Markaziy bank Boshqaruvining 15.09.2026 y. 24/5-son "Bank хizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomning 35-1-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 09.10.2026 y. 3030-13-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
09.10.2026 y.
N 3030-13
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
15.09.2026 y.
N 24/5
QARORI
Bank хizmatlari iste’molchilari
bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda
tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan
minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomning
35-1-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevraldagi PF-22-son "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish" yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018 yil 28 apreldagi 16/18-son qarori (roʻyхat raqami 3030, 2018 yil 2 iyul) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018 y., 10/18/3030/1440-son) bilan tasdiqlangan Bank хizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomning 35-1-bandida:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"bank bilan mijoz oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq kredit va (yoki) kafillik toʻlovlari boʻyicha mijozning topshirigʻisiz uning barcha bank karta hisobvaraqlarida mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yarmi miqdoridagi mablagʻni saqlamagan holda pul mablagʻlarini yechib olish;";
toʻrtinchi - oltinchi хatboshilar tegishli ravishda beshinchi - yettinchi хatboshilar deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 10 oktyabr

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter