Sport vazirining 05.06.2026 y. 2-mh-son "Ta’lim tashkilotlari, korхonalar, turar joy dahalarining asosiy jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam ta’minlanish normativlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 10.06.2026 y. 2614-4-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
10.06.2026 y.
N 2614-4
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
SPORT VAZIRINING
05.06.2026 y.
N 2-mh
BUYRUGʻI
Ta’lim tashkilotlari, korхonalar, turar joy dahalarining
asosiy jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va (yoki) sport
inshootlari bilan eng kam ta’minlanish normativlariga
oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida"gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 23 oktyabrdagi PF-190-son "Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2014 yil 14 avgustdagi 3-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 2614, 2014 yil 10 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 37-son, 478-modda) bilan tasdiqlangan Ta’lim tashkilotlari, korхonalar, turar joy dahalarining asosiy jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam ta’minlanish normativlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A.I. Ikramov
ILOVA
Ta’lim tashkilotlari, korхonalar, turar joy dahalarining
asosiy jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va (yoki) sport
inshootlari bilan eng kam ta’minlanish normativlariga
kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-boʻlimning nomidagi "professional ta’lim" degan soʻzlar "kasbiy ta’lim" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 5-boʻlimning izoh qismidagi "aholi turar dahalarining" degan soʻzlar "turar joy dahalarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 6-boʻlimda:
nomidagi "Aholi turar dahalarining" degan soʻzlar "Turar joy dahalarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
izoh qismidagi "aholi turar dahalarining" degan soʻzlar "turar joy dahalarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 11 iyun

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter