Qonunchilikdagi yangiliklar

Material sanasi 17.04.2025
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari oʻz tavakkalchiliklarini sugʻurtalashlari shart qilib qoʻyildi. Bu 15.04.2025 yildagi «Qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish toʻgʻrisida»gi yangi OʻRQ-1056-son Qonun normalaridan kelib chiqadi. Tafsilotlarni norma.uz portali keltiradi. Qanday tavakkalchiliklar haqida gap ketyapti va qonun qishloq xoʻjaligi korxonalariga yana qanday majburiyatlarni yuklashi haqida sharhda oʻqing: ... 

Material sanasi 15.04.2025
1 maydan Oʻzbekistonda oʻgʻitlar va oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini markirovkalashni boshlaydilar. Birinchi bosqichda bu faqat beshta kompaniyaga tegishli boʻladi. Bir yildan soʻng esa – 2026 yil 1 maydan – oʻgʻitlar va pestitsidlarni raqamli markirovkalash barcha aylanma ishtirokchilari uchun majburiy boʻladi. Bu 08.04.2025 yildagi 203-son VMQda nazarda tutilgan. Pilot loyihasi ishtirokchisi boʻlgan kompaniyalar uchun zarur harakatlarni buxgalter.uz sharhida oʻqing: ... 

Material sanasi 14.04.2025
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Hujjat 8 apreldan kuchga kirdi. Tafsilotlar norma.uz portalida keltirilgan. Nimalar aniq oʻzgarganligini quyidagi sharhda oʻqing: ... 

Material sanasi 14.04.2025
15 iyuldan faqat birja savdolari orqali ichki bozorda realizatsiya qilinadigan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlar, xom ashyo va materiallar turlari Roʻyxati kengaytiriladi. Bu 11.04.2025 yildagi «Zamonaviy birja mexanizmlarini joriy etish orqali birja savdolarida narxlar oʻzgarishining oldini olishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 220-son VMQda nazarda tutilgan. Batafsil ma’lumotlarni norma.uz portali keltiradi. Qanday mahsulot haqida gap ketmoqda? ... 

Material sanasi 11.04.2025
Zamonaviy qadoqlarda meva-sabzavot mahsulotlarini realizatsiyaga chiqaradigan tadbirkorlar uchun foyda soligʻi va ijtimoiy soliq stavkalari qator shartlar bajarilganda 1foizgacha pasaytirilishi mumkin. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 07.04.2025
QHTBTda 12 aprelgacha Oʻzbekistonda Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari loyihasi – yangi tahrirda muhokama qilinmoqda. 2016 yildagi amaldagi Qoidalar yangilari qabul qilinishi bilan oʻz kuchini yoʻqotadi. Loyiha yangi atamalarni joriy etadi, operatorlarni tashkil etish va roʻyxatdan oʻtkazish masalalarini hamda elektron tijoratda eksportning xususiyatlarini tartibga soladi. Batafsil ma’lumotlar - buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 02.04.2025
2025 yil 1 maydan 2031 yil 1 yanvarga qadar Kreativ industriya parki rezidentlari uchun imtiyozli soliq rejimi qoʻllaniladi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 01.04.2025
2025 yil 1 apreldan boshlab retseptsiz beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar cheklangan ustama bilan nazorat qilinmaydi va erkin narx belgilanadi. Bu Prezidentning 28.01.2025 yildagi PF-13-son Farmonida nazarda tutilgan. Ammo hozircha 185-son VMQ va 489-son VMQga tegishli oʻzgartirishlar kiritilmagan. Realizatsiya qilishda kompaniyalar shunga duch kelishmoqdaki, retseptsiz beriladigan dori vositalariga bazaviy narx koʻrsatilmasa, EHF tizimidan oʻtmayapti. Farmatsevtika kompaniyalari va dorixonalarga dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilishni qanday hisoblash va qayd etish kerak hamda kompaniyalarga yangi sharoitlarda ishlash imkonini berish uchun qonunchilikka qanday oʻzgartirishlar zudlik bilan kiritish lozimligini soliq maslahatchisi, farmatsevtika faoliyatini soliqqa tortish boʻyicha mutaxassis Lola KARIMOVA (CAP, DipIFR) tushuntirdi: ... 

Material sanasi 28.03.2025
2025 yil 1 aprel buxgalter uchun mas’uliyatli kun. Bu kunda qonunchilikda koʻplab oʻzgarishlar kuchga kiradi va bu oʻzgarishlarni chuqur anglab olish kerak boʻladi. Ular orasida – soliq qoidabuzarliklari boʻyicha javobgarlikka tortishning yangi tartibi, barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat koʻrsatuvchi muassasalarining QQSga oʻtishi, muqobil energiya uchun «yashil» tariflar, nogironlikni belgilash mexanizmining oʻzgarishi, elektr va gaz uchun rejalashtirilgan tarif oshishi va boshqa koʻplab oʻzgarishlar mavjud. Tafsilotlar buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 28.03.2025
Prezidentning 19.03.2025 yildagi PF-50-son Farmoni bilan 2026 yil 1 yanvardan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar va xizmatlar) turlarining yangilangan roʻyxati tasdiqlandi. Tafsilotlarni norma.uz portali keltirib oʻtadi. Hozirgi vaqtda 104 bandni oʻz ichiga olgan roʻyxat yanvardan 72 bandga qisqartiriladi. ... 

Material sanasi 27.03.2025
Prezidentning 2025 yil 19 martdagi PF-50-son Farmoni Oʻzbekistonda biznesni qoʻllab-quvvatlashning yangi choralarini belgilaydi. Ammo Farmon matnini diqqat bilan oʻqiganda, ushbu choralarni qoʻllashning amaliy jihatlari - ba’zi mezonlar, muddatlar va boshqa shartlar boʻyicha savollar tugʻiladi. Bu masalalar boʻyicha «ICONSULTANT» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA oʻz fikrini bildirdi: ... 

Material sanasi 27.03.2025
Prezidentning 26.03.2025 yildagi PQ-124-son qarori bilan Ramazon hayitini nishonlashning rasmiy sanasi – 30 mart, yakshanba kuni belgilandi. Bu mart oyidagi, shuningdek I chorak, yarim yillik va yil uchun ish vaqtini hisoblashga qanday ta’sir qilishi haqida buxgalter.uz saytida oʻqing: ... 

Material sanasi 20.03.2025
EHF va ETTYuX rasman birlashtirildi: Vazirlar Mahkamasining 18 martdagi 168-son qarorida muayyan vaziyatlar uchun EHF va ETTYuXni birlashtirish nazarda tutilgani. Bundan tashqari, u alohida sohalarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib tovar-transport yukxatini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 17.03.2025
Eksport boʻyicha QQSni qoplash uchun, agar tegishli ma’lumotlar elektron idoralararo tizimda mavjud boʻlsa, soliq organlariga eksport shartnomasi va BYuDni taqdim etish talab etilmaydi. Bu 11.03.2025 yildagi «Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida»gi 160-son VMQda nazarda tutilgan. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 14.03.2025
Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandi toʻldirildi. Bu Markaziy bank boshqaruvi qarori bilan nazarda tutilgan. Oʻzgartirishlar 13 martdan kuchga kirdi. Gap nima haqida? ... 

Material sanasi 14.03.2025
19 martgacha QHTBTda xodimlar bilan mehnat shartnomalarini rasmiylashtirmaganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi MJTKga oʻzgartirishlar muhokama qilinmoqda. Qonun loyihasi davlat tilida tayyorlangan. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi: ... 

Material sanasi 13.03.2025
2025 yil 1 iyuldan aholiga xizmat koʻrsatuvchi byudjet tashkilotlari va jismoniy shaxslarga gaz va neft mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar, shuningdek jismoniy shaxslarga mulkni ijaraga beruvchilar elektron toʻlov tizimlariga ulanishi va ushbu tizimlar orqali toʻlovlarni qabul qilish uchun sharoit yaratishi shart. Bu Vazirlar Mahkamasining 26.02.2025 yildagi «Elektron toʻlov tizimlari xizmatlaridan foydalanishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 117-son qarorida belgilangan. Agar tashkilotingiz ushbu talab doirasiga tushsa, qanday harakat qilish kerakligi haqida buxgalter.uz qoʻllanmasida oʻqing: ... 

Material sanasi 11.03.2025
Endi yangi ixtisoslashgan zonalar faqat maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ) va sanoat zonalari (SZ) shaklida yaratiladi. Bu Prezidentning 04.03.2025 yildagi «Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-41-son Farmonida nazarda tutilgan. Yangi qoidalarga binoan «Namangan» MIZ shu yilning oʻzida tashkil etiladi. Yangi MIZ va SZlar faoliyati shartlari - buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 11.03.2025
QHTBTda oʻtgan yil yozda qabul qilingan «Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-940-son Qonunga oʻzgartirishlar kiritish muhokama qilinmoqda. Qonun loyihasi jarima sanksiyalarini qoʻllash va energiya ta’minotidan uzib qoʻyish shartlarini, shuningdek ayrim atamalarni, xususan, «yoritish uchun elektr energiyasidan isrofgarchilik bilan foydalanish» atamasini aniqlashtiradi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 05.03.2025
2025 yil yakuni boʻyicha hisobot davridan boshlab ba’zi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yillik statistika hisobotlarini topshirish bekor qilinadi. Bu va boshqa yangiliklar quyidagi yangi hujjatlarda nazarda tutilgan: 1) 24.02.2025 yildagi «Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-27-son Prezident Farmoni; 2) 24.02.2025 yildagi PQ-75-son «Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish choralari toʻgʻrisida»gi Prezident Qarori. Tafsilotlar – buxgalter.uz saytida: ...