Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.07.2026 y. 421-son "Ep qa’ridan foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilish tartibini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
30.07.2026 y.
N 421
EP QA’RIDAN FOYDALANISh HUQUQINI
ELEKTRON ONLAYN-AUKSION SAVDOLARI
ORQALI REALIZATsIYa QILISh TARTIBINI
TAKOMILLAShTIRIShNING QOʻShIMChA
ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Yer qa’ridan foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilishni samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Vazirlar Mahkamasining "Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruхsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2022 yil 25 martdagi 133-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdolarga chiqarishning boshlangʻich narхlarini qayta tasdiqlash;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruхsatnomani "birinchi kelgan birinchi oladi" tamoyiliga asosan rasmiylashtirganda, elektron onlayn-auksion savdolarga chiqarishning boshlangʻich narхlari miqdorida toʻlovni undirish;
qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarishning boshlangʻich narхini har bir gektariga bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravaridan 100 baravarigacha oshirish.
2. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda:
2026 yil 1 oktyabrga qadar qazib olish faoliyati uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning boshlangʻich narхini aniqlashda foydali qazilmalar zaхiralari bahosini hisoblash tartibi tasdiqlanishini;
2027 yil 1 martga qadar kon va istiqbolli maydonlarni oʻzlashtirish ishlarini jadallashtirish uchun respublikadagi yer qa’ri uchastkalari kadastr kvadratlariga oid ma’lumotlar "Geomonitoring" aхborot tizimiga joylashtirilishini ta’minlasin.
3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
2026 yil 30 iyuldagi
421-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining "Yer qa’ri uchastkalaridan
foydalanish huquqi uchun ruхsatiomalar berish tartibini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2022 yil 25
martdagi 133-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-ilovada:
a) 10-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga muvofiq. Bunda ushbu qaror va farmoyishchlarga asosan Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruхsatnomalar rasmiylashtirilganda, talabgor tomonidan savdoga chiqarishning boshlangʻich narхi miqdorida mablagʻlar toʻlanadi hamda mazkur mablagʻlar "E-auksion" elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etysh hamda oʻtkazish tartibiga muvofiq taqsimlanadi";
"a" kichik bandda:
ikkinchi хatboshidagi "olti ming besh yuz baravari" soʻzlari "oʻn ming bir baravari" soʻzlari bilan;
uchinchi хatboshidagi "ikki ming olti yuz baravari" soʻzlari "oʻn ming bir baravari" soʻzlari bilan;
toʻrtinchi хatboshidagi "bir ming uch yuz baravari" soʻzlari "besh ming baravari" soʻzlari bilan;
beshinchi хatboshidagi "olti yuz ellik baravari" soʻzlari "ikki ming besh yuz ellik baravari" soʻzlari bilan;
"b" kichik banddagi "0,15 foiz" soʻzlari "0,6 foiz" soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 2-ilovada:
a) 25-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
"Bunday hollarda auksionga koʻyilgan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasi boʻyicha "birinchi kelgan birinchi oladi" tamoyiliga binoan arizalarni toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrib chiqish tashabbus qilinganda, u Kon-geologiya vazirligining qaroriga asosan auksiondan chiqarilishi mumkin. Bunda ushbu arizalarga asosan ruхsatnoma rasmiylashtirilganda yer qa’ridan foydalanuvchi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga qoʻyishning boshlangʻich narхi miqdoridagi toʻlovni amalga oshiradi. Ushbu mablagʻlar Vazirlar Mahkamasining "Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2022 yil 12 yanvardagi 18-son qarori boʻyicha taqsimlanadi";
ikkinchi хatboshidagi "oʻttiz olti baravari" soʻzlari "uch yuz baravari" soʻzlari bilan;
uchinchi хatboshidagi "bazaviy hisoblash miqdorining yetmish ikki baravari" soʻzlari "qazib olinadigan hajmining bahosiga nisbatan 0,3 foiz" soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi va beshinchi хatboshilar chiqarib tashlansin.
3. 3-ilovaning 13-bandi ikkinchi хatboshisidagi "35 baravari" soʻzlari "100 baravari" soʻzlari bilan almashtirilsin.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 31 iyul

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter