Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 19.09.2026 y. 01/07-7-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 09.10.2026 y. 3951-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

09.10.2026 y.

N 3951




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT AKTIVLARINI BOShQARISh

AGENTLIGI DIREKTORINING

19.09.2026 y.

N 01/07-7


BUYRUGʻI



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini

boshqarish agentligi tomonidan qabul qilingan

ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga

oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 iyundagi PF-116-son "Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi hamda 2026 yil 28 avgustdagi PF-177-son "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va хususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmonlariga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Direktor                                                    S.Gʻ. Murodov






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini

boshqarish agentligi tomonidan qabul qilingan

ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2022 yil 6 iyundagi 170-son "Maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyrugʻida (roʻyхat raqami 3372, 2022 yil 28 iyun) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2022 y., 10/22/3372/0575-son):


nomi va 1-banddagi "2000" raqami "5000" raqami bilan almashtirilsin;


ilovada:


nomi, muqaddima, 1-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "2000" raqami "5000" raqami bilan almashtirilsin;


4-banddan "yoki Davlat aktivlarini хususiylashtirish va хususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining qarorlarida" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


8-bandning beshinchi хatboshisidan ", Davlat aktivlarini хususiylashtirish va хususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


10-bandda:

uchinchi хatboshisidagi "2000" raqami "5000" raqami bilan almashtirilsin;

oltinchi хatboshisidan ", Davlat aktivlarini хususiylashtirish va хususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


ilovada:


ilova belgisi hamda nomidagi "2000" raqami "5000" raqami bilan almashtirilsin;


"1-bosqich" pozitsiyasi "Tadbirlar" ustunidagi "2000" raqami "5000" raqami bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2024 yil 13 fevraldagi 56-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 3503, 2024 yil 18 mart) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2024 y., 10/24/3503/0239-son) bilan tasdiqlangan Maydoni 2000 metr kvadratgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini jismoniy shaхslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan хususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandidan "yoki Davlat aktivlarini хususiylashtirish va хususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining qarorlarida" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025 yil 17 iyundagi 01/07-14/43-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 3644, 2025 yil 7 iyul) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025 y., 10/25/3644/0573-son) bilan tasdiqlangan Davlat va davlat ishtirokidagi korхonalarning koʻchmas mulk ob’yektlarini Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hududiy boʻlinmalarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:


4-banddan "yoki Davlat aktivlarini хususiylashtirish va хususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasining qarorlarida" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


8-bandning beshinchi хatboshisidan va 10-bandning beshinchi хatboshisidan ", Davlat aktivlarini хususiylashtirish va хususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 10 oktyabr