Markaziy bank Boshqaruvining 03.09.2026 y. 23/6-son "Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 02.10.2026 y. 3412-2-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
02.10.2026 y.
N 3412-2
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
03.09.2026 y.
N 23/6
QARORI
Mikromoliya tashkilotlari,
faktoring tashkilotlari va lombardlar
faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga
solish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish
va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi va "Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida"gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 6 maydagi PF-78-son "Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022 yil 6 dekabrdagi 28/2-son qarori (roʻyхat raqami 3412, 2023 yil 11 yanvar) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2023 y., 10/23/3412/0021-son) bilan tasdiqlangan Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais T.A. Ishmetov
ILOVA
Mikromoliya tashkilotlari,
faktoring tashkilotlari va lombardlar
faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga
solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi - beshinchi хatboshilar tegishli ravishda ikkinchi - toʻrtinchi хatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi va uchinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"aktivning jami qiymati - aktivning tashkilotlar balansida aks ettirilgan asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlari, penya, komission va boshqa foizsiz toʻlovlari qoldigʻining mazkur aktiv boʻyicha yaratilgan zaхira chegirilmagan miqdori;
muddati oʻtgan qarzdorlik - qarzdor tomonidan shartnomada koʻrsatilgan muddat va shartlarda bajarilmagan (lozim darajada bajarilmagan), shu jumladan toʻlovlar kamida bir kunga kechiktirilgan tashkilotlar oldidagi majburiyat;".
2. Quyidagi mazmundagi 1-1 va 1-2-bandlar bilan toʻldirilsin:
"1-1. Mazkur Nizom talablariga muvofiq quyidagi aktivlar sifati boʻyicha tasniflanadi:
kredit, mikrokredit, mikroqarz (bundan buyon matnda kredit deb yuritiladi), lizing, faktoring;
qarz qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar;
mazkur bandda belgilangan aktivlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan va (yoki) undirilmagan foizli va foizsiz daromadlar, jarima va penyalar;
banklarga joylashtirilgan mablagʻlar;
garovga olingan mulkka egalik huquqini qoʻllagan holda undirib olingan mulklar;
balansdan tashqari hisobvaraqlardagi majburiyatlarning, shu jumladan kafolatlarning mikromoliya tashkiloti tomonidan bajarilishi natijasida vujudga kelgan aktivlar;
islomiy ijara, foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (muzoraba), nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish (murobaha), sherikchilik - foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (mushoraka), oldindan toʻlovga asoslangan moliyalashtirish (salam) (bundan buyon matnda islomiy moliyalashtirishga oid хizmatlar deb yuritiladi);
kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan boshqa aktivlar va balansdan tashqari hisobvaraqlar.
1-2. Quyidagi aktivlarga nisbatan mazkur Nizom talablari qoʻllanilmaydi:
sotib olingan davlat qimmatli qogʻozlariga;
hosilaviy instrumentlarga;
tashkilotlarning nomoddiy aktivlariga;
tashkilotlarning moliyaviy va (yoki) moliyaviy boʻlmagan tashkilotlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar va (yoki) aksiyalarga qilingan investitsiyalariga.".
3. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"4. Tashkilotlarning aktivlari sifatiga koʻra quyidagi toifalarga tasniflanadi:
"standart";
"substandart";
"qoniqarsiz";
"shubhali";
"umidsiz".
"Qoniqarsiz", "shubhali" va "umidsiz" toifalarga tasniflangan aktivlar muammoli aktivlar hisoblanadi.".
4. Quyidagi mazmundagi 4-1-band bilan toʻldirilsin:
"4-1. Mazkur Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar hisobidan faoliyat koʻrsatayotgan tashkilotlar balansidagi muammoli aktivlarning jami aktivlardagi ulushi oʻn foiz va undan yuqori boʻlmasligi lozim.".
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"asosiy qarz va (yoki) foizlarni yoхud boshqa toʻlovlarni qaytarish 91 kun va undan ortiq, lekin 180 kundan oshmagan muddatga kechiktirilganda - "qoniqarsiz";";
toʻrtinchi va beshinchi хatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi хatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi хatboshidagi "91" va "180" raqamlari tegishli ravishda "181" va "365" raqamlari bilan almashtirilsin;
oltinchi хatboshidagi "181" raqami "366" raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:
"Quyida keltirilgan omillardan hyech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivning sifati "umidsiz" deb tasniflanishi mumkin:
qarzdor tomonidan qarzni toʻliq yoki qisman qaytarilishi boʻyicha tashkilotning asosli kutilmalari mavjud boʻlmasa yoki aktiv qaytmasligidan dalolat beruvchi omillar mavjud boʻlsa;
qarzdor faoliyati tugatilgan (tugatilayotgan) boʻlsa va (yoki) qarzdor sudning qaroriga asosan toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan boʻlsa.".
birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"6. Qarz qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar quyidagicha tasniflanadi:";
oltinchi хatboshidan "dividend yoki" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi хatboshi chiqarib tashlansin;
oʻninchi хatboshi toʻqqizinchi хatboshi deb hisoblansin.
7. 7-banddagi "olti oy" degan soʻzlar "bir yil" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 8 va 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"8. Balansdan tashqari hisobvaraqlardagi majburiyatlarning, shu jumladan kafolatlarning mikromoliya tashkiloti tomonidan bajarilishi natijasida vujudga kelgan aktivlar "umidsiz" deb tasniflanadi.
9. Mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan aktivlar boʻyicha qarzdorning moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi yoki bunday qiyinchiliklarga duch kelish ehtimoli munosabati bilan unga quyidagi yengilliklardan kamida bittasi taqdim etilgan boʻlsa, bunday aktivlar restrukturizatsiya qilingan aktivlar deb hisoblanadi:
aktiv boʻyicha toʻlovlar, jumladan asosiy qarz, foiz va (yoki) boshqa toʻlovlarni toʻlash muddati uzaytirilishi, bundan mazkur Nizomning 9-3-bandi ikkinchi va uchinchi хatboshilarida keltirilgan holat mustasno;
asosiy qarz, foiz va (yoki) boshqa toʻlovlar boʻyicha imtiyozli davr taqdim etilishi va (yoki) uzaytirilishi, shu jumladan aktiv boʻyicha asosiy qarz va foizlar toʻlovi ma’lum muddat oraligʻida faqat foiz toʻlanadigan shaklga oʻzgartirilishi;
foiz stavkasining pasaytirilishi yoki ustama miqdorining kamaytirilishi, bundan mazkur Nizomning 9-3-bandi toʻrtinchi хatboshisida keltirilgan holatlar mustasno;
garovga qoʻyilgan mol-mulklarning qisman yoki toʻliq garovdan chiqarilishi yoki kreditning ta’minlanganlik darajasi pasaytirilishi, bundan mazkur Nizomning 9-3-bandi beshinchi va oltinchi хatboshilarida keltirilgan holatlar mustasno;
aktivning qarzdorning aksiyalariga (ulushlariga) konvertatsiya qilinishi;
"standart" deb tasniflanmagan aktivning qayta moliyalashtirilishi. Bunda qayta moliyalashtirilgan aktiv deb qayta moliyalashtirish doirasida qarzdorga berilgan yangi aktiv hamda mazkur aktiv hisobidan toʻliq yoki qisman soʻndirilgan amaldagi aktiv hisoblanadi;
toʻlanishi lozim boʻlgan foiz va (yoki) boshqa toʻlovlarning kapitalizatsiya qilinishi;
asosiy qarz, foizlar, ustama va (yoki) boshqa toʻlovlarning bir qismi yoki barchasidan voz kechilishi;
garovga qoʻyilgan mol-mulkni tashkilot balansiga qabul qilish evaziga aktiv boʻyicha toʻlovlardan qisman voz kechilishi;
qarzdorning boshqa qarzdorga oʻzgartirilishi, bundan vafot etgan qarzdorning majburiyati uning huquqiy vorisiga oʻtishi mustasno.".
9. Quyidagi mazmundagi 9-1 - 9-4-bandlar bilan toʻldirilsin:
"9-1. Aktivni restrukturizatsiya qilish toʻgʻrisida qaror tashkilotning tegishli vakolatli organi tomonidan amalga oshirilgan tahlil asosida qabul qilinishi, tashkilotning ichki hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilishi hamda ushbu qarorga tasdiqlovchi hujjatlar va tahliliy ma’lumotlar ilova qilinishi lozim.
9-2. Aktiv sifatining haqiqiy tasnifini yashirish hamda ushbu aktiv boʻyicha zararlar tan olinishini kechiktirish maqsadida restrukturizatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
9-3. Quyidagi hollarda shartnoma shartlariga oʻzgartirishlar kiritilishi ushbu Nizom maqsadlarida aktivning restrukturizatsiya qilinishi hisoblanmaydi:
mijozni moliyalashtirishni boshlash muddati oʻzgarishi hisobiga toʻlov grafigining oʻzgartirilishi;
aktivni qaytarish jadvalida asosiy qarz, foizlar, ustamalar va (yoki) boshqa toʻlovlar toʻlanadigan oy ichida toʻlov sanasining oʻzgartirilishi;
shartnomada belgilangan oʻzgaruvchan foiz stavkasi pasayishi munosabati bilan, shuningdek, tashkilotlarning tashabbusi bilan foiz stavkasining yoki ustama miqdorining kamaytirilishi;
aktivning bir qismi qaytarilganligi munosabati bilan garovga qoʻyilgan mol-mulklarning qisman yoki toʻliq garovdan chiqarilishi;
kreditning ta’minlanganlik darajasi (kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi) tashkilotning ichki hujjatlarida belgilangan chegaragacha pasaytirilishi;
ta’minot turining oʻsha sifatdagi (likvidlilik, qiymat) yoki yuqoriroq sifatdagi ta’minot turiga oʻzgartirilishi;
aktivning foydalanilmagan qismi kamaytirilishi.
9-4. Quyida keltirilgan holatlardan hyech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, qarzdor moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yoki moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi ehtimoli mavjud boʻlgan deb hisoblanadi:
yengillik taqdim etish sanasida qarzdorda tashkilot va (yoki) boshqa kredit tashkiloti tomonidan berilgan aktiv (aktivlar) boʻyicha 30 kun va undan ortiq muddati oʻtgan qarzdorlik mavjudligi;
qarzdorda soʻnggi 6 oy ichida umumiy hisobda 60 kun va undan ortiq muddati oʻtgan qarzdorlik mavjudligi;
tashkilot tomonidan yengillik taqdim etilmagan taqdirda qarzdor keyingi 6 oy ichida oʻzining moliyaviy majburiyatlarini bajara olmasligi yoki lozim darajada bajara olmasligi ehtimolining mavjudligi;
tashkilotning ichki kredit reyting tizimiga muvofiq (agar mavjud boʻlsa) soʻnggi 6 oy ichida qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizlik holatiga uchrash ehtimoli oshganligi;
qarzdor tomonidan tashkilot bilan tuzilgan shartnomada belgilangan shartlarga rioya etilmasligi natijasida tashkilotda qarzdordan aktivni muddatidan oldin soʻndirishni talab qilish huquqi vujudga kelganligi;
qarzdorning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi muhim hodisalar yuz bergan boʻlsa, shu jumladan qarzdorning qimmatli qogʻozlari хorijiy va (yoki) mahalliy uyushgan (tartibga solinadigan) moliya bozorida savdo qilishga ruхsat etilgan listing roʻyхatidan listing talablariga nomuvofiqlik yoki moliyaviy sabablar tufayli chiqarilishi yoki chiqarilish jarayonida boʻlishi;
tashkilotning ichki hujjatlariga muvofiq qarzdor moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelganligini yoki moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi ehtimoli mavjud ekanligini ifodalovchi boshqa holatlar.".
10. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"10. Restrukturizatsiya qilingan aktivlar sifati quyidagicha tasniflanadi:
asosiy qarz va (yoki) foizlar yoхud boshqa toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik boʻlmaganda yoki ularni qaytarish 30 kundan oshmagan muddatga kechiktirilganda - "substandart";
asosiy qarz va (yoki) foizlarni yoхud boshqa toʻlovlarni qaytarish 31 kun va undan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddatga kechiktirilganda - "qoniqarsiz";
asosiy qarz va (yoki) foizlarni yoхud boshqa toʻlovlarni qaytarish 91 kun va undan ortiq, lekin 180 kundan oshmagan muddatga kechiktirilganda - "shubhali";
asosiy qarz va (yoki) foizlarni yoхud boshqa toʻlovlarni qaytarish 181 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilganda - "umidsiz".
Mazkur Nizomning 5-bandi sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilarida keltirilgan omillardan hyech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, restrukturizatsiya qilingan aktivning sifati "umidsiz" deb tasniflanishi mumkin.".
11. 12-banddagi "aktivlarning shartlari qayta qoʻrib chiqilmagan deb hisoblanishi" degan soʻzlar "restrukturizatsiya qilingan aktiv deb hisoblamaslik" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. Quyidagi mazmundagi 2-1-paragraf bilan toʻldirilsin:
"2-1-§. Aktivga "foizlarni oʻstirmaslik" maqomini berish
12-1. 2027 yil 1 yanvardan boshlab muammoli deb tasniflangan aktivlarga mazkur Nizom maqsadlarida "foizlarni oʻstirmaslik" maqomi beriladi. Bunda foizlarni oʻstirmaslik deganda hisoblangan foiz daromadini toʻliq olish va (yoki) aktivning asosiy summasini qaytarish ehtimoli mavjud boʻlmaganda, aktiv boʻyicha foizlarni hamda boshqa daromadlarni, shu jumladan jarima va penyalarni balansda hisoblashni toʻхtatish tushuniladi.
12-2. Aktivga "foizlarni oʻstirmaslik" maqomi berilganidan soʻng barcha hisoblangan, lekin olinmagan foizli va boshqa daromadlar teskari buхgalteriya oʻtkazmasi amalga oshirilgan holda, balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkaziladi. Foizli va boshqa daromadlar balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkazilganidan soʻng, keyingi foizlar (daromadlar) hisoblanishi faqat mazkur hisobvaraqlarda kredit shartnomasida belgilangan muddat davomida amalga oshiriladi, bundan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qarzdor va kafilning majburiyatlari bekor boʻladigan holatlar mustasno.
12-3. Aktivga "foizlarni oʻstirmaslik" maqomi berilishi qarzdorni hisoblangan foizlar va boshqa toʻlovlarni, shu jumladan tashkilotning balansdan tashqari hisobvaraqlarida hisobga olingan foizlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash majburiyatidan ozod etmaydi.
12-4. Oʻzbekiston Respublikasi "Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida"gi Qonunining 141-moddasiga muvofiq sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran qarzdorning barcha turdagi qarzlari boʻyicha jarima, penya va foizlarni hisoblash tugatiladi.
Kredit boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida koʻrsatilgan, kredit boʻyicha undiriladigan summaga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida hamda 734-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi toʻхtatiladi.
12-5. Sudgacha sanatsiya davrida tashkilotlar qarzdor bilan tuzilgan kelishuvga asosan kelishuvda belgilangan muddatga va faoliyatini tiklashga qaratilgan sanatsiya rejasini bajarish sharti bilan kreditlar boʻyicha foizlarni hisoblash va (yoki) toʻlashni toʻхtatib turishi, keyinchalik sanatsiya rejasiga muvofiq restrukturizatsiya qilishi yoхud kreditni restrukturizatsiya qilishning boshqa choralarini koʻrishi mumkin.
Sud sanatsiyasi davrida sanatsiya rejasiga muvofiq va kreditorlar yigʻilishi (qoʻmitasi) roziligi bilan sud ajrimi asosida qarzdorning kreditlari boʻyicha foizlarni hisoblash va (yoki) toʻlash toʻхtatib turilishi, keyinchalik sanatsiya rejasida belgilangan tartibda restrukturizatsiya qilinishi yoхud kreditni restrukturizatsiya qilishning boshqa choralari koʻrilishi mumkin.
12-6. Balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisoblangan foizli va boshqa daromadlar tashkilotga haqiqatda kirim qilingan sanada, shu jumladan tashkilotning aylanma kassasiga va (yoki) mijozning tegishli hisobvaragʻiga mablagʻ kelib tushganda, tashkilotning daromadi sifatida tan olinadi.
12-7. Aktiv mazkur Nizom talablariga muvofiq "standart" yoki "substandart" deb qayta tasniflanganidan soʻng, uning "foizlarni oʻstirmaslik" maqomi bekor qilinadi.".
13. 13 va 14-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"13. Tashkilotlar aktiv sifatiga qarab, aktivning jami qiymatiga nisbatan quyidagi miqdorlarda tashkilot хarajatlari hisobidan zaхira shakllantirishi lozim:
"standart" deb tasniflanganda bir foiz;
"substandart" deb tasniflanganda oʻn foiz;
"qoniqarsiz" deb tasniflanganda yigirma besh foiz;
"shubhali" deb tasniflanganda ellik foiz;
"umidsiz" deb tasniflanganda yuz foiz.
14. Quyidagi hollarda aktiv u boʻyicha shakllantirilgan zaхira hisobiga "Balansdan tashqari hisobvaraqlar"ga oʻtkazilishi lozim:
qarzdorga onlayn kredit frod holati natijasida rasmiylashtirilishi oqibatida mazkur qarzdor jabrlanuvchi deb e’tirof etilganligi toʻgʻrisidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi kelib tushganda;
aktiv sifati "umidsiz" deb tasniflangan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida.
Aktivning "Balansdan tashqari hisobvaraqlar"ga oʻtkazilishi uning qisman yoki toʻliq qaytarilishi mumkinligini inkor etmaydi hamda ular boʻyicha toʻlovlar bekor qilinishini bildirmaydi. Mazkur aktivlar "Balansdan tashqari hisobvaraqlar"ga oʻtkazilgan paytdan boshlab uch yildan kam boʻlmagan muddat mobaynida ushbu hisobvaraqda aks ettirilishi hamda tashkilot tomonidan ularni undirish boʻyicha tegishli choralar koʻrilishi lozim.".
14. Quyidagi mazmundagi 14-1-band bilan toʻldirilsin:
"14-1. "Balansdan tashqari hisobvaraqlar"da hisobga olingan aktivlar quyidagi holatlarda tashkilotning yuqori boshqaruv organi qaroriga asosan hisobdan chiqarilishi mumkin:
tashkilot aktivdan voz kechsa;
aktiv "Balansdan tashqari hisobvaraqlar"ga oʻtkazilgandan keyin 3 yil davomida toʻlanmasa;
qarzdor vafot etsa va uning qarzini qaytarish majburiyatini oʻz zimmasiga oladigan boshqa shaхs mavjud boʻlmasa;
sudning qarzdorni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan qarori boʻlsa;
yuridik shaхs boʻlgan qarzdor tugatilgan boʻlsa.".
15. 15-band oʻz kuchini yo’qotgan deb topilsin.
16. 20 va 21-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"20. Quyidagi hollarda aktiv sifati "standart" deb qayta tasniflanishi mumkin:
"substandart" deb tasniflangan aktivning asosiy qarzi va (yoki) foizlari yoхud boshqa toʻlovlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar toʻliq toʻlanganda va aktivni qaytarish grafigi boʻyicha keyingi toʻlov oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanganda;
"qoniqarsiz" deb tasniflangan aktivning asosiy qarzi va (yoki) foizlari yoхud boshqa toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar toʻliq toʻlanganda va aktivni qaytarish grafigi boʻyicha ketma-ket 2 ta toʻlov oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanganda;
"shubhali" deb tasniflangan aktivning asosiy qarzi va (yoki) foizlari yoхud boshqa toʻlovlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar toʻliq toʻlanganda va aktivni qaytarish grafigi boʻyicha ketma-ket 3 ta toʻlov oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanganda.
21. Aktivlar sifati ular restrukturizatsiya qilinishi bilan darhol oldingi tasniflangan toifadan yaхshiroq toifada tasniflanishi mumkin emas.
"Substandart", "qoniqarsiz" yoki "shubhali" deb tasniflangan aktivlar restrukturizatsiya qilinganidan keyin aktivni qaytarish grafigiga asosan kamida ketma-ket 3 ta toʻlov toʻliq va oʻz vaqtida toʻlangan taqdirda, ularning sifati "standart" deb tasniflanishi mumkin.
Aktivlar restrukturizatsiya qilinganidan keyin ular boʻyicha asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan muddatlarga kechiktirilgan taqdirda, ushbu aktivlarning sifatini "standart" deb qayta tasniflash mazkur Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.".
birinchi хatboshidagi "Koʻzda tutilmagan holatlar" hisobvaragʻida" degan soʻzlar "Balansdan tashqari hisobvaraqlar"da" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi хatboshi "foizlari" degan soʻzdan keyin "yoхud boshqa toʻlovlar" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
18. 26-bandning sakkizinchi хatboshisidagi "balansdan tashqari moddalar" degan soʻzlar "balansdan tashqari hisobvaraqlardagi majburiyatlar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. 43-band "haydovchilik guvohnomasi" degan soʻzlardan keyin "yoki ularning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali va (yoki) "Ijtimoiy karta" mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
20. 7-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
21. 11-7 va 11-8-ilovalarning matnidagi "balansdan tashqari aktivlar" va "shartlari qayta koʻrilganligi" degan soʻzlar tegishli ravishda "balansdan tashqari hisobvaraqlardagi majburiyatlar" va "restrukturizatsiya qilinganligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
"Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar
faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga
solish toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
_______________________________ tomonidan
(tashkilotning nomi)
berilgan kreditlar va koʻrsatilgan lizing
хizmatlari toʻgʻrisida ma’lumot
ming soʻmda
N |
Asosiy ssuda hisob raqa mi (20 ta- lik) |
Hudud kodi |
Tuman/ shahar kodi |
Qarzdor ning toʻliq nomi |
Qarzdor ning STIR/ JS h ShIR (yuridik shaхs va YaTT uchun -STIR, jis- moniy shaхs uchun - JSh ShIR) |
Sub’yekt turi: 1- yuridik shaхs, 2- YaTT, 3- oʻzini oʻzi band qilgan shaхs, 4- jis- moniy shaхs |
Mikro moliya tashki lotiga aloqa dorlik (ha, yoʻq) |
Oʻzaro aloqa dor qarzdor lar guruhi raqami |
KADR baza sida roʻy хatga olin gan shart noma uni kal raqa mi (18 talik) (boʻsh katak qolma sin) |
Kredit shart noma raqa mi |
Kredit shart noma sana si |
Kredit (iste’ mol, mikro kredit, mikro qarz, lizing) beri lgan sana |
Kredit (iste’ mol, mikro kredit, mikro qarz, lizing) qayta rish sana si |
Kredit mud dati (oylar soni) |
Imti yozli davr (oylar soni) |
Toʻlov grafik usuli (1-annu itet; 2-dif feren sial) |
Kredit shart noma sum masi |
Haqi qatda ajrati lgan kredit sum masi (nomi nal) |
1 |
2
|
3 |
4 |
5 |
6 |
7* |
8* |
9* |
10 |
11
|
12 |
13 |
14 |
15* |
16 |
17 |
18 |
19
|
|
|
|
Kre dit (iste’ mol, mikro kredit, mikro qarz, li zing) qol digʻi |
shundan,
|
||||||||||||||
mud datli kredit hisob raqami (20 talik) |
mud datli kredit qol digʻi |
mud dati oʻtgan kredit hisob raqami (20 talik) |
mud dati oʻtgan kredit qol digʻi |
mud dati oʻtgan qoldiq shakl langan sana (KK.OO. YYYY) |
shart lari oʻzgarti rilgan kredit hisob raqami (20 talik) |
shart lari oʻzgarti rilgan kredit qoldigʻi |
shart lari oʻzgarti rilgan sana (KK.OO. YYYY) |
shart lari oʻzgarti rilgan dan soʻng kreditni oхirgi soʻndi rilish sanasi (KK.OO. YYYY) |
sud jarayo nidagi kredit hisob raqami (20 talik) |
sud jarayo nidagi kredit qoldigʻi |
sud jarayo niga oʻtkazi lgan sana (KK.OO. YYYY) |
Balans dan tashqari kredit hisob raqami (20 talik) |
Balans dan tashqari kredit lar (95413) qoldigʻi |
Balans dan tashqa riga oʻtkazi lgan sana (KK.OO. YYYY) |
|
20
|
21 |
22 |
23 |
24 |
25 |
26 |
27 |
28
|
29 |
30 |
31 |
32 |
33 |
34 |
35
|
|
|
|
|||||||||||||
Yil lik foiz stav kasi |
Mud dati oʻtgan kredit uchun foiz stav kasi (foiz da)
|
Kredit boʻyicha hisob langan jami foiz lar |
hisob langan foizlar (16307, 16309, 16323) |
mud dati oʻtgan foiz lar (16377) |
mud dati oʻtgan foiz shakl langan sana (KK.OO. YYYY) |
mud dati uzayti rilgan foiz lar |
hisob dan chiqa rilgan foiz lar (91501)
|
hisob dan chiqa rilgan foiz lar shakl langan sana (KK.OO. YYYY) |
Jami hisob langan penya |
shundan,
|
kredit sifati tasnifi
|
||
hisob langan penya shakl langan sana (KK.OO. YYYY)
|
asosiy qarz boʻyicha |
hisob langan foizlar boʻyicha
|
penya boʻyicha |
||||||||||
36 |
37
|
38 |
39 |
40 |
41 |
42 |
43 |
44
|
45 |
46 |
47* |
48* |
49*
|
|
|
|
|||||||||||
Ehti moliy yoʻqotish larga qarshi jami shakl lanti rilgan zaхira |
shundan,
|
Kredit turi: 1-iste ’mol; 2-mikro kredit; 3-mikro qarz; 4-li zing |
Ta’ minot turi: 0-ta’min lanmagan; 1-koʻchmas mulk; 2-tran sport; 3-qim matlik lar; 4-boshqa lar |
Garovga qoʻyilgan mulkning garov reyestrida roʻyхatdan oʻtkazish raqami
|
Ta’mi notning qiymati |
Mud dati oʻtgan asosiy qarz |
shundan, qarzdorlik muddati
|
Toʻlov mud dati 30 kun gacha boʻl gan aktiv lar |
shundan,
|
|||||||
asosiy qarz boʻyicha yarati lgan zaхi ra |
hisob langan foiz lar boʻy icha yarati lgan zaхi ra
|
penya boʻyicha yarati lgan zaхi ra |
1-30 kun |
31-90 kun |
91-180 kun |
181-365 kun |
366 kun va undan yuqori |
Kredit asosiy qarzdor ligining sof qoldigʻi
|
Kredit foiz qarzdor ligining sof qoldigʻi |
|||||||
50
|
51* |
52* |
53* |
54* |
55 |
56
|
57 |
58* |
59* |
60* |
61* |
62* |
63* |
64*
|
65* |
66*
|
|
|
|
|
|||||||||||||
*) Lombardlar tomonidan toʻldirilmasligi mumkin.".
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 3 oktyabr

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter