MHTEKM va BHM oshirilmoqda, oziq-ovqat mahsulotlariga majburiy texnik reglamentlar va standartlar bekor qilinmoqda, ekonazorat inspektorlari tekshiruvni darhol, oldindan roʻyxatdan oʻtkazmasdan, ba’zi qoidabuzarliklar sodir boʻlganda boshlash huquqiga ega boʻldi...
1 avgustdan Oʻzbekistondagi shu va boshqa yangiliklar haqida batafsil – buxgalter.uz sharhida. ...
Yangi yildan boshlab TEFJMS (transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash) polislari narxi oshadi va sugʻurta qoplamasi koʻpayadi. Sugʻurta bozorida oʻzgarishlar, shuningdek, avtomobil egalarining huquqlarini himoya qilish uchun yangi normalar qabul qilindi. ...
Prezidentning 17.07.2025 yildagi 225-sonli yangi qarori bilan Moʻgʻulistondan mayda shoxli mollar importini qoʻllab-quvvatlash choralari tasdiqlandi. Tafsilotlar - sharhimizda: ...
Tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik korxonalariga foyda soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozlar berildi. Soliq qoʻmitasi ular qanday shartlar bajarilganda qoʻllanilishini eslatib oʻtdi. Batafsil – buxgalter.uz sharhida. ...
Oliy sud iqtisodiy sudlar tomonidan «Toʻlovga layoqatsizlik toʻgʻrisida»gi Qonun normalarini qoʻllashning 54 ta amaliy masalasiga aniqlik kiritdi.
Xususan, qarzdor korxonaning kreditorlari bankrotlik uchun ovoz bergan boʻlsa ham, sud buni rad etib, sanatsiyani qoʻllashi mumkin. Toʻlovga layoqatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni qoʻzgʻatishda prokurorning ishtiroki bekor qilindi. Ba’zi hollarda qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani berib, zarur hujjatlarni keyinroq taqdim etish mumkin boʻladi.
Ushbu va sud ishini yuritishning boshqa muhim aniqlashtirilgan qoidalari buxgalter.uz sharhida keltirilgan: ...
Prezidentning 11.07.2025 yildagi PQ-223-son qarori bilan Savdo-sanoat palatasi huzurida Soliq nizolari boʻyicha ekspert kengashi tashkil etildi. U tadbirkorlar va soliq organlari oʻrtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qiladi hamda xulosalarni majburiy tartibda koʻrib chiqish uchun soliq, bojxona va boshqa tegishli davlat organlariga yuboradi.
Soliq maslahatchisi Irodaxon ABBOSXONOVA yangi tuzilmaning tashkil etilishi haqida fikr bildirdi: ...
QHTBTda 24 iyulga qadar «Moddiy madaniy meros ob’yektlarini va ularga tutash hududlarni ijaraga berish va ulardan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi VMQ loyihasi muhokama qilinmoqda (ID 6607). Hujjat tarixiy va madaniy ob’yektlarni biznes maqsadlari uchun uzoq muddatli ijaraga berishni nazarda tutadi.
Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida: ...
Internet tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish masalalarini tartibga soluvchi NHHlar paketi qabul qilindi. Ushbu sohadagi qoidabuzarliklar uchun eng kam ustav fondining 1 foizigacha miqdorda jarima solinadi. Oʻyinchilarning shaxsiy ma’lumotlari maxsus davlat reyestrida jamlanadi. Shuningdek, bozor ishtirokchilari uchun qoʻshimcha talablar belgilandi.
Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida: ...
Oʻzbekistonda nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini oshirish yoʻlga qoʻyilgan yangi choralar joriy qilinmoqda. Xususan, oliy oʻquv yurtlariga boʻlgan litsenziya va moliyaviy talablar yangilanmoqda, barcha oʻquv yurtlari oʻzlarining oʻquv dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishga majbur boʻladi. Yangi 30.06.2025 yildagi 403-son VMQ 10 oktyabrda kuchga kiradi. Bunda ta’lim tashkilotlarini yaratishning yangi qoidalari 1 iyuldan qoʻllanilishi koʻrsatilgan.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ...
25 sentyabrda «Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1070 son Qonun kuchga kiradi. U fevralda qabul qilingan «Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonun bilan birgalikda mijozlar manfaatlarini himoya qilishning qanday mexanizmlarini nazarda tutadi? Bank tugatilganda uning kreditorlari qanday harakat qilishi kerak?
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ...
8 iyulda «Mahsulotlarning umumiy xavfsizligi toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasini muhokama qilish tugaydi. Hujjat ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va distribyutorlar uchun yangi talablarni joriy qiladi – mazkur talablar texnik hujjatlar, tovar va qadoqdagi axborot, tovarga boʻlgan yoʻriqnomalar, shikoyatlarni tekshirish va texnik hujjatlar haqidagi ma’lumotlarni saqlash muddatlari va boshqa masalalarga tegishli. Qonunchilarga hech kim hech qanday taklif yoki sharh qoldirmagan. Lekin siz har qanday holda bizning kanalimizda – ushbu nashr ostida buni qilishingiz mumkin.
Qonun loyihasining tafsilotlari – buxgalter.uz sharhida: ...
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki sotish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari 2026 yil 1 yanvardan boshlab oʻz daromadlaridan qat’i nazar QQS toʻlovchilari boʻladi. Shuningdek, ular ma’lum shartlarga muvofiq kelganda byudjetga toʻlangan QQSning 80 foizini qoplash imkoniyatiga ega boʻladi. Boshqa muhim oʻzgarishlar ham bor. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ...
Soliq kodeksiga 27.06.2025 yildagi OʻRQ-1071-son Qonun bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Oʻzgartirishlarning asosiy yoʻnalishlari -- soliq hujjatlarida shaxslarni elektron identifikatsiya qilish usullarini kengaytirish (ERIdan tashqari), suv resurslari boʻyicha hisobotni avtomatlashtirish, ortiqcha undirilgan soliqlarni hisobga olish tartiblarini soddalashtirish, «Mahalla servis» tashkilotlari, charm-poyabzal sanoat zonalari va infratuzilma loyihalari uchun imtiyozlar.
Oʻzgartirishlarning bir qismi sentyabrda kuchga kiradi, bir qismi esa allaqachon amal qilmoqda. Batafsil -- buxgalter.uz sharhida: ...
2025 yil iyul oyida qonunchilikka navbatdagi oʻzgarishlar toʻplami kuchga kiradi, shuningdek Toshkent va Toshkent viloyatida yuridik shaxslar uchun sovuq suv va kanalizatsiya xizmatlari tariflari oshirilmoqda.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ...
2026 yil 1 yanvardan boshlab JShDS yoki ijtimoiy soliq toʻlovchilari va fuqarolarning yana ayrim toifalari rejali statsionar tibbiy yordamni bepul olish imkoniyatiga ega boʻladi. Sogʻliqni saqlash vazirining 19.06.2025 yildagi 3632-son buyrugʻi bilan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar bepul davolanadigan kasalliklar roʻyxati tasdiqlandi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ...
Chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Barcha muhim tafsilotlar va qaytarish tartibi – buxgalter.uz sharhida: ...
QHTBTda 5 iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga oʻzgartirishlar muhokama qilinmoqda. Muhokama qilinmoqda – bu balandparvoz tarzda aytilgan, chunki izoh qoldirishga urinishda tizim koʻpincha xato chiqarmoqda. Shuning uchun 4 kunlik muhokama davomida 800 dan ortiq oʻquvchi loyihaga 0 (3)ta taklif qoldirdi xolos.
Aniq qanday oʻzgarishlar haqida gap ketayotgani – buxgalter.uz sharhida oʻqing: ...
Oʻzbekistonning 38 tuman va shaharida tadbirkorlar «tayparklar» va «ziplaynlar» — ekstremal turizm majmualari va poʻlat arqon boʻylab tez tushish attraksionlarini qurishga subsidiya olishlari mumkin. Bu 2025 yil 19 iyundagi 383-son VMQ «Togʻli va choʻl hududlarda turizm sohasida xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»dagi qarorda nazarda tutilgan.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ...
16.06.2025 yildagi OʻRQ-1069-son Qonun bilan Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Ular soliq qarzdorligini hisobga olish va penya hisoblash, «umidsiz qarzdorlik» va «huquqiy ta’sir choralari» tushunchalarini belgilash masalalariga tegishli.
Tafsilotlar – buxgalter.uz saytida: ...
28 iyungacha QHTBTda moliyaviy sanksiyalar va jarimalarni qoʻllash tartibini, ularga e’tiroz bildirish tartibini belgilaydigan, shuningdek asossiz undirilgan pul mablagʻlarini qaytarishni ta’minlaydigan ayrim qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.
U asossiz undirishning har kalendar kuni uchun jarima summasidan foiz toʻlashni nazarda tutadi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ...