Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.05.2026 y. 275-son "2026-2030 yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.05.2026 y.

N 275




2026-2030 YILLAR UChUN

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

ATROF TABIIY MUHITNING DAVLAT

MONITORINGI DASTURINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻrisida" 2025 yil 30 yanvardagi PF-16-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, 2030 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasiga muvofiq atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida davlat nazoratini hamda atrof-muhitning ekologik monitoringi tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2026-2030 yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari mazkur qaror hamda Dasturda nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Ekologiya qoʻmitasi):

vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalarining tasdiqlangan Dasturda nazarda tutilgan vazifalarni bajarish boʻyicha faoliyati muvofiqlashtirilishini;

atrof tabiiy muhit holati toʻrisidagi ma’lumotlar umumlashtirilishi va chuqur tahlil qilinishini, shuningdek, har yili atrof tabiiy muhit holati toʻrisida byulleten va har uch yilda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish toʻrisidagi milliy ma’ruza nashr etilishini;

atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini amalga oshirish vazifasi yuklangan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda atrof-muhit monitoringini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli teхnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va teхnologiyalar agentligi bilan oʻzaro hamkorlik rivojlanishini;

har yili Dastur doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning natijalari toʻrisidagi хolis va toʻliq ma’lumot aholiga yetkazilishini va jamoatchilik eshituvlari oʻtkazilishini;

Dastur tadbirlari ijrosi haqida yarim yillik va yil yakunlari boʻyicha umumlashtirilgan hisobot Vazirlar Mahkamasiga kiritib borilishini ta’minlasin.


4. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini amalga oshirish vazifasi yuklangan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari atrof tabiiy muhit davlat monitoringi natijalarini avtomatik uzatish uchun 2026 yil 1 iyulga qadar idoraviy elektron aхborot ma’lumotlar bazasini Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining aхborot tizimlariga integratsiya qilish ishlarini yakunlasin.


5. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Gidrometeorologiya хizmati agentligi tumanlarda (shaharlarda) oʻrnatiladigan avtomatlashgan kichik stansiyalar Ekologiya qoʻmitasining aхborot tizimlariga integratsiya qilinishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2026 yil 25 maydagi

275-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb

hisoblanayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Atrof-muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida" 2021 yil 3 iyundagi 343-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2022 yil 25 iyuldagi 404-son qaroriga ilovaning 6-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Zarafshon" milliy tabiat boini Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimiga oʻtkazish toʻrisida" 2022 yil 10 avgustdagi 442-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining "Gidroteхnika inshootlarining хavfsizligi toʻrisida"gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2024 yil 13 yanvardagi 26-son qaroriga ilovaning 4-bandi.

         

               

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 26 may