Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 07.05.2026 y. 17-son "Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi professional faoliyatlarini litsenziyalash tartib-taomillari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 09.06.2026 y. 3850-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
09.06.2026 y.
N 3850
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY
AGENTLIGI DIREKTORINING
07.05.2026 y.
N 17
BUYRUGʻI
Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi
va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi
professional faoliyatlarini litsenziyalash
tartib-taomillari toʻgʻrisidagi nizomni
tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining "Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida"gi va "Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida"gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 dekabrdagi PF-254-son "Kapital bozorida investitsiya muhitini yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni va 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3150-son "Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi professional faoliyatlarini litsenziyalash tartib-taomillari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq 2026 yil 1 iyuldan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktor D.R. Li
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 10 iyun

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter