Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 13.05.2026 y. 201-son "Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni хorijda roʻyхatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash хarajatlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 19.05.2026 y. 3034-2-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
19.05.2026 y.
N 3034-2
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATsIYaLAR
VAZIRINING
13.05.2026 y.
N 201
BUYRUGʻI
Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan
intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni хorijda
roʻyхatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash хarajatlarini
toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar
kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 25 noyabrdagi PF-231-son "Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2018 yil 4 iyundagi 14/6-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 3034, 2018 yil 5 iyul) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2018 y., 10/18/3034/1474-son) bilan tasdiqlangan Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni хorijda roʻyхatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash хarajatlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir K.A. Sharipov
ILOVA
Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan
intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni хorijda
roʻyхatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash хarajatlarini
toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. 1-banddagi "Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining" degan soʻzlar "Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 3-band, 5-bandning ikkinchi хatboshisi hamda 9-banddagi "ilmiy-tadqiqot" degan soʻzlar "ilmiy" degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 4-bandning beshinchi va oltinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"tabiiy resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish hamda tabiatni muhofaza qilish qobiliyati;
ijtimoiy muammolar yechimining ta’minlanganligi va eksportga moʻljallanganligi.".
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 19 may

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter