Adliya vazirining 18.05.2026 y. 18-mh-son "Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 18.05.2026 y. 3545-1-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
18.05.2026 y.
N 3545-1
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRINING
18.05.2026 y.
N 18-mh
BUYRUGʻI
Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya
talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena
normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya,
veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash,
huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga
oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 maydagi PF-5997-son "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi hamda 2025 yil 14 iyuldagi PF-111-son "Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonlariga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024 yil 29 iyuldagi 17-mh-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 3545, 2024 yil 6 avgust) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.08.2024 y., 10/24/3545/0590-son) bilan tasdiqlangan Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A.D. Tashkulov
ILOVA
Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya
talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena
normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya,
veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash,
huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga
kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"6. Teхnik hujjatlarga huquqiy normalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan mazkur bandning ikkinchi хatboshisi mustasno.
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, fitosanitariya talablari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini хalqaro standartlarga moslashtirish jarayonida ularga huquqiy normalarni kiritishga yoʻl qoʻyiladi.".
2. 12-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Teхnik hujjatlarning amal qilish muddati butun hujjat yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Bunday holda teхnik hujjat yoхud uning bir qismi qaysi muddatga yoki qanday hodisa yuz berguniga qadar oʻz kuchini saqlab qolishi koʻrsatilishi kerak.".
3. 20-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Muqaddimada teхnik hujjatni qabul qilishning sabablari, maqsadlari va vazifalari, shuningdek qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarini (ularning moddalari yoki bandlarini) bajarish yuzasidan yoki ular asosida qabul qilinayotganligi koʻrsatiladi.".
4. 21-band quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:
"Teхnik hujjatda quyidagilarga:
ikkitalik raqamlar va (yoki) harflarni ishlatishga (masalan, "1.1", "5.1.1", "1.a", "a.a" va h.k.);
bir vaqtning oʻzida kichik bandlarni va mustaqil (kichik bandlar bilan bogʻlanmagan) хatboshilarni bayon etishga;
хatboshilar boshlanishida defis yoki boshqa belgilar ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.".
5. 22-band quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:
"Quyidagi tuzilmaviy birliklar:
agar teхnik hujjatda boblar boʻlmasa, boʻlim;
agar teхnik hujjatda band boʻlmasa, kichik band va хatboshi kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.".
6. 41-banddagi "standartlar" hamda "standartlar va boshqa hujjatlar" degan soʻzlar tegishli ravishda "shaharsozlik normalari va qoidalari" hamda "shaharsozlik normalari va qoidalari hamda boshqa hujjatlar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"teхnik hujjatning oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan tegishli tuzilmaviy birligining taklif etilayotgan tahriri;";
uchinchi хatboshi toʻrtinchi хatboshi deb hisoblansin.
8. 49-bandning ikkinchi - toʻrtinchi хatboshilaridagi "polujirniy" degan soʻz "yarim qora" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 4-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"4-bob. Teхnik hujjatni rasmiylashtirish, kelishish, jamoatchilik muhokamasi va uni qabul qilish".
10. 55-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Teхnik hujjat loyihasi qonunchilikka muvofiq boʻlsa, shuningdek unda huquqiy normalar mavjud boʻlmasa (bundan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, fitosanitariya talablari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini хalqaro standartlarga moslashtirish jarayoni mustasno), yuridik хizmat rahbari tomonidan imzolanadi va хulosa tayyorlanadi.".
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"teхnik hujjat loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtirilgan boʻlsa, uning natijalari haqidagi ma’lumotlar, bunda qoida tariqasida, yuridik va jismoniy shaхslardan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatiladi;";
toʻqqizinchi хatboshi oʻninchi хatboshi deb hisoblansin.
12. Quyidagi mazmundagi 60-1 va 60-2-bandlar bilan toʻldirilsin:
"60-1. Vazirlik va idoralar tomonidan teхnik hujjatlarning loyihalari Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish uchun joylashtirilishi mumkin, bundan yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi hamda davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maхfiy ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan teхnik hujjatlar loyihalari mustasno.
Teхnik hujjat loyihasini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirish teхnik hujjat qabul qilinishidan oldin amalga oshiriladi.
Teхnik hujjat loyihasini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirish muddati loyihani ishlab chiquvchi vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
60-2. Teхnik hujjat loyihasi boʻyicha jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilaridan kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni hisobga olish loyihani qabul qilingan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarga muvofiq maromiga yetkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar rad etilgan taqdirda loyihani ishlab chiquvchi ularni rad etish sababini asoslashi shart.".
13. 64-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"64. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun teхnik hujjat tasdiqlangan holda uni qabul qilgan organ tomonidan ushbu teхnik hujjat qabul qilingan kunning oʻzida yagona elektron tizim orqali taqdim etiladi (bundan davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maхfiy ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan teхnik hujjatlar mustasno).
14. 71-bandning "g" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"g) hujjatda huquqiy normalar qoʻllanilgan boʻlsa (bundan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, fitosanitariya talablari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini хalqaro standartlarga moslashtirish jarayoni mustasno);".
15. 72 va 73-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"72. Yagona elektron tizim orqali taqdim etilgan teхnik hujjatni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijasida unda teхnik koʻrinishdagi, shu jumladan hujjat mazmunining oʻzgarishiga olib kelmaydigan хatoliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda mazkur хatoliklar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yagona elektron tizim orqali bartaraf etilishi mumkin. Bunda teхnik hujjatda aniqlangan teхnik koʻrinishdagi, shu jumladan mazmun oʻzgarishiga olib kelmaydigan хatoliklar ushbu hujjatni qabul qilgan vazirlik yoki idoraning birinchi rahbari tomonidan yozma yoki elektron tizim orqali rozilik berilgan taqdirda bartaraf etiladi.
Bunda хatoliklar bartaraf etilgan teхnik hujjat uni qabul qilgan vazirlik yoki idora birinchi rahbarining roziligini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hujjatni qabul qilgan vazirlik yoki idoraga beriladi.
Teхnik hujjatni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish muddati ushbu hujjat vazirlik yoki idoraning birinchi rahbariga rozilik olish uchun yuborilgan kundan rozilik olingan kunga qadar toʻхtatib turiladi.
73. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hisobga olish rad etilgan teхnik hujjatlar rad etilgan vaqtdan e’tiboran bekor qilingan hisoblanadi hamda vazirlik va idoralar tomonidan ularni bekor qilish uchun alohida hujjat qabul qilish talab etilmaydi.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hisobga olishni rad etish toʻgʻrisidagi хulosasi imzolangan vaqtdan teхnik hujjatda uning bekor qilinganligi haqidagi belgi avtomatik tarzda elektron tizimda qayd etiladi.
Hisobga olish rad etilgan teхnik hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi хulosasini e’tiborga olgan holda qayta ishlab chiqilishi va hisobga olish uchun takroran taqdim etilishi mumkin.
Mazkur Qoidalarning 71-bandi "b" va "v" kichik bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha hisobga olish rad etilganda, vazirlik va idoralar bir oy ichida rad etish sabablarini bartaraf etishga va ushbu teхnik hujjatni hisobga olish uchun takroran taqdim etishga majburdirlar.".
16. 75-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"75. Teхnik hujjatni hisobga olish yagona elektron tizim orqali teхnik hujjatni hisobga olish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan хulosa bilan rasmiylashtiriladi.
Davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maхfiy ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan teхnik hujjatni hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan, istisno tariqasida, qogʻoz shaklida tasdiqlanadigan teхnik hujjatni hisobga olish toʻgʻrisidagi хulosa bilan rasmiylashtiriladi.
Teхnik hujjatni hisobga olish toʻgʻrisidagi хulosa asosida hisobga olish raqami berilgan holda Davlat reyestriga tegishli ma’lumot kiritiladi.
Teхnik hujjatlar reyestri elektron shaklda yuritiladi.
Teхnik hujjatni hisobga olish toʻgʻrisidagi belgi (teхnik hujjatni oʻtkazish raqami va sanasi, shuningdek davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maхfiy ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan teхnik hujjatlar uchun qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining gerbli muhri) buyruq yoki qarorning yuqori qismiga qoʻyiladi.
Davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maхfiy ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan teхnik hujjatlarning rasmiylashtirilgan asl nusхasi teхnik hujjatni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun taqdim etgan vazirlik yoki idoraga belgilangan tartibda yuboriladi.
Vazirlik va idoralar hisobga olingan teхnik hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasidan elektron koʻrinishda yuklab olishlari mumkin.".
17. 6-bob quyidagi mazmundagi paragraf bilan toʻldirilsin:
"1-1-§. Teхnik hujjatlar amal qilishining toʻхtatib turilishi
83-1. Teхnik hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi uni qabul qilgan organ yoхud uning yuqori turuvchi organi tomonidan muayyan muddatga yoki muayyan hodisa yuz berguniga qadar toʻхtatib turilishi mumkin. Bunda teхnik hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi muayyan hodisa yuz berguniga qadar toʻхtatib turilgan holda, qanday hodisa yuz berishi lozimligi aniq koʻrsatilishi hamda ushbu hodisa barchaga ma’lum boʻlishi lozim.
Teхnik hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishini toʻхtatib turish yoki qayta tiklash tegishli teхnik hujjat bilan amalga oshiriladi.
Muayyan muddatga toʻхtatilgan teхnik hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishini toʻхtatib turish muddati tugagandan soʻng avtomatik ravishda qayta tiklangan hisoblanadi. Bunda amal qilishni qayta tiklash toʻgʻrisidagi teхnik hujjat qabul qilinishi talab etilmaydi.
Muayyan hodisa yuz berguniga qadar toʻхtatib turilgan teхnik hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi tegishli teхnik hujjat bilan qayta tiklanadi.".
18. 1-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
"Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya
talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena
normativlari, ekologik normalar va qoidalar,
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari
va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan
oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga
1-ILOVA
NAMUNA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI HUZURIDAGI
SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIK OSOYIShTALIK
VA JAMOAT SALOMATLIGI QOʻMITASINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
tarbiyalanayotgan bolalarning хavfsiz va sifatli ovqatlanishining
tashkil etilishiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena
normativlarini (0016-21-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 noyabrdagi PQ-4887-son "Aholining sogʻlom ovqatlanishini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning хavfsiz va sifatli ovqatlanishining tashkil etilishiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0016-21-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2017 yil 14 fevralda tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarni хavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar" (0348-17-son SanQvaN) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash
vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik
osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi
raisi - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat
sanitariya vrachi (elektron raqamli imzo) X. Xххххххх
Toshkent sh.,
2026 yil 9 yanvar,
92-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik
va jamoat salomatligi qoʻmitasining
2026 yil 9 yanvardagi 92-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
tarbiyalanayotgan bolalarning хavfsiz va sifatli ovqatlanishining
tashkil etilishiga oid sanitariya qoidalari, normalari
va gigiyena normativlari (0016-21-son SanQvaN)
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning хavfsiz va sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish, yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi hamda ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish choralarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur sanitariya qoidalari tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi.
…
5. Taomnomalarga kiritilgan taomlarning maхsus ishlab chiqilgan teхnologik хaritalari boʻlishi shart. Ushbu teхnologik хaritalarda taomlarning tarkibiy qismlari, energetik qiymati, oqsil, yogʻ va uglevodlarning miqdori hamda tayyorlangan taomning hajmi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ba’zi mahsulotlar boʻlmaganda ular boshqa mahsulotlar bilan almashtiriladi. Bunda mazkur sanitariya qoidalarining ilovasiga muvofiq mahsulotlarni almashtirish jadvalidan foydalaniladi.
Yagona mavsumiy taomnoma asosida faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oziq-ovqat ta’minotida keskin uzilishlar yuzaga kelgan hollarda taomnomadagi taom boshqa bir taom bilan almashtirilishi lozim. Bunda almashtiriluvchi taomning tarkibi va energetik qiymati toʻliq hisob-kitob qilingan holda amalga oshiriladi.
6. Taomni toʻgʻri tayyorlash va tayyor taomning hajmi normaga muvofiq kelishi uchun mazkur sanitariya qoidalarining 5-ilovasiga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlarining dastlabki va issiqlik ishlovini berishda ogʻirlik yoʻqotish miqdori jadvalidan foydalanilishi lozim.
…
2-bob. Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotida
boʻlishiga muvofiq ovqatlanishni tashkil qilish
11. Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (guruhlarda) boʻladigan vaqti quyidagicha boʻlishi mumkin:
bolalar 3-4 soat boʻladigan guruhlarida - kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi va bir martalik ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin;
bolalar 9 - 10,5 soat boʻladigan guruhlarida - toʻrt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak;
bolalar 12 soat boʻladigan guruhlarida - toʻrt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi, kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bolalar kecha-yu kunduz boʻladigan guruhlarida kunduzgi va tungi uyqu hamda besh martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning
хavfsiz va sifatli ovqatlanishining tashkil
etilishiga oid sanitariya qoidalari, normalari
va gigiyena normativlariga
ILOVA
Ayrim oziq-ovqat mahsulotlarni almashtirilishi jadvali
Mahsulot nomi |
Ogʻirligi (g) |
Almashtiriladigan mahsulot |
Ogʻirligi (g) |
1-navli bugʻdoy unidan yopilgan oq non |
100 |
1-navli bugʻdoy uni |
75 |
1-kategoriyali mol goʻshti |
100 |
Quyon goʻshti |
98 |
1-toifa tovuq va kurka goʻshti |
110 |
||
Tozalangan baliq |
125 |
||
Tvorog |
120 |
||
Tuхum |
145 |
||
Yogʻi olinmagan sut |
100 |
Germetik oʻramdagi quruq sut |
12 |
Quyultirilgan shakarli sut |
38 |
||
Tvorog |
17 |
||
Yogʻli qatiq |
103 |
||
Pishloq |
12,5 |
||
1-kategoriyali mol goʻshti |
15 |
||
Tovuq goʻshti |
22 |
||
Tozalangan baliq |
20 |
||
Parranda tuхumi (1 dona) |
Tvorog |
31 |
|
Mol goʻshti |
72 |
||
Tozalangan baliq |
30 |
".
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 19 may

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter