Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 02.07.2026 y. 3-n-son "Oʻzbekiston Respublikasida havodagi harakatga хizmat koʻrsatish aviatsiya qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 30.07.2026 y. 3913-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
30.07.2026 y.
N 3913
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
TRANSPORT VAZIRLIGI HUZURIDAGI
FUQARO AVIATsIYaSI AGENTLIGI
DIREKTORINING
02.07.2026 y.
N 3-n
BUYRUGʻI
Oʻzbekiston Respublikasida havodagi harakatga хizmat
koʻrsatish aviatsiya qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 oktyabrdagi PF-193-son "Fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat siyosati yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Oʻzbekiston Respublikasida havodagi harakatga хizmat koʻrsatish aviatsiya qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Direktor T.A. Nazarov
2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy
normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010 yil 9 dekabrdagi 136-son "Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga хizmat koʻrsatish" aviatsiya qoidalarini (OʻzR AQ-71) tasdiqlash toʻgʻrisida"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 2194, 2011 yil 10 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 6-son, 55-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013 yil 1 fevraldagi 15n-son "Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga хizmat koʻrsatish" aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-71) oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 2194-1, 2013 yil 21 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 8-son, 112-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016 yil 3 oktyabrdagi 87-N-son "Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga хizmat koʻrsatish" aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-71) qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 2194-2, 2016 yil 10 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 41-son, 478-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017 yil 3 noyabrdagi 99-N-son "Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga хizmat koʻrsatish" aviatsiya qoidalarining (OʻzR AQ-71) muqaddimasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 2194-3, 2017 yil 22 noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2017 y., 10/17/2194-3/0288-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2020 yil 17 martdagi 2-son "Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga хizmat koʻrsatish" aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-71) oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 2194-4, 2020 yil 20 aprel) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2020 y., 10/20/2194-4/0480-son).
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 30 iyul

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter