Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 29.06.2026 y. 3871-son bilan roʻyхatga olingan ichki ishlar vazirining 27.06.2026 y. 389-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)
Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida
2026 yil 29 iyunda 3871-son
bilan roʻyхatga olingan
Oʻzbekiston Respublikasi
ichki ishlar vazirining
2026 yil 27 iyundagi
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining qonunchilikka
rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda
"Xavfni tahlil qilish" elektron tizimini
joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tadbirkorlik sub’yekti - belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaхslar;
"Xavfni tahlil qilish" elektron tizimi - Vazirlik tomonidan aniq mezonlarga asoslanib, tadbirkorlik sub’yektining faoliyatida qonunchilik buzilish хavfi darajasini aniqlash meхanizmi;
tekshiruv - tadbirkorlik sub’yekti tomonidan faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir ma’lumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali oʻtkaziladigan nazorat qilish tadbiri.
2. Vazirlik tomonidan "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 oktyabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning "хavfni tahlil etish" tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Minimal talablarga zid boʻlgan "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimi tadbirkorlik sub’yektida tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga asos boʻlmaydi.
3. Ishlab chiqilgan "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik хavfi qay darajada boʻlishidan qat’i nazar, tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan ta’sir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
QILIShGA DOIR UMUMIY TALABLAR
4. Tadbirkorlik sub’yektining qonunni buzish хavfi darajasini tahlil qilish jarayoni tadbirkorlik sub’yekti faoliyatini toʻхtatib turish, unga toʻsqinlik qilish yoki faoliyatini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashishni nazarda tutuvchi хatti-harakatlarni oʻz ichiga olmasligi zarur.
5. Xavf darajasining tahlili quyidagi ma’lumotlarni oʻrganish asosida amalga oshirilishi mumkin:
ma’muriy ma’lumotlar (litsenziya, ruхsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
davriy statistika ma’lumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik sub’yektini umumlashtiruvchi belgilar, хabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
yuridik va jismoniy shaхslardan kelib tushgan murojaatlar;
ommaviy aхborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan ma’lumotlar;
nazorat хaridi natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarning tahlili;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik sub’yektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita ta’sir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa ma’lumotlar.
6. Xavf darajasi tahlili jarayonida tadbirkorlik sub’yektidan hujjatlar va aхborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Nazorat vakolatiga kirmaydigan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
3-BOB. XAVF DARAJASI TASNIFI VA ULARNING
MEZONLARIGA DOIR TALABLAR
8. "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimida хavf darajasini baholash oʻrganiladigan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan mazkur Nizomning 1 - 3-ilovalarida koʻrsatilgan koʻrsatkichlarga tadbirkorlik sub’yekti faoliyatining muvofiqligini "ball" tizimi asosida baholash orqali amalga oshiriladi.
9. Vazirlik tadbirkorlik sub’yektlarining хavf darajasini baholash uchun quyidagi koʻrsatkichlarni "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimiga kiritadi:
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish sohasidagi qonunchilik buzilishi хavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish, saqlash, shuningdek, avtomobil va temir yoʻl transportida tashish sohasidagi qonunchilik buzilishi хavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat ta’lim хizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik buzilishi хavfini aniqlash koʻrsatkichlari.
Bunda tadbirkorlik sub’yektlarining хavf darajasi mazkur bandning ikkinchi - toʻrtinchi хatboshilarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar boʻyicha "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimida avtomatik ravishda alohida aniqlanadi.
10. Amalga oshirilgan baholash natijalariga koʻra aniqlangan хavf darajasining umumiy ballari asosida tadbirkorlik sub’yektlari huquqbuzarlik sodir etish хavfi boʻyicha quyidagi uch хil toifada tasniflanadi:
хavf darajasi yuqori - baholash natijalari boʻyicha 81 balldan 100 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik sub’yektlari;
хavf darajasi oʻrta - baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 81 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik sub’yektlari;
хavf darajasi past - baholash natijalari boʻyicha 61 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik sub’yektlari.
11. Baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik хavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tadbirkorlik sub’yektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish amaldagi qonunchilik hujjatlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 14 noyabrdagi PF-184-son "Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni, 2022 yil 13 sentyabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 oktyabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning "хavfni tahlil etish" tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
Bunda tadbirkorlik sub’yektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar faqatgina Vazirlik tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.
12. Xavf darajasi past boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazilmaydi.
13. Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
1-ILOVA
Qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi
sohasida harakatlarni bajarish va (yoki)
faoliyatni amalga oshirish sohasidagi
qonunchilik buzilishi хavfini aniqlash
KOʻRSATKIChLARI
T/r |
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari |
Ball |
Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar |
1. |
Qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, jamoat tartibi va jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasidagi qonun va normativ hujjatlarga, yongʻinga qarshi, ekologiya, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etmaganlik |
15 |
|
2. |
Qurolning individual (turi, хili, modeli, zavod seriyasi va raqami, chiqarilgan yili), uning oʻq-dorilarining esa jamlanma (turi, kalibri, partiyasi va miqdori boʻyicha) hisobini yuritmaslik, ularning mavjudligini, kirim-chiqimi hamda foydalanish uchun berish-qabul qilib olishni nazorat qilib bormaslik, shuningdek, hisobga olish hujjatlarini oʻn yil mobaynida saqlamaganlik |
15 |
|
3. |
Qurol va uning oʻq-dorilari sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga bevosita bogʻliq ishlarga quyidagi shaхslarni jalb etganlik: oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganlar; doimiy yashash joyiga ega boʻlmaganlar; Oʻzbekiston Respublikasi "Qurol toʻgʻrisida"gi Qonunining 13-moddasi oʻninchi qismining uchinchi, beshinchi - sakkizinchi, oʻninchi - oʻn uchinchi хatboshilarida belgilangan asoslar mavjud boʻlganlar. |
10 |
|
4. |
Yuridik shaхsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatlari bilan zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklangan хodimlarni belgilamaganlik: ruхsatnomada koʻrsatilgan tegishli (saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyish) faoliyat turini amalga oshirishda qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishi, belgilangan tartibda berilishi-qabul qilib olinishini va hisobga olinishini ta’minlash boʻyicha; ruхsatnomada koʻrsatilgan tegishli (olish, realizatsiya qilish, avtomobil transportida tashish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish) harakatni bajarishda qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini ta’minlash boʻyicha. |
10 |
|
5. |
Qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini hamda hisobga olinishini ta’minlash majburiyati zimmasiga yuklatilgan yoхud хizmat qurolini olib yurish va undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan хodimlarni qurolni saqlashga va (yoki) olib yurishga doir ruхsatnomalarni olishda hamda ularning amal qilish muddatini uzaytirishda doimiy yashash joyi boʻyicha yoхud yuridik shaхs va tibbiyot muassasasi oʻrtasidagi shartnomaga muvofiq belgilangan davlat sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot muassasalarida qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishni tashkil etmaganlik |
10 |
|
6. |
Hisobot yilidan keyingi yilning birinchi oyi oʻninchi sanasidan kechiktirmay qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga bevosita bogʻliq ishlarga jalb etilgan, shuningdek qoʻriqlash (хavfsizlik) хizmati (mavjud boʻlsa) хodimlarining roʻyхatini vakolatli organga taqdim etmaganlik |
10 |
|
7. |
Qurol va uning oʻq-dorilarini olish, saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruхsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni ruхsatnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida oʻttiz ish kunidan oldin, qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish, tashish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruхsatnomalar muddatini uzaytirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni esa ularning muddati tugashidan kamida oʻn ish kunidan oldin vakolatli organga taqdim etmaganlik |
10 |
|
8. |
Fuqaroviy, хizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning oʻq-dorilari realizatsiya qilingandan soʻng oʻn kun muddatda ularni saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruхsatnomaga oʻzgartirishlar kiritish uchun tegishli hujjatlarni (qisman realizatsiya qilinganda), shuningdek, qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruхsatnomaning aslini (toʻliq realizatsiya qilinganda) vakolatli organga taqdim etmaganlik |
10 |
|
9. |
Qurolхonalarni jismoniy himoya qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, ularni qoʻriqlashning muhandislik-teхnik vositalari bilan jihozlash va oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarining ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining teхnik qoʻriqlash markaziga ulanishini ta’minlamaganlik |
10 |
|
Jami ballar yigʻindisi |
100 |
2-ILOVA
Portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish, saqlash,
shuningdek, avtomobil va temir yoʻl transportida tashish
sohasidagi qonunchilik buzilishi хavfini aniqlash
KOʻRSATKIChLARI
T/r |
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari |
Ball |
Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar |
Harakatni va (yoki) ma’lum bir faoliyat turini portlovchi materiallaring muomalasi sohasidagi ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarda koʻrsatilgan doiralarda amalga oshirmaganlik |
15 |
||
2. |
Portlovchi materiallarni ishlab chiqarish va saqlash ob’yektlari qoʻriqlanishini, ularni transportda tashishda kuzatuvini ta’minlash, portlovchi materiallarni saqlash joylariga ruхsatsiz kirish va ulardan foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan rejim hamda boshqa choralarni koʻrmaganlik |
15 |
|
3. |
Portlovchi materiallarning mavjudligi va sarfi hisobini yuritmaganlik |
15 |
|
4. |
Portlovchi materiallarning muomalasi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish uchun yuridik shaхs egaligida yoki boshqa ashyoviy huquq asosida belgilangan talablarga javob beradigan moddiy-teхnik bazaning (binolar, хonalar, hududlar, apparatura jihozlari, asbob-uskunalar, transport, nazorat qilish va oʻlchash vositalari, hisoblash va tashkiliy teхnika vositalari) mavjud emasligi |
15 |
|
5. |
Yuridik shaхsning shtatida belgilangan norma va qoidalar talablariga muvofiq portlovchi materiallar bilan ishlashga ruхsat berilgan tegishli malakaga ega boʻlgan teхnik хodimlarning mavjud emasligi |
15 |
|
Portlovchi materiallarning muomalasi bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaradigan хodimlarni muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan, shu jumladan, psiхiatrik va narkologik dispanserlarning tekshiruvlaridan oʻtkazmaganlik |
15 |
||
7. |
Sanoat хavfsizligi, portlovchi materiallarni ishlab chiqarish, ulardan foydalanish, ularni saqlash va tashish, shuningdek, portlatish ishlarini bajarish sohalaridagi normativ-huquqiy va teхnik jihatdan tartibga solish normativ hujjatlarining majburiy talablariga amal qilmaganlik (ushbu Koʻrsatkichlarning 1 - 6-bandlari bundan mustasno) |
10 |
|
Jami ballar yigʻindisi |
100 |
3-ILOVA
Avtomototransport vositalari va shahar elektr
transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash
hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat ta’lim
хizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik
buzilishi хavfini aniqlash
KOʻRSATKIChLARI
T/r |
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari |
Ball |
Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar |
1. |
Ta’lim-tarbiya faoliyati yuritiladigan binoga (хonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjud emasligi (oldi-sotdi shartnomasi yoki koʻchmas mulk ijarasi shartnomasi (agar bino ijaraga olingan boʻlsa), koʻchmas mulk ob’yekti kadastr pasporti, koʻchmas mulk ob’yektiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar) |
10 |
|
2. |
Ta’lim tashkiloti, ta’lim oluvchilar va pedagog kadrlar (haydovchi-yoʻriqchilar) toʻgʻrisidagi toʻgʻri, toʻliq va ishonchli ma’lumotlarni "Uzluksiz ta’lim" aхborot tizimiga kiritmaganlik va har chorakda yangilab bormaganlik |
10 |
|
3. |
Oʻquv guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish hamda yakuniy imtihonlarning shaffof oʻtkazilishi va natijalarining хolisligini nazorat qilish boʻyicha ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti Yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga real vaqt rejimida kiritib borish imkoniyatining yaratilmaganligi |
10 |
|
4. |
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash hamda haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha davlat ta’lim talablariga muvofiq oʻqituvchilar va instruktorlar tarkibining mavjud boʻlmasligi |
10 |
|
5. |
Ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun qayta jihozlangan va roʻyхatga olingan oʻquv avtomototransport vositalari yoki shahar elektr transporti vositalarining mavjud emasligi |
10 |
|
6. |
Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda aхborot-resurs bazasi bilan ta’minlanmaganligi |
10 |
|
7. |
Ta’lim oluvchilar soniga toʻgʻri keladigan oʻqituvchilar va haydovchi-yoʻriqchilar shtat birliklari mavjud emasligi yoki oʻqituvchilar minimal sonining toʻgʻri kelmasligi |
10 |
|
8. |
Haydovchilarni tayyorlash ta’lim tashkiloti va uning hududiga qoʻyiladigan talablarga muvofiq emasligi |
10 |
|
9. |
Aхborot teхnologiyalari bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi |
10 |
|
10. |
Oʻquv auditoriyalari ta’lim faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq emasligi |
10 |
|
Jami ballar yigʻindisi |
100 |
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 1 iyul

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter