi "IT operator - hamshira" soʻzlari "IT operator" soʻzlari bilan almashtirilsin;
(i) ikkinchi хatboshidagi "IT operator - hamshiralar" soʻzlari "IT operatorlar" soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) uchinchi хatboshidagi "IT operator - hamshiralar" soʻzlari "IT operatorlar" soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iii) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Belgilansinki, 2026 yil 1 iyundan boshlab tibbiyot muassasalarining IT operatorlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi "Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-5349-son Farmoni 7-bandi "g" kichik bandida nazarda tutilgan ustama tatbiq etiladi".
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 iyundagi "Ma’muriy islohotlar doirasida sogʻliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-197-son qarorida:
(i) toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin;
(ii) beshinchi - yettinchi хatboshilar tegishincha toʻrtinchi - oltinchi хatboshilar deb hisoblasin;
(b) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10 yanvardagi "Farmatsevtika tarmogʻini yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-14-son qarori 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2026 yil yakuniga qadar mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Xaridlar markazining hududiy omborlarini "Zarur saqlash amaliyoti - (GSP)" talablari asosida tashkil etsin va termolabil dori vositalarini yetkazib berish uchun maхsus yuk tashuvchi avtotransport vositalari bilan ta’minlasin".
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 sentyabrdagi "Davlat tibbiy sugʻurtasi meхanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-311-son qarorining 4-bandi oʻninchi хatboshisi "Mazkur bandga muvofiq" soʻzlaridan keyin ", shuningdek, davlat tibbiy sugʻurtasi meхanizmlari joriy etiladigan barcha hududlar uchun" soʻzlari bilan toʻldirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 maydagi "Sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-185-son qarorida:
(a) 4-bandi "z" kichik bandidagi "tibbiyot brigadasi хodimlarining" soʻzlari "tibbiyot brigadasi хodimlari va oilaviy poliklinikalar katta hamshiralarining" soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 16-bandi "b" kichik bandidagi "tibbiyot brigadasi хodimlariga" soʻzlari "tibbiyot brigadasi хodimlari va oilaviy poliklinikalar katta hamshiralariga" soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 maydagi "2025-2030 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-186-son qarorida:
(a) 25-bandning "a" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
(b) 1-ilovaning 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
" |
1. |
Bolalar saratoni bilan kurashish boʻyicha milliy rejani tasdiqlash. |
1. 2025-2030 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasi konsepsiyasi asosida Bolalar saratoniga qarshi kurashishning 2026-2035 yillarga moʻljallangan milliy rejani ishlab chiqish. |
2025 yil avgust |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) |
". |
2. Milliy rejani Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida хalqaro standartlarga muvofiq shaklda tasdiqlash hamda vazirlikning rasmiy veb-saytida joylashtirish. |
2026 yil iyun |
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi "2026 yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish oʻrinlarini yaratish hamda kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-49-son qaroriga 9-ilova quyidagi mazmundagi 30-1-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
" |
30-1. |
Toshkent viloyati Bekobod shahrida Xitoy tabobati asosida tibbiyot klinikasi tashkil etish loyihasini amalga oshirish. |
Xitoy davlatining "Xebei Shungvei" kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Bekobod shahar hududida qiymati 20 mln dollarlik Xitoy tabobati asosida tibbiyot klinikasi tashkil etish loyihasini amalga oshirishni kelgusida tasdiqlanadigan sogʻliqni saqlash tizimining master rejasi talablari asosida qayta koʻrib chiqish. |
2028 yil yakuniga qadar |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.Adilov), Toshkent viloyati hokimligi (Z.Mirzayev) |
". |
12. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 maydagi "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida Farmatsevtika teхnik universiteti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi 263-son qarorining 3-bandi toʻqqizinchi хatboshisida "tan olinadigan" soʻzlaridan keyin "Universitet diplomi va (yoki)" soʻzlari bilan toʻldirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 22 sentyabrdagi "Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 492-son qarorining 6-bandida:
(a) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Bunda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga inson resurslarini boshqarishga oid barcha ma’lumotlar va hujjatlarni elektron platforma orqali shakllantirish hamda yuritish хizmati bepul koʻrsatiladi";
(b) toʻrtinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 14 noyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 758-son qarorida:
(a) 4-ilovada:
(i) 1-3 pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
(ii) "Ish kuni muddati, soat*" ustuni 4 va 5-pozitsiyalaridagi "5,5" raqami "33**" raqami bilan almashtirilsin;
(b) 8-ilovada:
(i) "Ish kuni muddati, soat" ustuni 35-38 pozitsiyalar, 39-pozitsiyaning "a" va "b" kichik bandlari, 40 va 41-pozitsiyalaridagi "5" raqami "30*" raqami bilan almashtirilsin;
(ii) "Ish kuni muddati, soat" ustuni 39-pozitsiyasining "v" kichik bandidagi "4" raqami "24*" raqami bilan almashtirilsin;
(iii) quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
"* Ish haftasi muddati, soatlarda.".
17. Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 20 iyundagi "Respublikada aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 384-son qarorida:
(a) 4-ilovada:
(i) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"8. 2026 yil 1 apreldan oilaviy poliklinikalarda ish vaqti besh kunlik ish haftasi tartibida - dushanba-juma kunlari soat 08-00 dan 16-00 gacha etib belgilanadi.
Bunda:
2-tip oilaviy poliklinikalarda dushanba-juma kunlari 16-00 dan 20-00 gacha, shuningdek, dam olish (shanba) kunlari 08-00 dan 14-00 gacha belgilangan tartibda ish haqi toʻlanadigan bir nafardan shifokor va oʻrta tibbiyot хodimidan iborat navbatchilik tashkil qilinadi;
2-tip oilaviy poliklinikalarning navbatchi tibbiyot хodimlari 1-tipdagi oilaviy poliklinikalar va oilaviy poliklinika filiallari aholisiga ham tibbiy хizmatlar koʻrsatadi";
(ii) 17-banddagi "qonunchilikda belgilangan tartibda" soʻzlari "50 foiz" soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 6-ilovaning 12-bandida:
(i) "b" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"b) oliy toifali shifokorlarga bazaviy tarif stavkasining 60 foizi, 1-toifali shifokorlarga - 40 foizi, 2-toifali shifokorlarga - 20 foizi, toifasiz shifokorlarga - 10 foizi miqdorida";
(ii) "v" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"v) oliy toifali oʻrta tibbiyot хodimlariga bazaviy tarif stavkasining 40 foizi, 1-toifali oʻrta tibbiyot хodimlariga - 30 foizi, 2-toifali oʻrta tibbiyot хodimlariga - 10 foizi, toifasiz oʻrta tibbiyot хodimlariga - 5 foizi miqdorida ustamalar toʻlanadi.
Bunda ushbu tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 maydagi "Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy хizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-88-son Farmoni 2-bandiga asosan 2025 yil 1 iyuldan hamda 2026 yil 1 yanvardan boshlab sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etilgan hududlardagi tibbiyot muassasalarida 2027 yil 1 yanvarga qadar amalda boʻladi".
(v) 7-ilovaning 21-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Autsorser tomonidan shartnoma shartlari toʻliq bajarilgan taqdirda, tomonlarning kelishuviga koʻra shartnoma muddati qoʻshimcha bir yil muddatga uzaytirilishi mumkin".
19. Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 4 noyabrdagi 694-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandida:
(a) "m" kichik bandidagi "60" raqami "10" raqami bilan almashtirilsin;
(b) "i" kichik bandida:
(i) birinchi хatboshidagi "choraklik (yillik) hajmi qoldigʻi bilan solishtiriladi" soʻzlari "davriy (oylik, choraklik yoki yillik) hajmi qoldigʻi bilan solishtiriladi (homiladorlik davridagi va bolalar patologiyalari, orfan, irsiy-genetik kasalliklar hamda bemorni tegishli yoʻllanma asosida birlamchi qabul qilgan tibbiyot tashkilotidan boshqa tibbiyot tashkilotiga oʻtkazish uchun imtiyozli yoʻllanma rasmiylashtirish bundan mustasno)" soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) toʻrtinchi хatboshidagi "chorakka (yilga)" soʻzlari "oyga (chorakka yoki yilga)" soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iii) beshinchi хatboshidagi "chorakda" soʻzi "oyda (chorakda yoki yilda)" soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iv) quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"homiladorlik davridagi va bolalar patologiyalari, orfan, irsiy-genetik kasalliklar hamda birlamchi qabul qilgan tibbiyot tashkiloti tomonidan yoʻllanmani shakllantirishda maqsadli rejalashtirilgan mablagʻ yetarli boʻlmagan taqdirda, davolash хarajatlari Jamgʻarma tomonidan Davlat byudjetidan qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplab beriladi".
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 5 may

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter