ICTWEEK UZBEKISTAN doirasida Soliq qoʻmitasi my.soliq.uz portalidagi keng koʻlamli oʻzgarishlar va joriy etilayotgan soliq ma’muriyatchiligi tizimlari taqdimotini oʻtkazdi. ...
DSQ “Shaffof biznes. Xatolarni birgalikda toʻgʻrilaymiz” aksiyasining ilk natijalari haqida xabar berdi. Oʻxshash biznes modeliga ega hamda QQS va boshqa soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlayotgan import qiluvchilar va tadbirkorlik sub’yektlari birinchilardan boʻlib soliq organining diqqat markazida boʻldilar. ...
Prezident “Oʻzbekiston Respublikasi soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi. Eng muhim oʻzgartirishlar QQS, YaIT va foyda soligʻiga tegishli. ...
Moliya vazirligi alkogol bilan ulgurji savdo qiluvchi korxonalar ustav fondida majburiy ravishda davlat ulushi mavjud boʻlishi toʻgʻrisidagi talabni bekor qilishni taklif qildi. ...
Buxgalterlar «virtual kassa» atamasi paydo boʻlishi bilan endi savdo tushumi ham virtual hisobga olinadi deb hazil qiladigan boʻldilar. Biroq qonun chiqaruvchilar butkul boshqa natijani: tushum hajmini aniqlashni va toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar hisoblab chiqarilishining yanada aniq boʻlishini kutmoqdalar. ...
Koʻp buxgalterlar my.soliq.uz saytidagi oʻzlarining shaxsiy kabinetlarida, E-factura» boʻlimida elektron hisobvaraq-fakturalar (25.06.2019 yildagi 522-son VMQ) bilan ishlashni faol sinab koʻrishmoqda. ...
2020 yil 1 yanvarga qadar mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilar uni realizatsiya qilish chogʻida QQS toʻlashdan ozod etiladi. Bu Prezidentning 4.04.2019 yildagi PQ-4268-son qarorida belgilangan. Shuningdek 2020 yil 1 yanvarga qadar lizing boʻyicha QQSni hisoblab chiqarishning alohida tartibi belgilangan. buxgalter.uz iltimosiga binoan, lizing operatsiyalariga soliq solishda murakkablik tugʻdirayotgan, shu jumladan PQ-4268-son qaror yuzasidan savollarga moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod SULTONOV javob beradi. ...
Joriy yilning III choragida tanlanma kuzatuvga kiritilgan kichik korxonalar va mikrofirmalar roʻyxati tasdiqlandi va Davstatqoʻm saytida (stat.uz) e’lon qilindi. ...
my.soliq.uz portalidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida yangi imkoniyatlar paydo boʻladi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi bosh inspektori Akmal Haydarov soʻzlab berdi. ...
Oʻzbekistonda QQS boʻyicha tub oʻzgarishlar boʻlishi kutilmoqda. Hukumat soliq stavkasini 20 dan 15 foizga kamaytirish boʻyicha choralar koʻradi, deb xabar berildi Davlat soliq qoʻmitasida. ...
Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasi moliyaviy sanksiyalarning miqdorlari va qoʻllanilishi tartibini oʻzgartiradi, shuningdek ularning yangi turlarini joriy etadi. ...
Sizningcha tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ortiqcha talablar, qarama-qarshiliklar yoki eskirgan normalar mavjud boʻlsa yoki ularni takomillashtirish zarur deb hisoblasangiz – xabar bering. ...
Banklar filiallari bosh bank bilan qoʻshimcha kelishuvsiz oʻzlari kredit berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bu kreditlash jarayonlarini jiddiy ravishda soddalashtirishi va tezlashtirishi lozim. ...
Yangi Soliq kodeksining loyihasida jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha turar joy va tadbirkorlik faoliyati uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan ob’yektlar, shuningdek tugallanmagan qurilish ob’yektlariga soliq solish yuzasidan ilgari yuzaga kelgan savollar yechimini topdi. ...
Yangi Soliq kodeksi loyihasi YaST oʻrniga aylanmadan soliq toʻlash koʻrinishida soliq solishning soddalashtirilgan rejimini joriy etmoqda. Aylanmadan soliq YaST uchun belgilangan soliq solishning barcha shartlarini saqlab qolgan. ...
Yagona ijtimoiy toʻlovning nomi yangi Soliq kodeksi loyihasida ijtimoiy soliqqa oʻzgartirildi. Nomi oʻzgargani bilan YaIT soligʻini solish tizimi oʻzgarmadi. ...
Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasida belgilangan limitlardan ortiqcha suv ishlatilgan holda, ortiqcha ishlatilgan suv hajmi uchun belgilangan stavkalarning besh barobari miqdoridagi stavkalar qoʻllanilishi nazarda tutilgan. ...