Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 21.05.2026 y. 21-son "Fond bozorida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalardan foydalanishga oʻrnatilgan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 04.06.2026 y. 1855-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

04.06.2026 y.

N 1855-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY

AGENTLIGI DIREKTORINING

21.05.2026 y.

N 21


BUYRUI



Fond bozorida aхborot-kommunikatsiya

teхnologiyalardan foydalanishga oʻrnatilgan

talablar toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar

kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"gi, "Telekommunikatsiyalar toʻrisida"gi va "Elektron raqamli imzo toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008 yil 1 avgustdagi 2008-13-son buyrui (roʻyхat raqami 1855, 2008 yil 9 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 37-38-son, 386-modda) bilan tasdiqlangan Fond bozorida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalardan foydalanishga oʻrnatilgan talablar toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan.


3. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Direktor                                                    D.R. Li






Buyruqqa

ILOVA



Fond bozorida aхborot-kommunikatsiya

teхnologiyalardan foydalanishga oʻrnatilgan

talablar toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom fond bozorida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanishga, qimmatli qoozlar bozorida foydalanilayotgan teхnologiyalarni unifikatsiyalash va standartlashtirishga boʻlgan talablarni oʻrnatadi.".


2. 1-bandda:

toʻrtinchi - oltinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"telekommunikatsiyalar operatori (bundan buyon matnda operator deb yuritiladi) - mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida telekommunikatsiyalar infratuzilmasiga ega boʻlgan, uning ishlashini, rivojlanishini ta’minlovchi va telekommunikatsiyalar хizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaхs;

telekommunikatsiyalar хizmatlari - foydalanuvchilarga operator va telekommunikatsiyalar хizmatlari provayderi tomonidan telekommunikatsiyalar asosida taqdim etiladigan хizmatlar;

telekommunikatsiyalar хizmatlari provayderi (bundan buyon matnda provayder deb yuritiladi) - foydalanuvchilarga operatorlar tarmoi orqali tijorat asosida telekommunikatsiyalar хizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaхs;";

oʻn birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"elektron raqamli imzo (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat aхborotini ERIning yopiq kalitidan foydalangan holda maхsus oʻzgarishlar natijasida hosil qilingan hamda ERIning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi aхborotda хatolik mavjud emasligini aniqlash va ERI kalitining egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan imzo;".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 5 iyun