Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi boʻlgan korxona chet el kompaniyasi bilan uning Toshkent shahridagi binosini ijaraga olish uchun shartnoma tuzdi. Ijaraga oluvchida norezidentning xizmatlari boʻyicha QQS toʻlash majburiyati yuzaga keladimi, agar u - QQS toʻlovchisi boʻlmasa?
Savolga “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi: ...
Daval xom ashyosini qayta ishlaydigan korxonalarning buxgalterlari bunday operatsiyalarni rasmiylashtirish, hisobga olish va soliq solish masalalari bilan toʻqnash keladilar. Xususan, QQS hisob-kitobiga doir savollar tugʻiladi.
Operatsiyalarni rasmiylashtirish va soliqni hisob-kitob qilish tartibini «Norma» kompaniyasi eksperti Irina AXMETOVA tushuntirib berdi: ...
Tovarlarni olib kirish va olib chiqish kontraktlari (IM74 va EK11) yuzasidan soliq ma’muriyatchiligi boʻyicha vakolatli organlarning tushuntirishlari xanuz mavjud emas. Xususan - bunday operatsiyalar boʻyicha hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish yuzasidan. Tadbirkor bunday sharoitlarda nimalarga tayyor boʻlishi kerak?
Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi: ...
Balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinadigan inventar va xoʻjalik jihozlarini (IXJ) sotish buxgalteriya hisobida qanday toʻgʻri aks ettiriladi? Ushbu daromaddan qandaydir soliqlar toʻlanadimi?
Savollarga “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi: ...
MChJ ustav fondini ta’sischilarning yoki uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga qanday koʻpaytirish mumkin? Bu soliq oqibatlariga olib keladimi? Operatsiyalar buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?
Savollarga “Norma” eksperti Oleg SOY javob berdi: ...
OʻRQ 767-son Qonuni bilan bir qator oziq-ovqat tovarlarini QQSdan ozod etish muddati 2022 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi (05.05.2022 yildagi OʻRQ-767-son Qonun). Buxgalter.uz soliq majburiyatlarini bajarishda ushbu imtiyozlarni qanday qoʻllashni aniqlashtirdi. ...
Aprel oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq va QQS boʻyicha soliq hisobotlarini tayyorlashda ayrim soliq toʻlovchilar muammolarga duch kelishdi. Ular onlayn-NKM va virtual kassalar orqali realizatsiya qilingan tovarlarga soliq imtiyozlarini qoʻllay olishmadi. Buxgalter.uz ularni qanday hal qilishni aniqlashtirdi. ...
“Korxona xizmatlar importiga shartnoma tuzdi. Shartnoma predmeti - kouching dasturini oʻtkazish, ijrochi - yuridik shaxs, AQSh rezidenti. Kouching - “oʻqitish” hisoblanadimi? Bunday xizmatdan norezidentdan olinadigan foyda soligʻi va QQS toʻlash zarurmi?”.
Vuxgalter.uz iltimosiga binoan savolga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi: ...
Tashkilot da’vo muddati oʻtgan kreditorlik qarzini hisobdan chiqardi. Qanday hollarda bunda ilgari hisobga olingan QQSga tuzatish kiritish lozimligini “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirdi: ...
Korxona ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun TMBni import qiladi. Ushbu TMBga boʻlgan mulk huquqining oʻtishi sanasini qanday toʻgʻri aniqlash va ularni qaysi sana bilan kirim qilishni buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit metodologiyasi departamenti direktori oʻrinbosari Asal XAShIMOVA tushuntirdi: ...
“Tashkilot Yevropada xarid kontrakti boʻyicha $100 ming miqdorida tovarlar xarid qildi va ularni Oʻzbekiston hududiga olib kirmay, realizatsiya qilish kontrakti boʻyicha RFda $120 mingga sotib yubordi. Mazkur vaziyatni soliq hisobotlarida qanday toʻgʻri koʻrsatish hamda soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash kerak?”.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirdi: ...
20 aprel kuni soliq hisobotining yangi shakllari tasdiqlandi. DSQ oʻzining Telegram-kanalida yoʻriqnomani (matnli va video) e’lon qildi, u sizga shakllarni toʻldirish chogʻida xatoga yoʻl qoʻymaslikka yordam beradi. ...
My.soliq.uz da “Onlayn-NKM va virtual kassalar toʻgʻrisida axborot” interaktiv xizmatining “Kassa cheklari boʻyicha tushumlar” menyusida fiskal ma’lumotlar operatori tomonidan Excel formatidagi ikkita yangi fayl joylashtirildi. Ular barcha ma’lumotlar soliq hisobotlaridan toʻgʻri oʻtishi uchun tuzatish kiritilishi lozim boʻlgan cheklarni aniqlashi mumkin. ...
Savol QQS toʻlovchilar uchun dolzarbdir: koʻrsatilgan elektron shakldagi xizmatlarning realizatsiya qilish joyini qanday toʻgʻri aniqlash mumkin?
Buxgalter.uz tushuntiradi: ...
Quruvchi - QQS toʻlovchi kvartiralarni xarid qilishda hamkor korxonaga maishiy texnika olish huquqini beruvchi sovgʻa sertifikatini/vaucherni hadya qilishni rejalashtirmoqda. U oʻz hisobidan sertifikatlar blankalarini tayyorladi va hamkor bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzdi. Hamkor vaucher boʻyicha tovarni sotish kunida quruvchiga jismoniy shaxsdan olingan vaucherni yuboradi va joʻnatilgan maishiy texnikaga EHF taqdim etadi.
1. Quruvchi mazkur vaziyat boʻyicha qanday soliqlarni toʻlaydi?
2. Sovgʻa sertifikatiga JShDS solinadimi?
3. Aksiyaning turli bosqichlarida quruvchida qanday oʻtkazmalar yuzaga keladi?
Savollarga “Norma” eksperti Olga BUSAROVA javob berdi: ...
“Sotuvchi tasodifan qaytarish chekini shakllantirish uchun moʻljallangan tugmaga bosdi” va qaytarish cheki urilgan sotish cheki boʻyicha summa soliq boʻyicha hisobotda “ikkilandi”... Mart oyi yakunlari boʻyicha ushbu ikkita vaziyat aylanmadan olinadigan soliq yoki QQS hisob-kitobini topshirishga tayyorlanayotgan koʻp buxgalterlar uchun bosh ogʻrigʻiga aylandi.
Ularni qanday hal qilish haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ huzuridagi “Yangi texnologiyalar” IAM boʻlim boshligʻi Elnor FOZILOV soʻzlab berdi: ...
QQS toʻlovchisi boʻlgan korxonani qayta tashkil etish natijasida QQS toʻlovchisi boʻlmagan korxona roʻyxatga olindi. Unga oʻtkazilgan materiallar va asosiy vositalar boʻyicha hisobga olingan QQSga tuzatish kiritish zarurmi? Buni “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirdi: ...
Hozirgi vaqtda Rossiyaning potensial xaridorlaridan tovarlarni (xizmatlarni) Rossiya rublida xarid qilish toʻgʻrisida takliflar kelib tushmoqda. Shu munosabat bilan eksport qiluvchi korxonalarda savollar tugʻilmoqda: 1) Eksport uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishda chet el valyutasining qaysi turlari QQS va foyda soligʻining nol darajali stavkasini qoʻllash maqsadida e’tirof etiladi? 2) Agar tovarlar (xizmatlar) Rossiya rublida toʻlovni amalga oshirish sharti bilan eksport qilinsa, QQS va foyda soligʻi boʻyicha nol darajali stavkani qoʻllash mumkinmi?
Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligi Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA javob berdi: ...
Chet el qurilish kompaniyasi Oʻzbekistondagi korxona bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha respublikamizda sport kompleksini quradi. Yoki - chet el yuridik shaxsi Oʻzbekistonda bino sotib oldi va uni ijaraga beradi...
Xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar boʻyicha QQSni qanday hisoblab chiqishni “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirdi: ...
Oʻzbekistonda tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilmaydigan chet el kompaniyasi vakolatxonasi bosh kompaniyasidan oʻz ehtiyojlari uchun import boʻyicha kanselyariya tovarlarini oldi. Buning ortidan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga endi vakolatxona QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun xabarnoma berishi va keyinchalik TIF operatsiyalari mavjud boʻlmagan taqdirda “boʻsh” hisobotlar topshirishi kerakligi toʻgʻrisida xat keldi. Bu qonuniymi?
Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA sharhlab berdi: ...