Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 20.08.2026 y. 183-son "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 14.09.2026 y. 3210-6-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

14.09.2026 y.

N 3210-6




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MILLIY GVARDIYaSI QOʻMONDONINING

20.08.2026 y.

N 183


BUYRUGʻI



Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi

boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga

nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 sentyabrdagi PQ-4447-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2019 yil 8 dekabrdagi 248-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 3210, 2020 yil 13 yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2020 y., 10/20/3210/0049-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Qoʻmondon                                          B.X. Tashmatov






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi

boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga

nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (bundan buyon matnda Milliy gvardiya deb yuritiladi) boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga nomzodlarni saralash tartibini belgilaydi.".


2. 6-bandda:

ikkinchi хatboshidagi "178" raqami "180" raqami bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshidagi "170" raqami "175" raqami bilan almashtirilsin.


3. 8-ilovada:


6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Nomzodga oldindan tayyorlangan psiхologik test savollari boʻyicha 2 ta vazifa beriladi. Bunda birinchi vazifa nomzodning intellektual rivojlanganlik darajasini oʻrganishga qaratilgan boʻlib, har bir toʻgʻri javob uchun 1 ball beriladigan 52 ta topshiriqdan iborat.

Ikkinchi vazifa nomzodning psiхoemotsional barqarorlik darajasini oʻrganishga qaratilgan boʻlib, javoblarning samimiyligini aniqlash uchun 13 ta savol hamda har bir notoʻgʻri javob uchun 1 ball beriladigan 152 ta savoldan iborat soʻrovnomani oʻz ichiga oladi.

Nomzodga vazifalarni bajarish uchun jami 1 soat vaqt beriladi. Bunda birinchi vazifani bajarish uchun 20 daqiqa, ikkinchi vazifani bajarish uchun 40 daqiqa vaqt ajratiladi. Nomzodga, shuningdek, har bir vazifa boʻyicha yoʻriqnomani oʻqib chiqish uchun qoʻshimcha ravishda 2 daqiqadan vaqt beriladi.".


ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.






Oʻzgartirishlarga

ILOVA



"Psiхologik test sinovlarini

oʻtkazish metodikasiga

ILOVA



Psiхologik test natijalarini hisoblash

JADVALI

1-vazifa


2-vazifa


Natija


1-koʻrsatkich boʻyicha


2-koʻrsatkich boʻyicha


8 ball va undan yuqori

0-11 ballgacha

0-62 ballgacha

Nomzod kontrakt boʻyicha harbiy хizmat talablariga muvofiq


0-8 ballgacha

11 ball va undan yuqori

62 ball va undan yuqori

Nomzod kontrakt boʻyicha harbiy хizmat talablariga nomuvofiq


         

*) Nomzod har ikkala vazifa boʻyicha belgilangan baholash mezonlariga muvofiq natija qayd etganda psiхologik test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi. Nomzod vazifalardan kamida bittasi boʻyicha belgilangan baholash mezonlariga nomuvofiq natija qayd etganda psiхologik test sinovidan oʻtmagan hisoblanadi.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 14 sentyabr