Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining 28.06.2026 y. 1-son "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori (AV tomonidan 01.07.2026 y. 3880-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
01.07.2026 y.
N 3880
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
EKOLOGIYa VA IQLIM OʻZGARIShI
MILLIY QOʻMITASINING
28.06.2026 y.
N 1
QARORI
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
sohasida qonunchilikka rioya etilishi ustidan
nazoratni amalga oshirishda "Xavfni tahlil
qilish" elektron tizimini joriy etish tartibi
toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 14 noyabrdagi PF-184-son "Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni hamda 2022 yil 13 sentyabrdagi PQ-374-son "Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi va 2025 yil 18 noyabrdagi PQ-343-son "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 oktyabrdagi 611-son "Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi QAROR QILADI:
1. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Raisning birinchi oʻrinbosari O.N. Qudratov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 2 iyul

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter