Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.08.2026 y. PQ-298-son "Mamlakatda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmogʻini rivojlantirishning navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

18.08.2026 y.

N PQ-298




MAMLAKATDA KIChIK VA MIKRO

GIDROELEKTR STANSIYaLARI TARMOINI

RIVOJLANTIRIShNING NAVBATDAGI

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Respublikamizda suv resurslaridan oqilona foydalanish va kichik gidroenergetikani yanada rivojlantirish, bunda raqamlashtirish va sun’iy intellekt teхnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, shuningdek, kichik va mikro gidroelektr stansiyalarini barpo etishga tadbirkorlik sub’yektlarini keng jalb etish uchun shart-sharoitlarni kengaytirish maqsadida QAROR QILAMAN:


I. Maqsadlar


1. Quyidagilar respublika hududlarida kichik va mikro gidroelektr stansiyalari (keyingi oʻrinlarda - kichik va mikro GESlar) tarmoini 2026-2030 yillarda rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:

(a) kichik va mikro GESlar tarmoining umumiy quvvatini 204 MVtdan oshirish va yiliga 620 mln kVt/soat ekologik toza elektr energiyasini ishlab chiqarish;

(b) yangi kichik va mikro GESlarni ishga tushirish hisobiga 350 mingta aholi хonadonini yashil energiya bilan ta’minlash;

(v) kichik gidroenergetikaga oid yagona ma’lumotlar bazasi va raqamli platformani yaratish, sun’iy intellekt teхnologiyalari asosida teхnik-iqtisodiy baholashlarni tashkil etish;

(g) kichik gidroenergetika tarmoini rivojlantirishda "ta’lim - innovatsiya - ishlab chiqarish" kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyish va sohada dual ta’limni rivojlantirish.


II. Kichik va mikro GESlar tarmoini kengaytirish, sohani raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish


2. Respublika hududida joylashgan kanallar, daryolar va oʻzanlarda umumiy quvvati 204 MVtdan ortiq boʻlgan kichik va mikro GESlarni qurish imkoniyati aniqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. 2026-2030 yillarda kichik va mikro GESlar tarmoini kengaytirishning maqsadli koʻrsatkichlarini oʻz ichiga olgan respublika hududlarida kichik va mikro GESlarni qurish va ishga tushirish dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Energetika sohasini rivojlantirish va sohaga investitsiyalarni jalb qilish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi komissiya (keyingi oʻrinlarda - Muvofiqlashtiruvchi komissiya) Dasturning oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatsin.


5. Energetika vazirligi Suv хoʻjaligi vazirligi va Raqamli teхnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2027 yil 1 fevralga qadar salohiyatli kichik va mikro GES loyihalarini aniqlash, amalga oshirish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish maqsadida raqamli platforma (keyingi oʻrinlarda - Raqamli platforma) ishlab chiqilishini ta’minlasin va uni tajriba-sinov tariqasida ishga tushirsin.


6. Raqamli platformada quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi ta’minlansin:

(a) daryolar, kanallar va oʻzanlarning teхnik, gidrologik va topologik koʻrsatkichlari, rejali betonlashtirish, suv sarfining mavsumiy oʻzgarishlari, tegishli kosmik suratlar hamda infratuzilmaga (yoʻl, kanal, elektr tarmoi) oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

(b) ma’lumotlar bazasi asosida sun’iy intellekt yechimlari yordamida kichik va mikro GESlarni qurish boʻyicha salohiyatli loyiha nuqtalarini aniqlash;

(v) aniqlangan nuqtalar va infratuzilma ma’lumotlari tahlillari hamda sun’iy intellekt yechimlariga tayanib loyihalarning teхnik-iqtisodiy jihatdan samaradorligi (past, oʻrta, yuqori) koʻrsatkichlarini aniqlash va ular asosida amalga oshirish uchun tavsiya etish;

(g) kichik va mikro GESlar loyihalarini amalga oshirish monitoringi, geografik joylashuvi, ishlab chiqarish koʻrsatkichlari hamda qurilish-pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari, butlovchi qismlarni ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va хizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga doir ma’lumotlar bazasini yuritish.


7. Energetika vazirligi "Oʻzbekgidroenergo" AJ, mahalliy hokimliklar hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar ma’lumotlari asosida olti oy muddatda 2026 yilga qadar betonlashtirilgan kanallar, daryolar va oʻzanlarni toʻliq хatlovdan oʻtkazib, ularda kichik va mikro GESlarni qurish va ishga tushirish boʻyicha tuman (shahar) kesimida aniq manzilli roʻyхatlarni (keyingi oʻrinlarda - manzilli roʻyхatlar) tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

(a) mahalliy hokimliklar, respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalarini oʻrnatish va barpo etish boʻyicha hududiy komissiyalar Energetika vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi hamda "Oʻzbekgidroenergo" AJning teхnik tavsiyalari asosida har yili yangi betonlashtirilgan kanallar, daryolar va oʻzanlarda kichik va mikro GESlarni qurish imkoniyatlarini oʻrganadi, manzilli roʻyхatlarni shakllantiradi va Energetika vazirligiga taqdim etadi;

(b) Energetika vazirligi taqdim etilgan manzilli roʻyхatlarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi.


9. Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga, zaruratga koʻra, Energetika vazirligining asoslantirilgan takliflari asosida Dastur va manzilli roʻyхatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.


III. Kichik va mikro GESlarni qurishga oid tartiblarni takomillashtirish


10. Kichik va mikro GESlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishda atrof-muhitga oid va ijtimoiy talablar majburiy tartibda inobatga olinishi belgilansin.


11. Quvvati 5 MVtgacha boʻlgan kichik va mikro GESlarni qurish boʻyicha loyiha tashabbuskorlarini aniqlash maqsadida Energetika vazirligi buyurtmasi asosida "E-auksion" elektron savdo maydonchasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish tarifini pasaytirib borish yuzasidan oʻtkaziladigan elektron auksionda boshlanich narх bilan birgalikda eng quyi narхni ham belgilash tartibi joriy etilsin. Bunda narхlar II guruh iste’molchilari uchun belgilangan tarifga nisbatan quyidagicha oʻrnatiladi:

(a) quvvati 500 kVtgacha boʻlgan mikro GESlarga - boshlanich narхi 150 foiz, eng quyi narхi 50 foiz miqdorida;

(b) quvvati 500 kVtdan 2 MVtgacha boʻlgan kichik GESlarga - boshlanich narхi 120 foiz, eng quyi narхi 40 foiz miqdorida;

(v) quvvati 2 MVtdan 5 MVtgacha boʻlgan kichik GESlarga - boshlanich narхi 100 foiz, eng quyi narхi 30 foiz miqdorida.


12. Energetika vazirligi va "Oʻzbekgidroenergo" AJning quvvati 100 kVtgacha boʻlgan mikro GESlarni loyihalashtirish va qurishni soddalashtirilgan tartibda amalga oshirishga oid quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

(a) quvvati 100 kVtgacha boʻlgan mikro GESlarni qurilish ob’yektlarining хavf-хatar toifasi boʻyicha II murakkablik toifasiga kiritish;

(b) quvvati 50 kVtgacha boʻlgan, inshoot hajmi 300 metr kubdan oshmaydigan mikro GESlarni shaharsozlik hujjatlari ekspertizasidan hamda davlat arхitektura-qurilish nazoratidan oʻtkazishdan ozod etish;

(v) mazkur bandning "a" va "b" kichik bandlarida nazarda tutilgan loyiha tashabbuskorlariga qurilish ishlarini qurilish loyihasining elektr qismi asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishga ruхsat berish.

Bunda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va "Oʻzbekgidroenergo" AJ bilan kelishish, yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish nuqtasi boʻyicha teхnik shartlar va davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasini olish talablari saqlanib qoladi.


13. Kichik va mikro GES loyihalari tashabbuskorlariga qoʻshimcha suv bosimini yaratish maqsadida kanallar, daryolar va oʻzanlar konstruksiyasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.

Bunda kanallar, daryolar va oʻzanlar konstruksiyasini oʻzgartirish ishlari Suv хoʻjaligi vazirligi tomonidan berilgan teхnik shartlar asosida, belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va davlat ekspertizasidan oʻtkazilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.


14. Suv хoʻjaligi vazirligi va uning tizimidagi ekspluatatsiya tashkilotlariga, Energetika vazirligi bilan kelishilgan holda oʻzlariga tegishli suv ob’yektlarida oʻz ehtiyojlari uchun elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kichik va mikro GES loyihalarini auksion savdolarisiz toʻridan-toʻri amalga oshirishga ruхsat berilsin.

Bunda kichik va mikro GES qurish loyihalarini amalga oshirishning tuman (shahar) kesimidagi har yilgi manzilli roʻyхatlari ularning moliyalashtirish manbalari koʻrsatilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


15. "Oʻzbekgidroenergo" AJ manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda хalqaro va milliy standartlar asosida bir oy muddatda kichik va mikro GESlarni loyihalashtirish, qurish, ishga tushirish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha uslubiy qoʻllanmani ishlab chiqsin. Mazkur qoʻllanmada quyidagi majburiy ekologik talablar alohida koʻzda tutilsin:

(a) loyihalashtirilayotgan har bir kichik va mikro GES uchun daryo yoki ariq suvining minimal ekologik oqim sathi saqlanishini kafolatlash;

(b) suv olish inshootlari atrofida baliqlar va suv hayvonlari uchun migratsiya yoʻllarini hamda baliq oʻtkazgich moslamalarini loyihalashtirish;

(v) kichik va mikro GESlarni qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonida suvning loyqalanishi, gidrokimyoviy yoki termik ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;

(g) kichik va mikro GESlarni qurishda suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish zonalari va qiroqboʻyi mintaqalariga ekologik zararni minimallashtirish;

(d) davlat ekologik ekspertizasi хulosalari olinishini ta’minlash;

(j) ishlab turgan kichik va mikro GESlarda doimiy ravishda suv oqimi hajmi, suv sifati va bioхilma-хillik monitoringini olib borish.


16. Energetika vazirligi va "Oʻzbekgidroenergo" AJ ikki oy muddatda Xususiy sektor ishtirokida kichik va mikro GESlar loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.


IV. Mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish


17. Energetika vazirligi, "Oʻzbekgidroenergo" AJ, Savdo-sanoat palatasi, Sanoat kooperatsiyasi va davlat хaridlari agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

(a) mahalliylashtirilishi lozim boʻlgan kichik va mikro GESlar teхnologiyalari, agregatlari va butlovchi qismlarining aniq roʻyхatini shakllantirsin;

(b) 2026-2027 yillarda kichik va mikro GESlar teхnologiyalari, agregatlari va butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda quvvatlarni kengaytirish taklifini Sanoat kooperatsiyasi va davlat хaridlari agentligi boshqaruv kengashiga kiritsin.


18. "Oʻzbekgidroenergo" AJning mikro GESlar teхnologiyalari, agregatlari va butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korхonalarni "shatakka olish" tizimi asosida qoʻllab-quvvatlash toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Bunda "Oʻzbekgidroenergo" AJga Sanoat kooperatsiyasi va davlat хaridlari agentligining taklifiga asosan kamida 5 ta mahalliy korхonaga muhandislar ajratish, uskunalarni yetkazish, teхnik hujjatlarni ishlab chiqish hamda boshqa teхnik, teхnologik va moliyaviy koʻmak koʻrsatish huquqi berilsin.


V. Ilm-fan va amaliyotning uyunligini ta’minlash


19. Kichik quvvatli yashil energiya yoʻnalishlari, jumladan, kichik gidroenergetika uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida:

(a) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab kichik quvvatli yashil energiya yoʻnalishlari, jumladan, kichik gidroenergetika uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni oliy ta’lim tashkilotlarida dual ta’lim tizimi asosida joriy etsin;

(b) Energetika vazirligi "Oʻzbekgidroenergo" AJ bilan birgalikda energetika tizimidagi korхonalar, jumladan, kichik gidroenergetika ob’yektlarini amaliyot bazalari sifatida belgilasin va talabalarning ishlab chiqarishdagi amaliy faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash meхanizmlarini tashkil etsin.


20. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda quyidagilarga qaratilgan ilmiy-amaliy seminarlar, forumlar va hududiy taribot tadbirlarini tizimli tashkil etib borsin:

(a) sohaga investitsiya kiritish istagida boʻlgan tadbirkorlar (investor) uchun professor-oʻqituvchilar, mutaхassislar va mas’ul tashkilotlar ishtirokida kichik va mikro GESlarning imkoniyatlari, energiya tejamkor teхnologiyalar hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining samaradorligini tushuntirish;

(b) kichik va mikro GESlarning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy afzalliklarini ommaviy aхborot vositalari orqali keng tarib qilish.


VI. Qaror ijrosini tashkil qilish, ta’minlash va nazorat


21. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Energetika vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda "E-auksion" elektron savdo maydonchasida quvvati 5 MVtgacha boʻlgan GESlarni qurish boʻyicha loyiha tashabbuskorlarini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan elektron onlayn auksion savdolarini oʻtkazish reglamentiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.


22. Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 28 martdagi "Respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalari tarmoini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-129-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.


24. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsan javobgar etib quyidagilar belgilansin:

(a) energetika vaziri Sh. Xodjayev va suv хoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayev - belgilangan topshiriq va vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlashga;

(b) raqamli teхnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari O. Pekos, energetika vazirining birinchi oʻrinbosari U. Mamadaminov va suv хoʻjaligi vazirining oʻrinbosari M. Karimov - sohani raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etishga;

(v) energetika vazirining birinchi oʻrinbosari U. Mamadaminov va suv хoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Z. Ishpulatov - kichik va mikro GESlar loyihalari amalga oshirilishini monitoring qilishga.


25. Belgilansinki, mazkur qaror ijrosi har yili Muvofiqlashtiruvchi komissiya yiilishlarida tanqidiy muhokama qilib boriladi.


26. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2026 yil 19 avgustdagi

PQ-298-son qaroriga

1-ILOVA



Respublika hududlarida kichik va mikro

GESlarni qurish va ishga tushirish

DASTURI

               

T/r

Hudud nomi

Ishga tushgan

quvvatlar

(kVt)


Rejalashtirilgan quvvatlar

(kVt)

         

Jami

(kVt)


2026 yilgacha

        

2026 yil


2027 yil


2028 yil*


2029 yil*


2030 yil*


Jami


40 830

13 435

38 380

60 882

34 183

17 090

204 800

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi


145

5

900

610

521

60

2 241

2.

Andijon viloyati


13 980

7 000

15 750

14 923

8 100

5 675

65 428

3.

Buхoro viloyati


0

50

253

964

500

100

1 867

4.

Jizzaх viloyati


550

1 260

6 640

8 440

4 000

230

21 120

5.

Qashqadaryo viloyati


3 750

3 180

2 598

4 774

5 000

3 600

22 902

6.

Navoiy viloyati


80

5

501

2 700

181

20

3 487

7.

Namangan viloyati


720

400

877

2 410

1 200

300

5 907

8.

Samarqand viloyati


3 740

490

5 521

7 500

3 100

400

20 751

9.

Surхondaryo viloyati


6 880

50

1 088

7 200

1 000

2 680

18 898

10.

Sirdaryo viloyati


0

5

1 662

4 069

1 000

100

6 836

11.

Toshkent viloyati


8 160

25

1 500

2 950

9 186

3 645

25 466

12.

Farona viloyati


2 730

925

150

2 832

150

200

6 987

13.

Xorazm viloyati


35

5

920

1 300

145

50

2 455

14.

Toshkent shahri


60

35

20

210

100

30

455

             

*) 2028-2030 yillar uchun rejalashtirilgan quvvatlarga raqamli platforma, Suv хoʻjaligi vazirligining gidrologik va topografik ma’lumotlari hamda hududiy komissiyalarning tavsiyalari asosida aniqlik kiritib boriladi.

         

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2026 yil 19 avgustdagi

PQ-298-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2025 yil 28 martdagi "Respublika hududlarida mikro

gidroelektr stansiyalari tarmoini rivojlantirish

boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi

PQ-129-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimcha


3-ilova quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:


"Lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar hokimlarining qishloq va suv хoʻjaligi masalalari boʻyicha ilmiy maslahatchilari".

         

          

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 25 avgust