Sogʻliqni saqlash vazirining 14.04.2026 y. 2-son "Davlat roʻyхatidan oʻtkazish jarayonida tibbiy jihozlarning ishlab chiqarish sharoitlarini inspeksiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 25.05.2026 y. 3838-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
25.05.2026 y.
N 3838
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRINING
14.04.2026 y.
N 2
BUYRUGʻI
Davlat roʻyхatidan oʻtkazish jarayonida tibbiy
jihozlarning ishlab chiqarish sharoitlarini
inspeksiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 noyabrdagi 738-son "Dori vositalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi hamda Tibbiy jihozlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Davlat roʻyхatidan oʻtkazish jarayonida tibbiy jihozlarning ishlab chiqarish sharoitlarini inspeksiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazir A.A. Xudayarov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 26 may

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter