Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 18.05.2026 y. 35-mh-son "Pedagogika sohasidagi talabalarning bilimlarini tashqi diagnostikadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 09.06.2026 y. 3853-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
09.06.2026 y.
N 3853
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGAChA VA MAKTAB
TA’LIMI VAZIRINING
18.05.2026 y.
N 35-mh
BUYRUGʻI
Pedagogika sohasidagi talabalarning
bilimlarini tashqi diagnostikadan oʻtkazish
tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 28 apreldagi PF-73-son "Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Pedagogika sohasidagi talabalarning bilimlarini tashqi diagnostikadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazir E.G. Karimova
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 10 iyun

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter