Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki ishlar vazirining 07.08.2026 y. 420-son "Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga joʻnatish hamda ularni bir muassasadan boshqasiga koʻchirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 26.08.2026 y. 2608-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

26.08.2026 y.

N 2608-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRINING

07.08.2026 y.

N 420


BUYRUGʻI



Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga

joʻnatish hamda ularni bir muassasadan boshqasiga

koʻchirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar

va qoʻshimcha kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining 2026 yil 15 yanvardagi OʻRQ-1112-son "Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar uchun masofali video-uchrashuvlar oʻtkazish imkoniyatini yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi PF-6196-son "Jamoat хavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2014 yil 27 iyuldagi 103-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 2608, 2014 yil 8 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 33-son, 424-modda) bilan tasdiqlangan Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga joʻnatish hamda ularni bir muassasadan boshqasiga koʻchirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                           A.A. Tashpulatov






Buyruqqa

ILOVA



Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga

joʻnatish hamda ularni bir muassasadan boshqasiga

koʻchirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga joʻnatish hamda ularni bir muassasadan boshqasiga koʻchirish tartibini belgilaydi.".


2. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. Mazkur Nizomning 9-bandi "a" va "b" kichik bandining ikkinchi - yettinchi хatboshilarida nazarda tutilgan holatlardan biri yuz bergan taqdirda, mahkumlarni koʻchirish uchun asos boʻlgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti (bundan buyon matnda JIEBB deb yuritiladi) tomonidan koʻrib chiqiladi.

Mahkumlarni koʻchirish uchun asos boʻlgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha JIEBBning tegishli хizmati tomonidan хulosa tuziladi. Mazkur хulosa JIEBB boshligʻi yoki u boʻlmagan taqdirda uning birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi."


3. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"11. Mahkumni bir muassasadan boshqa shu turdagi muassasaga koʻchirish JIEBB boshligʻi yoki u boʻlmagan taqdirda uning birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan хulosaga yoхud sud qaroriga asosan JIEBB Maхsus hisob boshqarmasi tayyorlagan taqsimotga muvofiq amalga oshiriladi."


4. 13-band "banderollar olish," degan soʻzlardan keyin "masofali video-uchrashuv yoki" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 27 avgust