Yangi

MHXS boʻyicha oʻqitish va imtihon xarajatlari qanday qoplab beriladi

15.07.21
Moliya vazirligi Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari boʻyicha oʻqitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga muvofiq MHXS boʻyicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab beradi.

Didox kartalar va terminallar monitoringi imkoniyatini kengaytiradi

08.07.21
Didox foydalanuvchilari endi bevosita Didox sayti yoki oʻzining 1S dasturida terminallar va korporativ bank kartalari monitoringini amalga oshirishlari mumkin.

STIR yoʻq, JShShIRni esa yozishga joy yoʻq, nima qilmoq kerak?

05.07.21
1 iyuldan boshlab 2021 yil 23 martdagi PF-6191 ga muvofiq STIR berish toʻxtatildi, bundan buyon soliq organlari jimoniy shaxslarni JShShIR boʻyicha tanib oladilar. Biroq, DSQ axborot tizimlarida JShShIRga sozlash hali tugatilmadi. Bunday sharoitda qanday ishlash kerak? Bu haqida buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq mahkamasida izoh berildi:

MHXS boʻyicha bepul onlayn-kursning keyingi bosqichiga yozilish boshlandi

17.06.21
Moliya vazirligining tashabbusiga asosan 2020 yil sentyabr oyida oʻzbek va rus tillarida “MHXS asoslari” ta’lim onlayn-platformasi - ifrs.academy va profimsfo.uz. ishga tushirildi. 22 iyunda masofadan oʻqitishning ikkinchi pogʻonasi - “MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot” boshlanadi. Kim uchun ta’lim bepul boʻlishi va kursning ikkinchi bosqichi yuzasidan boshqa tafsilotlar haqida buxgalter.uz sharhida batafsil oʻqing: Quyidagilar ta’limning ikkinchi bosqichida ishtirok etishlari mumkin:

Xodimda pasport emas, balki ID-karta boʻlsa, nima qilish kerak

14.06.21
Kuryer vazifalarini bajaruvchi xodim pasportini ID-kartaga almashtirdi. Endi qanday qilib uning nomiga elektron ishonchnoma yozib berish mumkin? Tez orada unda yangi elektron raqamli imzo olish zarurati tugʻiladi, e-imzo.uz shakli esa pasport ma’lumotlari va pasporti bilan suratni talab qiladi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni DSQ soliq toʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Komil SAYIDOV tushuntirdi:

STIR bekor qilingandan keyin nima boʻladi

14.06.21
2021 yil 1 iyuldan boshlab soliq organlari jismoniy shaxslarga STIR berishni toʻxtatadi. Ushbu sanadan keyin elektron raqamli imzo (ERI) va STIR yordamida rasmiylashtirilgan hujjatlar nima boʻladi? Hali ushbu yangilikka moslashtirilmagan hujjatlarning elektron shakllari qanday toʻldiriladi? Buxgalter.uz iltimosiga binoan savollarga DSQ soliq toʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Komil SAYIDOV javob berdi:

Diqqat! Yerdan foydalanish sohasida oʻzgartirishlar

04.06.21
Prezident Shavkat MIRZIYoYeV 3 iyun kuni yer munosabatlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. Uning natijalari boʻyicha quyidagilar taklif qilindi:

Yirik korxonaga Buxgalter.PRO nimasi bilan foydali

03.06.21
“Soliqqa oid qonunchilik va undagi oʻzgartirishlar”, “MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot”, “Korporativ boshqaruv”, “Elektron hujjat aylanishini joriy etish” - yirik korxonalarda buxgalteriya hisobi boʻyicha mutaxassislar buxgalter.uz da yana qanday mavzularni kuzatib borishadi?

Senatorlar kitob biznesi uchun QQS stavkasini tabaqalashtirishni taklif qilishmoqda

02.05.21
Deputatlar kitob savdosi korxonalariga QQS boʻyicha tabaqalashtirilgan stavkalarni qoʻllash va sohani manzilli subsidiyalar orqali qoʻllab-quvvatlash yuzasidan soʻrov yuborishdi. Yaqinda - 9 aprelda - buxgalter.uz mazkur masala boʻyicha moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTANOVning muqobil fikrini e’lon qilgandi. Kimning nuqtai nazari ustun?

Yangi qonunga binoan majburiy audit – faqat 2021 yil yakunlari boʻyicha

23.04.21
2021 yil 27 mayda «Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri kuchga kiradi. Unda har yili majburiy auditdan oʻtadigan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar roʻyxati yangilandi, uni oʻtkazish va soliq organlariga auditorlik xulosasini taqdim etish muddatlari oʻzgartirildi. Shu munosabat bilan Moliya vazirligidagi manba buxgalter.uz iltimosiga binoan 2020 yil yakunlariga koʻra kimlar qanday muddatlarda majburiy auditdan oʻtishi kerakligi haqida tushuntirish berdi.