Soliq qoʻmitasi «Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash» avtomatlashtirilgan tizimida qoʻllaniladigan 59 mezonning roʻyxatini joylashtirdi.
Batafsil ma’lumotlar va hujjatning oʻzbek tilidagi tarjimasi — buxgalter.uz sharhida: ...
Ekspertlarning kuzatuvlariga koʻra, Oʻzbekistonda chop etilayotgan, MHXS boʻyicha tuzilgan deb e’lon qilingan hisobotlarning katta qismi taqdim etish shakli boʻyicha ham, mazmuni boʻyicha ham xalqaro standartlarga toʻliq mos kelmaydi. Bu bunday hisobotdan foydalanuvchilar uchun xatarlar tugʻdiradi va Oʻzbekiston iqtisodiyotida moliyaviy ma’lumotlar shaffofligiga yordam bermaydi.
Oʻzbekiston sertifikatlangan moliyaviy mutaxassislari uyushmasi (ACFP) MHXSga muvofiq tuzilgan Oʻzbekistonning yetakchi kompaniyalarining moliyaviy hisobotlari boʻyicha professional tahliliy sharhlarni e’lon qila boshladi. Birinchi tahliliy sharh «Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJning 2024 yil uchun MHXSga muvofiq konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotiga bagʻishlanadi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ...
Oʻzbekiston moliya mutaxassislari assotsiatsiyasi (ACFP) sizni moliyaviy-iqtisodiy fanlar va huquq boʻyicha oʻqituvchi sifatida akkreditatsiyadan oʻtishga taklif qiladi.
Agar siz allaqachon dars berayotgan boʻlsangiz va yangi darajaga chiqmoqchi boʻlsangiz yoki soliqlar yoki buxgalteriya boʻyicha qimmatli tajribaga ega boʻlib, bilimlaringizni ulashishni boshlamoqchi boʻlsangiz – bu sizning imkoniyatingiz! ...
Prezidentning 08.05.2025 yildagi PF-85-son Farmoni nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini ta’minlashga koʻmaklashuvchi tadbirkorlik sub’yektlari uchun soliq imtiyozlari va subsidiyalarni nazarda tutadi.
Imtiyoz yoki subsidiyadan aniq qanday holatlarda va kimlar foydalana olishini buxgalter.uz sharhida oʻqing: ...
Bojxona qoʻmitasi «E-Contract» tashqi savdo axborot tizimining «toʻlaqonli formatda» ishga tushirilishini e’lon qildi va 19 maydan soʻng TIF «Kontrakt» ilovalari, «Kontrakt» AAT va «EXIM» portali orqali ma’lumotlarni uzatish imkoniyati boʻlmasligini ma’lum qildi.
Buxgalter.uz vaziyatni aniqlashtirdi: ...
«O'zsuvta'minot» AJ abonentlarni ogohlantirishicha aprel oyi uchun sovuq suv boʻyicha koʻrsatkichlar faqat toʻldirilgan hisobot blankasida shaxsan topshirilishi kerak.
Buxgalter.uz qoʻshimcha tafsilotlarni aniqlashtirdi: ...
Ma’lumki, 2025 yil 20 martda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz punktga oshirib, yillik 14 foiz darajasigacha koʻtarish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.
Ilgari - oʻtgan yillar amaliyotidan kelib chiqib - yangi asosiy stavka keyingi kalendar kunidan boshlab qoʻllanila boshlagan. Masalan, oʻtgan yilning 25 iyulida asosiy stavka 13,5 foizgacha pasaytirilgan va bu qiymatda 26 iyuldan boshlab qoʻllanila boshlagan.
Biroq, asosiy stavkaning soʻnggi oshirilishi bilan boshqacha boʻlib chiqdi. Batafsil ma’lumotlar – buxgalter.uz da: ...
2025 yil 1 apreldan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarining navbatdagi oʻzgarishi rejalashtirilgan.
Batafsil ma’lumotlar buxgalter.uz sharhida: ...
14 iyunda soliq solish asoslari boʻyicha imtihon boʻlib oʻtadi. U ASSA «Moliya va biznesni boshqarish» xalqaro diplomi va DiPNUz soliqlar va huquq boʻyicha milliy diplom dasturiga kiradi.
Imtihonga qanday tayyorgarlik koʻrish kerakligi va u qanday oʻtishi haqida «Grossbook» MChJ bosh buxgalteri Nigoraxon ADIZOVAdan soʻradik: ...
20 mart kuni Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz punktga – yillik 14 foizgacha oshirdi. Avvalroq bu koʻrsatkich 2024 yil 26 iyuldan beri yillik 13,5 foizni tashkil etgandi.
Buxgalter.uz stavka miqdori nimalarga ta’sir qilishi va qaysi hisob-kitoblarda qoʻllanilishi haqida eslatadi: ...
QQS va foyda soligʻi stavkalari 2028 yil 1 yanvargacha oshirilmaydi. Bu haqda Prezident 19 martda tadbirkorlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Davlat rahbari tomonidan e’lon qilingan bu va boshqa qarorlar haqida buxgalter.uz sharhida batafsil oʻqing: ...
1 martdan boshlab barcha davlat organlarining rasmiy saytlari yagona platforma – Hukumat portali orqali faoliyat yuritishi kerak. Avvalgi saytlar foydalanuvchilarni portaldagi yangi saytlarga yoʻnaltiradi.
Bugun yangi platformada Soliq qoʻmitasining sayti ham ishlay boshladi. Va u yerda yangi ma’lumotlar – soliq rezidentligi sertifikatlari namunalari va xorijiy davlatlarning soliq (moliya) xizmatlari saytlariga havolalar paydo boʻldi. Buxgalter.uz asosiy tafsilotlarni aniqlashtirdi: ...
OʻzLiDeP, SSP va ACFP «Moliya sohasi mutaxassislari forumi – 2025»ni oʻtkazdi. Unda moliya sohasini transformatsiya qilish boʻyicha tavsiyalar taqdim etildi. ...
MHXS boʻyicha hisob yurituvchi soliq toʻlovchilar yilda 1 marta moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtgan yuridik shaxslarning soliqlarini hisoblab chiqish uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar boʻyicha ma’lumotlarni taqdim etishlari shart. 2024 yil yakunlari boʻyicha soliq hisobotining ushbu shakllarini taqdim etishning soʻnggi muddati 2025 yil 3 martdan 1 maygacha oʻzgartirildi. ...
28 fevral kuni Toshkentda (+ onlayn) birinchi Moliya mutaxassislari forumi boʻlib oʻtadi. Qonun chiqaruvchilar va moliyachilar moliyaviy kasblarning holati va kelajagi, Milliy sertifikatlash tizimini yaratish va uni xalqaro malakalar bilan integratsiyalash masalalarini muhokama qiladilar. ...
2025 yil 28 fevral kuni Toshkentda (+ onlayn) Oʻzbekiston moliya mutaxassislari Forumi oʻtkaziladi. Boshqa muhim masalalar bilan bir qatorda, uning ishtirokchilari Oʻzbekistonda moliyaviy kasblar bozorining rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilishadi.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan Oʻzbekistonda buxgalterlar va bosh buxgalterlarning ish haqlari haqida ACFP raisi Mixail PERPER quyidagilarni aytib oʻtdi: ...
25 va 26 fevral kunlari ikki guruhda oʻqituvchi Irina Zavalishinaning «DipIFR Rus» ASSA imtihoniga tayyorgarlik boʻyicha kunduzgi kursi boshlanadi. Imtihonda ishtirok etish uchun talabgor moliya, buxgalteriya hisobi yoki audit sohasida kamida 3 yil ishlagan yoki - kamida 2 yil ishlagan boʻlsada, oliy ta’lim muassasasi diplomiga ega boʻlishi kerak.
«EAST-GAMES» MChJ bosh buxgalteri Axat ILYaSOV imtihonga tayyorgarlik koʻrish va uni birinchi urinishda topshirish boʻyicha oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi: ...
Tasdiqlangan statistika hisoboti shakllariga muvofiq (2024 yil 18.11.2024 y. AV roʻyxat raqami 3575-son) tashkilotlar 2025 yil 17 fevral va 24 fevralgacha statistika hisobotlarni taqdim etishlari kerak. ...
Kimdir auditoriyada tahsil olganidan xursand. Kimdir esa aksincha, ASSA «DIPifr-rus» imtihoniga auditoriyada tayyorgarlik koʻrganda hamma narsani oʻzlashtira olmasligiga, umumiy guruh sur’atiga ulgura olmasligiga ishonch hosil qilgan.
Yana nima imtihonni muvaffaqiyatli topshirishga yordam berishi yoki xalaqit berishi mumkin, masalalar muhimroqmi yoki nazariyami, imtihon oʻtkaziladigan auditoriyadagi klaviaturalarning qanday xususiyatini e’tiborga olish kerakligini – «UzAuto Motors Powertrain» buxgalteri Rezida SULTANOVA (imtihonni birinchi urinishda, 68 ball bilan topshirgan) hikoya qilib berdi: ...
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 fevraldagi yigʻilishda xizmatlar va savdo sohasi korxonalari uchun ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozlarni 3 yilga uzaytirish toʻgʻrisidagi taklifni ma’qulladi. Biroq endi 1 foizlik stavka faqat xizmat koʻrsatuvchi korxonalarning 30 yoshdan kichik va ish haqi 3 mln soʻmdan kam boʻlmagan xodimlariga tatbiq etiladi. ...