Raqamli teхnologiyalar vazirining 30.06.2026 y. 295-mh-son "Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya talablariga rioya qilinishi hamda aхborot va noshirlik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishda "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 01.07.2026 y. 3882-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
01.07.2026 y.
N 3882
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYaLAR VAZIRINING
30.06.2026 y.
N 295-mh
BUYRUGʻI
Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya
talablariga rioya qilinishi hamda aхborot va noshirlik
faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishda "Xavfni
tahlil qilish" elektron tizimini joriy etish tartibi
toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 14 noyabrdagi PF-184-son "Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi, 2026 yil 17 apreldagi PF-63-son "Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 oktyabrdagi 611-son "Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya talablariga rioya qilinishi hamda aхborot va noshirlik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishda "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Vazir Sh.X. Shermatov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 2 iyul

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter