Mudofaa vazirligining 06.05.2026 y. 12-son, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 05.05.2026 y. 30-Q/Q-son "Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga "Chaqiriqqacha harbiy ta’lim" yoʻnalishi boʻyicha qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 19.05.2026 y. 2995-3-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
19.05.2026 y.
N 2995-3
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGINING 06.05.2026 y. N 12 |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATsIYaLAR VAZIRLIGINING 05.05.2026 y. N 30-Q/Q |
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga
"Chaqiriqqacha harbiy ta’lim" yoʻnalishi boʻyicha qabul
qilishda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish tartibi
toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 13 sentyabrdagi 578-son "Oliy ta’lim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 2017 yil 5 dekabrdagi 34 va 27-2017-son qarori (roʻyхat raqami 2995, 2018 yil 5 aprel) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018 y., 10/18/2995/1020-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga "Chaqiriqqacha harbiy ta’lim" yoʻnalishi boʻyicha qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri
|
Sh.G. Xalmuхamedov |
Vazir |
K.A. Sharipov |
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga
"Chaqiriqqacha harbiy ta’lim" yoʻnalishi boʻyicha qabul
qilishda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish tartibi
toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 6-banddagi "davlat test sinovlari oʻtkazilishiga qadar 11 iyuldan 25 iyulgacha" degan soʻzlar "har yili abituriyentlarni roʻyхatdan oʻtkazish yakunlangandan boshlab 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 17-banddagi "30" raqami "25" raqami bilan almashtirilsin.
3. 19-banddagi "72" raqami "24" raqami bilan almashtirilsin.
4. 21-banddagi "48 soat" degan soʻzlar "uch kun muddat" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 19 may

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter