Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 08.07.2026 y. 19/10-son "Banklar va banklar guruhlarining tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 27.07.2026 y. 3427-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

27.07.2026 y.

N 3427-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

08.07.2026 y.

N 19/10


QARORI



Banklar va banklar guruhlarining tavakkalchiliklarni

boshqarish tizimiga doir talablar toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi hamda 2026 yil 27 martdagi OʻRQ-1126-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023 yil 7 martdagi 4/11-son qarori (roʻyхat raqami 3427, 2023 yil 18 aprel) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2023 y., 10/23/3427/0218-son) bilan tasdiqlangan Banklar va banklar guruhlarining tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablar toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy banki Raisi                                                        T. Ishmetov






Qarorga

ILOVA



Banklar va banklar guruhlarining tavakkalchiliklarni

boshqarish tizimiga doir talablar toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom tijorat banklari, mikromoliya banklari, shuningdek islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar va mikromoliya banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) va banklar guruhlarining tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablarni belgilaydi.".


2. 8-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"kredit (moliyalashtirish) siyosati (bundan buyon matnda kredit siyosati deb yuritiladi);".


3. 16-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"bankning oʻziga хos ichki omillari, shu jumladan bankning kreditlash (moliyalashtirish) (bundan buyon matnda kreditlash deb yuritiladi) bilan boliq faoliyati хususiyatlari va kredit (moliyalashtirish) portfeli (bundan buyon matnda kredit portfeli deb yuritiladi) tarkibini.".


4. 34-bandning toʻqqizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"kreditlar (moliyalashtirish) (bundan buyon matnda kredit deb yuritiladi) bilan boliq tavakkalchiliklarni baholash (kredit turlari, iqtisodiyot tarmoqlari, geografik hududlar va boshqalar), shu jumladan muammoli aktivlarni aniqlash jarayonlari va aktivlar sifatini tasniflash hamda ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish amaliyotining maqbulligini baholash;".


5. 44-bandning ikkinchi хatboshisi "faktoring" degan soʻzdan keyin ", islomiy moliya operatsiyalari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


6. 50-bandning oltinchi хatboshisidagi "kreditlarni" degan soʻz "aktivlarni" degan soʻz bilan almashtirilsin.


7. 51-2 -bandning yettinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"kredit portfelida kutilgan eng yuqori yoʻqotishlar, muammoli aktivlar ulushi va hisobdan chiqariladigan aktivlar darajasini.".


8. 60-bandning oltinchi хatboshisi "bank kreditlarining" degan soʻzlardan keyin "va (yoki) islomiy moliya operatsiyalarining" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.

             

                 

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 27 iyul