«Texnopark rezidenti boʻlgan korxona foizsiz qarz oldi. Shuningdek, qarz beruvchi bu qarzni begʻaraz berilgan deb tan oldi. Foyda soligʻi solinadigan ob’yekt yuzaga keladimi?»
Buxgalter Pro obunachisi iltimosi boʻyicha savolni «Norma» mutaxassisi, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirib berdi: ...
«Transport logistika kompaniyasi xalqaro yuk tashishlar bilan shugʻullanadi, xorijiy sugʻurta kompaniyalari bilan shartnomalar tuzdi. Masalan, mazkur shartnomalar orastida yuridik shaxslarning yer usti transport vositalarini ixtiyoriy sugʻurtalash boʻyicha ASOBA sugʻurtasi (ya’ni bizning avtomashinalarimizni) yoki transport vositalari egalarining fuqarolik-huquqiy javobgarligini majburiy sugʻurtalash - ASKO (ya’ni haydovchilarimiz javobgarligi) mavjud. Xizmatlar sugʻurta polisi sanasi yoki uning uchun oldindan toʻlov sanasi bilan kirim qilinishi kerakmi? Qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? Ushbu xizmatlar QQS solish ob’yekti hisoblanadimi?»
Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra, savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntish berdi: ...
«Koʻchmas mulk ob’yektini buzish uchun bizga kompensatsiya ajratildi. Kompaniya umumbelgilangan soliq solish tizimida. Kompensatsiya olish qanday soliq oqibatlarini keltirib chiqaradi?»
Savolga «Norma» ekspertlari, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassislari Dilorom SAIDOVA va Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«QQS toʻlovchi korxona supermarketni reklama qilish maqsadida avtomobil yutuqli oʻyinini oʻtkazmoqda. Bunda qanday soliq majburiyatlari yuzaga keladi? Davlat organlarida roʻyxatdan oʻtkazish kerakmi?»
Buxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ...
«Korxona Rossiya fuqarosi bilan konsalting xizmatlari koʻrsatish haqida shartnoma tuzdi. Bu fuqaro oʻz mamlakatida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan. U Oʻzbekistonda YaTT sifatida roʻyxatdan oʻtmagan va istalgan 12 oylik davr mobaynida respublikada 183 kundan ortiq yashamagan. Bunday holatda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?»
Buxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga Soliq qoʻmitasi Xalqaro soliq solishni ma’murlashtirish boshqarmasi boʻlim boshligʻi Rano ALIShAYeVA javob berdi: ...
«SK 243-moddasi 1-qismi 16-1-bandiga asosan boshqaruvchi tashkilotlar yoki koʻp kvartirali uy boshqaruvchilari tomonidan koʻrsatiladigan (bajariladigan) umumiy mulkni boshqarish, texnik xizmat koʻrsatish va ta’mirlash, koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish boʻyicha xizmatlar (ishlar) QQSdan ozod qilinadi. QQSdan ozod qilish koʻp kvartirali uyning birinchi qavatlaridagi tijorat noturar joylariga va yertoʻla xonalaridagi avtoturargoh joylariga texnik xizmat koʻrsatish va ta’mirlash xizmatlariga ham tegishlimi?»
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ...
«Korxona xorijiy korxonaga marketing xizmatlarini realizatsiya qilmoqda. Xizmatlarni eksport qilishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?»
Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA savolga javob berdi: ...
«Korxona BAAda roʻyxatga olingan yuridik shaxsga litsenziya shartnomasi boʻyicha xizmatlar koʻrsatmoqda. Litsenziya shartnomasi boʻyicha xizmatlarni eksport qilishda QQSning nol darajali stavkasini qoʻllash mumkinmi?»
Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra, savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi toʻliq EHF asosida toʻldiriladi. Oshiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda ijara toʻlovining minimal stavkalari va shartnomaviy ijara toʻlovi oʻrtasidagi farq summasi Hisob-kitobning 1-ilovasi 0205-satrida aks etishi uchun bu summaga bir tomonlama EHFni rasmiylashtirish kerak. Lekin biz qaysi EHFni rasmiylashtirish kerakligini tushuna olmayapmiz. Boshqa daromadlar uchun EHF tegishli MXIKga ega emas».
Buxgalter Pro obunachisi iltimosiga koʻra savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«MChJ jismoniy shaxsdan uning MChJ ustav fondidagi ulushini nominal qiymati boʻyicha sotib oldi. SK 375-moddasi 4-bandiga asosan jismoniy shaxsda daromad yuzaga kelmaydi. Bu holatda qanday imtiyozni qoʻllash kerak? Operatsiyani JShDS hisob-kitobida aks ettirish kerakmi?»
Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasi Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ...
«24.12.2024 yildagi OʻRQ-1011-son Qonunga 8-ilovaga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 2025 yilda Toshkentda noturar joyni ijaraga berishda belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkasi – 45 000 soʻm. Noturar joyni ijaraga berishdan olingan daromad boʻyicha soliq 45 000 soʻm stavkadan 2 koeffitsiyentga koʻpaytirilgan holda hisoblanadimi? Ya’ni, 90 000 soʻm eng kam stavkani xona maydoniga koʻpaytirgan holdami?»
Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasi Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ...
«Tuman gaz ta’minoti tashkiloti oʻtgan yildan beri oʻzlarining ichki qaroriga asoslanib, EHF taqdim etmayapti va tabiiy gaz iste’molini cabinetaskug.hududgaz.uz havolasidagi shaxsiy kabinetda hisobga olmoqda. Tabiiy gaz aynan shu kabinetdagi elektron hisobotga muvofiq yetkazib berilmoqda. EHF boʻlmagani sababli biz bu xarajatlarni hisobga ololmayapmiz. Bunday vaziyatda tabiiy gaz xarajatlarini qanday hisobga olish kerak?»
Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Oʻzbekistondagi mehmonxona oʻz mehmonlarini, shu jumladan Booking.com onlayn-bronlash xizmatlarini koʻrsatuvchi agentlik orqali joylashtiradi. Booking.com sayti foydalanuvchilari mehmonxona xonalarini bronlash va toʻlovni amalga oshirishi mumkin. Booking.com gonorari bronlash summasining ma’lum foizini tashkil etadi. Booking.com – Niderlandiya rezidenti, ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitim mavjud, ammo rezidentlik sertifikati yoʻq. Bunda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?»
Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Korxona 1995 yilda Toshkentda matbaa korxonasi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan, boshqa faoliyat turlari yoʻq. Har 5 yilda AOKA -Oʻzbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidan (avvalgi Matbuot va axborot agentligi) nashriyot-matbaa faoliyati uchun litsenziya olib kelganmiz. Balansimizda barcha zarur uskunalar mavjud. Biz SK 483-m. 56-q. boʻyicha foyda soligʻi imtiyozini qoʻllashga haqlimizmi? Agar ha boʻlsa, foyda soligʻi hisob-kitobini shakllantirishda uni qoʻllash imkoniyatini qanday olish mumkin?»
Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Xaridor joʻnatilgan tovar uchun toʻlovni amalga oshira olmaydi, faqat uni qaytarishi mumkin. Lekin joʻnatuv bir yildan ortiq vaqt oldin boʻlgani sababli, biz tovar qaytarishiga EHF rasmiylashtira olmaymiz. Har ikkala korxona QQS va foyda soligʻi toʻlovchilari hisoblanadi».
Xaridor tovarni bir yildan ortiq vaqtdan soʻng qaytarganda va tovar qaytarishiga EHF rasmiylashtirib boʻlmaydigan vaziyatda nima qilish mumkinligini Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirib berdi: ...
«Jismoniy shaxs oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan va mehnat staji hamda kelajakda pensiya olish uchun yiliga BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq toʻlaydi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs ixtiyoriy ravishda BHMning 1 baravaridan koʻproq ijtimoiy soliq toʻlash huquqiga egami? Agar shunday boʻlsa, bu holda uning pensiyasi qanday hisoblanadi?»
Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi Umid HAMROYeV javob berdi. ...
«Korxonaning ikki muassisi bor: xorijiy yuridik shaxs (norezident) va jismoniy shaxs-rezident. Korxonaning ustav fondi – 2,43 mlrd soʻm. Xorijiy muassisning ulushi – 2,16 mlrd soʻm, oʻzbekistonlik muassisning ulushi – 0,27 mlrd soʻm. Zaxira fondi – 1,8 mlrd soʻm. 2024 yil yakuni boʻyicha taqsimlanmagan foyda – 42 mln soʻm. Xorijiy muassis MChJ tarkibidan chiqmoqda. Muassislar yigʻilishi bayonnomasi asosida unga UFdagi ulushining nominal qiymatini (2,16 mlrd soʻm) pul mablagʻlari bilan qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Ushbu vaziyatda zaxira fondi va taqsimlanmagan foyda bilan nima qilish kerak? Zaxira fondi va taqsimlanmagan foyda miqdori chiqib ketayotgan muassisning dividendlari deb tan olinadimi?»
Buxgalter Pro obunachisi iltimosiga koʻra, savolni "Norma" eksperti, "Javob beramiz!" xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirdi: ...
«Korxona yuqori malakali chet ellik mutaxassislarni ishga qabul qilmoqda. Ularning daromadiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliqni qaysi stavka boʻyicha solish kerak?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ...
«Korxona doimiy ravishda ofis xodimlari uchun mevalar, sut, qahva, choy, salfetkalar, suv, plastik likopchalar va shu kabilarni xarid qiladi. Foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda bu xarajatlar chegirib tashlanadimi?»
Buxgalter Pro obunachisi iltimosiga koʻra bu mavzuni «Norma»ning eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirib berdi: ...
«Korxona binolarni ijaraga beradi. Shuningdek, u jismoniy shaxsdan oʻzi ham ijaraga oladi. 2025 yilda Toshkent shahrida koʻchmas mulkni ijaraga berishda oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilangan. Korxona Toshkent shahrida koʻchmas mulkni ijaraga berishda qanday eng kam stavkadan kelib chiqib soliq toʻlaydi? Va jismoniy shaxsdan koʻchmas mulkni ijaraga olishda soliq agenti sifatida JShDS qanday eng kam stavkadan kelib chiqib toʻlanishi kerak?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...