Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni kimyoviy himoya vositalari bilan ulgurji va chakana savdo qilish litsenziyasi berilishi uchun davlat boji miqdori belgilandi.12.06.2025 yildan 362-son VMQ bilan litsenziya pasporti muvofiqlashtirilmoqda.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ...
Qoraqalpogʻistonning Amudaryo va Boʻzatov tumanlari tuman koeffitsiyentlari, shuningdek har yilgi qoʻshimcha ta’tilning eng kam muddati qoʻllanadigan ogʻir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlariga ega joylar roʻyxatiga kiritildi.
Bunda mazkur joylar roʻyxati hanuzgacha yangi Mehnat kodeksi me’yorlari hisobga olingan holda yangilanmagan. NHH lardagi mos kelmasliklar tufayli hisob-kitoblarda xatoga yoʻl qoʻymaslik uchun buxgalter.uz tushuntirishini oʻqing: ...
7 iyundan yangilangan shakldagi TIF TN joriy etilishi munosabati bilan tasniflash kodlari oʻzgargan mahsulotlar roʻyxati kuchga kirdi.
Yangi kodlar 1 iyundan qoʻllaniladi: ...
Korporativ cheklarni roʻyxatga olish, nogiron xodimlari boʻlgan korxonalar uchun subsidiyalar, YHQni buzganlik uchun jarima ballari tizimini joriy etish, qurilishda qonunbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish, investitsiyalar uchun yashash ruxsatnomasini olish, MIZ ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlash va boshqa oʻzgarishlar 2025 yil iyun oyida kuchga kiradi.
Ular haqida buxgalter.uzning an’anaviy sharhida batafsil oʻqing: ...
Prezidentning 23.05.2025 yildagi PQ-190-son qarori majburiy raqamli markirovkalash sohasidagi qonunbuzarliklar uchun progressiv jarima tizimini joriy etadi – toʻrtinchi jarimadan soʻng soliq toʻlovchi bir yil davomida QQSni qoplash huquqini yoʻqotadi.
Shuningdek, u dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash talablarini va markirovka kodlari bilan ishlashning ayrim jihatlarini oʻzgartiradi.
Eng muhim tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida qisqacha bandlar boʻyicha: ...
Prezidentning 14.05.2025 yildagi PQ-181-son qarori bilan TIF TN kodlarining yangi roʻyxati tasdiqlandi va import bojxona bojlari stavkalari yangilandi.
Tafsilotlar – sharhda: ...
Turizm firmalari va umumiy ovqatlanish shoxobchalariga oʻz xizmatlarini targʻib qilish xarajatlarining bir qismini qoplash Prezidentning 15.05.2025 yildagi PF-87-son Farmonida nazarda tutilgan.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida. ...
2025 yil 1 iyuldan Oʻzbekiston korxonalari «bolalar milliy kontentini» yaratish uchun soliq imtiyozlarini olish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu Prezidentning 15.05.2025 yildagi PQ-183-son qarorida nazarda tutilgan.
Qaysi kontent haqida soʻz borayotganligi haqida ma’lumotlar va boshqa tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ...
Parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari 2030 yil 1 yanvarga qadar yer soligʻini toʻlashdan ozod etildi. Shuningdek, Soliq kodeksiga bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari boʻyicha imtiyozlar, raqamli markirovkani oʻqish qurilmalarini sotib olish xarajatlari boʻyicha imtiyozlar, pivo va pivo ichimliklari, tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yangi yigʻim kiritildi.
17 maydan kuchga kirgan 16.05.2025 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1063-son Qonundagi yangiliklar haqida buxgalter.uz saytidagi sharhda batafsil oʻqing: ...
Nodavlat bolalar bogʻchalari va maktablar foydalanadigan soliq imtiyozlari doimiy parvarishga muhtoj katta yoshdagi shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi. Bu Prezidentning 08.05.2025 yildagi PQ-171-son Qarorida nazarda tutilgan.
Qanday imtiyozlar haqida gap ketyapti, kimga va qachondan ularni qoʻllay boshlash mumkinligi haqida – buxgalter.uz sharhida oʻqing. ...
Toshkentda noturar joy ob’yektlar uchun minimal ijara toʻlovi stavkalari faoliyat turlari boʻyicha tabaqalashtirilgan. Bu poytaxt Xalq deputatlari Kengashining 15 apreldagi qarorida nazarda tutilgan.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ...
Xoʻjalik sub’yektlari yer osti manbalaridan suv oʻlchash uskunalarisiz suv olganligi uchun suv soligʻini oshirilgan miqdorda toʻlaydilar. Bundan tashqari 05.05.2025 yildagi OʻRQ-1062-son Qonunga muvofiq yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tugatish uchun asoslar kengaytirildi. Bu haqda norma.uz portali xabar berdi.
Hujjat 5 may kuni kuchga kirdi, tafsilotlar – sharhda: ...
Davlat banklar, toʻlov tizimlari operatorlari, toʻlov va boshqa tashkilotlarning javobgarligini kuchaytirmoqda, kiberjinoyatlardan zarar koʻrgan mijozlar foydasiga ulardan zararni undirish mexanizmini joriy etmoqda.
Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida: ...
QHTBTda Foydalanilmayotgan koʻchmas mulk ob’yektlari va yer uchastkalarini aniqlash hamda ularni xoʻjalik faoliyatiga jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokama qilinmoqda. Hujjatda «foydalanilmaslik» mezonlari keltirilgan, ularga alohida e’tibor qarating!
Muhokama 8 mayda yakunlanadi, tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ...
Oʻgʻitlarni markirovkalash, kommunal xizmatlar tariflarining oshishi, hisobraqamlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish va soliq tekshiruvlarining yangi shartlari... Bizni 1 maydan kutayotgan bu va boshqa oʻzgarishlar haqida buxgalter.uz ning an’anaviy oylik sharhida oʻqing: ...
Tadbirkorlik sub’yektlarini (jumladan, davlat ishtirokidagi korxonalarni) tugatish toʻgʻrisida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xabardor qilingan sanadan boshlab dividendlar, yer soligʻi va mol-mulk soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hamda barcha turdagi soliqlar va yigʻimlar boʻyicha penyalarni hisoblash taqiqlanadi. Bu 2025 yil 21 apreldagi PF-70-son Prezident Farmonida nazarda tutilgan.
Shuningdek, Farmon davlat mulki ob’yektlarini sotish borasida keng koʻlamli oʻzgarishlarni nazarda tutadi va bu «xususiylashtirish natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi va bekor qilinmaydi» tezisi bilan mustahkamlangan. Tafsilotlar –sharhimizda: ...
Oq shakarga aksiz bekor qilinishi va soliqlarni toʻlash muddatlaridagi oʻzgarishlar, oziq-ovqat mahsulotlari uchun texnik reglamentlar va standartlar majburiyligining bekor qilinishi, olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibidagi oʻzgarishlar... Prezidentning 18.04.2025 yildagi PF-67-son Farmonida nazarda tutilgan eng muhim oʻzgarishlar haqida qisqacha bizning sharhimizda oʻqing: ...
Prezidentning 18.04.2025 yildagi «Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini ragʻbatlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-67-son Farmon bilan kiritilgan yangiliklarni oʻrganishda davom etamiz.
«ICONSULTANT» MChJ soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA hujjatning ayrim qoidalari soliq idorasining qoʻshimcha tushuntirishlarini talab qiladi deb hisoblaydi. Xususan, ekspert savol qoʻymoqda – endi mulk soligʻi va yer soligʻini har oyda yoki har chorakda emas, balki yilda bor-yoʻgʻi ikki marta toʻlash mumkinmi? ...
2025 yil 1 oktyabrdan atrof-muhitga ta’sir koʻrsatish darajasi I va II toifadagi (xavfli va oʻrtacha xavfli) faoliyat turlari boʻlgan korxonalarning texnologik jarayonlari amaldagi «Yashil sertifikat»ga ega boʻlishi shart. Tafsilotlarni norma.uz portali taqdim etmoqda.
Bunday sertifikatni qancha vaqtda olish kerak va buni qanday qilish mumkinligini quyidagi sharhda oʻqing: ...
REPO operatsiyalari boʻyicha daromad endi daromad sifatida hisobga olinmaydi. Shuningdek, soliq toʻlovchilarning qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoʻnaltirilgan ish haqi va boshqa daromadlarining bir qismiga soliq solinmaydi. Bu 17.04.2025 yildagi OʻRQ-1057-son Qonun bilan nazarda tutilgan. Tafsilotlarni norma.uz portali keltirmoqda.
Hujjat 17 apreldan kuchga kirdi, tegishli oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga kiritildi. Nimalar aniq oʻzgardi? ...