Markaziy bank Boshqaruvining 05.05.2026 y. 13/4-son "Markazlashgan kliring va markaziy kontragent faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori (AV tomonidan 26.05.2026 y. 3842-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
26.05.2026 y.
N 3842
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
05.05.2026 y.
N 13/4
QARORI
Markazlashgan kliring va markaziy kontragent
faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 sentyabrdagi PQ-291-son "Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:
1. Markazlashgan kliring va markaziy kontragent faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 26 may

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter