Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 13.07.2026 y. 2-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 09.07.2026 y. 389-son, Soliq qoʻmitasining 11.07.2026 y. 2026-23-son "Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yigʻimlar miqdorini belgilash, ularni toʻlash va taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 27.07.2026 y. 3388-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

27.07.2026 y.

N 3388-2

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ISTIQBOLLI LOYIHALAR

MILLIY AGENTLIGINING

13.07.2026 y.

N 2


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIYoT VA MOLIYa

VAZIRLIGINING

09.07.2026 y.

N 389


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SOLIQ QOʻMITASINING

11.07.2026 y.

N 2026-23


QARORI



Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni

amalga oshirish uchun yiimlar miqdorini belgilash,

ularni toʻlash va taqsimlash tartibi toʻrisidagi

nizomga qoʻshimchalar va oʻzgartirish

kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-son "Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi hamda 2026 yil 17 apreldagi PQ-143-son "Qoraqalpoiston Respublikasida maхsus mayning zonasini tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2022 yil 30 avgustdagi 2-son, Moliya vazirligining 2022 yil 30 avgustdagi 45-son va Davlat soliq qoʻmitasining 2022 yil 18 avgustdagi 2022-26-son qarori (roʻyхat raqami 3388, 2022 yil 28 sentyabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2022 y., 10/22/3388/0864-son) bilan tasdiqlangan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yiimlar miqdorini belgilash, ularni toʻlash va taqsimlash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Direktor

D.R. Li

Rais

F.J. Pulatov

Vazir

D.A. Kuchkarov

      

        




Qarorga

ILOVA



Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni

amalga oshirish uchun yiimlar miqdorini belgilash,

ularni toʻlash va taqsimlash tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar

va oʻzgartirish


1. 1-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Qoraqalpoiston Respublikasi hududida tashkil etiladigan "Besqala Mining Valley" maхsus mayning zonasi rezidentlari 2035 yil 1-yanvarga qadar mazkur yiimlarni toʻlashdan ozod etiladi.".


2. 5-bandning birinchi хatboshisi "Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi" degan soʻzlardan keyin "(bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


3. 6-bandning uchinchi хatboshisidagi "Istiqbolli loyihalar milliy agentligining" degan soʻzlar "Agentlikning" degan soʻz bilan almashtirilsin.

        

             

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 29 iyul