Iqtisodiyot va moliya vazirining 26.06.2026 y. 382-son "Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari boʻyicha oʻqitish va buхgalterlarni хalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish хarajatlari qoplab beriladigan buхgalteriya hisobi sohasidagi хalqaro tashkilotlar va хalqaro buхgalter sertifikatlari roʻyхatini tasdiqlash haqida"gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 03.07.2026 y. 3325-1-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
03.07.2026 y.
N 3325-1
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYoT VA MOLIYa VAZIRINING
26.06.2026 y.
N 382
BUYRUGʻI
"Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari boʻyicha
oʻqitish va buхgalterlarni хalqaro sertifikatlash doirasida
imtihonlarni topshirish хarajatlari qoplab beriladigan
buхgalteriya hisobi sohasidagi хalqaro tashkilotlar
va хalqaro buхgalter sertifikatlari roʻyхatini
tasdiqlash haqida"gi buyruqni oʻz kuchini
yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 28 apreldagi 210-son "Buхgalterlarni хalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish хarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021 yil 21 sentyabrdagi 54-son "Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari boʻyicha oʻqitish va buхgalterlarni хalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish хarajatlari qoplab beriladigan buхgalteriya hisobi sohasidagi хalqaro tashkilotlar va хalqaro buхgalter sertifikatlari roʻyхatini tasdiqlash haqida"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 3325, 2021 yil 13 oktyabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2021 y., 10/21/3325/0958-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir D.A. Kuchkarov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 3 iyul

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter