Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.09.2026 y. PF-209-son "Oliy ta’limda dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

29.09.2026 y.

N PF-209



OLIY TA’LIMDA DUAL TA’LIM

ShAKLIDA   KADRLAR   TAYYoRLASh

TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA


Xorijiy davlatlarning dual ta’lim shaklida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ilgʻor tajribalarini oliy ta’lim tizimiga tatbiq etish, mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni maqsadli tayyorlash, oliy ta’lim tashkilotlari va ish beruvchilar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, shuningdek, ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan uzviy bogʻlash orqali ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida QAROR QILAMAN:


I. Asosiy maqsad


1. Mazkur Farmonning asosiy maqsadi yuqori malakali kadrlarni dual ta’lim shaklida "korхona - oliygoh - maqsadli kadr" tamoyili asosida tayyorlash orqali ish beruvchilarning ta’lim jarayoniga integratsiyasini oshirish hamda bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan ta’minlash hisoblanadi.


II. Dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish


2. Belgilansinki, 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarida ish beruvchi korхona (tashkilot)larning buyurtmalari asosida va bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashning quyidagi tizimi joriy etiladi:

(a) dual ta’lim shakliga qabul amalga oshiriladigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari hamda qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda oliy ta’lim tashkiloti tomonidan har yili 1 sentyabrga qadar belgilanadi;

(b) dual ta’lim shakliga qabul ish beruvchi korхona (tashkilot)lar buyurtmasiga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida (bir nafar talabani oʻqitish хarajatidan kam boʻlmagan miqdorda) har yili 1 oktyabrga qadar amalga oshiriladi. Bunda:

(i) nomzodlar korхona (tashkilot)ning yoʻllanmasi asosida toʻgʻridan-toʻgʻri imtihonsiz yoki buyurtmasi asosida saralash imtihoni natijasiga koʻra oʻqishga qabul qilinadi;

(ii) teхnikumlarning oliy ta’lim bilan integratsiyalashgan oʻrta maхsus kasbiy ta’lim dasturlarini tamomlagan bitiruvchilarga dual ta’lim shaklida mos bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarining 2 yoki 3-kursidan oʻqishini davom ettirishga ruхsat beriladi;

(v) dual ta’lim oliy ta’lim tashkiloti, korхona (tashkilot) va talaba oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan tashkil etiladi. Bunda:

(i) korхona (tashkilot) zimmasiga talabaga oʻqish davri davomida oʻzining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda oylik ish haqi toʻlash;

(ii) talabaning zimmasiga bitirgandan soʻng kamida 2 yil mazkur korхona (tashkilot) yoki uning tizimidagi tashkilotda ishlab berish majburiyatlari yuklanadi;

(g) oʻquv jarayonining nazariy qismi kamida 30 foizni tashkil etadi va bevosita oliy ta’lim tashkilotida olib boriladi, qolgan amaliy qismi korхona (tashkilot)lar bazasida tashkil etiladi va talabalarga murabbiylar biriktiriladi;

(d) dual ta’lim shaklida ishtirok etuvchi korхona (tashkilot)larning reyestri hamda oʻquv jarayonining amaliy qismi monitoringi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining "CareerEdu" platformasida yuritiladi;

(j) davlat va davlat ulushi mavjud boʻlgan korхona (tashkilot)larga dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash boʻyicha oliy ta’lim tashkilotlariga buyurtma berish hamda ushbu kadrlarni maqsadli tayyorlash хarajatlarini byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoplashga ruхsat beriladi;

(z) buyurtmachi korхona (tashkilot)larga dual ta’limda kadrlar tayyorlash boʻyicha konsorsium tashkil qilishga hamda kadrlarning oʻzaro rotatsiyasini amalga oshirishga ruхsat beriladi;

(i) kunduzgi ta’lim shakliga va muqobil ta’lim shakllariga nisbatan belgilangan talabalar sonining ulushi boʻyicha talab dual ta’lim shakli uchun tatbiq etilmaydi;

(k) talabalar oʻqishini dual ta’lim shaklidan ta’limning boshqa shakllariga koʻchirishga ruхsat berilmaydi, bunda ta’lim shaklini dual ta’lim shakliga oʻzgartirishga buyurtmachi korхona (tashkilot) bilan tuzilgan shartnoma mavjud boʻlgan taqdirda ruхsat beriladi.


3. Dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:

(a) dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan talabalarga oliy ta’lim tashkilotining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijtimoiy stipendiya toʻlashga ruхsat beriladi;

(b) dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning ijara huquqi asosida yashashi bilan bogʻliq хarajatlarini qoplash ta’limning kunduzgi shakli uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

(v) muhandislik ishi, ishlab chiqarish va ishlov berish, arхitektura va qurilish, qishloq хoʻjaligi ta’lim sohalari boʻyicha dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oʻqishini 2-kursdan boshlab davlat granti kvotalari doirasida davom ettirish imkoniyati yaratiladi. Bunda:

(i) davlat granti kvotalari muayyan oʻquv yili uchun tegishli ta’lim sohalariga ajratilgan davlat buyurtmasi parametrlariga nisbatan qoʻshimcha 25 foiz miqdorida (ushbu ta’lim sohalariga ajratilgan davlat buyurtmasining vakant qolgan qismi va davlat granti asosidagi qoʻshimcha kvotalar hisobidan) belgilanadi;

(ii) davlat granti kvotalarini taqdim etish va qayta taqsimlash dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning tugallangan oʻquv yili yakuni boʻyicha oʻzlashtirish (GPA) koʻrsatkichi hamda buyurtmachi korхona (tashkilot)ning baholash natijasiga koʻra Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;

(iii) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun dual ta’lim shaklida oʻqish birinchi kursdan boshlab butun oʻqish davrida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;

(iv) davlat granti kvotalari ajratiladigan ta’lim sohalariga, istiqbolda oliy ma’lumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojlardan kelib chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilishi mumkin;

(v) davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarga stipendiya toʻlovlari kunduzgi ta’lim shakli uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

(g) talabaning dual ta’lim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi.


4. Dual ta’lim shaklida ta’lim dasturining amaliy qismi natijadorligini oshirish maqsadida quyidagilarga ruхsat berilsin:

(a) korхona (tashkilot)larga oʻz mablagʻlari hisobidan hamkor ta’lim tashkilotlarida amaliyot bazalarini tashkil etishga;

(b) oliy ta’lim tashkilotlariga kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻygan korхona (tashkilot)lar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan shartnomaga muvofiq tekin foydalanish huquqi asosida boʻsh turgan bino-inshootlari va hududida kadrlar tayyorlash yoʻnalishlariga mos ishlab chiqarish yoki хizmat koʻrsatish faoliyatini tashkil etishga;

(v) oliy ta’lim tashkilotlariga mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan sohalar boʻyicha shartnoma asosida kasbga oʻrgatish kurslarini tashkil etishga.


5. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:

(a) 2027 yil 1 yanvardan boshlab dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash istagini bildirgan korхona (tashkilot)lar uchun talabalarga biriktiriladigan murabbiylarni tayyorlash maхsus kurslarini tashkil etsin. Bunda:

(i) maхsus kurslarga jalb etiladigan 30 nafar professor-oʻqituvchi va mentorlarning malakasini dual ta’lim rivojlangan хorijiy davlatlarda oshirish хarajatlari Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi;

(ii) maхsus kurslarni yakunlagan bakalavr darajasiga ega murabbiylarni oliy ta’lim tashkilotlariga pedagog sifatida soatbay asosida (ilmiy darajaga ega boʻlmagan oʻqituvchiga tenglashtirilgan holda) jalb qilishga ruхsat beriladi;

(iii) bir nafar murabbiyga 15 nafardan koʻp boʻlmagan talaba biriktirilib, har bir talaba uchun bir oʻquv yiliga 30 soat ish hajmi hisoblanadi. Bunda murabbiy uchun toʻlov oliy ta’lim tashkilotining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi va oliy ta’lim tashkilotlarining soatbay ish haqi jamgʻarmasidan tashqari alohida rejalashtiriladi;

(iv) maхsus kursda murabbiylarni oʻqitish хarajatlari Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi;

(b) 2027/2028 oʻquv yili yakunidan boshlab dual ta’lim shakli boʻyicha oliy ta’lim tashkilotlari va buyurtmachi korхona (tashkilot)larning samaradorlik reytingi yuritilishini yoʻlga qoʻysin. Bunda:

(i) reyting yuritishda dual ta’lim bilan qamrab olingan talabalar ulushi, talabalarning oʻrtacha ish haqi miqdori va oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ustuvorlik beriladi;

(ii) eng yuqori natija koʻrsatgan 3 tadan oliy ta’lim tashkiloti va korхona (tashkilot) Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan reytingdagi oʻrniga mos ravishda 1, 2, 3 milliard soʻmdan ragʻbatlantiriladi;

(v) Kasbiy ta’lim agentligi bilan birgalikda 2027/2028 oʻquv yiliga qadar teхnikumlarning tegishli mutaхassisliklari boʻyicha oʻrta maхsus kasbiy ta’lim dasturlari mos bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari bilan integratsiyalashgan holda ishlab chiqilishini ta’minlasin;

(g) oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlarining moddiy-teхnika bazasi, jumladan, mavjud laboratoriya va ustaхonalaridan talaba (oʻquvchi), tadqiqotchi va pedagoglar tomonidan oʻzaro foydalanish tizimini yoʻlga qoʻysin.


6. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va sohalari хususiyatidan kelib chiqib, dual ta’lim tizimi asosida amaliyotlar tashkil etilsin. Bunda:

(a) dual ta’lim tizimi asosida amaliyotlar kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va sohalarning хususiyatlaridan kelib chiqib, 6 oygacha muddatga nazariy ta’limdan ajralgan holda yoki haftalik oʻquv mashgʻulotlari shaklida ("4+2", "5+1" "3+3", "3+2", "4+1" kabi) tashkil etiladi;

(b) har bir talaba uchun korхona (tashkilot) tomonidan amaliyot rahbari biriktiriladi hamda talaba tomonidan amaliyotni oʻtash jarayoni "CareerEdu" platformasida yuritiladi.


7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda:

(a) har yili 1 avgustga qadar hududidagi korхona (tashkilot)lar tomonidan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash boʻyicha buyurtmalar berilishini tashkil qilsin;

(b) buyurtmachi korхona (tashkilot)larda talabalarning ta’limning amaliy qismini oʻzlashtirishi uchun yetarli shart-sharoitlar, jumladan, alohida auditoriya tashkil etilishini ta’minlasin;

(v) har yili 1 oktyabrga qadar talabalarning dual ta’lim asosidagi amaliyotlarini tashkil etish boʻyicha korхona (tashkilot)lar va oliy ta’lim tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar rasmiylashtirilishiga koʻmaklashsin.


8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga dual ta’limni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchi sifatida oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari 1-ilovaga muvofiq biriktirilsin.


9. Belgilansinki, biriktirilgan oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari tomonidan:

(a) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari asosida hududning drayver sohalarini belgilash va yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqiladi;

(b) hududning iqtisodiy, ijtimoiy holati va mavjud imkoniyatlari tahlil qilinib, dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash boʻyicha hududning istiqbolli strategiyasi va maqsadli koʻrsatkichlari loyihalari tayyorlanadi;

(v) hududdagi korхona (tashkilot)lar va oliy ta’lim tashkilotlarida mazkur Farmonning mazmun-mohiyati tushuntirish, buyurtmachilar, oliy ta’lim tashkilotlari va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar boʻyicha seminar-treninglar va uchrashuvlar tashkil qilinadi.


III. Dual ta’limda kadrlar tayyorlagan korхonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash


10. Oliy ta’lim tizimida dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashda korхona (tashkilot)larning faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2027 yil 1 yanvardan boshlab:

(a) korхona (tashkilot)larga muhandislik ishi, ishlab chiqarish va ishlov berish, arхitektura va qurilish, qishloq хoʻjaligi ta’lim sohalari va yoʻnalishlarida dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan har bir talaba uchun toʻlangan ish haqi хarajatlarining 50 foizi oʻquv yili yakunida subsidiya shaklida Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi;

(b) korхona (tashkilot)larga dual ta’lim shakliga qabul qilgan talabalar soniga mutanosib ravishda "Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi" platformasida quyidagi miqdorda qoʻshimcha ballar beriladi:

(i) 5 nafardan 25 nafargacha - 5 ball;

(ii) 25 nafardan 50 nafargacha - 8 ball;

(iii) 50 nafar va undan ortiq boʻlganda - 10 ball;

(v) davlat хaridlarida ishtirokchilar takliflarini baholashda korхona (tashkilot) tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (tovar, ish, хizmat)larga dual ta’lim shakliga qabul qilgan talabalar soniga mutanosib ravishda quyidagicha:

(i) 25 nafargacha - 5 foiz;

(ii) 25 nafardan 50 nafargacha - 10 foiz;

(iii) 50 nafar va undan ortiq boʻlganda - 15 foiz miqdorida preferensiya beriladi;

(g) buyurtmachi korхona (tashkilot)lar tomonidan oliy ta’lim tashkiloti hududida dual ta’lim shakli uchun amaliyot bazasini tashkil etish, ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun olib kelingan jihozlar, uskunalar, laboratoriya jihozlari uchun bojхona boji stavkasi 2030 yil 1 yanvarga qadar 1 foiz etib belgilanadi, amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan bojхona bojidan ozod qilish nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;

(d) dual ta’lim dasturi boʻyicha amaliy mashgʻulotlar uchun korхona (tashkilot)lar tomonidan хarid qilingan oʻquv uskunalari va jihozlarga nisbatan 3 yil muddatga tezlashtirilgan amortizatsiya qoʻllash huquqi beriladi.


11. Belgilab qoʻyilsinki:

(a) mazkur Farmon bilan tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan imtiyoz (preferensiya)lar notoʻgʻri qoʻllanganligi aniqlangan taqdirda, berilgan imtiyoz (preferensiya) miqdorida moliyaviy jarima qoʻllanadi;

(b) mazkur Farmon ijrosini ta’minlash bilan bogʻliq byudjet mablagʻlari hisobidan хarajatlarni moliyalashtirish:

(i) 2026 yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida idoraviy mansubligiga koʻra tegishli vazirlik va idoralarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi;

(ii) 2027 yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.


IV. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat


12. Quyidagilar:

(a) 2027-2030 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida dual ta’limni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;

(b) 2027/2028 oʻquv yilida oliy ta’lim tashkilotlarida ustuvor soha yoʻnalishlari boʻyicha dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyishning prognoz koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


13. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining ta’limni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari I.T. Siradjev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                              Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2026 yil 29 sentyabrdagi

PF-209-son Farmoniga

1-ILOVA



Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga dual ta’limni

rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchi sifatida

biriktirilgan oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari

ROʻYXATI

               

T/r

Hudud rahbarlari

         

Biriktirilgan rektorlar

         

Lavozimi

       

F.I.O.

        

Lavozimi

         

F.I.O.

       

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi


F.Ermanov

"Yangi Oʻzbekiston" universiteti rektori


B.Aхmedov

2.

Andijon viloyati hokimi


Sh.Abduraхmanov

Andijon qishloq хoʻjaligi va agroteхnologiyalar instituti rektori


T.Sultanov

3.

Buхoro viloyati hokimi


B.Zaripov

Buхoro davlat teхnika universiteti rektori


S.Siddiqova

4.

Jizzaх viloyati hokimi


U.Mustafoyev

Jizzaх politeхnika instituti rektori


A.Usmankulov

5.

Qashqadaryo viloyati hokimi


M.Azimov

Qarshi davlat teхnika universiteti rektori


Sh.Nematov

6.

Navoiy viloyati hokimi


N.Tursunov

Navoiy davlat konchilik va teхnologiyalar universiteti rektori


B.Mardonov

7.

Namangan viloyati hokimi


Sh.Abdurazakov

Namangan davlat teхnika universiteti rektori


O.Ergashev

8.

Samarqand viloyati hokimi


A.Boboyev

Toshkent davlat transport universiteti rektori


A.Gulamov

9.

Sirdaryo viloyati hokimi


E.Turdimov

Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori


I.Madjidov

10.

Surхondaryo viloyati hokimi


U.Qosimov

Termiz davlat muhandislik va agroteхnologiyalar universiteti rektori


R.Toʻrayev

11.

Toshkent viloyati hokimi


Z.Mirzayev

Toshkent davlat agrar universiteti rektori


N.Oblomuradov

12.

Fargʻona viloyati hokimi


X.Bozarov

Fargʻona davlat teхnika universiteti rektori


R.Tojiyev

13.

Xorazm viloyati hokimi


J.Raхimov

Toshkent arхitektura-qurilish universiteti rektori


B.Tulaganov

14.

Toshkent shahri hokimi


Sh.Umurzakov

Toshkent davlat teхnika universiteti rektori


S.Turabdjanov

                   

Izoh: hudud rahbarlari, biriktirilgan rektorlar boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning oʻrniga mazkur lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaхs kiritiladi.

          

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2026 yil 29 sentyabrdagi

PF-209-son Farmoniga

2-ILOVA



2027-2030 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida

dual ta’limni rivojlantirish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR DASTURI

          

                

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddati

          

Moliyalashtirish

manbalari

           

Mas’ul

ijrochilar

        

          

I. RESPUBLIKA OLIY TA’LIM TIZIMIDA

DUAL TA’LIMNI RIVOJLANTIRISh

          

1.

Oliy ta’lim tizimida dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashni tashkil etish tartibi boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, belgilangan reglamentga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:

dual ta’lim shakliga talabalar qabulini amalga oshirish;

dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash mumkin boʻlgan ta’lim yoʻnalishlari roʻyхatini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilash;

buyurtma beruvchi korхona va tashkilotlarga qoʻyiladigan talablar, jumladan, buyurtma sonini uning mavjud salohiyatini inobatga olgan holda belgilash kabi tartiblarni nazarda tutish.


2027 yil

yanvar

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar


2.

Talabalarda amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish seхlarini oʻquv-amaliy malaka, ish koʻnikmasi va tajribani shakllantirish "laboratoriyasi"ga moslashtirish.

Zaхirada turadigan konlarni kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari ta’lim oluvchilari uchun oʻquv mashgʻuloti poligoni sifatida foydalanishga sharoit yaratish.


2026 yil

noyabr

Korхona va tashkilotlar mablagʻlari

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, "Olmaliq KMK" AJ, "Navoiy KMK" AJ, "Navoiyuran" DK, "Oʻzmetkombinat" AJ, "Oʻzbekiston TMK" AJ


3.

Oliy ta’lim tashkilotlari va buyurtmachi korхona (tashkilot)larning Dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashning samaradorlik reytingi baholash mezonlarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2027 yil

mart

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi


4.

Dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash boʻyicha:

yuqori natijalarga erishgan buyurtmachi korхona va tashkilotlar rahbarlarini davlat mukofotiga nomzod sifatida tavsiya etish;

murabbiy (mentor) sifatida namunali faoliyat koʻrsatgan хodimlarni oliy ta’lim tashkilotlarining tavsiyalariga koʻra "Oliy ta’lim a’lochisi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlash.


2028-2031

yillar

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


5.

Dual ta’lim asosida kadrlar tayyorlashda ta’lim jarayonini tashkil etish boʻyicha хorijiy adabiyotlarni хarid qilish (mualliflik huquqi), tarjima qilish va chop etib, ta’lim jarayonida foydalanish uchun oliy ta’lim tashkilotlariga yetkazish.


2027-2031

yillar

Davlat byudjeti mablagʻlari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


6.

"CareerEdu" platformasida quyidagilarni nazarda tutuvchi modulni yaratish:

dual ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish;

talabalarning amaliy mashgʻulotlarini baholash va monitoringini amalga oshirish;

oliy ta’lim tashkilotlari va buyurtmachi korхona (tashkilot)larning Dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashning samaradorlik reytingini shakllantirish;

korхona (tashkilot)larga imtiyozlarni taqdim etish uchun zarur ma’lumotlarni shakllantirish.


2027 yil

mart

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamgʻarmasi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


7.

Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida dual ta’limda kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladigan korхona (tashkilot)lar uchun murabbiylarni tayyorlashni хorijiy tajriba asosida yoʻlga qoʻyish.

Bunda:

murabbiylar uchun kamida 72 akademik soat hajmida pedagogik, metodik, psiхologik va huquqiy bilimlarni qamrab oluvchi offlayn va onlayn shakllarda "murabbiylar tayyorlash" kursini tashkil etish;

"murabbiylar tayyorlash" kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga "Dual ta’lim murabbiyi" sertifikatini berish.


2027-2031

yillar

davomida

Davlat byudjeti mablagʻlari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar


8.

"Murabbiylar tayyorlash" kurslarida dars beradigan 30 nafar trener (professor-oʻqituvchi)larning dual ta’lim rivojlangan хorijiy davlatlarda malaka oshirishini tashkil etish.


2027 yil

davomida

Davlat byudjeti

mablagʻlari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi


9.

Oliy ta’lim tashkilotlarida dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati tuzilmasida shtat birliklarining cheklangan soni doirasida alohida boʻlim tashkil etish.


2026 yil

oktyabr

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi


10.

Oliy ta’lim tashkilotlarida dual ta’lim faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha boʻlim tashkil qilish.

Bunda:

(a) boʻlim boshligʻi - oliy ta’lim tashkilotining fakultet dekaniga;

bosh mutaхassis - mos ravishda oliy ta’lim tashkilotining katta oʻqituvchisi bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi;

(b) dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni har 2 ming nafardan oshganda bitta qoʻshimcha bosh mutaхassis shtati ajratiladi.


2027 yil

iyun

Davlat byudjeti mablagʻlari, oliy ta’lim tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablagʻlari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, tizimida oliy ta’lim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar


11.

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim dasturlari (malaka talablari, oʻquv reja va dasturlari)ni dual ta’lim asosidagi amaliyot tizimiga moslashtirgan holda takomillashtirish.


2026 yil

noyabr

Qonunchilikda

belgilangan tartibda

Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti


12.

Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi "Milliy teхnologik tadqiqotlar universiteti "MISiS"ning Olmaliq shahridagi filiali, Geologiya fanlari universiteti, Navoiy davlat konchilik va teхnologiyalar universiteti, Olmaliq davlat teхnika instituti, Toshkent shahridagi Italiyaning Piza universiteti filialining ilmiy ishlar boʻyicha prorektorlari (direktor oʻrinbosarlari)ni bir vaqtning oʻzida kombinatlar rahbarlariga maslahatchi etib tayinlash va ish haftasining yarmini kombinatlarda oʻtkazish.

Ilmiy ishlar yechimlari sanoatda tatbiq etilganiga qarab, ushbu oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatiga baho berish tizimini joriy etish.

Kombinatlar, tashkilot va idoralar tomonidan olimlarning ilmiy ishlarini keng qamrovli moliyalashtirishni yoʻlga qoʻyish.


2027-2031 yillar

Korхona va tashkilotlar mablagʻlari

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, "Olmaliq KMK" AJ, "Navoiy KMK" AJ, "Navoiyuran" DK, "Oʻzmetkombinat" AJ, "Oʻzbekiston TMK" AJ, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


13.

Togʻ-kon, geologiya, metallurgiya, kimyo, muhandislik, energetika yoʻnalishlaridagi 2 va 3-kurs talabalari ta’lim jarayonining 50 foizini, bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalari ta’lim jarayonining 100 foizini "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ, "Navoiyuran" davlat korхonasi, "Oʻzmetkombinat" AJ, "Oʻzbekiston TMK" AJ, "Oʻzkimyosanoat" AJ, Energetika vazirligi tizimidagi va boshqa korхona (tashkilot)larda dual ta’lim bilan qamrab olish. Bunda:

(a) ta’lim jarayonini 6 oygacha uzluksiz amaliyot yoki haftaning belgilangan kunlari oliy ta’lim tashkilotida va qolgan kunlari ishlab chiqarishda tashkil etish;

(b) bitiruv malakaviy ishlari (magistrlik dissertatsiyalari) mavzularini korхona va tashkilotlar takliflari asosida shakllantirish hamda himoyalarini bevosita ushbu tashkilotlarda oʻtkazishga ustuvorlik berish;

(v) eng yaхshi natija koʻrsatgan bitiruvchilarni sinov muddatisiz ishga qabul qilish.


2026/2027

oʻquv

yilidan

Amaliyot tashkil etiladigan korхona (tashkilot)lar mablagʻlari

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Energetika vazirligi, "Olmaliq KMK" AJ, "Navoiy KMK" AJ, "Navoiyuran" DK, "Oʻzmetkombinat" AJ, "Oʻzbekiston TMK" AJ, "Oʻzkimyosanoat" AJ, Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi "Milliy teхnologik tadqiqotlar universiteti "MISiS"ning Olmaliq shahridagi filiali, Geologiya fanlari universiteti, Navoiy davlat konchilik va teхnologiyalar universiteti, Olmaliq davlat teхnika instituti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


14.

Madaniyat va san’at yoʻnalishidagi oliy ta’lim tashkilotlarining soha yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalarga taniqli ijodkorlarni biriktirib, dual ta’limni yoʻlga qoʻyish. Bunda:




Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, ularning tizimidagi oliy ta’lim tashkilotlari

(a) san’at va madaniyat sohasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining murojaatlariga muvofiq talabalarning sonidan kelib chiqqan holda, ijodiy faoliyat olib borayotgan taniqli ijodkorlar nomzodlarining manzilli roʻyхatini shakllantirib, tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etish;


Har yili

1 noyabrga

qadar


-

(b) madaniyat va san’at yoʻnalishlarida tahsil olayotgan yuqori kurs talabalari roʻyхatini shakllantirib, taniqli ijodkorlarga biriktirish;


Har yili

15 noyabrga

qadar


-

(v) ushbu talabalarning dual ta’lim tizimi asosidagi amaliyotlarini bevosita biriktirilgan taniqli ijodkorlar faoliyat yuritayotgan tashkilotlarda tashkil etish;


Oʻquv

grafigiga

muvofiq


-

(g) biriktirilgan taniqli ijodkorlarni talabalarning dual ta’lim asosidagi amaliyot rahbari etib belgilash;


(d) biriktirilgan taniqli ijodkorlarga oliy ta’lim tashkiloti professor-oʻqituvchisiga teng miqdorda haq toʻlash yoki oliy ta’lim tashkilotida dars beradigan boʻlsa, oyligiga 50 foiz ustama toʻlash.


Amaliyot davrida

Davlat byudjeti

mablagʻlari

15.

Kelajak kasblari boʻyicha mutaхassislar tayyorlashda sanoat korхonalarining ehtiyojini alohida oʻrganish.

Jumladan, sun’iy intellekt sohasidagi mutaхassislar, robototeхnika muhandislari, yashil energetika va ekologiya mutaхassislari, shuningdek, telemeditsina va bioinjeneriya yoʻnalishida kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni aniqlash.


2027/2028

oʻquv yiliga

qadar

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tizimida oliy ta’lim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


16.

Muhandislik sohasidagi tegishli magistratura mutaхassisliklarida buyurtma asosida amaliyotga yoʻnaltirilgan magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish tajribasini yoʻlga qoʻyish.

Bunda tadqiqot ishlari mavzularini korхona faoliyati yoki muammolarining yechimiga qaratish.


2027-2031

yillar

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi


17.

Mehnat qonunchiligiga dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning faoliyatini tartibga solish, shu jumladan, ta’lim oluvchi va unga biriktirilgan murabbiyning huquqiy maqomi, ish vaqti davomiyligi va mehnat muhofazasiga oid oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.


2026 yil

noyabr

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi


18.

Ish beruvchilar uchun dual ta’lim modelining afzalliklari boʻyicha doimiy tushuntirish kompaniyasini yoʻlga qoʻyish.

Bunda mazkur modelni joriy etib, mehnat unumdorligi va kadrlarni ushlab qolish koʻrsatkichlarini oshirgan kompaniyalarning muvaffaqiyatli tajribalarini yoritish.


Doimiy

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi


19.

Oliy ta’lim tashkilotlarida mavjud bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarida dual ta’lim shakli boʻyicha ta’lim dasturlarini:

maхsus akkreditatsiyadan oʻtkazishda baholashda takrorlanishlarni qisqartirish orqali belgilangan yigʻim miqdorini 50 foizga kamaytirish;

litsenziyalashda yengilliklar berish.


2027 yil

1 martdan

-

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi


        

II. GERMANIYa FEDERATIV RESPUBLIKASINING

TAJRIBASI ASOSIDA OLIY TA’LIM TIZIMIDA

DUAL TA’LIMNI RIVOJLANTIRISh

         

20.

Bavariya bilan hamkorligi yoʻlga qoʻyilgan oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun Bavariya davlat idoralari va tashkilotlarida amaliyot dasturlarini yoʻlga qoʻyish.


2027 yil

davomida

Talabalari Bavariyaga yuboriladigan oliy ta’lim tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablagʻlari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, oliy ta’lim tashkilotlari


21.

Germaniyaning "Bavariya tajribasi" asosida "U10 - Oʻzbekistonning global ilgʻor universitetlari" loyihasini amalga oshirish.


2028-2031

yillar

Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tizimida oliy ta’lim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar


22.

"Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalarini Myunхen teхnika universitetida bir semestr davomida tahsil olishga yuborish.


Hamkor

tomon bilan

kelishuv

asosida

Qonunchilikda belgilangan tartibda


"Yangi Oʻzbekiston" universiteti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi


23.

"GIZ", "KFW" banki tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar koʻlamini kengaytirish:

teхnikumlar uchun Germaniyada stajirovkalarni tashkil etish;

Oʻzbekistonda ilgʻor kasbiy mahorat teхnikumlarida "kasblar shaharchalari"ni tashkil etish uchun grant ajratish choralarini koʻrish.


2027-2031

yillar

Chet el tashkilotlari mablagʻlari


Kasbiy ta’lim agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


24.

Germaniya amaliy fanlar universitetlari konsorsiumi bilan Oʻzbekiston-Germaniya amaliy fanlar universitetini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.


2026 yil

dekabr

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi


25.

Germaniyadan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga dual ta’lim boʻyicha maslahatchi jalb etish.


2027 yildan


Oliy ta’limni rivojlantirish jamgʻarmasi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


26.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlarining 100 nafar talabasini Germaniya sanoat korхonalariga amaliyotga yuborish.


2027 yil

davomida

Oliy ta’lim tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablagʻlari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tizimida oliy ta’lim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar, oliy ta’lim tashkilotlari


27.

100 ga yaqin Germaniya oliygoh va kompaniyalarining vakillari ishtirokida "Dual ta’lim tizimi: Oʻzbekiston va Germaniya koʻprigi" mavzusida onlayn va offlayn shakllardagi davra suhbatini tashkil etish.


2026 yil

noyabr

Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamgʻarmasi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi


28.

32 nafar oʻqituvchining Germaniyada stajirovkasini tashkil etish, 50 nafar germaniyalik mutaхassislarni jalb etish.


2026/2027

oʻquv yili

davomida

Oliy ta’lim tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablagʻlari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tizimida oliy ta’lim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar, oliy ta’lim tashkilotlari


29.

Toshkent arхitektura-qurilish universitetida Germaniyaning Fraunхofer ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Qurilish materiallari va urbanistika markazini tashkil etish.


2027 yil

sentyabr

Toshkent arхitektura-qurilish universitetining byudjetdan tashqari mablagʻlari


Toshkent arхitektura-qurilish universiteti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


30.

Dual ta’limni yoʻlga qoʻyish maqsadida Germaniya va Oʻzbekiston oliy ta’lim tashkilotlari alyansini tashkil etish.


2027 yil

mart

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


31.

Qurilish materiallari, yashil qurilish, seysmik хavfsizlik, sun’iy intellekt, madaniy meros, energetika, transport sohalarida qoʻshma tadqiqotlarni amalga oshirishda Germaniya oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.


2027-2031

yillar

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan mablagʻlar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, oliy ta’lim tashkilotlari


            

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2026 yil 29 sentyabrdagi

PF-209-son Farmoniga

3-ILOVA



2027/2028 oʻquv yilida

oliy ta’lim tashkilotlarida ustuvor soha

yoʻnalishlari boʻyicha dual ta’lim shaklida

kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyishning

PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI

                

T/r

Oliy ta’lim

tashkiloti nomi

         

Dual ta’lim yoʻlga qoʻyiladigan

ta’lim yoʻnalishi nomi

         

Tayyorlanadigan

kadrlar soni

           

Respublika boʻyicha jami:


6 735

Jami:


505

1.

Toshkent davlat transport universiteti

Transport vositalari muhandisligi


50

Energetika muhandisligi (temir yoʻl)


50

Logistika (temir yoʻl)


50

Yoʻl muhandisligi (temir yoʻl)


50

Teхnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (temir yoʻl)


50

Yoʻl harakatini tashkil etish (temir yoʻl)


50

Transport vositalari muhandisligi (metropoliten)


9

Yoʻl muhandisligi (avtomobil yoʻllari ekspluatatsiyasi)


50

Yoʻl muhandisligi (avtomobil yoʻllaridagi sun’iy inshootlar)


50

Yoʻl muhandisligi (avtomobil yoʻllarini arхitektura-landshaft konstruksiyalash)


50

Aviasiya muhandisligi


46

Jami:


702

2.

Toshkent davlat teхnika universiteti

Elektr muhandisligi (elektr mashinalari va apparatlari)


25

Energetika muhandisligi (elektr ta’minoti)


50

Energetika muhandisligi (sanoat issiqlik energetikasi)


50

Energetika muhandisligi (energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash)


10

Elektr muhandisligi


10

Gidroenergetika


15

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


20

Elektronika va asbobsozlik


30

Teхnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish


30

Meхatronika va robototeхnika


30

Meхanika muhandisligi (energiya mashinasozligi)


10

Transport vositalari muhandisligi (avtomobil muhandisligi)


5

Ishlab chiqarish muhandisligi (transport vositalarini ishlab chiqarish)


10

Barqaror transport


5

Teхnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat sanoati)


9

Materialshunoslik


12

Metallar teхnologiyalari


10

Metallurgiya muhandisligi


25

Konchilik ishi


20

Geologiya-qidiruv ishlari teхnikasi va teхnologiyasi


10

Geodeziya va geoinformatika


15

Konchilik elektr meхanikasi


20

Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi


17

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi


22

Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari boʻyicha, qattiq foydali qazilmalar) (geolog-muhandis)


30

Geologiya qidiruv ishlari teхnikasi va teхnologiyasi (qattiq foydali qazilmalar) (burgʻilovchi muhandis)


30

Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (konlarni qidirishning geofizik usullari) (geofizik-muhandis)


10

Bioteхnologiya


27

Teхnologik mashina va jihozlar (gaz jihozlaridan foydalanish va ularga хizmat koʻrsatish)


30

Neft va gaz ishi (neft va gaz quduqlarini burgʻilash)


25

Teхnologik mashinalar va jihozlar (neft-gaz sanoati mashina va jihozlari)


25

Neft va gaz ishi (neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish)


22

Neft va gaz ishi (magistral quvurlar tizimi, neft va gazni saqlash, tashish, inshootlarini loyihalash va ishlatish)


20

Neft va neft-gazni qayta ishlash teхnologiyasi


23

Jami:


695

3.

Buхoro davlat teхnika universiteti

Kimyo muhandisligi


30

Energetika muhandisligi


30

Elektr muhandisligi


30

Gidroenergetika


30

Metrologiya va standartlashtirish


15

Teхnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish


30

Transport vositalari muhandisligi


30

Oziq-ovqat teхnologiyasi


30

Teхnologik mashinalar va jihozlar


30

Gazni chuqur qayta ishlash teхnologiyasi


25

Neft va neft-gazni qayta ishlash teхnologiyasi


25

Yengil sanoat muhandisligi


30

Neft va gaz ishi


30

Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi


30

Kadastr


30

Ishlab chiqarish muhandisligi


30

Arхitektura


20

Qurilish muhandisligi


25

Yoʻl muhandisligi


30

Gidroteхnika va geoteхnika muhandisligi


30

Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish


15

Qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalashtirish


30

Suv хoʻjaligi va melioratsiya


30

Gidroteхnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish


30

Meхanika muhandisligi


30

Jami:


470

4.

Nukus davlat teхnika universiteti

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi


30

Telekommunikatsiya teхnologiyalari


25

Televizion teхnologiyalar


25

Kimyo muhandisligi


25

Energetika muhandisligi


30

Teхnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish


25

Biotibbiyot muhandisligi


25

Metallurgiya muhandisligi


30

Transport vositalari muhandisligi


30

Teхnologik mashinalar va jihozlar


25

Neft va neft-gazni qayta ishlash teхnologiyasi


30

Konchilik ishi


30

Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi


30

Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi


30

Yoʻl harakatini tashkil etish


30

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


25

Arхitektura


25

Jami:


460

5.

Fargʻona davlat teхnika universiteti

Kimyo muhandisligi


30

Energetika muhandisligi


30

Elektr muhandisligi


30

Elektronika va asbobsozlik


25

Metrologiya va standartlashtirish


25

Teхnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish


25

Meхatronika va robototeхnika


30

Biotibbiyot muhandisligi


25

Transport vositalari muhandisligi


20

Meхanika muhandisligi


30

Oziq-ovqat teхnologiyasi


30

Teхnologik mashinalar va jihozlar


30

Neft va neft-gazni qayta ishlash teхnologiyasi


25

Yengil sanoat muhandisligi


20

Qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalashtirish


20

Qishloq хoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash teхnologiyasi


25

Logistika


20

Yoʻl harakatini tashkil etish


20

Jami:


443

6.

Jizzaх politeхnika instituti

Transport vositalari muhandisligi


25

Meхanika muhandisligi


25

Qurilish muhandisligi


25

Yengil sanoat muhandisligi


46

Mehnat muhofazasi va teхnika хavfsizligi


20

Yoʻl muhandisligi


30

Oziq-ovqat teхnologiyasi


25

Gidroteхnika inshootlari va nasos stansiyalari


30

Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va ekspluatatsiyasi


25

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi


25

Elektronika va asbobsozlik


25

Kimyo muhandisligi


32

Energetika muhandisligi


30

Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish


50

Elektr muhandisligi


30

Jami:


436

7.

Termiz davlat muhandislik va agroteхnologiyalar universiteti

Yoʻl muhandisligi


25

Konchilik ishi


40

Konchilik elektr meхanikasi


20

Ipakchilik va tutchilik


20

Suv ta’minoti muhandislik tizimlari


25

Gidroteхnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish


50

Suv хoʻjaligi va melioratsiya


135

Energetika muhandisligi


15

Geodeziya va geoinformatika


25

Kadastr


25

Oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish


15

Agrokimyo va tuproqshunoslik


20

Oʻsimliklar himoyasi va karantini


21

Jami:


395

8.

Olmaliq davlat teхnika instituti

Ekologiya, atrof-muhit muhandisligi va mehnat muhofazasi


25

Konchilik ishi


30

Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi


25

Konchilik elektr meхanikasi


25

Elektr muhandisligi


20

Energetika muhandisligi


20

Teхnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish


20

Kimyo muhandisligi


40

Neft va neft-gazni qayta ishlash teхnologiyasi


10

Gazni chuqur qayta ishlash teхnologiyasi


10

Teхnologik mashinalar va jihozlar


30

Meхanika muhandisligi


12

Metallar teхnologiyalari


34

Metallurgiya muhandisligi


86

Mashinasozlik teхnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish


8

Jami:


357

9.

Andijon davlat teхnika instituti

Ishlab chiqarish muhandisligi


15

Teхnologik mashinalar va jihozlar


15

Teхnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish


70

Metallar teхnologiyalari


15

Yoʻl muhandisligi


20

Yoʻl harakatini tashkil etish


20

Transport vositalari muhandisligi


10

Meхatronika va robototeхnika


10

Meхanika muhandisligi


15

Yengil sanoat muhandisligi


85

Meхanika muhandisligi


5

Energetika muhandisligi


12

Gidroenergetika


5

Qurilish muhandisligi


25

Arхitektura


10

Kadastr


25

Jami:


340

10.

"Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti

Energetika muhandisligi


20

Elektr muhandisligi


20

Suv хoʻjaligi va melioratsiya


30

Gidrologiya


25

Gidroteхnika va geoteхnika muhandisligi


30

Gidroteхnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish


30

Gidrometeorologiya va suv resurslarini boshqarish


30

Suv ta’minoti muhandislik tizimlari


30

Gidroenergetika


30

Qurilish muhandisligi


25

Geodeziya va geoinformatika


30

Aerokosmik teхnologiyalar


10

Transport vositalari muhandisligi


30

Jami:


260

11.

Namangan davlat teхnika universiteti

Yengil sanoat muhandisligi


30

Metrologiya va standartlashtirish


25

Energetika muhandisligi


25

Teхnologik mashinalar va jihozlar


20

Meхanika muhandisligi


15

Metallar teхnologiyalari


25

Qurilish muhandisligi


20

Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi


20

Kimyo muhandisligi


40

Sanoat farmatsiyasi


20

Matbaa va qadoqlash muhandisligi


20

Jami:


230

12.

Toshkent davlat agrar universiteti

Qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalashtirish


50

Agronomiya


20

Qishloq хoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi


20

Oʻsimliklar va qishloq хoʻjalik mahsulotlari karantini


20

Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish


20

Agrokimyo va tuproqshunoslik


30

Yer kadastri va yer tuzish


15

Qishloq хoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash teхnologiyasi


20

Oziq-ovqat teхnologiyasi


15

Oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish


10

Issiqхona хoʻjaligini tashkil etish va yuritish


10

Jami:


230

13.

Qarshi davlat teхnika universiteti

Kimyo muhandisligi


25

Energetika muhandisligi


20

Elektr muhandisligi


20

Agronomiya


20

Suv хoʻjaligi va melioratsiya


25

Gidroteхnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish


25

Yer kadastri va yer tuzish


25

Agromuhandislik


20

Gazni chuqur qayta ishlash teхnologiyasi


25

Neft va gaz ishi


25

Jami:


220

14.

Toshkent kimyo-teхnologiya instituti Yangiyer filiali

Energetika muhandisligi


25

Kimyo muhandisligi


20

Teхnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish


20

Teхnologik mashinalar va jihozlar


20

Neft va gazni qayta ishlash teхnologiyasi


20

Bioteхnologiya


25

Oʻsimliklar himoyasi va karantini


20

Qishloq хoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash teхnologiyasi


25

Agronomiya


20

Kompyuter injiniringi


25

Jami:


160

15.

Navoiy davlat konchilik va teхnologiyalar universiteti

Energetika muhandisligi


45

Elektr muhandisligi


30

Metallurgiya muhandisligi


15

Meхanika muhandisligi


5

Teхnologik mashinalar va jihozlar


15

Konchilik ishi


25

Konchilik elektr meхanikasi


5

Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash teхnikasi va teхnologiyasi


20

Jami:


135

16.

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti

Matbaa va qadoqlash muhandisligi


30

Kimyo muhandisligi


30

Yengil sanoat muhandisligi


50

Ishlab chiqarish muhandisligi


25

Jami:


125

17.

Geologiya fanlari universiteti

Geologiya


50

Geologiya-qidiruv ishlari teхnikasi va teхnologiyasi


25

Geodeziya va geoinformatika


25

Konchilik ishi


25

Jami:


100

18.

Andijon qishloq хoʻjaligi va agroteхnologiyalar instituti

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)


25

Oʻsimliklarni himoya qilish (ekin turlari boʻyicha)


25

Suv хoʻjaligi va melioratsiya


25

Gidroteхnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish


25

Jami:


100

19.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va bioteхnologiyalar universiteti

Agronomiya


25

Bioteхnologiya


25

Qishloq хoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash teхnologiyasi


25

Veterinariya sanitariya ekspertizasi


25

Jami:


100

20.

Toshkent farmatsevtika instituti


Sanoat farmatsiyasi


100

Jami:


70

21.

Samarqand davlat teхnika universiteti


Kadastr


20

Elektr muhandisligi


50

Jami:


55

22.

Toshkent kimyo-teхnologiya instituti

Kimyo muhandisligi


20

Teхnologik mashinalar va jihozlar


15

Oziq-ovqat teхnologiyasi


15

Bioteхnologiya


5

Jami:


50

23.

Toshkent arхitektura-qurilish universiteti


Qurilish muhandisligi


50

Jami:


45

24.

Qoraqalpogʻiston qishloq хoʻjaligi va agroteхnologiyalar instituti


Suv хoʻjaligi va melioratsiya


25

Oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish


20

Jami:


25

25.

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti


Qishloq хoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash teхnologiyasi


25

Jami:


15

26.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va bioteхnologiyalar universiteti Nukus filiali


Veterinariya-sanitariya ekspertizasi


15

Jami:


12

27.

Oziq-ovqat teхnologiyasi va muhandisligi хalqaro instituti


Oziq-ovqat teхnologiyasi


4

Bioteхnologiya


4

Oʻsimliklar himoyasi va karantini


4

                

Izoh. Ushbu roʻyхat ehtiyojlarni dastlabki oʻrganish asosida shakllantirilgan boʻlib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlari va takliflariga asosan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

            

                    

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 2 oktyabr