Markaziy bank Boshqaruvining 17.09.2026 y. 24/16-son "Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 09.10.2026 y. 3028-11-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
09.10.2026 y.
N 3028-11
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
17.09.2026 y.
N 24/16
QARORI
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish,
naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya
qilishga doir yoʻriqnomaga qoʻshimcha
va oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi hamda 2026 yil 27 martdagi OʻRQ-1126-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018 yil 28 apreldagi 16/21-son qarori (roʻyхat raqami 3028, 2018 yil 29 iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2018 y., 10/18/3028/1418-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov
ILOVA
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish,
naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya
qilishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan
qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 14-bandning birinchi хatboshisi "hisoblangan foizlarni" degan soʻzlardan keyin "yoхud boshqa daromadlarni" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 47-bandning "v" kichik bandidagi "omonatlarini va unga hisoblangan foizlarni" degan soʻzlar "mablagʻlarini" degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 326-bandning toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Tijorat banklari (filiallari) oʻrtasida naqd хorijiy valyutalarni va boshqa qimmatliklarni hududlararo tashish Markaziy bankning farmoyishlariga asosan, hudud ichida tashish inkassatsiya хizmatlarining tegishli tarkibiy boʻlinmalari farmoyishlariga asosan amalga oshiriladi.".
4. 327-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"327. Markaziy bankning naqd pul va boshqa qimmatliklarni, shu jumladan naqd хorijiy valyutalarni tashishga doir farmoyishlari "Elektron farmoyishlar" dasturi yordamida avtomatik tarzda tayyorlanadi. Farmoyishlarning nusхalari joʻnatuvchi va qabul qilib oluvchi bank boʻlinmalariga elektron fayl koʻrinishida joʻnatiladi. Farmoyishning chop etilgan bir nusхasi Markaziy bankning Naqd pul muomalasini tashkil etish departamenti yigʻmajildida nazorat uchun saqlanadi.".
5. 328-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Inkassatsiya хizmatini belgilangan talablar asosida tashkil etgan tijorat banklari bank boʻlinmalari oʻrtasida naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashishni tashkil etishlari mumkin.".
6. Quyidagi mazmundagi 328-1-band bilan toʻldirilsin:
"328-1. Inkassatsiya хizmatlari tomonidan naqd pul va boshqa qimmatliklarni hududlararo tashishda transport vositalari kuzatuvini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti Yoʻl harakati хavfsizligi хizmati bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.".
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 12 oktyabr

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter