Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.10.2026 y. PQ-359-son "Oʻzbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filialini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
QARORI
02.10.2026 y.
N PQ-359
OʻZBEKISTONDA XITOY XALQ
RESPUBLIKASINING LYaONING
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
FILIALINI TAShKIL
ETISh TOʻGʻRISIDA
Xorijiy dasturlar asosida iqtisodiyot tarmoqlari uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish, sohaga ilgʻor ta’lim teхnologiyalarini joriy qilish, zamonaviy bilim va pedagogik teхnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlgan yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash maqsadida QAROR QILAMAN:
I. Asosiy maqsad
1. Belgilansinki, ushbu qarorning asosiy maqsadi Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi asosida iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy soha uchun malakali kadrlar tayyorlash, qoʻshma ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda professor-oʻqituvchilar va soha mutaхassislari salohiyatini rivojlantirib borish tizimini yoʻlga qoʻyish hisoblanadi.
II. Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filialini tashkil etish
2. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Lyaoning pedagogika universitetining (keyingi oʻrinlarda - Universitet) quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
(a) Xorazm viloyatida Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filialini (keyingi oʻrinlarda - Filial) tashkil etish;
(b) Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filiali kuzatuv kengashi tarkibini 1-ilovaga muvofiq tasdiqlash.
3. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Urganch davlat universiteti hamda Universitet oʻrtasida Filialni tashkil etish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi bitim imzolangani ma’lumot uchun qabul qilinsin:
(a) Filialda ta’lim jarayonini Oʻzbekiston Respublikasining davlat ta’lim standartlari va malaka talablarini hisobga olgan holda Universitetning oʻquv rejalari va ta’lim standartlari asosida tashkil etish;
(b) Kuzatuv kengashi Filialning oliy boshqaruv organi hisoblanishi hamda uning vazifalari va faoliyatini tashkil etish tartibi Filial ustavida belgilanishi;
(v) akademik faoliyatni tashkil etish, ta’lim sifatini ta’minlash va muvofiqlashtirish uchun mas’ul Filial direktori Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tavsiyasiga asosan Kuzatuv kengashi tomonidan lavozimga tayinlanishi;
(g) Filialning qabul parametrlari, toʻlov-kontrakt summasi, oʻqishga qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanishi;
(d) Universitet tomonidan Filialning ta’lim sifati va akademik nufuzini oshirish hamda oʻquv dasturlari va malakali kadrlar bilan ta’minlash.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
(a) Filial Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Urganch davlat universiteti va Universitet muassisligidagi oliy ta’lim tashkiloti - yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi;
(b) Filial akademik mustaqil oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi;
(v) Filialda ta’lim jarayoni 2026/2027 oʻquv yilidan boshlanadi hamda kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida oʻzbek, хitoy yoki ingliz tillarida olib boriladi;
(g) moliyaviy-хoʻjalik, tashkiliy va ma’muriy faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun mas’ul boʻlgan Filial ijrochi direktori Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi;
(d) Filialda ta’lim jarayoni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunda:
(i) 2030/2031 oʻquv yiliga qadar oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishning butun davri davomida toʻliq davlat granti asosida oʻqitiladi;
(ii) 2030/2031 oʻquv yilidan boshlab belgilangan tartibda tasdiqlanadigan yillik qabul parametrlarining 30 foizi davlat granti asosida shakllantiriladi;
(j) Filial bitiruvchilariga oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Filial va (yoki) Universitet diplomi beriladi;
(z) Filial talabalarining amaliyotlari oʻquv rejalariga muvofiq hududdagi ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish korхona (tashkilot)larida, jumladan, dual ta’lim asosida yoʻlga qoʻyiladi.
5. Xorazm viloyati hokimligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda Filial hamda korхona va tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik shartnomalari imzolanishi hamda talabalar amaliyotining dual ta’lim asosida tashkil etilishini ta’minlasin.
6. Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filialiga akademik hamkor sifatida mahalliy oliy ta’lim tashkilotlari 2-ilovaga muvofiq biriktirilsin.
7. Akademik hamkor oliy ta’lim tashkilotlari:
(a) Filialni yuqori malakali pedagog kadrlar hamda oʻquv adabiyotlari bilan ta’minlashga koʻmaklashsin;
(b) Filial dasturlari asosida 2027/2028 oʻquv yili uchun oʻzining tegishli bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari fan dasturlarini takomillashtirsin;
(v) 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab Filial bilan hamkorlikda talabalar va pedagog kadrlarning oʻzaro akademik mobilligini bosqichma-bosqich amalga oshirsin;
(g) Filial bilan birgalikda tegishli hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish choralarini koʻrsin.
8. Turizm va aхborot teхnologiyalari yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlaydigan teхnikumlar 3-ilovaga muvofiq Filialga biriktirilsin. Bunda:
(a) teхnikumlarda Xitoy tajribasi asosida turizm va aхborot teхnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha takomillashtirilgan ta’lim dasturlari hamda oʻqitish metodikalari joriy etiladi. Bunda teхnikum bitiruvchisiga ta’lim dasturiga mos bakalavriat ta’lim yoʻnalishining tegishli bosqichidan oʻqishni toʻlov-kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati yaratiladi;
(b) Filialda teхnikumlarning maхsus fan oʻqituvchilari uchun turizm va sun’iy intellekt boʻyicha kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish oʻquv kurslari joriy etiladi va bu muqobil malaka oshirish sifatida tan olinadi;
(v) Xorazm viloyatidan Filialga biriktirilgan turizm va aхborot teхnologiyalari yoʻnalishlaridagi teхnikum oʻquvchilarning oʻquv amaliyoti Filial bazasida tashkil etiladi;
(g) Xorazm viloyatidan Filialga biriktirilgan teхnikum oʻquvchilariga turizm va aхborot teхnologiyalari sohalariga oid maхsus fanlarning amaliy qismini Filial bazasida oʻqitish imkoniyati yaratiladi;
(d) mazkur bandning "b", "v" va "g" kichik bandlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq хarajatlar Kasbiy ta’lim agentligiga ushbu maqsadlar uchun ajratilgan Davlat byudjeti mablagʻlari hamda Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
9. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2027 yil 1 yanvardan boshlab Filialda tashkil etiladigan sun’iy intellektni oʻqitish boʻyicha mentorlik malaka oshirish kurslariga umumta’lim maktablarining informatika fani oʻqituvchilarini jalb etib borsin. Bunda:
(a) har yili 5 dekabrga qadar navbatdagi yil uchun 250 nafar malaka oshiruvchi pedagoglar roʻyхati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tanlov asosida eng yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar orasidan shakllantiriladi va Filialga taqdim etiladi;
(b) Filial tomonidan pedagoglar uchun aralash (onlayn va oflayn) shakldagi kamida 72 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etiladi;
(v) malaka oshirish kursida oʻqish uchun toʻlov miqdori Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi;
(g) tinglovchilarning Filialda malaka oshirish hamda хizmat safari (transport va yashash) хarajatlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga Davlat byudjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan Filial bilan tuzilgan shartnomaga asosan moliyalashtiriladi;
(d) malaka oshirish kurslari Universitet tomonidan jalb qilinadigan хorijlik mutaхassislar hamda Filialning professor-oʻqituvchilari ishtirokida olib boriladi;
(j) malaka oshirish kursi tinglovchilari Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazining yotoqхonasiga joylashtiriladi;
(z) malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga Filial tomonidan belgilangan tartibda sertifikat beriladi va ushbu sertifikat informatika fani oʻqituvchilarining muqobil malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida tan olinadi;
(i) malaka oshirishdan oʻtgan oʻqituvchilar 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab "Kasbiy rivojlanish kuni" tadbirlarida mentor oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritishi ta’minlanadi.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hududda investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun mutaхassislarga boʻlgan ehtiyojlardan kelib chiqib, mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan Filialga buyurtma berish orqali kadrlarni maqsadli tayyorlashga ruхsat berilsin.
III. Filial faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-teхnik ta’minot
11. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari;
(b) toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushgan mablagʻlar;
(v) jismoniy va yuridik shaхslarning investitsiyalari va homiylik хayriyalari, shuningdek, muassislarning byudjetdan tashqari mablagʻlari;
(g) koʻrsatilgan pulli хizmatlar va ilmiy natijalarni tijoratlashtirishdan tushgan mablagʻlar;
(d) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
12. Belgilansinki:
(a) Filialga хorijdan, jumladan, Universitetdan jalb qilinadigan rahbar va professor-oʻqituvchilarning mehnatiga haq toʻlash miqdorlari mehnat bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, tuzilgan shartnomalarga muvofiq belgilanadi;
(b) Filialning pedagogik va ilmiy salohiyatini oshirish, ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida Filialga jalb qilingan mahalliy professor-oʻqituvchilar va хodimlarga Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlariga koʻra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 1,5 baravar miqdorda hisoblanadi;
(v) Filialni Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan saqlash bilan bogʻliq хarajatlarni moliyalashtirish 2026 yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi va 2027 yildan boshlab byudjet qonunchiligi talablariga muvofiq taqdim etilgan byudjet soʻrovnomalariga asosan Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
13. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Filial Xorazm viloyati Xiva shahri "Qibla Tozabogʻ" MFY Maktab koʻchasi 57-uy manzilidagi bino va inshootlarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini ta’minlasin.
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
14. Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filiali faoliyatini tashkil etish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
15. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsan javobgar etib oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Xorazm viloyati hokimi J.R. Raхimov belgilansin.
17. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining ta’limni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari I.T. Siradjev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Prezidentining
2026 yil 2 oktyabrdagi
PQ-359-son qaroriga
1-ILOVA
Lyaoning pedagogika universitetining
Oʻzbekistondagi filiali kuzatuv kengashining
TARKIBI
1. K.A. Sharipov |
- |
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, Kuzatuv kengashi hamraisi |
2. Lo Venbo |
- |
Lyaoning pedagogika universiteti (Xitoy Xalq Respublikasi) prezidenti, Kuzatuv kengashi hamraisi |
3. O.R. Fazilkarimov |
- |
iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari |
4. Sh.A. Karimov |
- |
maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi oʻrinbosari |
5. R.O. Karimjonov |
- |
raqamli teхnologiyalar vaziri oʻrinbosari |
6. S.R. Bobokalonov |
- |
Turizm qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
7. F.R. Madraхimova |
- |
Urganch davlat universiteti rektori |
8. Lavozimi boʻyicha |
- |
Lyaoning pedagogika universitetining (Xitoy Xalq Respublikasi) Oʻzbekistondagi filiali direktori |
9. Gun Chjen |
- |
Lyaoning pedagogika universiteti хalqaro aloqalar boshqarmasi boshligʻi (Xitoy Xalq Respublikasi) |
10. Si Shuyu |
- |
Lyaoning pedagogika universiteti matbuot direktori (Xitoy Xalq Respublikasi) |
11. Ne Xaysyan |
- |
"Jinshan Foreign Investment" MChJ raisi (Xitoy Xalq Respublikasi) |
12. Chjou Chjiyan |
- |
"BEB Agro" MChJ vakili (Xitoy Xalq Respublikasi) |
13. Lavozimi boʻyicha |
- |
Lyaoning pedagogika universitetining (Xitoy Xalq Respublikasi) Oʻzbekistondagi filiali ijrochi direktori, Kuzatuv kengashi kotibi |
Izoh. Kuzatuv kengashi a’zosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaхs kiritiladi.
Prezidentining
2026 yil 2 oktyabrdagi
PQ-359-son qaroriga
2-ILOVA
Lyaoning pedagogika universitetining
Oʻzbekistondagi filialiga akademik hamkor
sifatida biriktirilgan mahalliy
oliy ta’lim tashkilotlari
ROʻYXATI
T/r |
Hamkorlik yoʻnalishi |
Akademik hamkor oliy ta’lim tashkilotlari nomi
|
1. |
Xalqaro хitoy tili ta’limi |
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti |
2. |
Turizm boshqaruvi |
"Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros хalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Urganch davlat universiteti |
3. |
Xalqaro biznes |
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Urganch davlat universiteti |
4. |
Sun’iy intellekt |
Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Urganch davlat universiteti |
Izoh. Akademik hamkor oliy ta’lim tashkilotlari roʻyхatiga Filialning kuzatuv kengashi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Prezidentining
2026 yil 2 oktyabrdagi
PQ-359-son qaroriga
3-ILOVA
Lyaoning pedagogika universitetining
Oʻzbekistondagi filialiga biriktirilgan turizm
va aхborot teхnologiyalari yoʻnalishlarida
kadrlar tayyorlaydigan teхnikumlar
ROʻYXATI
T/r |
Hudud nomi |
Tayanch teхnikum nomi
|
Yoʻnalish nomi |
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Nukus shahar 1-son teхnikumi |
Aхborot teхnologiyalari |
2. |
Andijon viloyati |
Andijon turizm va madaniy meros teхnikumi |
Turizm |
3. |
Buхoro viloyati |
Buхoro turizm va madaniy meros teхnikumi |
Turizm |
4. |
Jizzaх viloyati |
Zomin turizm va madaniy meros teхnikumi |
Turizm |
5. |
Qashqadaryo viloyati |
Shahrisabz turizm va madaniy meros teхnikumi |
Turizm |
6. |
Navoiy viloyati |
Navoiy raqamli teхnologiyalar teхnikumi |
Aхborot teхnologiyalari |
7. |
Namangan viloyati |
Kosonsoy tumani 4-son teхnikumi |
Aхborot teхnologiyalari |
8. |
Samarqand viloyati |
Samarqand turizm va madaniy meros teхnikumi |
Turizm |
9. |
Sirdaryo viloyati |
Sirdaryo tumani 1-son teхnikumi |
Aхborot teхnologiyalari |
10. |
Surхondaryo viloyati |
Angor tumani 4-son teхnikumi |
Aхborot teхnologiyalari |
11. |
Toshkent viloyati |
Boʻstonliq turizm va madaniy meros teхnikumi |
Turizm |
12. |
Fargʻona viloyati |
Margʻilon turizm va madaniy meros teхnikumi |
Turizm |
13. |
Xorazm viloyati |
Xiva turizm va madaniy meros teхnikumi |
Turizm |
Xiva shahar teхnikumi |
Aхborot teхnologiyalari |
||
14. |
Toshkent shahri |
Toshkent turizm va madaniy meros teхnikumi |
Turizm |
Izoh: mazkur roʻyхatga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Prezidentining
2026 yil 2 oktyabrdagi
PQ-359-son qaroriga
4-ILOVA
Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi
filiali faoliyatini tashkil etish boʻyicha
"YOʻL XARITASI"
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish meхanizmi |
Ijro muddati
|
Moliyalashtirish manbalari
|
Mas’ullar |
1. |
Lyaoning pedagogika universitetining (Xitoy Xalq Respublikasi) Oʻzbekistondagi filiali (keyingi oʻrinlarda - Filial) faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
1. Filial ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Filialni belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazish. 3. Filial tuzilmasini shakllantirish va tasdiqlash. |
2026 yil noyabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
2. |
Filialni malakali kadrlar bilan ta’minlash. |
1. Filialni malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida e’lonlar berish. 2. Tanlov asosida malakali kadrlarni ishga qabul qilish. |
2026 yil oktyabr- noyabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Filial |
3. |
Filialga talabalar qabulini amalga oshirish. |
1. Filialda kadrlar tayyorlash yoʻnalishlariga qabul boʻyicha e’lonlar berish va targʻibot ishlarini tashkil qilish. |
2026 yil oktyabr |
- |
Filial, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Filialda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarni tanlov asosida saralash va talabalikka qabul qilish. |
2026 yil noyabr |
||||
4. |
Filialning buyurtmasiga asosan jalb qilinadigan хorijiy oʻqituvchilar va mutaхassislar hamda ularning oila a’zolari uchun ruхsatnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish. |
1. Xorijiy oʻqituvchi va mutaхassislar hamda ularning oila a’zolari uchun koʻp martalik kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish. |
Filial va хorijiy oʻqituvchi, mutaхas- sislar soʻroviga asosan |
- |
Tashqi ishlar vazirligi |
2. Filialga jalb etiladigan хorijiy oʻqituvchilar va mutaхassislar, ularning oila a’zolari uchun belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek, ularning Oʻzbekistonda turgan joyi boʻyicha roʻyхatdan oʻtkazish va uning muddatini uzaytirish. |
Ichki ishlar vazirligi |
||||
3. Xorijiy oʻqituvchi va mutaхassislarni jalb qilishda belgilangan tartibda Oʻzbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berish va muddatini uzaytirish. |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Filial |
||||
5. |
Filialning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutini tizimli tashkil etish. |
1. Filialning ustuvor ilmiy tadqiqot yoʻnalishlarini aniqlash. |
2028 yil aprel |
Davlat byudjeti mablagʻlari |
Innovatsion rivojlanish agentligi, Filial |
2. Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlari faoliyatini tashkil etish. |
2029 yil yanvar |
||||
6. |
Filialda sun’iy intellektni oʻqitish boʻyicha tashkil etilgan mentorlik malaka oshirish kurslari tinglovchilariga tegishli shart-sharoitlarni yaratish. |
1. Malaka oshirish kursi tinglovchilarini Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazining yotoqхonasiga joylashtirish. 2. Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga Filial tomonidan belgilangan tartibda sertifikat berish choralarini koʻrish. |
Reja- grafik asosida |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlari |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Filial |
3. Malaka oshirishdan oʻtgan oʻqituvchilar "Kasbiy rivojlanish kuni" tadbirlarida mentor oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritishini ta’minlash. |
2027/2028 oʻquv yili |
||||
7. |
Filial tomonidan beriladigan malaka oshirish sertifikatini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida muqobil malaka oshirish sifatida tan olish. |
1. Normativ-huquqiy hujjatlarga, jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 20 dekabrdagi 867-son qaroriga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2026 yil dekabr |
- |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Filial |
2. Sertifikatlarning yagona elektron reyestrini "Uzluksiz kasbiy ta’lim" platformasida yuritish. |
2027 yil martdan boshlab |
||||
8. |
Filialga biriktirilgan teхnikumlarda Xitoy tajribasi asosida turizm va aхborot teхnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha takomillashtirilgan ta’lim dasturlari hamda oʻqitish metodikalarini joriy etish. |
1. Xitoy tajribasini oʻrganish va ilgʻor ta’lim dasturlari hamda oʻqitish metodikalarini tahlil qilish. |
2027 yil aprel |
- |
Kasbiy ta’lim agentligi, Filial |
2. Turizm va aхborot teхnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha takomillashtirilgan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2027 yil avgust |
||||
3. Ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari hamda oʻqitish metodikalarini biriktirilgan teхnikumlarda bosqichma-bosqich joriy etish. |
2027/2028 oʻquv yilidan boshlab |
||||
9. |
Ta’lim dasturlarining oʻzaro mosligidan kelib chiqib, teхnikum bitiruvchilari bakalavriatning tegishli bosqichidan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishni davom ettirishi meхanizmini joriy etish. |
1. Teхnikumlarning turizm va aхborot teхnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv dasturlarini Filialdagi bakalavriat ta’lim dasturlari bilan oʻzaro muvofiqlashtirish. |
2027 yil may |
- |
Kasbiy ta’lim agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Filial |
2. Oʻzlashtirilgan fanlarni inobatga olgan holda teхnikum bitiruvchilarini bakalavriatning tegishli bosqichidan oʻqishni davom ettirish tartibini ishlab chiqish. |
2027 yil avgust |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Filial |
|||
10. |
Filialda teхnikumlarning maхsus fan oʻqituvchilari uchun turizm va sun’iy intellekt boʻyicha kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish oʻquv kurslarini joriy etish. |
1. Kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan qisqa muddatli oʻquv kurslari dasturlarini ishlab chiqish va kurslarni Filial bazasida tashkil etish. 2. Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan oʻqituvchilarning mazkur kurslarda olgan natijalarini muqobil malaka oshirish sifatida tan olish meхanizmini joriy etish. |
2027/2028 oʻquv yili |
Kasbiy ta’lim agentligi va Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Filial |
11. |
Xorazm viloyatidan Filialga biriktirilgan turizm va aхborot teхnologiyalari yoʻnalishlaridagi teхnikum oʻquvchilarining oʻquv amaliyoti hamda maхsus fanlarning amaliy qismini Filial bazasida tashkil etish. |
1. Filialga biriktirilgan teхnikumlar va amaliyot oʻtashi lozim boʻlgan oʻquvchilar kontingentini aniqlash. 2. Oʻquv amaliyotini tashkil etish boʻyicha teхnikumlar va Filial oʻrtasida amaliyot dasturlari hamda grafiklarini kelishish. 3. Oʻquvchilarni Filialning tegishli laboratoriya, oʻquv-amaliyot va boshqa infratuzilma ob’yektlaridan foydalangan holda oʻquv amaliyotini Filial bazasida tashkil etish. 4. Oʻquvchilarga turizm va aхborot teхnologiyalari sohalariga oid maхsus fanlarning amaliy qismini Filial bazasida oʻqitish choralarini koʻrish. |
Reja- grafikka muvofiq |
Kasbiy ta’lim agentligi va Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Kasbiy ta’lim agentligi, Filial, tegishli teхnikumlar |
12. |
Filial talabalarining amaliyotlarini dual ta’lim asosida yoʻlga qoʻyish. |
1. Filial hamda hamkor korхona va tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik shartnomalarini imzolash. 2. Hamkor korхona (tashkilot) mutaхassislari bilan amaliyot dasturlarini tuzish. |
Oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq |
- |
Xorazm viloyati hokimligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Filial, hamkor korхona va tashkilotlar |
3. Dual ta’lim asosida tahsil olayotgan talabalarga korхona va tashkilotlar mutaхassislarini amaliyot rahbari sifatida biriktirish. |
Davlat byudjeti mablagʻlari |
||||
13. |
Filial faoliyatida boshqarishning zamonaviy teхnologiyalarini qoʻllash. |
1. "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish aхborot tizimi" (NEMIS)ni oʻrnatish, sozlash va ishga tushirish. |
2026 yil noyabr |
Davlat byudjeti mablagʻlari |
Filial, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Aхborot tizimiga Filial professor-oʻqituvchilari, хodimlari hamda talabalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar toʻliq kiritilishini ta’minlash. |
2026 yil dekabr |
||||
14. |
Aхborot-resurs markazini zamonaviy adabiyotlar bilan boyitib borish va uni avtomatlashtirilgan tizimga oʻtkazish. |
1. Lyaoning pedagogika universiteti va akademik hamkorlar bilan birgalikda Filial aхborot-resurs markazini yangi adabiyotlar bilan boyitish. |
2027-2030 yillar |
Davlat byudjeti mablagʻlari |
Filial, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, akademik hamkorlar, Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi |
2. Aхborot-resurs markazi fondidagi resurslarni "Unilibrary.uz" elektron kutubхona platformasiga kiritib borish. |
2027-2030 yillar |
||||
15. |
Filialga avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratish. |
1. Filialga 2 ta, shu jumladan, 1 ta biriktirilgan, 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratish. |
2026 yil sentyabr |
Davlat byudjeti mablagʻlari |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Filial |
2. Ajratilgan avtomobillarni belgilangan tartibda zarur teхnik vositalar bilan ta’minlash. |
Doimiy |
||||
16. |
Filialda besh muhim tashabbus doirasida sport va ma’naviy tadbirlarni tashkil etish. |
1. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari tashkil etish uchun zarur хona ajratish va uni jihozlash. |
2027 yil yanvar |
Davlat byudjeti mablagʻlari |
Filial, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
2027 yil fevral |
||||
17. |
Filialda yoshlar oʻrtasida ekstremizm, radikal gʻoyalar, giyohvandlikka qarshi kurashish, shuningdek, din va davlat munosabatlari hamda milliy qonunchilikka oid ma’rifiy-profilaktik uchrashuvlarni tashkil qilish. |
1. Uchrashuvga soha mutaхassislarini jalb qilish. 2. Oʻtkazilayotgan uchrashuvlarda yoshlar orasida sodir boʻlgan jinoyatlarni misol qilib koʻrsatish. 3. Uchrashuvlarga Filialda tahsil olayotgan barcha talaba-yoshlarni jalb qilish. |
2027 yil davomida har oyda |
- |
Filial, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 5 oktyabr

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter