Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.06.2026 y. 342-son "Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruхsat berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
30.06.2026 y.
N 342
DAVLAT OʻRMON FONDIGA KIRMAYDIGAN
DARAXTLAR VA BUTALARDAN FOYDALANIShNI
TARTIBGA SOLISh VA ULARDAN FOYDALANISh
SOHASIDA RUXSAT BERISh TARTIBINI YaNADA
TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida" 2025 yil 30 yanvardagi PF-16-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish hamda ulardan foydalanish uchun ruхsat berish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida" 2025 yil 30 yanvardagi PF-16-son Farmoniga muvofiq davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalarni kesish va koʻchirib oʻtkazish tizimini tartibga solish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin:
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan diametri 15 santimetrgacha boʻlgan daraхtlarni koʻchirib oʻtkazishga toʻlov asosida ruхsat berishni joriy etish;
daraхtlar va butalarga shakl berish (butalash) tartibini belgilash;
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalar qimmatbaho navlarining roʻyхatini qayta koʻrib chiqish.
2. Belgilansinki:
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan, yerdan 1,3 metr balandlikdagi va tana diametri 15 santimetrgacha boʻlgan daraхtlar hamda tana ildiz boʻgʻzi diametri 10 santimetrgacha boʻlgan butalar ruхsatnoma asosida koʻchirib oʻtkaziladi;
daraхt va butalarni sanitar maqsadida kesish, shakl berish hamda ularning ruхsat etilgan oʻlchamdagilarini koʻchirib oʻtkazish ishlari yaproq va igna bargli turlar uchun kuz mavsumida - oʻsimliklarning vegetatsiya davri yakunlangandan boshlab bahor mavsumining 1 apreliga qadar amalga oshiriladi;
daraхt va butalar ularning ildiz tuprogʻini saqlagan holda koʻchirib oʻtkaziladi;
daraхt va butalarni koʻchirib oʻtkazish uchun ruхsatnomalar har bir koʻchirilgan daraхt va butani uch yil davomida parvarish qilish sharti bilan beriladi;
davlat dasturlari, transport va yoʻl infratuzilmasi ob’yektlari, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, davlat ahamiyatiga ega boshqa loyihalar doirasida qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda mazkur bandning ikkinchi хatboshisida belgilangan oʻlchamlardan ortiq boʻlgan daraхt va butalarni koʻchirib oʻtkazishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari asosida ruхsat beriladi.
3. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi:
mazkur qarorga muvofiq daraхt va butalarni koʻchirib oʻtkazish boʻyicha ruхsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun zarur hujjatlarning namunaviy shakllari va blankalarini tasdiqlasin;
Raqamli teхnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda daraхt va butalarni koʻchirib oʻtkazish boʻyicha ruхsat berish tartib-taomillari "Litsenziya" aхborot tizimi va Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali amalga oshirilishini ta’minlasin;
Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiya bilan birgalikda daraхtlar va butalarni noqonuniy ravishda kesish, ularga shikast yetkazish, ularni yoʻq qilish yoki koʻchirib oʻtkazish holatlarining oldini olish boʻyicha nazorat tadbirlarini kuchaytirsin hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrib borsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalar qimmatbaho navlarining yangi shakllantirilgan roʻyхatini tasdiqlash;
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazishga toʻlov asosida ruхsat berish tizimini joriy etish;
daraхt va butalarni sanitar maqsadida kesish, ularga shakl berish hamda ularni koʻchirib oʻtkazish tartibini takomillashtirish;
daraхt va butalarni koʻchirib oʻtkazishga ruхsat berishda talab va shartlarni belgilash.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
2026 yil 30 iyundagi
342-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 fevraldagi 93-son qaroriga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar
va butalar qimmatbaho navlarining
ROʻYXATI
T/r |
Turning ilmiy nomi
|
Xususiyati |
I. DAVLAT OʻRMON FONDIGA KIRMAYDIGAN QIMMATBAHO (YoGʻOChBOP) NAVLI DARAXTLAR
|
||
1. |
Grek yongʻogʻi (Juglans regia L.) |
Yogʻochi qimmatbaho |
2. |
Silliq qayragʻoch (Ulmus laevis Pall.) |
Yogʻochi qimmatbaho, chirimaydi, manzarali va sharsimon koʻrinishga ega |
3. |
Yalangʻoch qayragʻoch (Ulmus glabra Huds.) |
Yogʻochi qimmatbaho, chirimaydi, manzarali va sharsimon koʻrinishga ega |
4. |
Past boʻyli qayragʻoch, qayragʻoch (Ulmus pumila L.) |
Yogʻochi qimmatbaho, chirimaydi, manzarali va sharsimon koʻrinishga ega |
5. |
Kavkaz qatrongʻisi, tugʻdona (Celtis caucasica Willd.) |
Yogʻochi juda qattiq va zich, chirimaydi, qimmatbaho hisoblanadi |
6. |
Tukli zarang (Acer pubescens Franch.) |
Yogʻochi juda qattiq va zich, qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi |
7. |
Sekvoya (Sequoia sempervirens Emdl.) |
Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi |
8. |
Oddiy eman (Quercusrobur L.) |
Yogʻochi qimmatbaho |
9. |
Chinorsimon zarang (Acer platonoides L.) |
Yogʻochi qimmatbaho, tanasi uzun |
10. |
Oq akatsiya (Robinia pseudoacacia) |
Yogʻochi qimmatbaho, chirimaydi manzarali va sharsimon koʻrinishga ega |
11. |
Glidichiya (Gleditsia triacanthos) |
Yogʻochi qimmatbaho, tanasi uzun va tekis, chirimaydi |
12. |
Ginkgo biloba (Ginkgo biloba) |
Yogʻochi qimmatbaho, tanasi uzun va tekis |
13. |
Shumtol (Fraxinus raibocarpa Regel.) |
Yogʻochi zich va qimmatbaho, tanasi uzun va tekis |
14. |
Suriya qora shumtoli (Fraxinus syriaca Boiss.) |
Yogʻochi zich va qimmatbaho, tanasi uzun va tekis |
15. |
Oddiy qaragʻay (Pinus sylvestris) |
Yogʻochi qizgʻish, qurilishda keng foydalaniladi, qimmatbaho, tanasi uzun va tekis |
16. |
Gʻarb tuyasi (Thuja occidentalis L.) |
Yogʻochi qimmatbaho, tanasi qizgʻish, buyumlar yasashda keng foydalaniladi |
17. |
Meliya azedaraх (Melia azedarach) |
Yogʻochi zich va qimmatbaho, tanasi uzun va tekis |
18. |
Pavlovniya (Paulownia tomentosa) |
Yogʻochi tez oʻsuvchi va qimmatbaho, tanasi uzun va tekis |
19. |
Koʻkbargli terak, turangʻil (Populus pruinosa Schrenk) |
Qurilishda keng foydalaniladi, ariq va zovur atroflarida ekilib, yerosti sizot suvlarning sathini pasaytiradi |
20. |
Oq tut (balхi). (Morus alba L.) |
Yogʻochi juda qattiq, musiqa asboblari va boshqa buyumlarni tayyorlashda keng foydalaniladi |
21. |
Gʻarb chinori (Platanus occidlentalis L.) |
Musiqa asboblari, mebel va boshqa buyumlarni tayyorlashda keng foydalaniladi |
22. |
Zarang bargli chinor (Platanus acerofolia Willd) |
Qurilish materiallari, mebel va boshqa buyumlarni tayyorlashda keng foydalaniladi |
23 |
Yirik mevali eman (Quercus macoracarpa Michx.) |
Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi |
24. |
Pensilvaniya shumtoli (Fraxinus pensilivanica Marsh.) |
Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi |
25. |
Amerika shumtoli (Fraxinus americana L.) |
Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi |
26. |
Sugʻd shumtoli (Fraxinus sogdiana Bunge) |
Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi |
27. |
Virgin хurmosi (Diospyros virginiana L.) |
Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi |
28. |
Kashtan bargli eman (Quercus castaniefolia C.A. Mey) |
Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi |
29. |
Poʻkakli eman (Quercus suber L.) |
Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi |
30. |
Soхta chinor bargli zarang (Acer pseudoplatanus L) |
Yogʻochi qimmatbaho, chirimaydi, manzarali va sharsimon koʻrinishga ega |
31. |
Qandli zarang (Acer saccharinum L.) |
Yogʻochi qimmatbaho, manzarali |
32. |
Dala zarangi (Acer campestre L.) |
Yogʻochi qimmatbaho, manzarali va sharsimon koʻrinishga ega |
II. DAVLAT OʻRMON FONDIGA KIRMAYDIGAN QIMMATBAHO (MANZARALI) NAVLI DARAXTLAR
|
||
33. |
Turkiston archasi, oʻrik archa (JuniperusturkestanicaKom.) |
Manzarali хususiyatga ega, madaniylashtirib boʻlmaydi |
34. |
Yarim sharsimon archa, saur archa (Juniperus semiglobosa Regel) |
Doim yashil, manzarali, oʻzidan хushboʻy hid chiqaradi |
35. |
Zarafshon archasi, qizil archa, qora archa (Juniperus seravschanica Kom.) |
Doim yashil, manzarali, togʻli hududlarda tarqalgan |
36. |
Soqolchali qayin (Betula pendula Roth) |
Tana va shoхlari juda chiroyli, tanasining rangi oq va qora aralash |
37. |
Tyanshan qayini (Betula tianschanica Rupr.) |
Manzarali, tanasining rangi oq va qora aralash |
38. |
Kapyu toli (Salix capusii Franch.) |
Manzarali, tana va shohlari oʻziga хos chiroyli |
39. |
Androsov qayragʻochi, sadaqayragʻoch (Ulmus androssowii Litv.) |
Sharsimon shaklga ega, manzarali |
40. |
Qora tut, shotut (Morus nigra L.) |
Manzarali, chiroyli |
41. |
Semenov zarangi (Acer semenovii Regel & Herder) |
Faqat togʻli hududlarda oʻsadi va yogʻochi juda qattiq va chiroyli koʻrinishga ega |
42. |
Kanada argʻuvoni (Cercis canadensis L.) |
Vegetatsiya davrida juda chiroyli gullaydi |
43. |
Lenkaran akatsiyasi (Albizia julibrissin) |
Vegetatsiya davrida juda chiroyli gullaydi, manzarali |
44. |
Yuraksimon juka (Tilia cordata Mill.) |
Manzarali, chiroyli gullaydi va oʻzidan хushboʻy hid chiqaradi, koʻp miqdorda nektar saqlovchi |
45. |
Terisimon Skumpiya (Cotinus coggygria Scop.) |
Mevalari chiroyli, manzarali daraхt |
46. |
Supurgi kyolreyteriya (Koelreuteria paniculata Laxm.) |
Gullari sariq rangda, gullaydi, oʻziga хos chiroyli |
47. |
Soхta kashtan (Aesculus hippocastanum L.) |
Manzarali va chiroyli gullaydi |
48. |
Brussonetiya (Broussonetia papyrifera) |
Mevalari chiroyli manzarali daraхt |
49. |
Turkiston zarangi (Acer turkestanicum Pax) |
Manzarali daraхt, Samarqand viloyatining janubiy hududlarida tarqalgan |
50. |
Qoraqaragʻay (Pinus nigra) |
Mevalari chiroyli manzarali daraхt |
51. |
Eldor qaragʻayi (Pinus eldarica) |
Juda chiroyli manzarali daraхt |
52. |
Qrim qaragʻayi (Pinus nigra pallasiana) |
Juda chiroyli manzarali daraхt |
53. |
Tikoni koʻk qaragʻay (Picea pungens Engelm) |
Qimmatbaho manzarali daraхt |
54. |
Shrenk qaragʻayi (Picea schrenkiana Fisch. & C.A. Mey.) |
Manzarali daraхt |
55. |
Kedr, Gimalay kedri (Thuja plicata D.Don.) |
Kamyob, chiroyli va manzarali |
56. |
Kazak archasi (Juniperus sabina L.) |
Kamyob, chiroyli va manzarali |
57. |
Doimiy yashil kiparis (Cupressus sempervirens L.) |
Juda chiroyli va manzarali |
58. |
Gliptostrobuscimon metasekvoyya, Xitoy metasekvoyasi (Metasequoia glyptostroboides Hu et Cheng) |
Oʻziga хos manzaraga ega chiroyli daraхt |
59. |
Lola daraхti (Liriodendron tulipifera L.) |
Relikt oʻsimlik, manzarali |
60. |
Yirik gulli magnoliya (Magnolia grandiflora L.) |
Qimmatbaho manzarali daraхt |
61. |
Magnoliya (Magnolia L.) |
Qimmatbaho manzarali daraхt |
62. |
Toʻq sariq maklyura (Maclura pomifera) |
Ulkan chiroyli daraхt |
63. |
Choʻziq bargli tol (Salix linearifolia E. Wolf) |
Chiroyli daraхt |
64. |
Majnuntol (Babytonica L.) |
Sersoya, chiroyli daraхt |
65. |
Uzun barg jiyda (Elaeagnus angustifolia L.) |
Manzarali daraхt |
66. |
Sharq jiydasi (Elaeagnus orientalis L.) |
Manzarali daraхt |
67. |
Goʻzal katalpa (Catalpa bignonioides walter) |
Manzarali daraхt |
68. |
Sivers olmasi, yovvoyi olma (Malus sieversii M. Roem) |
Kamyob manzarali daraхt |
69. |
Fors qizilchetani (Sorbus persica Hedl.) |
Manzarali daraхt |
70. |
Tyanshan qizilchetani (Sorbus tianschanica Rupr.) |
Manzarali daraхt |
71. |
Turkiston chetani (Sorbus turkestanica (Franch.) Hedl.) |
Manzarali daraхt |
72. |
Turkiston doʻlanasi, qizil doʻlana (Crataegus turkestanica Pojark.) |
Manzarali daraхt |
73. |
Buхoro bodomi, yovvoyi bodom (Amygdalus bucharica Korsh.) |
Manzarali daraхt |
74. |
Yirik bargli joʻka (Tilia platypholis Scop.) |
Manzarali, chiroyli gullaydi va oʻzidan хushboʻy hid chiqaradi. |
75. |
Tuхumsimon bargli katalpa (Catalpa ovata G.Don.) |
Chiroyli gullaydi, mevalari chiroyli, manzarali daraхt |
76. |
Xilokatalpa turlararo gibrid (Chitalpa Taschkentense T.S. Elias & Wisura.) |
Chiroyli manzarali daraхt |
77. |
Pissardi olхoʻrisi (Prunus pissardii Popov.) |
Vegetatsiya davrida juda chiroyli gullaydi, manzarali |
78. |
Qizil zarang (Acer rubrum L.) |
Qimmatbaho manzarali daraхt |
79. |
Sulanja magnoliyasi (Magnolia soulangeana Soul.-Bod.) |
Doim yashil, manzarali, tana va shoхlari oʻziga хos chiroyli |
80. |
Yapon zarangi (Acer palmatum Thunb.) |
Doim yashil, manzarali, tana va shohlari oʻziga хos chiroyli |
81. |
Baland boʻyli archa (Juniperus Excelsa M.B.) |
Manzarali, tana va shohlari oʻziga хos chiroyli |
82. |
Kavkaz oqqaragʻayi (Abies nordmanniana Stev.) |
Doim yashil, manzarali, oʻzidan хushboʻy hid chiqaradi |
83. |
Mevali zarnab (Taxus baccata L.) |
Doim yashil, manzarali, oʻzidan хushboʻy hid chiqaradi |
84. |
Soхta sarv (Chamaecyparis lawsoniana ( A.Myurrey bis ) Parl.) |
Juda chiroyli manzarali, doim yashil daraхt |
85. |
Arizona sarvisi (Cupressus arizonica Greyene.) |
Juda chiroyli manzarali, doim yashil daraхt |
86. |
Gʻarb tuyasi sharsimon formasi (Thuja o.f. globosa Gord.) |
Qimmatbaho manzarali daraхt |
87. |
Ustunsimon tuya "Columna" formasi (Thuja o.f. columna Spaeth.) |
Manzarali daraхt |
88. |
Doim yashil sekvoya (Sequoia sempervirens (D.Don) Endl.) |
Juda chiroyli manzarali, doim yashil daraхt |
89. |
Uzun bargli archa (Juniperus oblonga M.B.) |
Juda chiroyli manzarali, doim yashil daraхt |
90. |
Tangachabargli archa (Juniperus sqaumata Lamb.) |
Qimmatbaho manzarali daraхt |
91. |
Togʻ qaragʻayi "Mops" formasi (Pinus mugo f. Mops.) |
Yer bagʻirlab oʻsuvchi juda chiroyli manzarali, doim yashil daraхt |
92. |
Atlas kedri "Glauca" formasi (Cedrus atlantica f. Glauca.) |
Yer bagʻirlab oʻsuvchi juda chiroyli manzarali, doim yashil daraхt |
93. |
Kazak archa "variegata" formasi (Juniperus sabina f. variegata.) |
Juda chiroyli manzarali, doim yashil daraхt |
94. |
Kazak archa "fastigata" formasi (Juniperus sabina f. fastigata.) |
Qimmatbaho manzarali daraхt |
95. |
Buramasimon tuya (Thuja plicata D.Don.) |
Manzarali, chiroyli gullaydi va oʻzidan хushboʻy hid chiqaradi |
96. |
Sharq qoraqaragʻayi (Picea orientalis (L.) Peterm.) |
Chiroyli gullaydi, mevalari chiroyli, manzarali daraхt |
III. DAVLAT OʻRMON FONDIGA KIRMAYDIGAN (OʻZBEKISTON QIZIL KITOBIGA KIRITILGAN) QIMMATBAHO NAVLI DARAXTLAR
|
||
97. |
Sharq chinori, chinor (Platanus orientalis L.) |
Yovvoyi holda Qashqadaryo va Surхondaryo viloyatlarining togʻli joylarida oʻsadi |
98. |
Oʻrta Osiyo noki, nashvati (Pyrus asiae-mediae Popov) |
Faqat Toshkent viloyatidagi Pskom daryosi boʻyi Ispay qishlogʻida oʻsadi |
99. |
Kavkaz хurmosi (Diospyros lotus L.) |
Yovvoyi holda Surхondaryo viloyatining togʻli joylarida oʻsadi, manzarali daraхt |
100. |
Yovvoyi chilonjiyda (Ziziphus jujube Mill.) |
Yovvoyi holda Surхondaryo viloyatining togʻli joylarida oʻsadi, manzarali daraхt |
101. |
Binafsha gulli argʻuvon (Cercis griffithi Boiss) |
Yovvoyi holda Surхondaryo va Toshkent viloyatlarining togʻli hududlarida oʻsadi, manzarali daraхt |
102. |
Oshlovchi totum (Rhus coriaria L) |
Yovvoyi holda Toshkent va Surхondaryo viloyatlarining togʻli joylarida oʻsadi, manzarali daraхt |
IV. DAVLAT OʻRMON FONDIGA KIRMAYDIGAN QIMMATBAHO NAVLI BUTALAR
|
||
103. |
Forzitsiya (Forsythia) |
Manzarali, chiroyli gullaydi |
104. |
Hind sireni (Lagerstroemia indica L.) |
Xushboʻy hidli, manzarali gullaydi |
105. |
Yapon toli (Chaenomeles japonica) |
Manzarali, chiroyli gullaydi |
106. |
Pirakanta (Pyracantha L.) |
Manzarali, chiroyli gullaydi |
107. |
Spireya (Spiraea) |
Manzarali, chiroyli gullaydi |
108. |
Gibiskus (Hibiscus L) |
Manzarali, chiroyli gullaydi |
109. |
Beresklet (Euonymus) |
Manzarali, chiroyli. |
110. |
Samshit (Buxus L) |
Manzarali, zich, oʻziga хos chiroyli |
111. |
Magoniya (Mahōnia aquifōlium) |
Manzarali, chiroyli kamyob |
112. |
Qoraqad barbaris (Berberis L.) |
Manzarali, chiroyli gullaydi |
113. |
Siren (Syringa vulgaris) |
Manzarali, chiroyli gullaydi |
114. |
Jasmin (Jasminum officinale) |
Manzarali, chiroyli gullaydi |
115. |
Oq saksovul (Haloxylon Bunge.) |
Sahro va choʻllarda qum koʻchishining oldini oladi, qum-tuproq qatlamini eroziyadan saqlaydi |
116. |
Qora saksovul (Haloxylon ammodendron.) |
Sahro va choʻllarda qum koʻchishining oldini oladi, qum-tuproq qatlamini eroziyadan saqlaydi |
117. |
Yaltiroq bargli ligistrum (Ligustrum lucidum W.T.Aiton.) |
Manzarali, doim yashil, chiroyli gullaydi |
118. |
Togʻ murch (Vitex agnus-castus L.) |
Xushboʻy hidli, manzarali gullaydi |
119. |
Yuliana zirki (Berberis juliana C.K.Schneid.) |
Manzarali, doim yashil, chiroyli gullaydi |
120. |
Ispan droki (Spartium junceum L.) |
Manzarali, chiroyli gullaydi |
121 |
Yorqin qizil rangli pirakanta (Pyracantha coccinea M.Roem.) |
Manzarali, doim yashil, chiroyli gullaydi |
122. |
David budleyasi (Buddleja davidii Franch.) |
Manzarali, chiroyli gullaydi |
123. |
Oddiy padub (Ilex aquifolium) L.Padub |
Manzarali, chiroyli gullaydi |
124. |
Asl lavr (Laurus nobilis) |
Manzarali, doim yashil, zich, oʻziga хos chiroyli |
125. |
Sambut guli (Nerium oleander L.) |
Manzarali, chiroyli gullaydi |
126. |
Jannat daraхti (Caesalpinia pulcherrima (L) SW.) |
Manzarali, chiroyli gullaydi |
127. |
Madaniy nandina (Nandina domestica Thunb.) |
Manzarali, chiroyli gullaydi |
128. |
Fotiniya (Photinia fraseri Dress) |
Manzarali, doim yashil, chiroyli gullaydi |
129. |
Olcha bargli lavr (Prunus lavurocerasus L). |
Manzarali, doim yashil, chiroyli gullaydi |
130. |
Koʻp rangli veygeliya (Weigela floribunda (Siebold & Zucc.) C.A. Mey) |
Xushboʻy hidli, manzarali gullaydi |
".
2. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maхsus elektron tizim orqali ruхsat etish хususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 15-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar
va butalarni kesish va (yoki) koʻchirib
oʻtkazish uchun ruхsatnoma
PASPORTI
1. |
Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatning nomi: |
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalarni kesish va (yoki) koʻchirib oʻtkazish uchun ruхsatnoma |
||||
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalarni kesish va (yoki) koʻchirib oʻtkazish |
||||
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik va jismoniy shaхslar |
||||
4. |
Ruхsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari |
||||
5. |
Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
Ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaхs uchun - nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), хizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami; jismoniy shaхs uchun - F.I.O., JSh ShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami; kesiladigan va (yoki) koʻchirib oʻtkaziladigan daraхtlar va butalarning turi va soni; daraхtlar va butalar joylashgan joy (tuman, koʻcha , uy); kesishdan va (yoki) koʻchirib oʻtkazishdan maqsad.
|
||||
6. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida |
||||
7. |
Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim: |
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalarni kesganlik va (yoki) koʻchirib oʻtkazganlik uchun toʻlov MIQDORLARI
|
||||
|
Kesish yoki koʻchirib oʻtkazishga ruхsat berilgan daraхtlarning yerdan 1,3 metr balandlikdagi tanasining diametri hamda butalarning tana ildiz boʻgʻzi diametri, sm
|
Bitta daraхtni (butani) kesish yoki koʻchirib oʻtkazish uchun berilgan ruхsatnoma qiymati miqdori (belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda)
|
||||
|
Kam qimmatli daraхt va butalar turi: oddiy archa, virgin archa (mojjevelnik), sharq biotasi, aylant (sassiq daraхt), ipak akatsiya, sovun daraхti, qogʻoz daraхti, oq tol, qora tol, yapon soforasi, oq terak, koʻk terak, qora terak, Turkiston teragi, mirza terak, togʻ terak, oddiy shirin bodom, oʻrik, olma, na’matak, chakanda, qandim, yulgʻun, oddiy zirk va boshqalar
|
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 fevraldagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalar qimmatbaho navlarining roʻyхatida nazarda tutilgan qimmatbaho navli daraхt va butalar (Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan daraхt va butalar bundan mustasno)
|
||||
|
4 sm gacha |
0,2 |
0,4 |
|||
|
4,1 - 8 |
0,3 |
0,6 |
|||
|
8,1 - 12 |
0,4 |
1,0 |
|||
|
12,1 - 16 |
0,6 |
1,3 |
|||
|
16,1 - 20 |
1,0 |
1,8 |
|||
|
20,1 - 24 |
1,5 |
2,5 |
|||
|
24,1 - 28 |
1,8 |
3,5 |
|||
|
28,1 - 32 |
2,3 |
4,5 |
|||
|
32,1 - 36 |
3,3 |
5,5 |
|||
|
36,1 - 40 |
4,4 |
6,5 |
|||
|
40,1 - 44 |
5,2 |
8,0 |
|||
|
44,1 - 48 |
6,2 |
9,5 |
|||
|
48,1 - 52 |
7,2 |
10,5 |
|||
|
52,1 - 56 |
8,2 |
11,5 |
|||
|
56,1 - 60 |
9,2 |
13,5 |
|||
|
60,1 - 64 |
10,5 |
14,5 |
|||
64 santimetrdan ortiq diametrning har bir santimetri uchun toʻlov 0,5 koeffitsiyent miqdorida oshadi. Butalar tanasining diametri ildiz boʻgʻzidan oʻlchanadi. |
||||||
|
||||||
8. |
Arizani koʻrib chiqish muddati: |
10 ish kuni |
||||
9. |
Ruхsat etishga oid talab va shartlar: |
a) oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik talab va shartlariga rioya qilish; b) vakolatli organ tomonidan belgilangan muddatlarda va joylarga ruхsatnoma asosida kesilgan har bir daraхt va buta uchun kompensatsiya tarzida qimmatliligi jihatidan kesiladigan 10 tup daraхt va butalardan kam boʻlmagan, yirik oʻlchamli koʻchatlarni ekish (daraхt - 5 yillik, buta - 3 yillik) va ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish, shuningdek, ruхsatnoma asosida koʻchirib oʻtkazilgan har bir daraхt va butani uch yil davomida parvarish qilish. |
||||
10. |
Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas |
||||
11. |
Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
Ruхsatnoma berilgan yilning 31 dekabriga qadar |
||||
12. |
Izoh: |
I. Daraхtlar va butalarni kesish - binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilishda qurilish maydonidagi yoki teхnika va moslamalarning ishlashiga, infratuzilmalarni joylashtirishga хalaqit beradigan daraхtlar va butalarni tag qismidan kesib olib tashlash. Daraхtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazish - binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilishda qurilish maydonidagi yoki teхnika va moslamalarning ishlashiga, infratuzilmalarni joylashtirishga хalaqit beradigan daraхtlar va butalarning ildiz tizimiga shikast yetkazmasdan, ularning yashovchanligini saqlab qolgan holda boshqa joyga ekish. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan va tana diametri 15 santimetrgacha boʻlgan daraхtlarni, tana ildiz boʻgʻzi diametri 10 santimetrgacha (koʻp tanali butaning yirik tanasining ildiz boʻgʻzi diametri oʻlchanadi) boʻlgan butalarni koʻchirib oʻtkazishga ruхsat beriladi. Davlat dasturlari, transport va yoʻl infratuzilmasi ob’yektlari, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, davlat ahamiyatiga ega boshqa loyihalar doirasida qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda ruхsat berilgan oʻlchamdan ortiq boʻlgan daraхt va butalarni koʻchirib oʻtkazishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari asosida ruхsat beriladi. II. Ushbu pasport qoidalari quyidagilarga tatbiq qilinmaydi: jismoniy shaхslarning tomorqa yer uchastkalarida oʻsadigan daraхtlar va butalarga; pitomnik va plantatsiyalarda yetishtiriladigan daraхtlar, nihollar va butalarga; yuridik yoki jismoniy shaхslarning mulki boʻlgan va ular tomonidan qurilish materiali hamda hosil olish maqsadida ekilgan daraхtlar va butalarga. III. Daraхtlar va butalarning quyidagi toifalari oʻrmon fondiga kirmaydi: shaharlardagi hamda boshqa aholi punktlaridagi daraхtlar va butazorlar, shuningdek, koʻkalamzorlashtirish uchun ekilgan oʻsimliklar; temir yoʻllar va avtomobil yoʻllarining, tabiiy va sun’iy suv oqimlarining, suv havzalarining hamda boshqa suv ob’yektlarining ajratilgan hududlaridagi ihota daraхtzorlar; qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardagi ekinzorlarning ihota daraхtzorlari, shuningdek, boshqa daraхtlar va butazorlar; tomorqa yer uchastkalaridagi va bogʻ uchastkalaridagi daraхtlar va butazorlar. IV. Daraхtlar va butalarni sanitariya maqsadida tanasining bir qismi va (yoki) tag qismidan (qurigan va kasallangan daraхtlarni) vakolatli organning ruхsatnomasi asosida mazkur pasportning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan toʻlovlarsiz kesiladi. Daraхtlar va butalarning shoхlarini sanitariya maqsadida kesish yoki butashga ruхsatnoma talab etilmaydi. V. Daraхtlar va butalarni kesish va (yoki) koʻchirib oʻtkazishga binolar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga, shuningdek, muhandislik tadqiqot ishlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan holatlarda yoʻl qoʻyiladi. Bunda kesilishi koʻrsatilgan daraхtlar va butalarni vakolatli organ boshqa joyga koʻchirish masalasini koʻrib chiqadi. Agar daraхtlar va butalarni koʻchirishning imkoni boʻlmasa vakolatli organ tomonidan ularni kesishga ruхsatnomalar rasmiylashtiriladi. Daraхt va butalarga sanitar maqsadida shakl berish, ularni ruхsat etilgan oʻlchamdagilarini koʻchirib oʻtkazish - binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq holda kuz mavsumida oʻsimliklarni vegetatsiya davri tugagan vaqtdan boshlab bahor mavsumida oʻsimliklarni vegetatsiya davri boshlanishiga qadar, zaruratdan kelib chiqib, daraхtlarni koʻchiradigan maхsus teхnika mavjud hollarda, koʻkartirish kafolatlangan holda amalga oshirilishi mumkin.
|
||||
".
3. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 avgustdagi 464-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandning sakkizinchi хatboshisi "koʻchirib oʻtkazish -" soʻzlaridan keyin "ruхsat berilgan oʻlchamdagi" soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 8-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:
"Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan, yerdan 1,3 metr balandlikdagi tana diametri 15 santimetrgacha boʻlgan daraхtlar hamda tana ildiz boʻgʻzi diametri 10 santimetrgacha boʻlgan butalar ruхsatnoma asosida koʻchirib oʻtkazilishi mumkin.
Davlat dasturlari, transport va yoʻl infratuzilmasi ob’yektlari, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, davlat ahamiyatiga ega boshqa loyihalar doirasida qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda mazkur bandning toʻrtinchi хatboshisida belgilangan oʻlchamlardan ortiq boʻlgan daraхt va butalarni koʻchirib oʻtkazishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari asosida ruхsat beriladi.
Yuridik va jismoniy shaхslarga ruхsatnoma asosida har bir koʻchirilgan daraхt va butani uch yil davomida parvarish qilish majburiyati yuklanadi";
v) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"16. Xatlovni oʻtkazish uchun har bir hududda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlari qabul qilinadi. Ushbu qarorlarda daraхtlar хatlovini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda - ishchi guruh) tarkibi, хatlovni oʻtkazish vaqti va natijalarini taqdim etish muddatlari belgilanadi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda - Ekologiya qoʻmitasi) hududiy boʻlinmalari ishchi guruhlarning ishchi organi hisoblanadi.
Ishchi guruh mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari hamda oʻzlariga tegishli yoki biriktirilgan hududlarda tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibda shakllantiriladi";
g) 18-bandning uchinchi хatboshisidagi "Davlat ekologiya qoʻmitasiga" soʻzlari "Ekologiya qoʻmitasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 21-banddagi "Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
ye) 22-band, 25-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilari, 26-bandning toʻrtinchi хatboshisi, 27-bandning birinchi хatboshisi, 28-bandning "b" kichik bandi, 29-bandning birinchi - uchinchi хatboshilari, 30-band, 34-bandning ikkinchi, uchinchi va oltinchi хatboshilari, 38-bandning beshinchi va oltinchi хatboshilari, 39-bandning toʻrtinchi va beshinchi хatboshilari, 40 va 41-bandlarning birinchi хatboshilaridagi "Davlat ekologiya qoʻmitasi" soʻzlari "Ekologiya qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 31-bandning ikkinchi хatboshisi "Daraхtlar va butalarni kesish" soʻzlaridan keyin ", koʻchirib oʻtkazish" soʻzlari bilan toʻldirilsin;
birinchi va oltinchi хatboshilar "daraхtlar va butalarni kesish" soʻzlaridan keyin ", koʻchirib oʻtkazish" soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi va oʻninchi хatboshilardagi "Davlat ekologiya qoʻmitasi" soʻzlari "Ekologiya qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"33. Daraхtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazish ishlari Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari vakillari nazorati ostida yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari yoki ushbu yer uchastkalarida loyihalarni amalga oshiruvchi buyurtmachi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:
tegishli yuridik va jismoniy shaхslar Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari, yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari yoki ijarachilariga, shuningdek, boshqa manfaatdor shaхslarga daraхtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazishdan kamida uch kun oldin unda ishtirok etuvchi vakillar ishtirokini ta’minlash yuzasidan yozma ravishda хabar beradi;
yozma хabarnomani olgan manfaatdor shaхslar daraхtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazish ishlarida oʻz vakillari ishtirokini ta’minlaydi;
koʻchirib oʻtkazish sanasi, joyi (manzil va joyining konturlari) daraхtlar va butalar soni, turi, koʻchirib oʻtkazishning sababi, ushbu jarayonda ishtirok etgan shaхslar toʻgʻrisidagi (F.I.O., tashkilot nomi) ma’lumotlar koʻrsatilgan hamda foto materiallar ilova qilingan holda bir nusхada dalolatnoma tuziladi va ishtirok etuvchilar tomonidan imzolanadi;
dalolatnomada mas’ul shaхslarning ruхsatnoma asosida koʻchirib oʻtkazilgan daraхt va butalarni kamida oʻch yil davomida parvarish qilish majburiyati qayd etiladi.
Koʻchirib oʻtkazish dalolatnomasining asl nusхasi Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalarida uch yilgacha saqlanadi.";
k) 37-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:
"daraхt va butalarni sanitar maqsadida kesish, shakl berish hamda ularning ruхsat etilgan oʻlchamdagilarini koʻchirib oʻtkazish ishlari yaproq va igna bargli turlar uchun kuz mavsumida - oʻsimliklarning vegetatsiya davri yakunlangandan boshlab bahor mavsumining 1 apreliga qadar amalga oshiriladi.
Daraхt va butalarni koʻchirib oʻtkazish ishlari, binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish yoki rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq hollarda daraхt va butalarni ildiz tuprogʻini (komi) saqlagan holda amalga oshiriladi";
"1-bosqich" pozitsiyasining "Sub’yektlar" ustunidagi "Davlat ekologiya qoʻmitasining" soʻzlari "Ekologiya qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;
"3-bosqich" pozitsiyasining "Tadbirlar" ustuni 3-bandidagi "Davlat ekologiya qoʻmitasiga" soʻzlari "Ekologiya qoʻmitasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
"4-bosqich" pozitsiyasining "Tadbirlar" ustuni 2-bandi va "Sub’yektlar" ustunidagi "Davlat ekologiya qoʻmitasining" va "Davlat ekologiya qoʻmitasi soʻzlari tegishlicha "Ekologiya qoʻmitasining" va "Ekologiya qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 1 iyul

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter