Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining 15.06.2026 y. 2-son "Ipak qurti urugʻiga sifat sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 30.06.2026 y. 3879-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
30.06.2026 y.
N 3879
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
YeNGIL SANOATNI RIVOJLANTIRISh
AGENTLIGI DIREKTORINING
15.06.2026 y.
N 2
BUYRUGʻI
Ipak qurti urugʻiga sifat sertifikatini berish
tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 6 martdagi PQ-87-son "Ipakchilik sohasini yangi tizim asosida rivojlantirish hamda ozuqa bazasini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Ipak qurti urugʻiga sifat sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Direktor N.Q. Xolmurodov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 2 iyul

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter