Yangiliklar
23.11.21
Hisob palatasi 2022 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va byudjetnomani tahlil qildi. Soliq tizimida kutilayotgan oʻzgartirishlarni jadvalda koʻring:
19.11.21
18 noyabr kuni Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sherzod KUDBIYeV biznes, OAV vakillari va soliq maslahatchilari bilan uchrashdi. U DSQ mutaxassislari tomonidan soliq bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini pasaytirish va soliq toʻlovchilarga raqobat uchun teng sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan yangi dasturiy komplekslar haqida soʻzlab berdi. Uchrashuvda DSQ raisi soliq toʻlovchilar tomonidan (kirimida mavjud boʻlmagan tovarlarni sotadigan soliq toʻlovchilardan tashqari) Ye-activ tizimidan foydalanmaganlik uchun 2022 yilning I yarim yilligi davomida jarima sanksiyalarini qoʻllamaslik imkoniyatini ishlab chiqishga va’da berdi.
19.11.21
Jurnal 1996 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 12 ta yirik tijorat banki bilan birgalikda tashkil etilgan. Jurnal bank sohasidagi iqtisodiy siyosat, islohotlar, Oʻzbekiston moliya va bank muassasalarining faoliyatini yoritib beradigan yagona nashr hisoblanadi.
18.11.21
Tovarlar (xizmatlar) elektron savdosini amalga oshiruvchi korxonalar, ular Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestriga kiritilgan yoki kiritilmaganligidan qat’i nazar, SKning 337 va 467-moddalariga muvofiq foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha pasaytirilgan soliq stavkalarini qoʻllaydilar. Bu Prezidentning “Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan. Bu haqda norma.uz portali xabar berdi:
16.11.21
Shaxrisabz shahridagi xususiy korxona soliq organining uning faoliyatiga nisbatan “naqdlashtiruvchi idora” degan xulosasiga koʻra javobgarlikka tortildi va oʻz faoliyatini oqlab, 128 mln. soʻm mablagʻini himoya qila oldi. Tabiiyki tekshiruvchilar yoki avtomatlashgan tizimlar ham xatoga yoʻl qoʻyishlari mumkin. Shunday ekan ularning xulosalari xali hukm emasligini yodda tuting.
11.11.21
Soliq maslahatchilari Irina PODOLSKAYa va Irodaxon ABBOSXONOVA banklar uchun batafsil namunaviy Soliq hisobi siyosatini ishlab chiqdilar, bunga oʻxshashi Oʻzbekistonda mavjud emas. Uni mijoz etiyojlaridan kelib chiqib soddalashtirish va oʻzgartirish mumkin.
09.11.21
DSQ QQS toʻlovchilar va UFda (UKda) davlat ulushi 50%dan koʻp boʻlgan yuridik shaxslarning shaxsiy kabinetlariga E-aktiv axborot tizimini sinovdan oʻtkazishda ishtirok etishni soʻrab xabarnoma yoʻlladi.
08.11.21
Yangiliklar MXIK va QQS bilan ishlashni soddalashtirish, xatolarni eng past darajaga tushirishga qaratilgan. Biroq test varianti barcha operatorlar uni joriy qilishni boshlagunga qadar maromiga yetkazib qayta ishlashni talab qiladi.
05.11.21
MJTKning 175-1-moddasi endi “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish” deb nomlanadi (avvalgisi – “Buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini buzish” boʻlgan). Shuningdek, qonun chiqaruvchilar tomonidan jarimaga tortiladigan huquqbuzarliklarning koʻrinishlarini aniq tavsiflab berishdi 29.10.2021y.dagi 726-OʻRQ, 4-m. 4-b.
03.11.21
Balansida avtotransport boʻlgan korxonalar, xususiy avtomobil egalari va professional tashuvchilar uchun 2021 yilda qonunchilikka qator muhim oʻzgartirishlar kiritildi. Qulay boʻlishi uchun buxgalter.uz ularni jadvalga jamladi.
03.11.21
2021 yil 1 dekabrdan 2022 yil 1 noyabrga qadar boʻlgan muddatda, sinov tariqasida, koʻpiklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi. Bunda, aksiz markalari bilan markirovka qilishdan ozod qilingan tadbirkorlik sub’yektlari davlat tilida markirovka qilish hamda majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etishlari kerak. Bu “Alkogol va tamaki mahsulotlarini aksiz markalari bilan markirovkalash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 665-son VMQda nazarda tutilgan. Norma.uz portali tafsilotlarni ma’lum qildi:
01.11.21
Vazirlar Mahkamasining 28.10.2021 yildagi 661-son qarori 2021 yil 1 dekabrdan boshlab ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatishda toʻlov miqdorlarining kamaytirilishini nazarda tutadi. Bu haqda norma.uz portali xabar berdi:
01.11.21
Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga shaxsga doir ma’lumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni qat’iylashtiruvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda norma.uz portali xabar berdi:
29.10.21
Moliya vazirligi tomonidan Soliq kodeksiga kiritish taklif etilayotgan oʻzgartirishlar orasida - asosiy vositalar amortizatsiyasining yillik eng yuqori normasini oshirish va investitsiyaviy chegirma miqdorlarini oshirish masalalari bor. Bu biznesga nima berishini buxgalter.uz iltimosiga binoan «Tax Consensus» SMT direktori Iroda Abbosxonova gapirib berdi.
29.10.21
2021 yil 1 noyabrdan milliy qonunchilikda kuchga kiradigan asosiy oʻzgarishlarni norma.uz portali umumlashtirdi:
28.10.21
Qishloq xoʻjaligi klasterlari uchun eskicha moliyalashtirish tizimi oʻzgartiriladi. Bunday qaror Prezident Shavkat MIRZIYoYeV raisligida 27 oktyabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi yakunlari boʻyicha qabul qilindi. Tafsilotlar - norma.uz portali sharhida.
27.10.21
Moliya vazirligi ifrs.academy platformasida MHXSga bepul oʻqitishni tashkil etgan. Bu qanday ishlashi va tayyorgarlik doirasida nima olish mumkinligini Moliya vazirligi Departamenti boshligʻi Ibrohim AHMADXONOV gapirib berdi:
26.10.21
25 oktyabr kuni aksiz soligʻi va QQS boʻyicha soliq imtiyozlarini joriy qiluvchi bir yoʻla ikkita hujjat qabul qilindi. Bu - Prezidentning “Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5267-son qarori va “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-725-son Qonun. Yangiliklar mohiyati - norma.uz portali sharhida:
25.10.21
23.10.2021 yildagi PQ-5265-son qarorga asosan 2022 yil 1 iyuldan boshlab sugʻurtaning barcha turlarini (klasslarini) elektron shaklda amalga oshirishga ruxsat berildi. Barcha sugʻurta turlari boʻyicha sugʻurta polislari Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida roʻyxatga olinadi. 2023 yil 1 yanvardan boshlab majburiy sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha sugʻurta polislarini qogʻoz blankalarda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi. Bu va boshqa yangiliklar haqida norma.uz portali xabar berdi:
22.10.21
2024 yil 1 yanvarga qadar import bojxona boji "nol" stavkada qoʻllaniladigan ayrim turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar roʻyxati tasdiqlandi. Bu haqda norma.uz portali xabar berdi.