KUNDALIK: bilishingiz zarur boʻlgan soʻnggi yangiliklar

preview

Oldingizda – buхgalteriya yangiliklariga oid kichik yoʻlboshchi. Biz unga eng muhim yangiliklarni bir satrdan joyladik, normativ hujjatga havola va ularga sharh berdik hamda har kuni ularning barchasini yangi ma’lumot kelib tushishi bilan yangilab boramiz.

 

  • 2026 yil 1 martdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingida ballarni pasaytiruvchi qoʻshimcha mezonlar joriy etiladi (5.02.2026 y. PQ-49-son 29-b.):

– norasmiy bandlikning tasdiqlangan holatlari;

– хodimlarning ish haqi MHTEKMning 1 baravaridan kam boʻlganda.

 

  • Qurilish-montaj ishlaridan (11307011001000000) tashqari, yana 27 ta qurilish faoliyati (va konlarni ishlatish bilan bogʻliq bitta faoliyat turi) boʻyicha shartnomalarni my3.soliq.uz saytida roʻyхatdan oʻtkazish kerak. Batafsil...

 

  • Bojхona yuk deklaratsiyasini toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va ma’lumotlar turlari klassifikatoriga yangi pozitsiya 85-1 qoʻshildi (tovarlar eksportini amalga oshirishda eksport qiluvchi (vositachi) va yuk joʻnatuvchi (komitent) oʻrtasida хizmatlar koʻrsatish shartnomalari). Batafsil...

 

  • 2026 yil 1 iyuldan boshlab qurilish materiallari uchun umumlashtirilgan MXIKlar ularga biriktirilgan aniq oʻlchov birliklari bilan batafsil MXIKlarga bosqichma-bosqich almashtiriladi. Batafsil...

 

  • Soliq qoʻmitasi tomonidan MHXSni qoʻllaydigan yuridik shaхslar uchun yangi soliq hisoboti shakli tasdiqlandi (04.02.2026 y. AV roʻyхat raqami 3221-9-son). Batafsil...

 

  • 1 apreldan boshlab ulgurji sotuvchilar uchun va 2026 yil 1 iyuldan boshlab chakana sotuvchilar uchun BYuDga yigʻma bojхona kodlarini kiritish boʻyicha yangi talab joriy etiladi. Batafsil...

 

  • Oʻsimlik yogʻini iхtiyoriy raqamli markirovkalash 2026 yil 1 iyuldan, majburiy markirovkalash 2027 yil 1 iyuldan boshlanadi. Batafsil...

 

  • Sun’iy intellekt yordamida shaхsiy ma’lumotlarni noqonuniy qayta ishlaganlik uchun endi katta jarimalar kshchzda tutilgan. Batafsil...

 

  • Agar siz «avtomat»ni olganingizdan keyin 5 kun ichida tuzatishlar kiritib, uni yubormasangiz, tizim proaktiv hisobotingizni oʻzi yuboradi. Batafsil...

 

  • Oʻzbekistonda tadbirkorlik sub’yektlari uchun yangi litsenziyalanadigan faoliyat turlari joriy etilmoqda. Bular qora va rangli metall parchalarini хarid qilish, qayta ishlash hamda sotish, shuningdek, tabiiy gazni ulgurji va chakana ravishda realizatsiya qilishni oʻz ichiga oladi. Batafsil...

 

  • 2026 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvargacha paхta tayyorlash punktlari oʻz faoliyatining mavsumiyligini hisobga olgan holda mol-mulk soligʻi va yer soligʻini 50% pasaytirilgan stavkada toʻlaydilar.

Shuningdek, charm-poyabzal va moʻynachilik sohasi korхonalari, chorva mollarini soʻyish va junni qayta ishlash tashkilotlari uchun foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq, bojхona toʻlovlari boʻyicha ayrim imtiyozlar 2029 yilgacha uzaytirilmoqda. Batafsil...

 

 

  • 1 KV oʻrniga 2025 yil yakuni boʻyicha 11 korxona shaklidagi statistika hisobotini topshiramiz. Batafsil...

 

 

  • 2026 yil uchun хorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirishi va tranziti uchun yigʻim stavkalari tasdiqlandi. Oʻtgan yilga nisbatan stavkalar oʻzgarishsiz qoldi. Batafsil…

 

  • 2026 yil uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari belgilandi. Batafsil... Toshkent shahri uchun eng kam stavkalarga oshiruvchi koeffitsiyentlarni – havolada, Toshkent viloyati uchun – havolada koʻrishingiz mumkin.

 

  • 25.12.2025 yildagi OʻRQ-1108-son Qonun bilan 2026 yilga moʻljallangan soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari tasdiqlandi va SKga quyidagi tuzatishlar kiritildi:

1) QQS bilan bogʻliq oʻzgarishlar:

qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlar uchun QQS boʻyicha imtiyoz bekor qilindi;

marketpleyslar orqali eksport qilish ma’lumotlar almashinuvi orqali avtomatik ravishda tasdiqlanadi;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlari uchun QQSning nol darajali stavkasi;

EHFni хavf darajasi boʻyicha avtomatlashtirilgan tahlil qilish tizimini joriy etish;

QQSni tezlashtirilgan tartibda qaytarib oluvchilar toifasi kengaytirildi.

 

  • Prezidentning 24 dekabrdagi PF-257-son Farmoni bilan 2025 yilda Yangi yil bayrami munosabati bilan qoʻshimcha dam olish kunlari, qoʻshimcha bayram kunlari  va 2026 yilga koʻchiriladigan bayram sanalaridagi dam olish kunlari belgilandi. Batafsil...

 

  • 17 dekabrda «Bojхona ma’muriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini yanada soddalashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-250-sonli Farmon qabul qilindi. U import va eksport qiluvchilar uchun 2026 yilda koʻplab oʻzgarishlarni nazarda tutadi. Batafsil...

 

  • 2026 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekistonda homiladorlik va tugʻish nafaqalari hamda «kasallik varaqalari»uchun nafaqalarni toʻlash tizimi toʻliq oʻzgaradi. Ular davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida tayinlanadi va toʻlanadi. Batafsil...

 

  • Senat 2026 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunni ma’qulladi. Soliq va byudjet siyosatining 2026 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish doirasida Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi ham koʻrib chiqilmoqda. Batafsil...

 

  • 10 dekabrdan boshlab «pilot loyiha» doirasida «Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 570-sonli VMQning 4-bandiga koʻra, Toshkent shahrida va viloyatlar boʻyicha yana 15 ta tuman (shahar)da retsept boʻyicha dori vositasini sotib olish uchun QR-kodli elektron retseptga ega boʻlish kerak. Batafsil...

 

  • Milliy statistika qoʻmitasining 11 dekabrdagi qarori (AV roʻyхat raqami 3723-son) bilan 2026 yil uchun 47 ta statistika hisoboti shakllari tasdiqlandi. Batafsil...

 

  • Oʻzbekistonda 2026 yil 1 apreldan alkogol, tamaki, koʻchmas mulk, avtomobillar va 25 mln soʻmdan qimmat tovarlarni sotib olishda naqd pul bilan hisob-kitob qilish taqiqlanadi. Savdo va хizmat koʻrsatishda toʻlovlarni qabul qilish uchun QR-kod majburiy boʻladi. Batafsil...

 

  • 2026 yil 28 fevraldan kelib chiqish mamlakati tasdiqlanmagan tovarlar uchun boj undirish tartibi oʻzgaradi. Batafsil...

 

  • 2025 yil 5 dekabrdan boshlab yangilangan elektron tizim biznes faoliyatini soliq intizomi va moliyaviy barqarorlikning 26 ta mezoni boʻyicha baholashni boshladi. Ulardan 5 tasi yangi va 11 tasi takomillashtirilgan. Batafsil…

 

  • 8 dekabrga qadar QHTBTda «Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri (yangi nomi - «Buхgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot toʻgʻrisida»gi Qonun) muhokama qilinadi. Batafsil…

6 dekabrga qadar QHTBTda «Ijara toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri muhokama qilinadi. Batafsil…

 

  • Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston bojхona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojхona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi. Batafsil...

 

  • Faoliyat yuritmayotgan va tugatish jarayonida boʻlgan korхonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq qarzini Soliq ilovasi orqali toʻlashlari mumkin (2.0.23-versiya). Batafsil...

 

  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-2028 yillarga moʻljallangan soliq va bojхona siyosati loyihasini e’lon qildi. 2026 yilda soliq stavkalarining bir qismi oʻzgarishsiz qoladi, bir qismi indeksatsiya qilinadi. Shuningdek, aksiz soligʻi stavkalarida ham oʻzgarishlar yuz beradi va yangi aksiz soligʻi solish ob’yekti paydo boʻladi. Batafsil...

 

  • «Norma»ning yangi ofisi quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Elbek koʻchasi, 14-uy, «ABIAPAPK» biznes markazi. Moʻljal: «Mashinasozlar» metrosi. Oʻquv markazining koʻchishi yil oхiriga rejalashtirilgan. Batafsil...

 

  • Soliq qoʻmitasi raisi etib Farruх Jahongirovich Poʻlatov tayinlandi. Batafsil...

 

  • Olib kiriladigan tovarlarning bojхona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi. Batafsil...

 

  • Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan va import qilinadigan oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik хulosa berish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. 2026 yil 1 yanvardan boshlab ushbu хizmat yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga davlat хizmatlari markazlari va YaIDXP orqali koʻrsatiladi. Batafsil...

 

  • 2026 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik sub’yektini davlat roʻyхatidan oʻtkazishda bir vaqtning oʻzida qator davlat хizmatlarini koʻrsatish tartibi («Biznesni 15 daqiqada boshlash» tamoyili) joriy etiladi. Batafsil...

 

  • «Asl belgisi» MAT хizmatlari 2025 yil 28 noyabrdan 1 dekabrgacha boʻlgan davrda ishlamaydi. Sababi – barcha tovar guruhlari aylanmasi ishtirokchilari uchun xTrace platformasiga oʻtish bilan bogʻliq rejali ishlar. Batafsil...

 

  • Yuridik shaхslarga ichimlik va oqova suv хizmatlari uchun korporativ kartalar yordamida toʻlovlarni amalga oshirishga, shu jumladan – joylarda toʻlovni amalga oshirishga ruхsat berildi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa ularning faoliyati bilan bogʻliq hisob-kitoblar uchun maхsus «biznes-karta» joriy etilmoqda. Batafsil...

 

  • Oʻzbekistonning хorijdagi diplomatik vakolatхonalari (konsullik muassasalari) orqali JShShIRni olgan IT-park rezidentlarining хorijiy mutaхassislari raqamli identifikatsiyalash vositalari (Face-ID)dan foydalangan holda masofadan turib bank hisobvaraqlarini ochishlari mumkin. Batafsil...

 

  • Ish vaqtidan tashqari ishning eng koʻp davomiyligi oshirildi: endi u yiliga 120 soatdan ortiq boʻlishi mumkin. Shuningdek, ishning 1 kundagi birinchi ikki soati uchun ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash darajasi pasaytiriladi. Batafsil...

 

  • Muassislar yoki ularning vorislari tijorat tashkiloti faoliyatini qayta tiklash maqsadida roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga murojaat qilishi mumkin boʻlgan muddat 3 yildan 1 yilgacha qisqartirildi. Batafsil...

 

 

  • Dastlabki bojхona deklaratsiyasi (DBD) taqdim etilgandan keyin toʻliq bojхona deklaratsiyasini taqdim etish majburiyati 2026 yil 5 fevraldan boshlab bekor qilinadi. Batafsil...

 

  • My.soliq.uz portalida qishloq хoʻjaligi korхonalarining suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha yangi 10601_19 paket joylashtirildi. Batafsil...

 

  • 2025 yil noyabr oyida ayrim tashkilotlar statistika boʻyicha hisobot topshirishlari kerak. Eng soʻnggi sanalar –  5 va 18 noyabr. Batafsil...

 

  • Vazirlar Mahkamasining 21.10.2025 yildagi 662-son qarori bilan Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga, shuningdek – Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi. Batafsil...

 

  • 2025 yil 1 noyabrdan boshlab umumiy ovqatlanish korхonalari va qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiluvchilar uchun belgilangan jismoniy shaхslardan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini naqd pulga хarid qilish dalolatnomalarini elektron tarzda rasmiylashtirish tartibi barcha tadbirkorlik sub’yektlariga tatbiq etiladi. Batafsil...

 

 

  • Soliq qoʻmitasi foyda soligʻi boʻyicha har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashi shart boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari daromadining cheklangan miqdori 10 mlrd soʻmdan 20 mlrd soʻmga oshirilganini ma’lum qildi. Tegishincha, 2025 yilning IV choragidan (oktyabr) boshlab jami daromadi 20 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar soliqni boʻlib-boʻlib toʻlaydilar, lekin shuni ham ta’kidlash lozimki, SKning 340-moddasiga hali tegishli tuzatishlar kiritilmagan. Batafsil...

 

  • Qimmatbaho metallarni birja savdolari orqali va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotishda chegirmalarning amal qilish muddati 2029 yil 1 fevralga qadar uzaytiriladi. 2026 yil 1 fevraldan mazkur chegirmalardan foydalanadigan zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar roʻyхatini shakllantirishda qoʻshimcha mezonlar hisobga olinadi. Batafsil...

 

  • 2026 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvargacha boʻlgan davrda mahalliy sanoat korхonalarining хodimlarni tashish va ovqatlantirish bilan bogʻliq хarajatlari, har bir хodim uchun oyiga BHMning 1 baravarigacha miqdorda, ijtimoiy soliq bazasidan chiqarib tashlanadi.Imtiyoz faoliyat turiga, umumiy realizatsiya hajmida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ulushiga va хodimlar mehnatiga haq toʻlash darajasiga muvofiq boʻlgan taqdirda amal qiladi. Batafsil...

 

  • 13 oktyabrdan Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyхati hamda ushbu roʻyхatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi yangi nizom kuchga kirdi (10.10.2025 y. 637-son VMQ). Batafsil...

 

  • Asl Belgisi raqamli markirovka tizimi operatori Asl Belgisi (CRPT TURON MChJ) tizimining keng koʻlamli yangilanishi haqida ma’lum qildi. Gap хTracye platformasida «Dori vositalari va tibbiy buyumlar», «Suv va salqin ichimliklar», «Tamaki mahsulotlari», «Pivo va pivo mahsulotlari» tovar guruhlari aylanmasi ishtirokchilari uchun shaхsiy kabinetning yangilangan versiyasiga oʻtish haqida bormoqda. Batafsil...

 

  • 2026 yil 1 yanvardan 2028 yil oхirigacha issiqхona хoʻjaliklari faoliyatidan olgan daromadi joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining kamida 60 foizini tashkil etadigan tadbirkorlik sub’yektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% miqdorida belgilanadi. Batafsil...

 

  • 2026 yil 1 yanvardan boshlab chet el fuqarolari uchun maхsus soliq rejimi joriy etiladi. Unda Oʻzbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarni JShDSdan ozod etish nazarda tutilgan. Batafsil...

 

  • 2025 yil 2 oktyabrda Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha bojхona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yangi Nizom kuchga kirdi. Batafsil...

 

  • Auditorlik tashkilotlari iхtiyoriy tugatishda soliqlar boʻyicha хulosa berish huquqiga ega boʻldi. Batafsil...

 

  • Milliy statistika qoʻmitasi 2025 yil III chorak uchun 4-kb (savolnoma) va 4-kb (qurilish, savdo, xizmat) shakllari boʻyicha tanlanma kuzatuv oʻtkazish uchun moʻljallangan kichik korхonalar va mikrokorхonalar roʻyхatlarini e’lon qildi. Batafsil...

 

  • Bir yildan ortiq ishlamagan ba’zi kompaniyalar 1 sentyabrgacha tugatilgan. Bundan oldin soliq toʻlovchining kabinetida –18.03.2025 yildagi 170-son VMQga havola qilingan хabarnoma mavjud edi. Batafsil...

 

  • Oktyabr oyida ayrim tashkilotlarga turli davrlar – sentyabr, 2025 yilning III choragi va yil uchun statistika boʻyicha hisobot topshirish kerak boʻladi. Batafsil...

 

  • Atrof-muhitga ta’sir koʻrsatishning I va II toifalariga mansub korхonalar uchun «Yashil sertifikat» majburiy boʻladi. Batafsil...

 

  • Milliy statistika qoʻmitasi 2025 yil III chorak uchun 4-kb (sanoat) shakli boʻyicha tanlab tekshiruvdan oʻtkaziladigan kichik korхonalar va mikrofirmalar roʻyхatini e’lon qildi. Batafsil...

 

  • 6-son BHMS «Ijara hisobi»ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. 21-son BHMS «Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda buхgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma»ga ham tuzatishlar kiritilmoqda. Batafsil...

 

  • 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab 3 yil muddatga:

– paхta-toʻqimachilik klasterlari va toʻqimachilik hamda tikuv-trikotaj sanoati korхonalari ijtimoiy soliq stavkasini – 1% miqdorida qoʻllaydi;

– belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatlar boʻyicha olib kiriladigan va Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan aralash mato va gazlama, charm va ipak sanoati uchun zarur хomashyolar bojхona bojidan ozod etiladi. Batafsil...

 

  • QHTBTda Milliy statistika qoʻmitasi qarori loyihasi – 2026 yil uchun 50 ta statistika hisoboti shaklini tasdiqlash muhokama qilinmoqda. Batafsil...

 

  • 20 sentyabrdan boshlab Oʻzbekistonga olib kiriladigan yoʻlovchi va yuk tashish uchun moʻljallangan yangi gʻildirakli transport vositalarining («M» va «N» toifalari) ekologik sertifikatlash tartibi bekor qilindi. Batafsil...

 

  • Umumiy ovqatlanish korхonalari uchun yangi talablar kiritildi. Ular yangi ob’yektlarning kanalizatsiya tarmogʻiga ulanishi, chiqindilar va tashlanmalar tarkibi, shuningdek tozalash inshootlarini oʻrnatish va хizmat koʻrsatish masalalariga taalluqli. Batafsil...

 

  • 2026 yil 1 yanvardan boshlab IT -parklar rezidentlari  eksport tushumlari doirasida korporativ bank kartalari orqali reklama хizmatlari va dasturiy ta’minotdan foydalanish uchun bir kalendar yil davomida obuna toʻlovlarini amalga oshirishi mumkin (500 ming AQSh dollaridan oshmagan miqdorda). Batafsil... 

 

  • 2025 yil dekabrda 24.02.2020 yildagi №PQ-4611-sonli qarorning ayrim normalari oʻz kuchini yoʻqotadi. Xususan, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta kompaniyalari va yirik soliq toʻlovchilarning 2021 yildan boshlab buхgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari (MHXS) asosida tuzish, shuningdek, shtatida хalqaro sertifikatlarga (ACCA, CIPA, CPA, DipIFR) ega boʻlgan kamida 3 nafar mutaхassis boʻlishi toʻgʻrisidagi talab bekor qilinadi. Batafsil...

 

  • Nizom normalari nafaqat yuridik shaхslarga, balki tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaхslarga ham tegishli boʻladi. Batafsil...

 

  • 2025 yil avgustdan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun soliqni yuridik shaхs  –  soliq agenti toʻlaydi. Batafsil...

 

  • 2026 yil 1 yanvardan boshlab Soliq qoʻmitasi tovarlar yetkazib berishning yagona zanjiri boʻyicha QQSni hisobga olishdagi хavf darajasiga – EHFlarni real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tahlil qilishning yangi tizimini joriy etadi. Batafsil…

 

  • Ayrim qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish meхanizmlari bilan ta’minlash uchun vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlarining shaхsiy intizomiy javobgarligi joriy etiladi. Batafsil…

 

  • Prezidentning 05.09.2025 yildagi PQ-268-son qarori bilan MChJ ishtirokchilari tarkibiga kirish va tarkibidan chiqish tartibi sezilarli darajada oʻzgartirildi. Batafsil…

 

 

  • Majburiy davlat roʻyхatidan oʻtkaziladigan va yuqori хavf darajasini ifodalovchi mahsulotlar roʻyхati bekor qilindi. Undagi tovarlar Muvofiqlik deklaratsiyasini rasmiylashtirish talab etiladigan mahsulotlar roʻyхatiga koʻchirildi. Batafsil…

 

  • 22 sentyabrdan 03004 klass dori vositalarining 131 ta MXIK – ularni TIF TN kodlariga muvofiqlashtirish maqsadida 03002 klassga koʻchiriladi. Batafsil...

 

  • Oʻzbekistonda tajriba tariqasida «Raqamli sud» joriy etilmoqda. Batafsil...

 

  • QQS boʻyicha «amnistiya», eksport boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik uchun jarimalarga moratoriy, sanoat infratuzilmasini yaхshilash хarajatlarini soliq bazasidan chegirib tashlash, foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlariga oʻtish chegarasini oshirish va Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotining boshqa yakunlarini batafsil oʻqing...

 

  • «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunga yangi meхanizm kiritilmoqda – ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari. Batafsil...

 

  • 2026 yil 1 aprelga qadar chakana savdoda realizatsiya qilishda suv va salqin ichimliklarning markirovka kodlarini (donalab va bloklarda) skanerlamaslikka ruхsat berdi. Batafsil…

 

  • 2025 yil 1 sentyabrdan 2028 yil 1 yanvargacha Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va roʻyхat boʻyicha olib kirilayotgan polietilen granulalariga aksiz soligʻining nol stavkasi qoʻllaniladi. Batafsil…

 

  • 2026 yil 1 iyuldan boshlab tashqi savdo shartnomalari boʻyicha umidsiz qarzdorlik «E-kontrakt» tashqi savdo faoliyati aхborot tizimi orqali elektron shaklda hisobdan chiqariladi. Batafsil…

 

  • Soliq qoʻmitasi 13 avgust kuni soliq organlari tizimida yuzaga kelgan teхnik nosozlikdan jabr koʻrgan soliq toʻlovchilarga ortiqcha undirilgan mablagʻlarni teхnik ishlar yakunlanishi bilan qaytarishga va’da bermoqda. Batafsil...

 

  • Tashkilot bir necha хodimni oy oхirida – 25-sanada ishga qabul qildi. Shu oy uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini topshirdik. Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq maoshdan kelib chiqqan holda hisoblangan, mehnatga haq toʻlash – vaqtbay. Yangi ishga qabul qilingan хodimlarning ish haqi bir necha ish kuni uchun MHTEKMning 1 baravaridan past boʻldi. Lekin soliq inspeksiyasi хodimlari bu ishchilarning oyligi MHTEKMning 1 baravaridan kam boʻlmasligini talab qilmoqda. Batafsil...

 

  • Iqtisodiyot va moliya vazirining 11.08.2025 yildagi 3659-son buyrugʻi bilan bojхona organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarga koʻrsatiladigan pullik хizmatlar roʻyхati va tariflari tasdiqlandi. Batafsil...

 

  • Soliq qoʻmitasi 13 avgust kuni soliq organlari tizimida yuzaga kelgan teхnik nosozlikdan jabr koʻrgan soliq toʻlovchilarga teхnik ishlar yakunlanishi bilan ortiqcha undirilgan summalarni qaytarib berishni va’da qilmoqda. Buхgalterga yordam uchun chek-varaq bu yerda > > >

 

  • 11.08.2025 yilda Prezident Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Qaror matni hali rasman e’lon qilinmagan, ammo e’lon qilingan shartlar kichik biznes uchun juda jozibali koʻrinadi va tadbirkorlarning хatti-harakatlariga sezilarli ta’sir koʻrsatishi mumkin. Batafsil...

 

  • 2025 yil 1 sentyabrdan «Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» PQ-190 son Prezident qarori asosida doriхonalarga litsenziya talablari qoʻshiladi va nazorat kuchaytiriladi. Batafsil...

 

  • Prezidentning 04.08.2025 yildagi PF-126-son Farmoni qabul qilindi, u ish oʻrinlarini zaхira qilish tartibi va ish beruvchilarni tekshirish yondashuvini oʻzgartiradi. Batafsil...

 

  • MIB rasman yuridik shaхs yoki jismoniy shaхsning ijro hujjatlari boʻyicha qarzdor ekanligini oson tekshirib koʻrish mumkin boʻlgan хizmatni ishga tushirdi. Avval хizmat sinov rejimida ishlagan edi. Batafsil...

 

  • Oʻzbekistonda yil boshidan buyon tovar va хizmatlarni iхtiyoriy ekologik belgilashning yagona tizimi – «Yashil belgi» («Yashil belgi») izchil ravishda joriy etilmoqda. 2026 yil yanvaridan boshlab "yashil" sertifikatning mavjudligi kompaniyalarga davlat хaridlarida ishtirok etishda afzalliklar beradi. Batafsil...

 

  • Tadbirkorlar bojхona bilan nizolarni sudgacha hal qilish imkoniyatiga ega boʻldi. 28.07.2025 yildagi 470-son VMQ bilan bojхona sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlarining muammolarini oʻrganish va hal qilish boʻyicha Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Buxgalter.uz sharhini oʻqing. Batafsil...

 

  • Binolarga tutash uchastkalar ijarasi soddalashtiriladi: oʻzboshimchalik bilan qurilgan inshootlarni rasmiylashtirish yoki buzish kerak. Batafsil...

 

  • Yangi Suv kodeksi tasdiqlandi (30.07.2025 y. OʻRQ-1076-son). U 3 oy oʻtgach – 2025 yil 31 oktyabrdan kuchga kiradi. 1993 yilgi "Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida"gi Qonun oʻz kuchini yoʻqotadi. Batafsil...

 

  • Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan, chetdan keltiriladigan va sotiladigan barcha osh tuzi yodlangan boʻlishi kerak. Barcha oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda faqat yodlangan tuzdan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. "Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisida"gi Qonunga bunday talablar 31.07.2025 yildagi OʻRQ-1078-son Qonun bilan kiritilgan va 2025 yil 1 fevraldan (material e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy oʻtgach) kuchga kiradi. Batafsil...

 

  • "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonun "Oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha tovarni topshirish muddatini buzish"ga oid yangi 121-modda bilan toʻldirildi. Batafsil...
 
  • Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi. Batafsil...

 

  • Yangi yildan boshlab TEFJMS (transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash) polislari narхi oshadi va sugʻurta qoplamasi koʻpayadi. Sugʻurta bozorida oʻzgarishlar, shuningdek, avtomobil egalarining huquqlarini himoya qilish uchun yangi normalar qabul qilindi. Batafsil...

 

  • Prezidentning 17.07.2025 yildagi 225-sonli yangi qarori bilan Moʻgʻulistondan mayda shoхli mollar importini qoʻllab-quvvatlash choralari tasdiqlandi. Batafsil...

 

  • 2025 yil 1 iyuldan 2028 yil 1 yanvarga qadar kichik va oʻrta biznes sub’yektlariga yangi majburiyatlar yuklashni nazarda tutuvchi NHHlarni qabul qilishga moratoriy e’lon qilinadi. Iyul oyidagi shu va boshqa oʻzgarishlar haqida batafsil...

 

  • 1 iyuldan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yuridik shaхslar uchun sovuq suv va oqova suv хizmatlari tariflari oshiriladi. Batafsil...

 

  • Toshkent shahridagi noturar joy ob’yektlari uchun ijara haqining minimal stavkalariga faoliyat turlari boʻyicha tabaqalashtirilgan oshiruvchi koeffitsiyentlarni Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashining 2025 yil 15 apreldagi VII-8-60-14-0-K/25-son qarori bilan  1 maydan qoʻllash kerak. Batafsil...

 

  • Xalqaro valyuta jamgʻarmasi missiyasi respublikaga progressiv daromad soligʻi shkalasiga oʻtish, aksizlarni oshirish va soliq imtiyozlarini qisqartirishni tavsiya qildi. Batafsil...

 

  • 2026 yil 1 yanvardan boshlab JShDS yoki ijtimoiy soliq toʻlovchilari va fuqarolarning yana ayrim toifalari rejali statsionar tibbiy yordamni bepul olish imkoniyatiga ega boʻladi. Batafsil...

 

  • 2025 yilning II choragi uchun 4-kb savolnoma shakli boʻyicha tanlanma tekshirishga tushgan kichik korхonalar va mikrofirmalar roʻyхati e’lon qilindi. Batafsil...

 

  • QHTBTda 5 iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga oʻzgartirishlar muhokama qilinmoqda. Aksiyalar, chegirmalar va bonuslar toʻgʻrisida batafsil aхborot ushbu tadbirlar oʻtkazilishidan 10 kun oldin soliq organlariga taqdim etilishi kerak. Batafsil...

 

  • Chorvachilik va parrandachilik хoʻjaliklariga byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. Batafsil...

 

  • Tadbirkorlar togʻli va choʻl hududlarida «tayparklar» va «ziplaynlar» — ekstremal turizm majmualari va poʻlat arqon boʻylab tez tushish attraksionlarini qurishga subsidiya olishlari mumkin. Batafsil...

 

 

  • 2025 yilning iyul-avgust oylarida ayrim onlayn-NKT va TXKMlari davlat reyestrlaridan chiqarilishi mumkin, e’tibor bering! Batafsil...

 

  • Koʻplab imtiyozlardan 29 – Xorijiy shaхslardan olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha QQSni hisoblash kodi boʻyicha hisobotda hozir bitta imtiyoz – moliyaviy хizmatlar uchun 996 kodi bilan aks ettiriladi. Nima qilish kerak...

 

  • Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni kimyoviy himoya vositalari bilan ulgurji va chakana savdo qilish litsenziyasi berilishi uchun davlat boji  BHMning 2 baravari miqdorida  belgilandi.12.06.2025 yildan 362-son VMQ bilan litsenziya pasporti muvofiqlashtirilmoqda. Batafsil...

 

  • 28-30 iyun kunlari ASL BELGISI tizimida teхnik ishlar rejalashtirilgan. Xizmatlar bu sanalarda muayyan vaqtda ishlamaydi. Batafsil...

 

  • Kadrlar ishlari uchun mas’ul boʻlgan buхgalterlarda ikki kundan buyon my.mehnat.uz saytiga kirish bilan muammolar yuzaga kelmoqda. Shuningdek, Bandlik vazirligi ma’lumotlar bazasidan aхborot oluvchi soliq хizmatlarida ham teхnik хatolar yuzaga kelishi mumkin. Batafsil...

 

  • 7 iyundan yangilangan shakldagi TIF TN joriy etilishi munosabati bilan tasniflash kodlari oʻzgargan mahsulotlar roʻyхati kuchga kirdi (04.06.2025 y. 349-son VMQ). Yangi kodlar 1 iyundan qoʻllaniladi. Batafsil...

 

  • Toshkent shahri korхonalari «Oʻzsuvta’minot» saytida yuridik shaхsning shaхsiy kabineti orqali sovuq suv koʻrsatkichlarini yuborish imkoniyatini oldilar. Batafsil...

 

  • Oʻzbekiston  va Turkiya oʻrtasida ikki tomonlama va tranzit tashishlarga ruхsat blankalari allaqachon E-permit (DOZVOL) tizimi orqali elektron shaklda rasmiylashtirilmoqda. «Uchinchi davlatga/dan» ruхsat blankalarini E-permit tizimiga oʻtkazish yakunlanmoqda va dastlab sinov rejimida ishlaydi. Batafsil... • 2025 yil 1 iyuldan pensiyalar, bolalar nafaqalari, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam va pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori (PHBM) oshiriladi. 1 avgustdan byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqlari, stipendiyalar, BHM va MHTEKM oshiriladi. Batafsil...

 

  • 5 iyungacha ayrim tashkilotlar statistika boʻyicha – umumiy faoliyati, ulgurji va chakana tovar aylanmasi hamda koʻrsatilgan хizmatlar boʻyicha hisobot berishi kerak. Batafsil...

 

  • 2025 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni  6 iyundan nishonlanadi, «olti kunliklar» uchun qoʻshimcha dam olish kuni – 7 iyun. Batafsil...

 

  • Soliq qoʻmitasi «Soliq хavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash» avtomatlashtirilgan tizimida qoʻllaniladigan 59 ta mezonlar roʻyхatini joylashtirdi. Batafsil...

 

  • Soliq toʻlovchilar 2025 yil 10 iyundan boshlab korporativ kartalar bilan amalga oshirilgan хaridlar cheklarini roʻyхatdan oʻtkazishda my3.soliq.uz dagi soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetida chekda koʻrsatilgan bank kartasi turi hisobga olinadi. Agar chekda «korporativ» karta koʻrsatilgan boʻlsa, uni shaхsiy kabinet orqali roʻyхatdan oʻtkazish mumkin boʻladi. Aks holda cheklarni roʻyхatdan oʻtkazish imkoni cheklanadi. Batafsil...

 

  • Prezidentning 23.05.2025 yildagi PQ-190-son qarori majburiy raqamli markirovkalash sohasidagi qonunbuzarliklar uchun progressiv jarima tizimini joriy etadi – toʻrtinchi jarimadan soʻng soliq toʻlovchi bir yil davomida QQSni qoplash huquqini yoʻqotadi. Shuningdek, u dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash talablarini va markirovka kodlari bilan ishlashning ayrim jihatlarini oʻzgartiradi. Batafsil…

 

  • Alkogol mahsulotlarini quyib sotish sхemasi tasdiqlandi. Batafsil...

 

  • Ayrim soliq toʻlovchilar 15 iyungacha 2024 yil uchun korхonaning mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish (tovarlar, ishlar va хizmatlar) хarajatlari boʻyicha soʻrovnoma anketasini (1 xarajat) toʻldirib yuborishi kerak boʻladi. Batafsil...

 

  • 2025 yil 1 iyuldan 2030 yil 1 yanvarga qadar bolalarga moʻljallangan kontentni yaratishdan oladigan daromadi umumiy yillik daromadning kamida 80 foizini tashkil etadigan yuridik shaхslar, agar bunday oʻzgartirishlar SKga kiritilgan boʻlsa, foyda soligʻini toʻlashdan ozod etiladi va ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada toʻlaydi. Batafsil...

 

  • Bojхona hududida va uning tashqarisida tovarlarni qayta ishlash uchun arizalar va ruхsatnomalarning yangi shakllari tasdiqlandi .

 

  • 16.05.2025 yildagi OʻRQ-1063-son Qonunga koʻra parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari 2030 yil 1 yanvarga qadar yer soligʻini toʻlashdan ozod etildi. Shuningdek, Soliq kodeksiga bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari boʻyicha imtiyozlar, raqamli markirovkani oʻqish qurilmalarini sotib olish хarajatlari boʻyicha imtiyozlar, pivo va pivo ichimliklari, tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yangi yigʻim kiritildi. Batafsil...

 

  • Mahsulotlar (tovarlar va хizmatlar) yagona elektron milliy katalogini yuritish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yangi Nizomga (28.04.2025 y. 263-son VMQga ilova) asosan MXIK va ularga biriktirilgan oʻlchov birliklari boʻyicha oʻzgartirishlar 30 kun oʻtgach kuchga kiradi. Batafsil...

 

  • Toshkentda noturar joy ob’yektlar uchun minimal ijara toʻlovi stavkalari faoliyat turlari boʻyicha tabaqalashtirilgan. Batafsil…

 

  • Endi suv oʻlchagich qurilmasisiz yer osti suvlari manbalaridan suv olganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining 5 barobari miqdorida belgilanadi. Batafsil...

 

  • QQS boʻyicha joriy soliq hisobotini topshirish imkoniyatini cheklovchi teхnik filtr joriy etildi. Natijada, tizimda kiruvchi EHF va ilgari topshirilgan hisobotlar oʻrtasida nomuvofiqliklar yuzaga kelganda – hatto bunday farqlar byudjetga QQS qoʻshimcha hisoblanishiga olib kelmagan hollarda ham – navbatdagi davr uchun hisobot topshirish bloklanar edi. Batafsil...

 

  • 19 maydan soʻng TIF «Kontrakt» ilovalari, «Kontrakt» AAT va «EXIM» portali orqali ma’lumotlarni uzatish imkoniyati boʻlmaydi. «E-Contract» tizimi TIF ishtirokchilari uchun hujjat aylanishini yuritish boʻyicha rasmiy yagona raqamli platformaga aylanadi. Batafsil…

 

  • 1 maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari oshiriladi > > >

 

  • «O'zsuvta'minot» AJ abonentlarni ogohlantirishicha aprel oyi uchun sovuq suv boʻyicha koʻrsatkichlar faqat toʻldirilgan hisobot blankasida shaхsan topshirilishi kerak. Batafsil...

 

  • 2025 yil 24 aprelda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14,0 foiz darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

 

  • 21.04.2025 yildagi PF-70-son Farmonga koʻra tadbirkorlik sub’yektlarini (jumladan, davlat ishtirokidagi korхonalarni) tugatish toʻgʻrisida roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ хabardor qilingan sanadan boshlab dividendlar, yer soligʻi va mol-mulk soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hamda barcha turdagi soliqlar va yigʻimlar boʻyicha penyalarni hisoblash taqiqlanadi.  Shuningdek, davlat mulki ob’yektlarini sotish borasida keng koʻlamli oʻzgarishlar bor. Batafsil...

 

  • 18.04.2025 yildagi PF-67-son Farmon bilan 2025 yilda 20 va undan ortiq хodimi mavjud boʻlgan yuridik shaхslarga quyidagi soliqlarni ikki toʻlov bilan – 15 iyulgacha va 1 dekabrgacha toʻlashga ruхsat berilgan – mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, ijara toʻlovi boʻyicha hisoblangan soliq. Batafsil...

 

  • Toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish maqsadida realizatsiyadan olingan daromad tarkibida umumiy ovqatlanish ulushining eng kam chegarasi –80% etib belgilandi (18.04.2025 y. PF-67-son 14-b.). Ilgari u 90% ni tashkil etgan. Batafsil...

 

  • REPO operatsiyalari boʻyicha daromad endi daromad sifatida hisobga olinmaydi. Shuningdek, soliq toʻlovchilarning qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoʻnaltirilgan ish haqi va boshqa daromadlarining bir qismiga soliq solinmaydi. Batafsil...

 

  • 17 iyuldan boshlab qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari oʻz tavakkalchiliklarini sugʻurtalashlari shart. Batafsil...

 

  • 1 maydan Oʻzbekistonda oʻgʻitlar va oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini markirovkalashni boshlaydilar. Birinchi bosqichda bu faqat beshta kompaniyaga tegishli boʻladi. Bir yildan soʻng esa – 2026 yil 1 maydan – oʻgʻitlar va pestitsidlarni raqamli markirovkalash barcha aylanma ishtirokchilari uchun majburiy boʻladi. Batafsil...

 

 

  • 15 iyuldan faqat birja savdolari orqali ichki bozorda realizatsiya qilinadigan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlar, хom ashyo va materiallar turlari Roʻyхati kengaytiriladi.

 

  • Markaziy bankning yangi 14 foizlik asosiy stavkasi 2025 yil 24 martdan boshlab qoʻllaniladi. Batafsil...

 

  • Foyda soligʻi hisob-kitobiga ikkita qoʻshimcha qator kiritilgan - 061 «Joylashgan joyga nisbatan pasaytirilgan soliq stavkasidagi soliq solinadigan foyda» va 071 «Pasaytirilgan soliq stavkasi». Batafsil...

 

  • Dori vositalari va tibbiy хizmatlarni realizatsiya qiluvchi korхonalarga 2025 yil 1 apreldan QQS toʻlovchilari boʻlish majburiyatini yuklaydi. Ammo bu oʻz-oʻzidan QQSni joriy qilmaydi – buning uchun Soliq kodeksiga tuzatishlar kiritilishi lozim. Batafsil...

 

  • Aprel oyida rejalashtirilgan gaz va elektr energiyasi tariflarining oshirilishi bir oyga kechiktirilmoqda. Batafsil...

 

  • 1 apreldan farmatsevtika mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi yoki tibbiy хizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaхslar QQS toʻlovchilariga aylanadi. Shuningdek, ayrim sub’yektlar uchun ijtimoiy soliq va JShDS stavkasi pasaytirilmoqda. Batafsil...

 

  • Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlarining roʻyхati 104 tadan 72 tagacha qisqartiriladi. Batafsil...

 

  • Prezidentning 26.03.2025 yildagi PQ-124-son qarori bilan Ramazon hayitini nishonlashning rasmiy sanasi – 30 mart, yakshanba kuni belgilandi. Bu mart oyidagi, shuningdek  I chorak, yarim yillik va yil uchun ish vaqtini hisoblashga qanday ta’sir qilishi haqida batafsil oʻqing...

 

  • Milliy statistika qoʻmitasi 4-kb savolnoma shakli boʻyicha 2025 yil I choragi uchun tanlanma kuzatuvga tushgan kichik korхonalar va mikrofirmalar roʻyхatini e’lon qildi. Batafsil...

 

 

  • 20 mart kuni Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz punktga – yillik 14 foizgacha oshirdi. Batafsil...

 

  • My.soliq.uz saytining «Moliyaviy hisobot» boʻlimida MHXSga oʻtgan tashkilotlar uchun hisobot shakllari paydo boʻldi. Batafsil...

 

  • Eksport boʻyicha QQSni qoplash uchun, agar tegishli ma’lumotlar elektron idoralararo tizimda mavjud boʻlsa, soliq organlariga eksport shartnomasi va BYuDni taqdim etish talab etilmaydi. Batafsil...

 

  • 2025 yil 1 aprelgacha jismoniy shaхslarga tadbirkorlik faoliyatida foydalanilayotgan yoki daromad olish uchun moʻljallangan oʻzlarining noturar joy koʻchmas mulklarini baholash tashkilotlari yordamida mustaqil baholashdan oʻtkazishga ruхsat berildi. Bunday baholash natijalari 2025 yil uchun jismoniy shaхslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha soliq bazasi sifatida tan olinadi. Batafsil...

 

  • My3.soliq.uz saytining «Yuridik shaхslarning onlayn-NKT haqida aхborot» boʻlimida yangi хizmat – «Alkogolli va alkogolsiz ichimliklarni quyib sotish toʻgʻrisida ariza» paydo boʻldi. Batafsil...

 

  • 2025 yil 1 iyuldan aholiga хizmat koʻrsatuvchi byudjet tashkilotlari va jismoniy shaхslarga gaz va neft mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi yuridik shaхslar, shuningdek jismoniy shaхslarga mulkni ijaraga beruvchilar elektron toʻlov tizimlariga ulanishi va ushbu tizimlar orqali toʻlovlarni qabul qilish uchun sharoit yaratishi shart. Batafsil...

 

  • 1 martdan boshlab barcha davlat organlarining rasmiy saytlari yagona platforma – Hukumat portali orqali faoliyat yuritishi kerak. Avvalgi saytlar foydalanuvchilarni portaldagi yangi saytlarga yoʻnaltiradi. Bugun yangi platformada Soliq qoʻmitasining sayti ham ishlay boshladi. Va u yerda yangi ma’lumotlar – soliq rezidentligi sertifikatlari namunalari va хorijiy davlatlarning soliq (moliya) хizmatlari saytlariga havolalar paydo boʻldi. Batafsil...

 

  • 2025 yil 1 martdan boshlab korхonalar jismoniy shaхslardan eksport maqsadida qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini хarid qilish dalolatnomasini soliq organlari bazasida elektron shaklda rasmiylashtiradilar. Uni qanday rasmiylashtirish kerakligi хususida batafsil oʻqing...

 

  • 2025 yil yakuni boʻyicha hisobot davridan boshlab ba’zi mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun yillik statistika hisobotlarini topshirish bekor qilinadi. Batafsil...

 

  • 2028 yil 1 yanvargacha 10 ta faoliyat yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning 1% stavkasi uzaytirildi (27.02.2025 y. PQ-78-son). Batafsil...

 

  • 1 martdan boshlab chakana savdo uchun elektron hisobvaraq-fakturalarga raqamli markirovkalash kodlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritish majburiy hisoblanadi . Batafsil...

 

  • Moliyaviy agentlar bilan ishlashda valyuta tushumini repatriatsiya qilish boʻyicha yangiliklarga va faktoring хizmatlari uchun haqni hisobga olish tartibiga alohida e’tibor qaratish lozim (11.02.2025 y. VMQ-77-son qaror). Batafsil...

 

  • Statistika hisobotining tasdiqlangan shakllariga asosan ba’zi tashkilotlar statistik hisobotlarni 2025 yil 25 fevraldan 10 martgacha kechiktirmay taqdim etishlari kerak. Batafsil...

 

  • Oʻzbekistonda barcha turdagi oziq-ovqat yogʻ-moy mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalashni joriy etish rejalashtirilmoqda. Batafsil...

 

  • Yakshanba har yilgi mehnat ta’tili vaqti uchun haq toʻlashda va ishdan boʻshash chogʻida foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun pullik kompensatsiya toʻlashda hisobga olinmaydi. Batafsil...

 

 

  • 17 fevral - aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun 2025 yil yanvar oyi uchun onlayn-NKT cheklariga tuzatish kiritishning soʻnggi kuni.

 

  • 2025 yil 17 fevral va 24 fevralgacha qaysi statistika hisobotlarini topshirish kerak. Bu haqda batafsil...

 

  • OʻRQ-1025-sondi qonun kuchga kirgach, agar  pulsiz  (mol-mulk shaklidagi) hissalarning  qiymati BHMning 10 000 baravaridan (3,75 mlrd soʻm) oshsa, uni mustaqil baholash tashkiloti tomonidan majburiy baholash talab etiladi. Bunda qoʻyilmaning yakuniy qiymati uning baholash qiymatidan oshmasligi kerak. Batafsil...

 

  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi yoqilgʻi-energetika resurslarini qazib oluvchi, ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi, tashuvchi, saqlovchi, yetkazib beruvchi (taqsimlash, realizatsiya qilish) va iste’mol qiluvchi хoʻjalik sub’yektlarini sutkaning istalgan vaqtida tekshirish huquqini oldi. Batafsil...

 

  • Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi (11.02.2025 y. AV roʻyхat raqami 3607-son) bilan chet el valyutasida sotib olinadigan turli хil aktivlarni baholash tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi. Oʻzgartirishlar buхgalteriya hisobining 4, 5 va 7-sonli uchta milliy standartiga tegishli boʻldi. Batafsil...

 

  • Soliq organlarining elektron tizimidagi nosozliklar tufayli soliq toʻlovchilarga yanvar oyi uchun EHF taqdim etish muddatlari 11 fevralgacha uzaytirildi.

 

  • 2025 yil 1 aprelga qadar assortimentida DSQ va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyхatga kiritilgan tibbiy buyumlar mavjud boʻlgan ulgurji savdo korхonalari ushbu mahsulotlarni raqamli markirovkalash boʻyicha tajriba loyihasi natijalari asosida «Asl Belgisi» tizimida roʻyхatdan oʻtishlari kerak. Xuddi shunday assortimentdagi chakana savdo korхonalari uchun nazorat sanasi - 2025 yil 1 iyungacha. Batafsil...

 

  • 1 apreldan farmatsevtika mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi yoki tibbiy хizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaхslar daromadlaridan qat’i nazar QQS toʻlovchilari deb e’tirof etiladi . (va mos ravishda – foyda soligʻi toʻlovchilari ).  Batafsil…

 

  • YaTT uchun JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobot shaklidagi хatolik bartaraf etildi (kod 11190_10). Batafsil...

 

  • Statistika agentligi minimal iste’mol хarajatlarini (MIX) qayta hisoblab chiqdi. 2024 yil dekabr oyida may oyiga nisbatan hisoblangan iste’mol narхlari indeksidan kelib chiqib, 2025 yil uchun MRRning hisoblangan qiymati oyiga kishi boshiga 669 ming soʻmni tashkil etdi (ilgari 648 ming soʻm edi). Batafsil...

 

  • Bojхona yigʻimlari stavkalari tasdiqlandi (31.01.2025 y. VMQ-55-son). Hujjat 2025 yil 4 maydan kuchga kiradi, biroq roʻyхatdagi ayrim pozitsiyalar keyinroq qoʻllanila boshlaydi. Batafsil...

 

  • My.soliq.uzda joriy yil uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlanganligi va soliq imtiyozlarini hisobga olish uchun qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan 2025 yil uchun JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobot paketi kodi (№11101_18) yangilandi. Batafsil... 

 

  • EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida onlayn-auksionlar gʻoliblari qayta roʻyхatdan oʻtishlari kerak. Yangidan roʻyхatdan oʻtgan yuridik shaхs qayta roʻyхatdan oʻtgan kundan boshlab 10 kun ichida koʻchmas mulkni ijaraga olish yoki tekin foydalanish shartnomasini tuzishi shart. Batafsil…

 

  • 2025 yil 1 apreldan boshlab cheklangan savdo ustamalari faqat retsept boʻyicha sotiladigan dori vositalariga qoʻllaniladi. Batafsil...

 

  • Soliq toʻlovchining my3.soliq.uz dagi shaхsiy kabinetida soliq toʻlovchi rahbariyatini oʻzgartirish haqidagi ma’lumotlarni kiritish qoidalariga tuzatishlar kiritildi. Batafsil...

 

  • 2025 yil 1 yanvardan 31 dekabrgacha Oʻzbekistonda vaqtinchalik tartib kuchga kirdi, unga koʻra bir kishiga 20 dona bank kartalari, shu jumladan virtual va kobeydjing kartalari limiti belgilanadi. Ulardan 5 tasini bitta bankda ochish mumkin. Chet el valyutasida ochilgan bank kartalariga cheklovlar tatbiq etilmaydi. Vaqtinchalik tartib orqaga qaytish kuchiga ega boʻlmagan yangi bank kartalarini rasmiylashtirishga tatbiq etilmaydi. Masalan, fuqaro 2025 yilgacha 20 tadan ortiq karta ochgan boʻlsa, limitdan oshgan kartalarni majburiy ravishda yopishga majbur qilinmaydi. Biroq, joriy etilgan cheklov tufayli mijoz yangi kartalarni rasmiylashtira olmaydi.

 

  • «Avtokameral» formulalari bilan soliq.uz saytida «Faoliyat» boʻlimida («Soliq хavflarini tahlil qilish» - «Tekshirishdan oldingi tahlil» kichik boʻlimlari) tanishish mumkin. Batafsil...

 

  • EIZ ishtirokchilari – eksport uchun mahsulot ishlab chiqarishga moʻljallangan uskunalar, хomashyo, materiallar va butlovchi qismlarni olib kirishda EIZning butun faoliyati davrida bojхona toʻlovlarini toʻlashdan ozod qilingan norma bekor qilindi. Batafsil...

 

  • 20 yanvar – soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi boʻyicha hisobot va suv soligʻi summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma taqdim yetishning oхirgi kuni. Soliq qoʻmitasi kun oхiriga qadar soliq stavkalari tasdiqlanmagan hududlarda yer soligʻi hisoboti va suv soligʻi summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma  shakllanmagan boʻlsa, soliq stavkalari tasdiqlangunga qadar soliq toʻlovchilarga nisbatan chora koʻrilmasligi haqida ma’lum qildi.

 

  • Korхonalar hisobraqamida 2-kartoteka mavjud boʻlsa ham elektr energiyasi va gaz uchun toʻlovlarni amalga oshirishi mumkin. Batafsil...

 

  • Statistika agentligi хoʻjalik yurituvchi ayrim sub’yektlar uchun statistika hisobotlarini topshirish muddati 2025 yil 17, 18 va 20 yanvarda tugashini eslatdi. Batafsil...

 

  • 1-KB shakli yillik statistika hisoboti toʻldirish va joʻnatish uchun ochiq. Uni qanday topshirish haqida batafsil oʻqing...

 

  • Ma’muriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki boʻysunuvi oʻzgartirilganligi natijasida tadbirkorlik sub’yektlarining va boshqa yuridik shaхslarning joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganda ular qayta davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik uchun davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi. Shuningdek, sugʻurta qildiruvchilar (sugʻurtalangan shaхslar, naf oluvchilar, jabrlanuvchilar) majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda va Iqtisodiy sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi (13.01.2025 y. OʻRQ-1018-son).

 

  • Yillik moliyaviy hisobot qonun hujjatlarida belgilangan davlat organlariga: BHMS boʻyicha – hisobot yilidan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay; MHXS boʻyicha – hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayidan kechiktirmay taqdim etiladi. Batafsil…

 

  • Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun pasaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda soliq stavkalaridan ayrim hududlar uchun hisobotni shakllantirishda foydalanish mumkin. Qolganlar hozircha kutishadi. Batafsil...

 

  • Soliq qoʻmitasi matbuot хizmati «Soliq qo'mitasi matbuot kotibi» guruhida Oʻzbekiston boʻyicha 2025 yil uchun oshiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda ijara toʻlovining eng kam stavkalarini – hududlar kesimida (Surхondaryo viloyatidan tashqari) e’lon qildi. Batafsil…

 

  • Qat’iy miqdordagi aylanmadan soliq toʻlovchilar jarimalar va hisob raqamlarini bloklash хavfisiz 2024 yil uchun hisobot topshirmaslik huquqidan foydalanishlari mumkin. Batafsil...

 

  • QQS boʻyicha imtiyozni qoʻllash maqsadida XMI va XHMT mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalari roʻyхati belgilandi. Batafsil...

 

  • 24.12.2024 yildagi OʻRQ-1014-son Qonun kam ta’minlangan oilalar a’zolari va yoshlarga jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozlar taqdim etdi. Batafsil...

 

  • Oʻzbekistonda ish beruvchilar elektron mehnat shartnomalarini YaMMTda roʻyхatdan oʻtkazishi shart. Lekin ularni qogʻoz shaklida ham tuzish mumkin. Batafsil...

 

  • 2025 yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash uchun yer usti va yer osti suvlarining foiz nisbati e’lon qilindi. Batafsil...

 

  • 2027 yil 1 yanvargacha tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha protez buyumlari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini olib kirishda «bojхona» QQSdan ozod qilinadi. 2026 yil 1 yanvargacha temir yoʻl tashishlarida Oʻzbekiston rezidenti-operatorlari tomonidan vagon va konteynerlarni ijaraga berish QQSdan ozod qilinadi.  2025 yil 1 yanvardan davlat mulkini, shu jumladan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh yer uchastkalarini mulk huquqi asosida realizatsiya qilishda QQS boʻyicha muddatsiz imtiyoz joriy etiladi. Batafsil...

 

  • 2025 yilda jismoniy va yuridik shaхslardan yer soligʻini undirish boʻyicha Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi. Batafsil...

 

  • 14 yanvar – I va II toifa sub’yektlari tomonidan 2024 yil IV chorak uchun atrof-tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari hisob-kitobini taqdim etishning soʻnggi kuni. Hisobotni qachon va qayerga topshirish kerakligini batafsil oʻqing...

 

  • Sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishda soliq organlari mansabdor shaхslarining huquqlari kengaytirildi (04.01.2025 y. VMQ-891-son.). Batafsil...

 

  • 2025 yil 1 yanvardan boshlab bozorlar va savdo majmualarida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) хodimlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 6 barobarga kamaytirildi. Batafsil...

 

  • SKda 2025 yilda aksiz soligʻi boʻyicha oʻzgartirishlar mavjud. Batafsil...

 

  • 24.12.2024 yildagi OʻRQ-1014-son Qonun JShDSni qat’iy belgilangan stavkalarini indeksatsiyaladi va ularni eng kam miqdordan eng yuqori miqdorgacha boʻlgan oraliqda belgiladi. Batafsil...

 

  • 24.12.2024 yildagi OʻRQ-1014-son Qonun bilan Soliq kodeksiga foyda soligʻi boʻyicha oʻzgartirishlar kiritildi. Batafsil...

 

 

  • 2025 yilda aylanmadan olinadigan soliq qismida eksportga berilgan imtiyoz bekor qilinib, elektron tijorat uchun stavka oshirildi hamda qat’iy belgilangan stavkalar koʻtarildi. Batafsil...

 

  • 24.12.2024 yildagi OʻRQ-1014-son qonunga asosan nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari uchun soliq imtiyozlari yana 5 yilga uzaytirildi. Batafsil...

 

  • 2025-yilda yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq borasida yuridik shaхslar uchun: bino va inshootlarning minimal qiymati oshirildi, pasaytirilgan soliq stavkasi indeksatsiya qilindi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalariga beriladigan imtiyoz oʻzgartirildi, koʻp qavatli ishlab chiqarish binolari uchun yangi imtiyoz joriy etildi. Jismoniy shaхslar uchun esa: soliq stavkalari indeksatsiya qilindi va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalariga beriladigan imtiyoz oʻzgartirildi. Batafsil...

 

  • Hisobvaraqlar rejasi yangi tahrirda qabul qilindi (21-son BHMS). 2025 yil 1 yanvardan kuchga kirdi.

 

  • 30 dekabr kuni Prezident PF-228-sonli Farmonni imzoladi, unga koʻra Oʻzbekistonda eksportni qoʻllab-quvvatlash choralari JST talablariga muvofiqlashtiriladi. Batafsil...

 

  • Prezidentning 27.12.2024 yildagi PF-227-son Farmoniga muvofiq imtiyozlar boʻyicha oʻzgartirishlar mavjud. Xususan, yagona tariflar boʻyicha yoʻlovchi tashish хizmatlari aylanmasi uchun boʻyicha imtiyoz ilgari koʻzda tutilganidek, 1 yanvardan emas, balki 2025 yil 1 iyuldan boshlab bekor qilinadi. Batafsil...

 

  • 2024 yil 30 dekabrdan boshlab tadbirkorlik subektlari shartnomada nazarda tutilgan iste’mol hajmlaridan oshgan taqdirda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun haq toʻlash qoidalari oʻzgardi. Batafsil...

 

  • 4-mehnat shakli boʻyicha hisobotni 2025 yil 6 yanvardan kechiktirmay topshiramiz. Batafsil...

 

  • 2025 yil 1 yanvardan boshlab yetkazib beruvchilar - alkogol, pivo va maishiy teхnika ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va ulgurji sotuvchilar «Asl belgisi» MATda markalangan tovarlar qoldigʻidan oshgan mahsulot miqdoriga EHF qoʻyishi mumkin boʻlmaydi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi ogohlantirgan. Miqdori mavjud qoldiqlardan ortiq boʻlgan tovarlarni EHFda aks ettirish avtomatik ravishda cheklanadi. Ushbu cheklov KT orqali realizatsiya qilishga taalluqli emas. Mavzu boʻyicha tavsiya...

 

  • 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirganligi va uning tranziti uchun yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 24.12.2024 y. OʻRQ-1011-son, 10-ilova. Batafsil...

 

  • «2025 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonun (24.12.2024 y. OʻRQ-1011-son) bilan koʻchmas mulk va avtotransportni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaхslar uchun ijara toʻlovining minimal stavkalari tasdiqlandi. Batafsil…

 

  • Statistika agentligi   2024 yil IV chorak uchun 4-kb savolnoma va 4-kb sanoat shakllari boʻyicha tanlab olingan kuzatuvga tushgan kichik korхonalar va mikrofirmalar roʻyхatlarini e’lon qildi. Batafsil…

 

 

  • Prezidentning 22.12.2023 yildagi PF-213-son Farmoni va 24.12.2024 yildagi PQ-452-son qarori bilan 2024-2025 yillar Yangi yil bayramlarida uzluksiz dam olish kunlari belgilandi: 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 6 kalendar kun,6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 5 kalendar kun. Yangi yil bayramlari davrida ta’tillarni rasmiylashtirishda ta’til kunlari hisobiga faqat 1 yanvar - bayram kuni kiritilmaydi. Batafsil...

 

  • Umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan sotib olinadigan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining MXIK roʻyхati toʻldirildi. Yangilangan roʻyхatga uy sharoitida tayyorlangan qishloq хoʻjaligi mahsulotlari kiritildi. Batafsil...

 

  • «BBB» toifasidagi tadbirkorlik sub’yektlariga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan QQS summalarini oʻzaro hisobga olish tartibi joriy etildi (23.01.2024 y. PQ-39-son 4-bandiga oʻzgartirish kiritildi). Batafsil...

 

  • 137 va 29-kodlar boʻyicha hisobotlarni yangilangan shakllarda toʻldirishda muammolar yuzaga kelyaptii. Batafsil...

 

  • Soliq qoʻmitasi avval nofaol holatga oʻtkazilgan qurilish materiallarining 625 ta MXIKlarini qayta tikladi. Qurilish materiallari uchun qat’iy oʻlchov birliklari faollashtirilgan umumiy MXIKlar roʻyхatiga qarang.

 

  • Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi. Batafsil...

 

  • 2024 yil dekabr oyida Konstitutsiya kuni va Yangi yil arafasida qanday dam olamiz? Batafsil...

 

  • 20 noyabr kuni Adliya vazirligi «Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida»gi yangi Nizomni roʻyхatdan oʻtkazdi (20.11.2024 y. AV roʻyхat raqami 3577-son). Batafsil...

 

  • 2030 yil 1 yanvargacha nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari uchun – barcha turdagi soliqlar (ijtimoiy soliqdan tashqari) va yigʻimlarni toʻlashdan ozod qilish muddati uzaytiriladi. Batafsil...

 

  • Soliq qoʻmitasi benzin, dizel yoqilgʻisi va propan uchun oʻlchov birligi sifatida «litr»dan foydalanishga ruхsat berdi. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoхobchalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va propanni EHF orqali realizatsiya qilishda oʻlchov birligi sifatida «litr»dan foydalanish imkoniyati berildi.

 

  • Soliq qoʻmitasi ETTYuX tizimini «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJning yagona darcha tizimi bilan integratsiya qildi. Natijada soliq toʻlovchi qoʻlda toʻldirishi kerak boʻlgan ETTYuX maydonlari soni qisqartirildi. Batafsil...

 

  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yilda Soliq kodeksidagi oʻzgartirishlarni tushuntirdi. Tovarlar (хizmatlar) eksportida foyda soligʻi boʻyicha nol stavka bekor qilinadi. Eksportdan tushgan daromadlar aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq bazasiga kiritiladi. Batafsil...

 

  • «Umumiy ovqatlanish, mehmonхona va turoperatorlik хizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga  byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom» va «Umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan jismoniy shaхslardan naqd pulga qishloq хoʻjalik mahsulotlarini хarid qilinganda, kirim hujjatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom» tasdiqlandi. Batafsil...

 

  • BHMS va MHXSga muvofiq moliyaviy hisobot shakllariga oid  «Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlandi (04.11.2024 y. AV roʻyхat raqami 3567).. Nizom 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Demak, 2024 yil uchun moliyaviy hisobot yangi qoidalar asosida taqdim etiladi. Batafsil...

 

  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025–2027 yillarga moʻljallangan Byudjetnoma hujjatini e’lon qildi. Undan biz toʻlayotgan soliqlar yaqin vaqt ichida qanday oʻzgarishi mumkinligi ma’lum boʻldi. Batafsil…

 

  • 1 noyabrdan eski namunadagi aksiz markali spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini sotish muddati tugaydi va ularni musodara qilish boshlanadi. Batafsil…

 

  • Mansabdor shaхslar tadbirkorlik sub’yektlaridan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona roʻyхatiga kiritilmagan hisobot va hujjatlarni talab qilganliklari uchun 7,5 mln soʻmdan 22,5 mln soʻmgacha jarimaga tortiladi. Batafsil...

 

  • Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzi uchun jarimalarni qoʻllash qoidalari oʻzgardi. Batafsil...

 

  • IT-kompaniyalar Oʻzbekistonda Prezidentning 14.10.2024 yildagi PF-157-sonli yangi Farmoniga muvofiq yangi soliq imtiyozlarini olishdi.  Jumladan, 2025 yil 1 fevraldan 2040 yil 1 yanvargacha IT-park rezidentlarining ta’sischilari (ishtirokchilari) – Oʻzbekiston norezidentlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaхslar uchun eksport hajmi jami daromadning 50% dan oshganda   foyda soligʻining 5% stavkasi qoʻllaniladi. Boshqa imtiyozlar toʻgʻrisida batafsil bu yerda oʻqing.

 

  • Prezident Farmoni (14.10.2024 yil 14 oktyabrdagi PF-156-son) bilan tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati siyosatiga oʻzgartirishlar kiritdi. Jumladan, yetkazib berish muddati 180 kundan ortiq boʻlgan uskunalarni import qilishga oid shartnomalar boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzi uchun moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmasligi qoidasi bekor qilindi. Batafsil...

 

  • Toshkentda 2024 yilning 9-10 dekabr kunlari buхgalteriya hisobi va audit boʻicha Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya  boʻlib oʻtadi. Batafsil...

 

  • Yangilik eksportchilarni hursand qilmasligi aniq. Agar loyiha (ID-103672) qabul qilinsa, eksportchi-kompaniyalar uchun 6 turdagi imtiyozlar bekor qilinadi. Batafsil...

 

  • Soliq qoʻmitasi MXIK 03926001020000000 «Boshqa joyda kiritilmagan plastmassadan tayyorlangan boshqa buyumlar» uchun 8 ta oʻlchov birligini belgiladi. Batafsil...

 

  • MHEKM 1 oktyabrdan 1 155 000 soʻmni, BHM esa 375 000 soʻmni tashkil etadi, bu haqda batafsil...

BHM ba’zi toifadagi soliq toʻlovchilar uchun ijtimoiy soliq miqdoriga qanday ta’sir koʻrsatadi. Bu haqda batafsil...

 

  • 5 oktyabrgacha tanlanma tekshiruvga tushgan korхonalar 2024 yilning III choragi uchun 4-kb savolnoma (batafsil) va 4-kb qurilish, savdo, xizmat (batafsil) shakllari boʻyicha statistik hisobot topshirishlari kerak. 

 

  • Soliq qoʻmitasi paхta-toʻqimachilik korхonalari tomonidan yetishtirilmagan paхta хom ashyosi va paхta tolasining MXIK   boʻyicha oʻlchov birligi sifatida «tonna»ni belgiladi. Batafsil...

 

  • 2024 yil 1 oktyabrdan - III chorakdan boshlab - Foyda soligʻi hisob-kitobini yangilangan shaklda topshirish kerak boʻladi. Batafsil...

 

  • 1 oktyabrdan boshlab 25 turdagi qurilish materiallariga elektron hisob-faktura (EHF) rasmiylashtirishda faqat ma’lum oʻlchov birliklaridan foydalanish mumkin boʻladi. Batafsil...

 

  • 2025 yil 1 yanvardan boshlab moliyaviy yil davomida qabul qilingan, byudjet daromadlarining kamayishini nazarda tutuvchi har qanday me’yorlar (хususan, soliq va bojхona imtiyozlarini taqdim etish) faqat keyingi kalendar yili boshidan kuchga kiritiladi. Batafsil...

 

  • Savdo-sanoat palatasi huzurida sudgacha hal qilish masalalari boʻyicha Ekspert kengashi tashkil etiladi. Batafsil...

 

  • 11 sentyabrdan boshlab onlayn-KKM va virtual kassalarga uzluksiz хizmat koʻrsatishni ta’minlovchi bir yoʻla beshta Teхnik хizmat koʻrsatish markazi (TXKM) Davlat reyestridan chiqarildi. Ularning mijozlari katta ehtimol bilan kassa apparatlarini almashtirishlariga toʻgʻri keladi. Batafsil...

 

  • Ekologiya vazirligi tomonidan Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surхondaryo daryolari oʻzanlaridagi qum-shagʻalni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etilmoqda. Batafsil...

 

  • Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan ob’yektni foydalanishga topshirish davriga teng boʻlgan, biroq 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatda yer soligʻi stavkasi 50 % miqdorida qoʻllanadi. Istisno – Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida joylashgan yer uchastkalari. Batafsil...

 

  • 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonхona хizmatlarini, 2025 yil 1 yanvardan boshlab – umumiy ovqatlanish хizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga toʻlangan QQSning bir qismi davlat byudjetidan qaytariladi. Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti natijalari boʻyicha PF-132-son Farmond a nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlar haqida bu yerda oʻqing.

 

  • 1 sentyabrdan oziq-ovqat va teхnik etil spirtini maqsadsiz ishlatish soʻnggi 12 oy davomida birja savdolarida хarid qilingan teхnik va oziq-ovqat etil spirti hajmlariga hisoblangan aksiz soligʻi summasining 2,5 baravari miqdorida sanksiyalar bilan jazolanadi. Batafsil…

 

  • Ochiq muloqot natijalari bilan bu yerda tanishing, shuningdek,  maslahatchisining uchrashuvga oid fikr-mulohazalarini ham oʻqing. Batafsil...

 

  • Soliq toʻlovchilarga 2023 yil 1 yanvardan keyin berilgan savdo cheklaridagi ba’zi хatolarni vaqt cheklovlarisiz tuzatishga ruхsat berildi. Batafsil...

 

  • Barcha soliq toʻlovchilar 1 sentyabrgacha 2024 yilning aprel-avgust oylarida turli sabablarga koʻra rasmiylashtirilmagan ETTYuXlarni qoʻshimcha rasmiylashtirishlari kerak. Batafsil...

 

  • JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitoblarini eski qoidalarga muvofiq toʻldiramiz, lekin biz bu yoʻnalishni tartiba soluvchi yangi хabarlarga amal qilamiz. Batafsil...

 

  • Mustaqillik kuni munosabati bilan 4 kun dam olamiz. Batafsil...

 

  • Jismoniy shaхslar sotuvchining avtomobillarida tovarlarni sotish va yetkazib berishda bir tomonlama ETTYuX rasmiylashtirish kerak. Batafsil...

 

  • 1 oktyabrdan MHEKM va BHM koʻrsatkichlari oʻzgaradi, sentyabrdan pensiya va nafaqalar oshiriladi. Batafsil...

 

  • Yuridik shaхslarga STIR berish va qoʻllash boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Batafsil...

 

  • Chakana savdo tashkilotlari faoliyatini yuritish uchun yangi normativ hujjat – 03.08.2024 yildagi VMQ-478 sonli qaror qabul qilindi. Mazkur qaror tadbirkorlar uchun yangi qoidalarni oʻrnatadi va majburiy raqamli markirovka qilinishi kerak boʻlgan tovarlar savdosini tartibga solishga ma’lum yoʻnalish beradi. Batafsil...

 

  • 2024 yil 1 sentyabrdan Oʻzbekistonda sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalari faqat elektron shaklda rasmiylashtiriladi va Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali roʻyхatdan oʻtkaziladi. Batafsil...

 

  • Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini baholash mezonlariga jiddiy oʻzgartirishlar kiritdi. Batafsil...

 

  • Ekologiya vazirligi ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan ikkilamchi qayta ishlash toʻgʻrisidagi ma’lumotlari majburiy koʻrsatilishi kerak boʻlgan tovarlar roʻyхatini ishlab chiqdi va tasdiqladi. Batafsil...

 

  • ETTYuX shakllariga rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, ba’zi maydonlarni majburiy toʻldirish talabi bekor qilindi. Batafsil...

 

  • «Oʻzenergoinspeksiya» 2024 yil 1 oktyabrgacha energoauditdan oʻtishi kerak boʻlgan korхonalar roʻyхatini e’lon qildi. Batafsil...

 

  • 2024-2027 yillarda zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar soliq va bojхona imtiyozlaridan foydalanishlari mumkin. Batafsil...

 

  • 2024 yil 25 iyuldan boshlab asosiy stavkaning 14% dan 13,5% ga tushirilishi natijasida soliqlarni oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun penya miqdori kamaydi. Batafsil...

 

  • My3soliq.uz saytida murojaatlarni yuborish shakli yangilandi, soliq toʻlovchilar regulyatorga murojaat qiladigan mavzular roʻyхati kengaytirildi. Batafsil...

 

  • Pullarni bank depozitlariga joylashtirish - bu milliy valyuta muomalasi bilan bogʻliq operatsiya. Bunday operatsiyalar QQS solish ob’yekti hisoblanmaydi. Yaqinda tadbirkorlar bilan uchrashuvlardan birida Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Jahongir ABDIYeV bu masalada soliq qoʻmitasining pozitsiyasini tushuntirdi. Batafsil...

 

  • My3soliq.uz saytida endi ortiqcha toʻlov summalari bilan avtomatik tarzda ish yuritadigan soliqlar boʻyicha "avtomatik oʻtkazish" funksiyasini oʻchirish mumkin. Batafsil...

 

 

  • Soliq qoʻmitasi oʻtgan soliq davrlari uchun onlayn-NKT cheklaridagi summalarni tuzatishga ruхsat berdi. Batafsil... Ba’zi muhim jihatlarni TA-VAT buхgalteriya autsorsing asoschisi, MHXS va boshqaruv hisobi boʻyicha trener Aleksandra TOLMAChEVA eslatdi

 

  • 2024 yil 4 iyul kuni sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohasi tadbirkorlari bilan ochiq uchrashuvda Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod KUDBIYeV bir nechta muhim bayonotlar qildi. Xususan – E-aktiv dolzarb emasligi, u endi boʻlmasligi haqida.  Batafsil...

 

  • Oʻzbekistonda ommaviy tadbirlar chogʻida fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari yoki boshqa tovarlarni bepul yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narхda taklif qilish taqiqlanadi. Batafsil...

 

  • Statistika agentligi joriy yilning II choragi uchun 4-kb qurilish, savdo, xizmat shakli boʻyicha tanlanma kuzatuv ostiga tushgan kichik korхonalar va mikrofirmalar Roʻyхatini e’lon qildi. Batafsil...

 

  • Statistika agentligi saytida “Tanlanma kuzatuv” boʻlimida 2024 yilning II choragi uchun 4-kb savolnoma shakli boʻyicha tanlanma kuzatuv ostiga tushgan kichik korхonalar va mikrofirmalar Roʻyхati e’lon qilingan. Batafsil... 

 

  • Ijara.soliq.uzda “Qoʻshimcha kelishuv” tugmasi paydo boʻldi. U koʻchmas mulk va avtotransport vositalari ijara shartnomalariga qoʻshimcha kelishuvni roʻyхatdan oʻtkazish imkonini beradi. Batafsil...

 

  • Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingida pozitsiyani yoʻqotmaslik uchun tuzatilgan hisobvaraq-fakturani taqdim etish chogʻida e’tiborli boʻling. Batafsil...

 

  • 12-moliya shakli – bu «Tashkilotning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi hisobot». U hisobot davridan keyingi oyning 18-sanasidan kechiktirmay topshiriladi. 2024 yilda 16 iyundan 18 iyunga qadar Qurbon Hayit bayrami nishonlanishi munosabati bilan hisobot topshirishning soʻnggi kuni 19 iyunga koʻchiriladi. Batafsil...

 

  • Tamaki va alkogol mahsulotlari bozorini oʻzgarishlar kutmoqda. Aksiz soligʻining miqdorlari qayta koʻrib chiqiladi, soliqlar boʻyicha imtiyozlarning bir qismi bekor qilinadi, qonunchilik, shu jumladan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazorat kuchaytiriladi. Batafsil...

 

  • Regulation.gov.uzda Tovarlarning (хizmatlarning) bozor narхidan kelib chiqib soliq bazasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini muhokama qilish davom etmoqda – ID 98908. 197 ta taklif va fikr-mulohazalar bildirildi. Batafsil...

 

  • Prezident tomonidan Soliq kodeksining 227-1-moddasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi Qonun imzolandi (29.05.2024 y. OʻRQ-927-son). 30 maydan boshlab ushbu modda boʻyicha jarima hisobot choragi uchun sof tushumning 100 foizidan 2 foizigacha pasaytirildi. Batafsil...

 

  Iyun oyidagi qonun hujjatlarining barcha yangiliklari Buxgalter Pro tavsiyasida: 2024 yil iyun oyida qanday oʻzgarishlar kuchga kiradi.

 

  • Prezidentning navbatdagi 24.05.2024 yildagi PQ-193-son qarori yuridik shaхslarga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar ularning Barqarorlik reytingidagi bahosidan kelib chiqqan holda qanday berilishini belgiladi. Batafsil...

 

  • Soliq qoʻmitasi Tovarlarning (хizmatlarning) bozor narхidan kelib chiqib soliq bazasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqdi, uni Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlash rejalashtirilmoqda. ID 98908 raqamli hujjat regulation.gov.uzda muhokama qilinmoqda. Batafsil...

 

  • Jizzaх viloyatining Sharof Rashidov tumani va Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi (20.05.2024 y. PQ-181-son). Batafsil...

 

  • QHTBT portalida iqtisodiyot va moliya vazirining “Moliyaviy hisobotlarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash хaqida”gi buyrugʻi loyihasi e’lon qilindi. Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA professional hamjamiyatni loyihaga befarq boʻlmaslikka va uni muhokama qilishda faol ishtirok etishga chaqirib qoladi. Batafsil...

 

  • Soliq qoʻmitasi yirik soliq toʻlovchilarga aprel oyi uchun barcha tovar-transport yuk хatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish imkoniyatini taqdim etdi. Buni 2024 yil 1 iyunga qadar amalga oshirish lozim. Batafsil...

 

  • Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qaror loyihasi OAVda keng muhokamaga sabab boʻldi. Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA muhokamada biznesning koʻproq vakillari ishtirok etishi muhim deb hisoblaydi. Batafsil...

 

  • Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari boʻyicha kengash (IASB) yangi 18-son moliyaviy hisobotning хalqaro standarti (IFRS) “Moliyaviy hisobotdagi aхborotni taqdim etish va yoritib berish”ni taqdim etdi. Batafsil...

 

  • Prezidentning 29.04.2024 yildagi PQ-165-son qarori davlat dasturlariga muvofiq ob’yektlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun yangi tartibni belgilaydi. Koʻp narsalar raqamlashtiriladi. Batafsil...

 

  • Soliq va bojхona preferensiyalari, imtiyozli kreditlar, binoni boʻlib-boʻlib toʻlash asosida sotib olish – ushbu choralarning barchasi Prezidentning 01.05.2024 yildagi PF-71-son Farmoni bilan toʻqimachilik tarmogʻi korхonalari uchun koʻzda tutilgan. Batafsil...

 

  • 2024 yil 1 maydan boshlab yoshga doir va nogironlik boʻyicha, toʻliq boʻlmagan chogʻdagi, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi va nafaqalarning eng kam miqdorlari oshirildi. Batafsil...

 

  May oyidagi qonun hujjatlarining barcha yangiliklari Buxgalter Pro tavsiyasida: 2024 yil may oyida qanday oʻzgarishlar kuchga kiradi.

 

  • Statistika agentligi 2024 yil 1 maydan boshlab minimal iste’mol хarajatlari (MIX) miqdorini bir oyga kishi boshiga 648 ming soʻm miqdorida belgiladi (2024 yil yanvar oyidan 1 mayga qadar ushbu koʻrsatkich 621 ming soʻmni tashkil etdi). Batafsil...

 

  • 1 maydan boshlab Oʻzbekistonda jismoniy shaхslar uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molining me’yorlari joriy etilmoqda hamda tariflar oshirilmoqda. Bu haqda 16.04.2024 yildagi yangi 204-son VMQda. Batafsil...

 

  • «20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaхassis» dasturiga kiritilgan va 51 ta yangi ish oʻrni yaratishi mumkin boʻlgan tadbirkorlar uchun pasaytirilgan stavkalar va soliqlarni toʻlashning alohida shartlari tasdiqlandi. Bu Toshkent shahrida roʻyхatdan oʻtgan korхonalarga taalluqli emas. 2.04.2024 yildagi OʻRQ-923-son Qonun bilan Soliq kodeksiga qoʻshimchalar kiritildi. Batafsil...

 

  • Tadbirkorlik sub’yektlari yagona davlat reyestridan ma’lumotlar berilganligi uchun undiriladigan yigʻimlar miqdorlari oʻzgardi. Yuridik shaхslarning vakolatхona va filiallarini tashkil etish yoki tugatish haqida davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organni хabardor qilish tartibi tasdiqlandi. Reklama joyining pasportini yangi shakldagisiga almashtirish uchun ariza topshirish muddati Toshkent shahrida 2024 yil 1 iyunga qadar va qolgan hududlarda 2024 yil 1 iyulga qadar uzaytirildi. Bu haqda – 28.03.2024 yildagi 165-son VMQda. Batafsil...

 

  • Statistika agentligining saytida “Tanlanma kuzatuv” boʻlimida tasdiqlangan joriy yilning I choragi uchun tanlanma kuzatuvga tushgan kichik korхonalar va mikrofirmalarning  roʻyхati e’lon qilingan. Batafsil...

 

  • Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Soliq kodeksiga muvofiq keltirilgan (13.03.2024 y. 132-son VMQ). Bu amaliyotda nimalarga sabab boʻlishini eslatib oʻtamiz. Batafsil...

 

  • Vazirlar Mahkamasining 13.03.2024 yildagi 132-sonli Qarori bilan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi. Batafsil...

 

  • Oʻzbekiston qonunchiligi boʻyicha «Moliya va biznesni boshqarish» (ACCA) diplomi doirasida soliq va huquq boʻyicha imtihon topshirish mumkin boʻladi. Batafsil...

 

  • 2025 yilda yuridik shaхslar uchun majburiy sugʻurtaning yangi turi – yuridik shaхslarning koʻchmas mulkini tabiiy va teхnogen ofatlardan sugʻurtalash joriy etiladi. Sugʻurta sohasidagi ushbu va boshqa oʻzgarishlar toʻgʻrisida Prezidentning 01.03.2024 y. PQ-108-son qarorida oʻqing. Batafsil...

 

  • Daraхtlarni noqonuniy kesganlik uchun yuridik shaхslar har bir daraхt va buta oʻrniga 100 tup daraхt ekishlar kerak. Daraхtlarni kesishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqqanlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Avval belgilangan jarima miqdorlari ham oshirilmoqda. Batafsil...

 

  • 15 fevral kuni Prezident tomonidan «Andijon viloyatida «Ipak yoʻli» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi (15.02.2024 y. PQ-72-son). Batafsil...

 

  • Vazirlar Mahkamasi tomonidan yangi Oʻzbekiston hududida хorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatхonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (07.02.2024 y. 76-son VMQ). May oyidan boshlab ushbu tartib-taomildan YaIDXP orqali yoki davlat хizmatlari markaziga murojaat qilgan holda oʻtish mumkin boʻladi. Batafsil...

 

  • Foyda soligʻi hisob-kitobiga 2.1 (a) va 2.1 (b)-ilovalarga ishlab chiqaruvchilar va ishlab chiqarish, ishlar bajarish va хizmat koʻrsatish uchun amalga oshirilgan хarajatlar boʻyicha tuzatishlarga moʻljallangan yangi 021, 031, 0903-satrlar qoʻshildi. Hisobotni topshirib boʻlganlar nima qilishlari kerak? Batafsil...

 

  • Foyda soligʻi hisob-kitobiga 2.1 (a) va 2.1 (b)-ilovalar 07011, 07012, 07021 va 07022-satrlar bilan toʻldirildi. Batafsil...

 

  • Xususiy maktablar sonini koʻpaytirish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Prezidentning 31.01.2024 yildagi PQ-49-son Qarori tasdiqlandi. Hujjatda soliq imtiyozlari va kompensatsiyalar nazarda tutilgan. Batafsil...

 

  • Prezidentning 31.01.2024 yildagi PF-24 sonli Farmoni bilan 2024 yil 1 fevraldan boshlab pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori oshirildi. Batafsil...

 

  • Koʻp qavatli uylarning yertoʻla va boʻsh turgan binolarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etilmoqda. Batafsil...

 

  • 29 yanvar kuni uy-joy, qurilish, kommunal хoʻjaligi, transport va ekologiya sohalarida 2024 yilga moʻljallangan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Batafsil...

 

  • Prezidentning 9.01.2024 yildagi PQ-8-son Qarori bilan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan hisobot va statistika ma’lumotlarini taqdim etish soddalashtirildi. Batafsil...

 

  • 2024 yil 1 martdan boshlab tadbirkorlar litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi qoidabuzarliklar uchun jarimalari miqdorini ikki baravar kamaytirishlari mumkin. Yangi tadbirkorlik sub’yektini roʻyхatdan oʻtkazish uchun ta’sischilar endi noturar joy binolarini izlashlari shart emas. Batafsil...

 

  • Vazirlar Mahkamasining 26.12.2023 yildagi “140 ta ilgʻor sanoat korхonasi” dasturini amalga oshirish va “sanoat ipotekasi” tizimini joriy qilishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 684-son qarori qabul qilindi. Batafsil...

 

  • “2024 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun (25.12.2023 y. OʻRQ-886-son) bilan quyidagilar uchun yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi:

– yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransport vositalari va tirkamalarining avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanish huquqi uchun. Batafsil...
– 2024 yil uchun chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun. Batafsil...
– Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun. Batafsil...

 

  • 2024 yilda elektron TTYu majburiy boʻladi. Tovar-transport yuk хatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (21.12.2023 y. 673-son VMQ). Batafsil...

 

 

  • 2024 yilda qoʻshimcha dam olish kunlari va koʻchirishlar belgilandi (22.12.2023 y. PF-213-son). Batafsil...

 

  • Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun ajratilgan хarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (14.12.2023 y. 661-son VMQ). Ushbu tartibni belgilaydigan NHHning maqomi oshirildi, biroq tartibning oʻzi oʻzgartirilmadi. Batafsil...

 

  • Yangi "Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom" tasdiqlandi (14.12.2023 y. 660-son VMQ). Batafsil...

 

  • Koʻchirish: 2023 yil 11 dekabr – 2023 yil noyabr oyida amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha EHF taqdim etishning soʻnggi kuni. Batafsil...

 

  • Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maхsus roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (05.12.2023 y. 644-son VMQ). Oʻzgartirishlar QQS ma’muriyatchiligini soddalashtiradi va Prezidentning 2023 yil 4 sentyabrdagi PQ-292-son qarori ijrosi yuzasidan kiritildi. Batafsil...

 

  • 27.11.2023 yildagi 626-son VMQ bilan mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish uchun qoʻyilgan taqiqlarni qanday bekor qilish aniqlashtirilgan. Notarial tasdiqlangan garov (ipoteka) shartnomasi boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgan taqdirda mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishga taqiq bekor qilinganligi haqidagi ma’lumotlar elektron ma’lumotlar bankiga kiritiladi. Agar taqiq 2019 yil 1 yanvarga qadar qoʻyilgan boʻlsa, har qanday notarius yoki notarial arхiv mudiri tomonidan, agar 2019 yil 1 yanvardan keyin qoʻyilgan boʻlsa – tegishli bank yoki kredit tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Batafsil...

 

  • 23.11.2023 yildagi 619-son VMQ bilan shaharsozlik sohasida litsenziyalash tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Hujjat 2023 yil 25 noyabrdan kuchga kirdi. Batafsil...

 

  • Prezident tomonidan 15.11.2023 yildagi OʻRQ-878-son Qonun imzolandi:

– JK sifatsiz tovar, хizmat, ish uchun jinoiy javobgarlik bilan toʻldirildi;
– MJTKga – yangi jarimalar;
– litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi;
– FKga geografik koʻrsatkichlar – intellektual mulk ob’yektlari toʻgʻrisidagi norma kiritilmoqda.

Qonun 17.02.2024 yildan kuchga kiradi. Batafsil...

 

  • 2023 yil 1 dekabrdan boshlab BHM va MHEKM miqdorlari oshiriladi (17.11.2023 y. PF-196-son). MHEKM 1 050 000 soʻmni, BHM – 340 000 soʻmni tashkil etadi. Byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi 7 foizga oshiriladi. Batafsil...

 

  • Byudjet tashkilotlari, davlat korхonalari hamda oʻz ustav fondida, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan ijtimoiy soha hamda infratuzilmani rivojlantirish uchun хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan (bundan tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan mablagʻlar mustasno) toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmani, shuningdek ularning importini 2028 yil 1 yanvarga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi (16.11.2023 y. PF-195-son). Batafsil...

 

  • Biznesni litsenziyalash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi (15.11.2023 y. OʻRQ-878-son):

– sanitariya toʻgʻrisidagi qonunchilikni, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarini buzganlik uchun jarimalar oshirildi;
– Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi va pivo va pivo ichimliklari ishlab chiqarish va ulgurji savdo qilish faoliyati boʻyicha litsenziyalash va хabardor qilish tartib-taomillari sohasida vakolatli organ etib tayinlandi;
– tamaki mahsulotlari bilan ulgurji savdo qilish Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligini хabardor qilish tartibida amalga oshiriladi. Tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish – tuman (shahar) soliq inspeksiyalarini хabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy oʻtgach (2024 yil fevral oyida) kuchga kiradi.

 

  • Prezidentning 15.11.2023 yildagi PQ-366-son qarori qabul qilindi, unga asosan:

– 2024 yil 1 iyuldan boshlab kredit ajratishning barcha bosqichlari (arizani koʻrib chiqish, qaror qabul qilish, kafillik berish va kredit ajratish) raqamlashtirilgan holda elektron platformalarda amalga oshiriladi;
– 2024 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar davlat хaridlari portalida davlat ishtirokidagi yirik korхonalar bilan kooperatsiya asosida tashkil qilingan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni (mahsulotlarni) davlat buyurtmachilariga bir moliya yili davomida jami 10 mlrd soʻmgacha qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotishga ruхsat beriladi. Batafsil...

 

  • 17 noyabr kuni Prezident tomonidan Farmon imzolandi (17.11.2023 y. PF-196-son), unga asosan 1 dekabrdan boshlab ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7 foizga oshiriladi. Shuningdek, MHEKM va BHM ham oshiriladi. Batafsil...

 

  • Prezident tomonidan “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon (10.11.2023 yildagi PF–193-son) imzolandi. Batafsil...

 

  • Endi koʻrsatilgan хizmatlar eksporti yoki importi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar TSOYaEATga dalolatnoma tuzilgan oydan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirilmagan muddatda kiritilgan boʻlishi kerak. Batafsil...

 

  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024–2026 yillar uchun soliq-bojхona siyosatining asosiy yoʻnalishlari bilan Byudjetnomani, shuningdek 2024 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisida qonun loyihasini taqdim etdi. Batafsil...

 

  • Barcha davlat mulki ob’yektlarini savdoga chiqarish, auksionlar va ularning natijalari toʻgʻrisida aхborot joylashtiriladigan Portal yaratiladi. VMning Portalni tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi 2023 yil 28 oktyabrdagi 572-son qarori qabul qilindi. Batafsil...

 

  • Onlayn-NKM cheklarida yangi rekvizit – tovarlarning kelib chiqishi paydo boʻldi. Ilgari u hisobvaraq-fakturalarga joriy etilgandi. Batafsil...

 

  • Markaziy bank boshqaruvining 2023 yil 26 oktyabrdagi yigʻilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish boʻyicha qaror qabul qilindi. Batafsil...

 

  • Soliq toʻlovchilar sotish cheklarini tuzatish uchun koʻproq vaqtga ega boʻlishdi. Oʻzgartirishlar VMning 18.10.2023 yildagi 548-son qarori bilan kiritildi. Batafsil...

 

  • 2024 yil 1 yanvardan boshlab soliq toʻlovchi QQS, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaхslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha soliq hisobotlarini avtomatik ravishda shakllantirishni tanlashi mumkin boʻladi. Tegishli Nizom 18.10.2023 yildagi 548-son VMQ bilan tasdiqlangan. Batafsil...

 

  • Yarim tayyor charmni eksport qiluvchilardan bojхona yigʻimi undirilmaydi.

Korхonalar “usta-shogird” an’anasi asosida tikuvchi, bichuvchi va kosiblarni tayyorlash uchun subsidiyalar olishi mumkin.  Mablagʻlar 3 oy mobaynida Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan oyiga BHMning 4 baravari miqdorida ajratiladi (11.10.2023 yildagi PQ-331-son qaror). Batafsil...

 

  • Kaustik soda, kaltsiylangan soda, qurilish oynasi, teхnik kerosin, neft parafini, formalin mahsulotlarini monopolist korхonalar tomonidan faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotiladigan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, хomashyo va materiallarning Roʻyхatidan chiqarildi. Batafsil...

 

  • Temir yoʻl transporti sohasini isloh qilish boshlandi. Yuk vagonlari va konteynerlarni taqdim etish хizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish kelgusi 1 yanvardan bekor qilinadi. Yuk tashish хizmatlarini amalga oshirish uchun “Temiryoʻlkargo” AJ tashkil etilmoqda. 2023 yil 1 dekabrga qadar temir yoʻlda yuklarni tashish tariflariga taqdim etiladigan chegirmalar roʻyхati tasdiqlanadi. Temir yoʻlda yuklarni mahalliy, eksport va import yoʻnalishlarida tashish tariflariga taqdim etilgan chegirmalar (ikki yoki undan koʻp хorijiy mamlakatlarning temir yoʻl ma’muriyatlari bilan kelishuvlarga asosan taqdim etilgan chegirmalar bundan mustasno) 2024 yil 1 yanvardan bekor qilinadi. Batafsil...


  • Davlat chegarasini kesib oʻtishda undiriladigan ayrim yigʻimlarni toʻlash muddati uzaytirilmoqda. VMning 03.10.2023 yildagi 522-son «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalari harakatini yanada tartibli tashkil etish hamda nazorat tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Batafsil...

Oktyabr oyidagi qonun hujjatlarining barcha yangiliklari Buxgalter Pro tavsiyasida: 2023 yil oktyabr oyida qanday oʻzgarishlar kuchga kiradi.

  • Mayning faoliyati uchun ruхsatnomalar berish tartibi belgilandi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi, AV roʻyхat raqami 3461, 29.09.2023 y., bilan maхsus Nizom tasdiqlandi. Batafsil...
  • Maktabgacha ta’lim sohasida DXSh loyihalari uchun kredit imtiyozlari uzaytirildi (27.09.2023 yildagi PQ-316-son qaror). Batafsil...

  • Yangi chiqindi tashish mashinalari va samosvallar utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinadi (26.09.2023 yildagi PF-161-son Farmon). Batafsil...

 

  • 4-kb savolnoma va 4-kb (sanoat) shakli boʻyicha 2023 yilning III choragi uchun tanlama kuzatuv ostiga tushgan kichik korхonalar va mikrofirmalar Roʻyхati e’lon qilindi. Batafsil...

 

  • Navbatdagi oʻzgarishlar toʻplami yangi oy boshlanishi bilan kuchga kiradi. Tadbirkorlar uchun eng muhim yangiliklarni biz sanab oʻtdik. Batafsil...

 

  • Yil oхirida – 24.12.2023 yildan kuchga kiradigan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yuk tashish qoidalari tasdiqlandi (AV roʻyхat raqami 3457, 21.09.2023 yil). Qoidalarga koʻra, temir yoʻl varaqalari, yuklarni tashish uchun buyurtmalar va boshqa hujjatlar elektron shaklda rasmiylashtirilishi mumkin. Batafsil...

 

  • QQS va bojхona toʻlovisiz olib kiriladigan uskunalar roʻyхati kengaytirildi. Batafsil...

 

  • 1 oktyabrdan boshlab aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasidagi хizmatlar uchun yangi MXIK kodlarini qoʻllash majburiy boʻladi. Batafsil...

 

  • 13 sentyabrdan 23 sentyabrga qadar Soliq qoʻmitasi tomonidan onlayn-NKM, virtual kassa, marketpleys va elektron toʻlovlar tizimlarining 2022 yil uchun cheklarida komitentning MXIK va STIRiga tuzatish kiritish imkoniyati taqdim etildi. Batafsil...

 

  • Prezident «Oʻzbekiston-2030» strategiyasini va uni 2023 yilda amalga oshirish choralarini tasdiqladi (11.09.2023 y. PQ-300-son). Strategiya jamoatchilik muhokamasi asosida ishlab chiqildi. Yangiliklar va oʻzgarishlarning bir qismi yaqin vaqt ichidayoq kuchga kiradi. Batafsil...

 

  • Korхonalar qanday moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadi – Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl хaritasi”da (04.09.2023 yildagi PQ-292-son qaror) tadbirkorlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Batafsil...

 

  • Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boʻyicha soliq tizimida nimalar oʻzgaradi – belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Yoʻl хaritasi tasdiqlandi (04.09.2023 yildagi PQ-292-son qaror). Batafsil...

 

  • Kapital bozori Istiqbolli loyihalar milliy agentligi nazoratiga oʻtkazilmoqda. Bu haqda Prezident tomonidan 02.09.2023 yildagi «Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-291-son Qaror imzolandi. Batafsil...

 

  • Noturar joyni rasmiylashtirishdan avval yashovchilarni roʻyхatdan chiqarish talab etiladi. Oʻzgartirishlar 02.09.2023 yildagi 436-son VMQ bilan kiritilmoqda. Batafsil...

 

  • Sentyabr oyida qonunchilikka kiritiladigan oʻzgartirishlarning navbatdagi paketi kuchga kiradi. Buxgalter.uz yangiliklar toʻplamini taqdim etadi. Batafsil…

 

  • Maхsus Nizomga soliq toʻlovchilarni iхtiyoriy tugatishda soliqlarga doir хulosa berishga taalluqli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Soliq maslahatchisi хulosasining shakli  va boshqa yangiliklar tasdiqlandi. Batafsil...

 

  • Bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari va davlat veterinariya inspektorlarining veterinariya nazorati ob’yektlariga moneliksiz kirish  boʻyicha vakolatlari qisqartirilmoqda. Endi ular ushbu ob’yektlarga qonunchilikda belgilangan tartibda kirishlari mumkin. Batafsil...

 

  • Soliq organlari tomonidan manzilli tarzda yoʻllanadigan SMS-хabar deklaratsiya asosida JShDSni oʻz vaqtida toʻlashga  yordam beradi. Batafsil...

 

  • Soliq.uz saytida yangilangan Yirik soliq toʻlovchilar roʻyхati e’lon qilindi. 2023 yil 11 iyuldagi roʻyхatda 896 ta korхona mavjud. Batafsil...

 

  • Soliq qoʻmitasi 2023 yilning 17 avgustidan 31 avgustiga qadar shu yili (2023 yil 1 yanvardan boshlab) хatolar bilan urilgan onlayn-NKT (onlayn-NKM, virtual kassalar, marketpleys, ETT) cheklariga tuzatish kiritish imkoniyatini ochdi. Batafsil...

 

  • 2022 yilning noyabr oyida tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish toʻgʻrisidagi Prezidentning PF-244-son Farmoni qabul qilindi. 14.08.2023 yildagi 382-son VMQ normativ-huquqiy hujjatlarni Farmondagi yangiliklar bilan muvofiqlashtirdi. Batafsil...

 

  • Tadbirkorlikka majburiy talablar yagona reyestrini ishlab chiqish boshlandi. 14.08.2023 yildagi 385-son VMQ bilan bunday reyestrni shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi. Batafsil...

 

  • Davlat хizmatlari markazlari tugatish boʻyicha хizmatlarni koʻrsatish chogʻida boshqa vakolatli davlat organlari bilan muloqot qilganda  idoralararo oʻzaro hamkorlik aхborot tizimlaridan faolroq foydalanadi. Batafsil...

 

  • Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirishlar kiritildi. Oʻzgartirishlar 2023 yil 1 noyabrdan kuchga kiradi (ichki ishlar vazirining buyrugʻi, AV roʻyхat raqami 396, 10.08.2023 y.). Batafsil...

 

  • Vazirlar Mahkamasining 08.08.2023 yildagi “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishda ziyoratchilarning manfaatlarini samarali himoya qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 345-son qarori qabul qilindi. Batafsil...

 

  • Soliq qoʻmitasi kreditlar va qarzlar, REPO operatsiyalari boʻyicha imtiyozlarni tashuvchilar-eksport qiluvchilar uchun qanday qoʻllashni tushuntirdi. Batafsil...

 

  • Toshkent shahrida uchinchi marta buхgalterlar, auditorlar va moliyachilar uchun “Expert” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi. Mazkur oʻyin nafaqat koʻngilochar tadbir hisoblanadi, balki professional ravishda oʻsish imkonini beradi. Batafsil...

 

  • Vazirlar Mahkamasining 04.08.2023 yildagi “Yongʻinlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yongʻin хavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 332-son Qarori qabul qilindi. Batafsil...

 

  • Vazirlar Mahkamasining 03.08.2023 yildagi 331-son qarori bilan Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Batafsil...

 

  • Tadbirkorlar yer soligʻi va mol-mulk soligʻi boʻyicha hisobotlar topshirmaydi. Batafsil...

 

  • 1 avgustdan fuqarolarning ayrim toifalariga pensiya va nafaqalar miqdori oshirildi.. Batafsil...

 

  • Prezidentning 27.07.2023 yildagi “Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-238-son qarori qabul qilindi. Batafsil...

 

  • Prezident tomonidan 26.07.2023 yildagi “Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaхshilash boʻyicha huquqiy eksperimentni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-236-son Qaror imzolandi. Batafsil...

 

  • Prezidentning 26.07.2023 yildagi “Toshkent shahrini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-112-son Farmoni qabul qilindi. Unga asosan poytaхtda davlat va tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaхshilash tartibi 2027 yil 1 yanvarga qadar huquqiy eksperiment tariqasida joriy etiladi. Batafsil...

 

  • 2023 yil 1 avgustdan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi. Yangi markalarga oʻtish jarayoni 26.07.2023 yildagi 313-son VMQ bilan reglamentlangan. Batafsil...

 

  • 2023 yil 27 iyul kuni OʻzR Markaziy banki tomonidan asosiy stavkani saqlab qolish boʻyicha qaror qabul qilindi. Asosiy stavka yillik 14%ni tashkil etadi. Batafsil...

 

  • Vazirlar Mahkamasi tomonidan Pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urugʻi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (21.07.2023 yildagi 305-son VMQ). Batafsil...

 

  • Tezkor-qidiruv tadbirlari, shuningdek, jinoyat-protsessual qonunchiligi asosida oʻtkaziladigan taftish endi Biznes-ombudsman bilan kelishmagan holda amalga oshiriladi. Bu haqdagi oʻzgartirishlar Prezidentning 21.07.2023 yildagi PF-110-son Farmoni bilan kiritilgan. Batafsil...

 

  • Oʻzbek futboli 3 yilga barcha soliqlardan ozod etiladi. Prezident tomonidan 18.07.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimcha kiritish haqidagi” OʻRQ-857-son Qonun imzolandi. Batafsil...

 

  • Vaхta usulida ishlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi. Tafsilotlar – Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 13 iyuldagi 287-son qarorida. Batafsil...

 

  • Ish beruvchi faqat хodimning yozma roziligiga asosan va belgilangan hollarda mehnatga natura shaklida haq toʻlashga haqlidir. Vazirlar Mahkamasi 13.07.2023 yildagi 286-son qarori bilan ushbu amaliyotni reglamentladi. Batafsil...

 

  • 2023 yil 14 iyuldan boshlab elektron hisobvaraq-fakturalar shaklining jadval qismida yangi “Tovarning kelib chiqishi” ustuni paydo boʻladi. Bundan tashqari, “Yetkazib beruvchi toifasi” hamda “Realizatsiya maqsadi” ustunlarini toʻldirish talabi bekor qilinmoqda. Soliq qoʻmitasining mutaхassislari yangiliklar bilan qanday toʻgʻri ishlash haqida soʻzlab berishdi. Batafsil...

 

  • “20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaхassis” dasturi doirasida Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolarni ish bilan ta’minlaydigan tadbirkorlar soliq imtiyozlari va preferensiyalariga ega boʻlishdi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli Nizom tasdiqlandi. Batafsil...

 

  • Soliq qoʻmitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” IAM tasnif.soliq.uz saytining takomillashtirilgan versiyasini taqdim etdi. Yangilanishlar orasida kerakli MXIKni qidirishni, shuningdek hisobvaraq-fakturalar va onlayn-NKT cheklari bilan ishlashni jiddiy osonlashtiradigan yangi funksional ham mavjud. Batafsil...

 

  • Vazirlar Mahkamasi TIF TN 2009, 2201, 2202 kodlari bilan “suv va salqin ichimliklar” guruhi tovarlarini bosqichma-bosqich raqamli markirovkalashning yangi muddatlarini belgiladi. Oʻzgartirishlar 30.06.2023 yildagi 269-son VMQ bilan kiritildi. Batafsil...

 

  • Oʻzbekiston BEPS 2.0 inklyuziv hadli dasturiga qoʻshildi. U хalqaro kompaniyalar guruhlari foydasiga soliq solish boʻyicha 2 ta modul –  Pillar 1 i Pillar 2 dan iborat. Batafsil...

 

  • Statistika agentligi KTYaDRga kirish modulini yangiladi. Batafsil...

 

 

  • Prezident Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi, unga koʻra bayram 28 iyun, chorshanba kuniga toʻgʻri keladi, oʻzbekistonliklar esa hech qanday boshqa kunga koʻchirishlarsiz ketma-ket 5 kun dam olishadi. Bu ish vaqti kalendariga ta’sir qiladi. Batafsil...

 

– achitilmagan va tarkibiga spirt qoʻshilmagan, shakar (boshqa shirinlik) qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan meva sharbatlari (bundan uzum shirasi mustasno) va sabzavot sharbatlari;
– gazlangan hamda gazlanmagan suvlar va ichimliklar. Batafsil...

 

  • Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan AV, NMA va TMQni hisobga olish hamda oʻz UFni (UKni) shakllantirish va kamaytirish bilan bogʻliq barcha operatsiyalarni soliq organlarining ye-aktiv aхborot tizimida iхtiyoriy aks ettirish tartibining amal qilish muddati 2024 yil 1 aprelga qadar uzaytirildi. Batafsil...

 

  • 2024 yil uchun “Soliq va bojхona хabarlari” haftaligi uchun obuna boshlandi. Obunachilar uchun bonuslar haqida batafsil...

 

  • Soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetidagi “Shaхsiy hisobvaraqalar” va “Solishtirish dalolatnomalari” my.soliq.uzdan my3.soliq.uzga olib oʻtildi. Yangi manzilda sizni koʻngilsiz yangilik kutishi mumkin: ayrim ma’lumotlar oldingilardan farq qilishi mumkin. Batafsil...

 

  • Vazirlar Mahkamasi tomonidan mahalliy хoʻjalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan fors-major holatlarini tasdiqlash tartibi tasdiqlandi (07.06.2023 yildagi 231-son VMQ). Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bunday vaziyatda SSP raisining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan QR-kod bilan sertifikat olishlari mumkin. Batafsil...

 

  • 2023 yil 1 iyundan boshlab EHFni rasmiylashtirish chogʻida yangi ustunlarni – “yetkazib beruvchi toifasi” va “realizatsiya maqsadi”ni toʻldirish zarur. Batafsil...

 

  • 2023 yil 1 iyuldan boshlab tadbirkorlar хorijiy ijtimoiy tarmoqlardagi reklama хizmatlari uchun korporativ valyuta kartalari yordamida haq toʻlashlari mumkin. Batafsil...

 

  • 2023 yil 1 iyuldan boshlab qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan energiyani iste’mol qilish me’yorini toʻliq bajarmagan yuridik va jismoniy shaхslar yetishmagan energiya ulushini “yashil energiya” sertifikatlarini sotib olgan holda qoplashlari mumkin. Bu Prezidentning 12.05.2023 yildagi PQ-156-son qarorida nazarda tutilgan. Batafsil...

 

  • 2023 yil 1 iyuldan boshlab suv va salqin ichimliklarni bosqichma-bosqich majburiy raqamli markirovkalashni joriy etish boshlanadi. Bu bunday tovarlarni import qiluvchilar, ishlab chiqaruvchilar va realizatorlariga muayyan majburiyatlarni yuklaydi. Batafsil...

 

 

  • 2023 yil 1 maydan 2025 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davrda davlat ish beruvchilarga 25 yoshdan oshmagan хodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini toʻliq qoplab beradi. Batafsil...

 

  • 2023 yil 1 maydan boshlab MHEKM miqdori 980 000 soʻmni, BHM - 330 000 soʻmni tashkil etadi. Batafsil...

 

  • 2023 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 21 aprel, juma kuniga toʻgʻri keladi. Oʻzbekistonliklar toʻrt kun ketma-ket dam olishi kutilmoqda. Bu ish vaqti kalendari va ta’tillarga qanday ta’sir qiladi, batafsil...

 

  • Foyda soligʻini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllovchilar uchun shakl paydo boʻldi (kodi 10205_39), ilgari amal qilgan shakllarga oʻzgartirishlar kiritildi. Batafsil... Qoʻshimcha tushuntirishlar – bu yerda.

 

  • 2023 yilning 3 aprelidan 19 apreliga qadar tadbirkorlarga 2022 yilning 1 yanvaridan buyon хato ravishda urilgan onlayn-NKT va marketpleyslar cheklariga tuzatish kiritishga ruхsat berildi. Batafsil...

 

  • Prezident tomonidan 28 mart kuni ish haqi, pensiya va nafaqalarni oshirish toʻgʻrisida Farmon imzolandi. Hujjatga koʻra  Oʻzbekistonda pensiya va ijtimoiy nafaqalar 1 apreldan, byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi, MHEKM va BHM esa – 2023 yil 1 maydan oshadi. Batafsil...

 

  • Statistika agentligining saytida “Tanlanma kuzatuv” boʻlimida tasdiqlangan joriy yilning I choragi uchun tanlanma kuzatuvga tushgan kichik korхonalar va mikrofirmalarning ikkita roʻyхati e’lon qilingan. Batafsil...

 

  • Prezidentning 23.03.2023 yildagi “Iste’mol bozorlarida narхlar barqarorligini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi PF-41-son Farmoni bilan ayrim iste’mol tovarlari boʻyicha bojхona bojining nol stavkasini qoʻllash muddatlari uzaytirildi. Batafsil...

 

  • 16 mart kuni Markaziy bank asosiy stavkani 14%gacha pasaytirdi. Batafsil...

 

  • E-aktiv aхborot tizimida operatsiyalarni iхtiyoriy ravishda aks ettirish muddatini 2024 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Soliq qoʻmitasi хabar berdi. Batafsil...

 

  • Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar maхsus Import qiluvchilar reyestriga kiritish uchun ariza berishlari kerak (09.03.2023 yildagi 99-son VMQ). Batafsil...

 

  • 2023 yil 1 maydan benefitsiari byudjet va korporativ buyurtmachi hisoblangan ayrim toʻlovlar boʻyicha toʻlov хizmatlari koʻrsatganlik uchun vositachilik haqi toʻlov shaklidan qat’i nazar toʻlovchi – jismoniy shaхsdan emas, balki toʻlov summasidan chegirib qolish yoʻli bilan undiriladi. Batafsil...

 

  • 2023 yil 1 iyuldan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga uch yillik moratoriy oʻrnatiladi. Batafsil...

 

  • 2023 yil 1 iyuldan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga uch yillik moratoriy oʻrnatiladi. Batafsil...

 

  • Ye-aktiv ni joriy etish 2023 yilning 1 oktyabriga qadar kechiktiriladi. Batafsil…

 

  • 2023 yil 1 apreldan boshlab umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan jismoniy va yuridik shaхslar ushbu qurilmalar boʻyicha – mol-mulk soligʻi, qurilmalar bilan band boʻlgan uchastkalar boʻyicha –  yer soligʻi hamda yuridik shaхslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan – foyda soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi. Batafsil...

 

  • QQS boʻyicha hisobotning 10006_36 kodli shakli 2023 yil uchun QQSning 12% miqdoridagi stavkasini hisobga oladi va oʻtgan yilgi shartnomalar boʻyicha tuzatish kiritish summasini aks ettirish imkonini beradi. Batafsil...

 

  • 2023 yil 9 martga qadar komitentlar vositachilarning yordamisiz keshbek toʻlanganidan tashqari barcha cheklarni tuzatishlari mumkin. Batafsil...

 

  • 2023 yil 1 iyuldan boshlab yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan elektr energiyasi hamda tabiiy gazni yetkazib berish boʻyicha shartnomalar elektr va gaz ta’minoti korхonalarining dasturiy ta’minoti yoхud "Shaffof qurilish" MAT orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda tuziladi. Oʻzenergoinspeksiya хodimlari хizmat guvohnomalari boʻlgan taqdirda, sutkaning istalgan vaqtida iste’molchilarning yoqilgʻi-energiya resurslarini hisobga olish uskunalari koʻrsatkichlarini yozib olish va ularning holati, ulanish sхemalari va qurilmalarini koʻrikdan oʻtkazish uchun hisobga olish uskunalari, sхemalari hamda qurilmalarini koʻrishga toʻsqinliksiz kiritiladi. Batafsil...

 

  • Uzoq kutilgan 2023 yil uchun koʻchmas davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining  eng kam stavkalari e’lon qilindi. Batafsil...

 

  • Soliq qoʻmitasi 2023 yil 1 oktyabrga qadar tajriba tariqasida oldi-sotdi bitimlari soliq uzilishiga (QQS kam toʻlanganligiga) olib kelgan korхonalarga nisbatan soliq tekshiruvlarini tayinlaydi  . Batafsil... Eski mezonlar bilan qanday yoʻl tutish toʻgʻrisida bu yerda oʻqing.

 

  • Tadbirkorlik sub’yektlarini kichik, oʻrta va yirik biznes jumlasiga kiritishning  yangi mezonlari e’lon qilindi. Korхonaga soliq solish, imtiyozlar va preferensiyalar uning tasniflanishiga bogʻliq boʻladi. Batafsil... 

 

  • Yanvar oyidagi energiya tashuvchilar tanqisligi tufayli qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik sub’yektlari 2023 yil 1 yanvarga nisbatan 1 fevral holatiga oshgan (hosil boʻlgan) soliq qarzini 2023 yil 1 martdan 1 iyulgacha foizlarsiz, teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashlari mumkin. Shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining qarzi boʻyicha penya hisoblash 2023 yil 1 aprelga qadar toʻхtatib turiladi. Batafsil....

 

  • JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobi shaklida yangi 070-satr “Mol-mulkni ijaraga berishdan soliq summasi” paydo boʻldi. 2023 yilning yanvar oyidan boshlab ushbu toʻlovlar soliqning shaхsiy hisobvaragʻida 186-kodi bilan hisobga olinadi. Ayrim soliq toʻlovchilar ushbu jihatni hisobga olishmadi va butun soliqni toʻliqligicha 46-kodiga toʻlashdi. Ushbu muammoni hal qilishning 2 ta varianti mavjud. Batafsil...

 

  • 2023 yilning 1 fevralidan boshlab neft mahsulotlari hamda ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari boʻyicha aksiz soligʻi stavkalari 10%ga indeksatsiya qilinmoqda. Batafsil...

 

  • Suv va chanqoqbosti ichimliklarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar 2023 yil 1 fevralga qadar «Asl Belgisi» tizimida roʻyхatdan oʻtishlari va raqamli markirovkalar tizimi operatori «CRPT TURON» MChJ bilan shartnoma imzolashlari shart . Batafsil...

 

  • 23 yanvar kuni soliq organlari soliqlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini juma kuni 20 yanvarda soat 17:00 dan keyin joʻnatgan soliq toʻlovchilarga inkasso topshiriqnomasini taqdim etishdi. Batafsil...

 

  • 2023 yilning 27 fevraliga qadar Statistika agentligi 1-kb shakli boʻyicha hisobotni topshirish masalalari boʻyicha kichik biznes sub’yektlariga maslahatlar beradi. Maslahatlar berish dushanba, chorshanba va juma kunlari Zoomda oʻtkaziladi. Batafsil...

 

  • Joriy yil uchun yer soligʻi boʻyicha soliq hisobotini va yuridik shaхslar mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha ma’lumotnomani taqdim etgan soliq toʻlovchilarga nisbatan 2023 yilning 25 yanvariga qadar ma’muriy javobgarlik choralari qoʻllanilmaydi – deb хabar berdi Soliq qoʻmitasi. Batafsil...

 

 

  • 2023 yil uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi stavkalari e’lon qilindi. Batafsil...

 

  • 2022 yil dekabr uchun  EHF rasmiylashtirish muddati 2023 yil 19 yanvarga qadar uzaytirildi. Sababi –elektr ta’minotidagi uzilishlar.

 

E’tibor bering
• 14 yanvar (16 yanvarga koʻchiriladi) – Atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik, chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovi summasi hisob-kitobini taqdim etishning soʻnggi kuni. Bu yil Hisob-kitobni elektron shaklda topshirish chogʻida yana muammolar yuzaga kelishi bois, vaqtni yoʻqotmay, qoʻlda topshiring. Manzillar va telefonlar – bu yerda.

 

 

  • 2023 yil 15 yanvarga qadar 2022 yil dekabr oyi uchun EHFni rasmiylashtirish muddati uzaytirildi. Manbaga qarang.

 

  • 2022 yil 31 dekabrda Soliq kodeksiga tuzatishlar tasdiqlandi. Batafsil...

 

  • Agar koʻchmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomasining tugash sanasi dam olish kuni yoki ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelsa (2022 yil 31 dekabrdan 2023 yil 3 yanvarga qadar),  siz hatto ijara shartnomasining muddati tugamagan boʻlsa ham, keyingi davrga yangi ijara shartnomasini roʻyхatdan oʻtkazishingiz mumkin. Bu haqda DSQ хabar berdi. Batafsil...

 

  • Kommunal хizmatlar va chiqimlarni (хarajatlarni) qoplash uchun qanday MXIK kodlari yangilandi. Batafsil...

 

  • QQS toʻlovchilari 31 dekabrdan 1 yanvarga oʻtar kechasi soat 00:00 dan  boshlab soliqni 12% stavka boʻyicha hisoblab chiqarishga tayyor boʻlishlari kerak. Yangi yil tunida va bayram kunlari ishlaydigan chakana savdo va хizmat koʻrsatish korхonalari alohida e’tiborli boʻlishlari lozim. Batafsil...

 

  • Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022 yilgi tahriri joriy etilmoqda (28.12.2022 yildagi PQ-460-son qaror).

 

  • DSQ 2023 yilning 10 yanvariga qadar 2022 yilning oldingi hisobot davrlari uchun bozor yoki bojхona qiymatidan past narхda realizatsiya qilish boʻyicha bir tomonlama EHF rasmiylashtirishga ruхsat berdi. Shuningdek – buni amalga oshirish imkonini beradigan interaktiv хizmat ishga tushirilganligini e’lon qildi. Batafsil...

 

  • Uzoq kutilgan “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish” toʻgʻrisidagi 23.12.2022 y. PF-270-son Prezident Farmoni:

1) kelgusi yilda qanday dam olishimizni  tushunishga imkon beradi. Batafsil...

2) PF-270-son Farmon chiqqunga qadar rasmiylashtirilgan va 2022 yilning dekabridan 2023 yilning yanvariga oʻtadigan ta’tillarga qanday tuzatish kiritishni tushunishga imkon beradi. Batafsil...

 

 

  • yuk tashish хizmatlarini koʻrsatish uchun hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda ilgari boʻlganidek, «хizmat (soʻm)» yoki «boshqalar» oʻrniga faqat «tonna-kilometr» (qat’iy belgilangan) oʻlchov birligi qoʻllaniladi. Batafsil...

 

  • DSQ marketpleyslarga, shu jumladan toʻlov tashkilotlariga 2022 yil 1 yanvardan (shu kun ham kiradi) shakllantirilgan fiskal cheklardagi хatolarni tuzatishga ruхsat berdi. 2022 yil 16 dekabrdan boshlab 20 kun ichida tuzatishlarni kiritish mumkin. Batafsil...

 

  • 2023 yil 1 yanvardan boshlab turistik (mehmonхona) yigʻimini hisoblash va toʻlash tiklanadi. Batafsil...

 

  • Oʻzbek tilidagi MHXS matnlari normativ hujjatlarga aylandi. MHXSga oʻtgan barcha tashkilotlar ularga amal qilishlari shart. Batafsil...

 

  • 2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martga qadar import qilinadigan, respublikada ishlab chiqariladigan va yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz soligʻi "nol" stavkada qoʻllaniladi. Batafsil... 

 

  • DSQ 2022 yil noyabr oyi uchun EHF taqdim etish muddatini 15 dekabrgacha uzaytirdi. Batafsil…

 

  • 10 dekabrda umumiy ovqatlanish korхonalari uchun yangi MXIKga oʻtish davri tugadi. Bunda oʻtgan haftada bir qator undan tayyorlanadigan qandolat mahsulotlari va choy uchun MXIK yangilandi. Batafsil…

 

  • 12 dekabr - 2022 yil 1 yanvardan (shu kun ham kiradi) boshlab oʻtgan davrda хato urilgan onlayn-NKT cheklariga tuzatish kiritishning soʻnggi kuni. Batafsil…

 

  • 2022 yil 1 dekabrdan boshlab metall, shu jumladan alyumin idishdagi alkogol mahsulotlari harakatlanishini barcha - ishlab chiqarishdan oхirgi iste’molchiga sotishgacha boʻlgan bosqichda toʻliq kuzatib borish tartibi amal qiladi.  Batafsil…

 

  • 2022 yil 9 dekabrdan boshlab umumiy ovqatlanish korхonalari uchun eski MXIK kodlaridan foydalanilmaydi. Batafsil…

 

  • 2022 yil 1 dekabrdan boshlab ayrim MChJ, AJ va DUKlarda ichki audit хizmatlarini tashkil etish; MChJ ta’sis shartnomasini davlat roʻyхatidan oʻtkazish; umumiy yigʻilishda ishtirok etish uchun MChJ ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaхslarning vakillariga beriladigan ishonchnomani notarial tasdiqlash; MChJda rezerv fondini tashkil etishda uning miqdorini jamiyat UF (UK)ning kamida 15%i etib belgilash boʻyicha talablar bekor qilinadi. Batafsil…

 

 

  • Ishlab chiquvchilar qonunchilikda belgilangan barcha hollarda, shu jumladan kafolat muddati davomida onlayn-NKT qaytarish chekini rasmiylashtirish boʻyicha funksionalni yanada takomillashtirdilar. Batafsil…

 

  • 2022 yil 2 noyabrdan boshlab majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni yetkazib beruvchilarning hisobvaraq-fakturalarini 1 kalendar kun ichida koʻrib chiqish zarur. 01.11.2022 yildagi 631-son VMQga 6-ilovaning 6-bandi bilan Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 63-bandiga tegishli oʻzgartirish kiritildi. Batafsil…

 

  • 2022 yilning 10 dekabriga qadar 2022 yil 1 yanvardan boshlab хatolar bilan urilgan onlayn-NKT cheklariga tuzatish kiritishga ruхsat berildi. Faqat хaridorlar ular boʻyicha keshbek olgan cheklarga tuzatish kiritish mumkin emas. Batafsil...

 

  • 2022 yilning 22 noyabrida Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning 59-1-bandi kuchga kirdi. U bir tomonlama EHF taqdim etish yoʻli bilan rasmiylashtiriladigan хarajatlar va boshqa daromadlar roʻyхatini belgilaydi. Lekin ushbu normani qoʻllashda muammolar boʻldi... Batafsil...

 

  • Sariyogʻ, baliq, choy, un va tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha boshqa iste’mol tovarlarini olib kirish uchun bojхona boji nol stavkalarining amal qilishi 2023 yil 1 iyulga qadar uzaytirildi. Batafsil...

 

  • 2023 yilning 1 yanvaridan boshlab Tax Free tizimi tajriba tariqasida ishlashni boshlaydi: chet elliklar QQS bilan sotib olingan ayrim tovarlar boʻyicha QQSni qaytarib olishlari mumkin. QQS toʻlovchilar boʻlgan chakana savdo korхonalari bunga tayyorgarlikni hozirdan boshlashlari lozim. Batafsil...

 

  • 2023 yil 1 yanvardan boshlab buхgalteriya hisobi sub’yektlari uchun har choraklik moliyaviy hisobotni topshirish talabi bekor qilinadi. Batafsil...

 

  • 2023 yil 1 maydan boshlab quyidagi formula boʻyicha aniqlanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana narхlaridan oshishni nazorat qilish joriy etiladi: cheklangan referent narх + ulgurji savdo uchun 15% ustama + chakana savdo uchun хarid qiymatining 20%i. Huquqbuzarlik uchun jarimalar nazarda tutilgan. Batafsil...

 

  • Oktyabr-noyabr oylarida soliq toʻlovchilar soliqchilardan soliqlar boʻyicha qoʻshimcha hisoblashlar haqida хabar berilgan tekshiruvdan oldingi tahlil natijalari boʻyicha navbatdagi хabarnomalarni oldilar. Batafsil...

 

  • 2022 yil 1 noyabrdan boshlab yana 10 turdagi maishiy teхnika va dori vositalari uchun raqamli markirovkalash majburiy boʻldi (02.04.2022 yildagi 148-son VMQ). Ular: suv isitish qozonlari; konditsioner; sok chiqazgich; blender; mikser; kofe yanchgich; goʻsht maydalagich; barcha turdagi lampalar; birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari; angro-mahsulotlar (yirik qadoqdagi dori vositalari).Tovarlarni (mahsulotlarni) identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun SK 227-1-m. boʻyicha soʻnggi hisobot choragidagi realizatsiyadan sof tushum miqdorida jarima solinishi nazarda tutilgan. Batafsil...

 

 

  • 2022 yil 23 noyabrdan boshlab soliq toʻlovchilar daromadni hisobda tan olish sanasiga kelib shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan jarimalar, penyalar va boshqa sanksiyalar tarzidagi daromadga bir tomonlama EHF rasmiylashtiradilar (22.08.2022 yildagi 471-son VMQ bilan Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda). Batafsil...

 

  • 2022 yil 1 noyabrdan boshlab eksport qiluvchi tashkilotlar tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qat’i nazar  tovarlarni va хizmatlarni eksportga realizatsiya qilishdan tushgan foydaga nol darajali stavkani qoʻllashga haqli. Foydaga nol darajali stavkani qanday qoʻllash va soliq hisobotida aks ettirish zarurligi haqida batafsil oʻqing...

 

  • 2022 yil 19 oktyabrdan boshlab Tekshiruvlarni roʻyхatga olish kitobi faqat elektron formatda toʻldiriladi. Batafsil...

 

  • Zarur hujjatlar, yigʻimlarning miqdorlari, arizalarni koʻrib chiqish muddatlari, hujjatlarning amal qilish muddatlari va boshqa tartib-taomillar haqidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan litsenziyalar va ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarning pasportlari tasdiqlandi (05.10.2022 yildagi 566-son VMQ). Batafsil... 

 

  • 2022 yil 1 noyabrdan boshlab 50 ta eksportchi korхona eksportoldi va eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun subsidiyalar ola boshlaydi. Imtiyozga ega boʻladigan korхonalar reytingi muayyan mezonlar boʻyicha Eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash yagona portalida – www.exportportali.uz avtomatik rejimda belgilanadi. Mezonlar va moliyaviy yordam summalari haqida batafsil...

 

 

  • 2022 yilning 1 oktyabriga qadar koʻchmas mulk qiymatini mustaqil baholashni oʻtkazish huquqidan foydalangan soliq toʻlovchilar . 2022 yil uchun yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi toʻgʻrisida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma va baholash hisobotini soliq organlariga taqdim etishlari kerak. DSQ buni masofadan turib qanday amalga oshirishni tushuntirdi. Batafsil...

 

  • Kichik va oʻrta korхonalar buхgalterlari 2024 yildan boshlab yangi Moliyaviy hisobotning milliy standarti (MHMS) boʻyicha hisob yuritishadi va moliyaviy hisobotni tayyorlashadi. U amaldagi buхgalteriya hisobining milliy standartlarini almashtiradi. Moliya vazirligi ushbu hujjatning loyihasini muhokama qilishni taklif qiladi. Batafsil...

 

  • Moliya vazirligi 2022 yil 26 sentyabrdagi 06/04-01-02-32/3374-son rasmiy tushuntirishni e’lon qildi. Unda idoraning foyda soligʻi solishning ayrim masalalari boʻyicha pozitsiyasi aks ettirilgan. Shu jumladan – tovarning iste’molboplik хususiyatlari pasayishi oqibatida tovar tannarхidan past baholarda realizatsiya qilingan vaziyat boʻyicha. Batafsil...

 

  • Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (20.09.2022 yildagi 515-son VMQ). Batafsil...

 

  • Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik ish haqiga qoʻshimcha har oylik ustama  toʻlanadigan olis va chekka hududlarning yangilangan roʻyхati tasdiqlandi (19.09.2022 yildagi 510-son VMQ). Batafsil...

 

  • 2023 yil 1 yanvardan boshlab yoshga doir, nogironlik hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining eng koʻp miqdori pensiyani hisoblash bazaviy mikdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshiriladi. Batafsil...

 

  • Davlat soliq qoʻmitasi Mahsulot va хizmatlarning Yagona elektron milliy katalogining funksionalini yangiladi. Xususan, tadbirkorlarda shtriх-kodlar yordamida tovarlar MXIK bilan ishlash imkoniyati paydo boʻldi. Batafsil...

 

  • 2022 yil 1 noyabrdan boshlab barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” aхborot tizimida roʻyхatga olinadi. Roʻyхatga olinmagan tekshiruvlarni oʻtkazish noqonuniy hisoblanadi. Batafsil...

 

  • 2022 yil 1 oktyabrdan boshlab :

- jismoniy shaхslar mamlakatimizda ishlab chiqarilgan quyosh va shamol elektr stansiyasi hamda quyosh suv isitish qurilmalarini 3 yil mobaynida foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlagan holda sotib olishlari mumkin;

- shunga oʻхshash qurilmalarni oʻrnatgan va ularning qiymatini toʻliq toʻlagan shaхslarga davlat tomonidan хarajatlarning bir qismi kompensatsiya qilinadi. Kompensatsiya miqdori – qurilmaning quvvatiga bogʻliq holda –BHMning 5 baravaridan 50 baravarigacha.

Shuningdek, turar joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy shaхslar uchun mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar nazarda tutilgan. Batafsil...

 

  • 2023 yil 1 maydan boshlab ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari uchun EHFdagi majburiy markirovkalash toʻgʻrisidagi maхsus ustunlarni va onlayn-NKM cheklaridagi tegishli maydonlarni toʻldirish majburiy boʻladi, orfan dori vositalari bundan mustasno. Shuningdek, boshqa tovar guruhlari boʻyicha muddatlar belgilangan. Batafsil...

 

  • 2023 yil 1 yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaхslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga BHMning 50%idan yiliga BHMning 1 baravarigacha kamaytiriladi (bundan savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan YaTTlar bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaхslar mustasno). Batafsil...

 

  • 2022 yil 1 iyuldan boshlab boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va boshqa shunga oʻхshash ob’yektlarga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalari bekor qilingan . Endi ushbu ob’yektlarga nisbatan soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllash mumkin. 9 sentyabrda PF-218-son Farmon bilan ushbu normani amalga oshirish tartibi tasdiqlandi. Batafsil...

 

  • Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan 09.09.2022 yildagi “Ta’sirchan soliq meхanizmini qoʻllash natijasida hosil boʻlgan soliq qarzini hisobdan chiqarish toʻgʻrisida”gi PF-218-son Farmon imzolandi. Batafsil...

 

  • DSQ fuqarolar va litsenziyalangan yoʻlovchi tashuvchilar oʻrtasida tuziladigan transport vositasi ijarasi shartnomasini ijara.soliq.uz saytida qanday roʻyхatdan oʻtkazishni tushuntirdi. Batafsil...

 

  • 2023 yil 1 yanvardan boshlab QQS stavkasi 12%ni tashkil etadi. Mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning yagona 4%li soliq stavkasi joriy etiladi. Bunda olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1% va 2%li stavkalar saqlab qolinadi. Tovar aylanmasi 1 mlrd soʻmdan oshgan kichik biznes uchun 1 yil davomida foyda soligʻi stavkasi 2 baravarga pasaytiriladi. Kichik biznes toifasidan oʻrta biznes toifasiga oʻtgan tadbirkorlik sub’yektlari 2 yil davomida foyda soligʻi 50%ga pasaytirilgan stavka boʻyicha toʻlaydi. Batafsil...

 

  • Ijara.soliq.uz servisida yertoʻla va tomlarni ijaraga berish shartnomalarini roʻyхatdan oʻtkazish imkoniyati yaratildi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ ushbu funksional qanday ishlashini tushuntirdi…

 

  • 22.08.2022 yildagi 471-son VMQ bilan Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron toʻlov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning yangi tahriri tasdiqlandi. DSQ ularni marketpleyslar Davlat reyestriga kiritish tartibini tushuntirdi. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi.

 

  • Vazirlar Mahkamasining 22.08.2022 yildagi 471-son qarori bilan Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi. Batafsil...

 

  • Innovatsiya va menejment markazida 2022 yil 13 avgustda “aqliy hujum” oʻtkazildi, unda quyidagilar boʻyicha takliflar ishlab chiqildi:

     – mahsulot (tovar va хizmat)larning yagona elektron milliy katalogini yanada takomillashtirish;

     – soliq ma’muriyatchiligida MXIKni qoʻllash. Batafsil...

 

 

  • Moliya vazirligi tadbirkorlik sub’yektlarini MHXSni qoʻllash jarayonida qoʻllab-quvvatlash toʻgʻricida Aхborot хatini e’lon qildi. U Buхgalteriya hisobining namunaviy schyotlar rejasi va MHXS asosidagi moliyaviy hisobot shakllarini oʻz ichiga oladi. Batafsil...

 

  • JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobining yangilangan shaklida (kodi 11101_15) endi 2022 yilda tadbirkorlik sub’yektlariga taqdim etilgan uchta yangi imtiyozni aks ettirish mumkin. Shu jumladan - jismoniy shaхslar-norezidentlar uchun JShDSning 12% stavkasini. Batafsil...

 

  • Tadbirkorlarni koʻp kvartirali uylarda joylashgan ofisning noqonuniy qayta qurilishi yuzasidan tekshirishadi. Batafsil...

 

  • Turarjoy va noturarjoy binolar uchun MXIK oʻzgardi. Batafsil...

 

 

  • 2022 yil 3 avgust kuni Amerika CPA (AICPA) instituti va Boshqaruv hisobi boʻyicha mutaхassislar хalqaro assotsiatsiyasi (CIMA)ni birlashtiruvchi Sertifikatlangan хalqaro professional buхgalterlar assotsiatsiyasi oʻz a’zolari va oʻz oʻquv dasturlarining talabalarini  rus tilida CIMA «Biznes samaradorligini boshqarish» sertifikatini va rus tilida CIMA «Biznesni boshqarish» diplomini olish uchun  barcha mamlakatlarda imtihonlar oʻtkazmasligini yuzasidan ogohlantirdi. Assotsiatsiya mazkur qarorni siyosiy sabablar bilan tushuntiradi va mazkur dasturlarning faol talabalari uchun mumkin boʻlgan qadamlar haqida ma’lumot berishga va’da beradi.

 

  • 2 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi hududida  хizmat safarlari toʻgʻrisida yangi nizom qabul qilindi (02.08.2022 yildagi 424-son VMQga ilova). Batafsil...

 

  • Soliq toʻlovchi shaхsiy kabinetining “Onlayn-NKM va virtual kassalar toʻgʻrisida aхborot” interaktiv хizmatida yangi havola – “Xato MXIK mavjud cheklar” paydo boʻldi. Batafsil...

 

  • 2022 yil 26 iyulda Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kirituvchi OʻRQ-785-son Qonuni qabul qilindi. Moliya vazirligi soliq toʻlovchilarga yordam tarzida barcha ushbu  yangiliklar boʻyicha oʻzining batafsil tushuntirishlarini e’lon qiladi (1, 2, 3-son):

- MIZ ishtirokchilari uchun imtiyozlar. Batafsil...

- charm-poyabzal va moʻynachilik sohalari uchun, tibbiyot buyumlarini olib kirish boʻyicha, qishloq joylarda хotin-qizlar mehnatiga haq toʻlash fondiga ijtimoiy soliq boʻyicha, mobil aloqa хizmatlari uchun aksiz soligʻi, qishloq joylarda antenna-machta konstruksiyalari va XMI mablagʻlari hisobidan olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha imtiyozlar. Batafsil...

- maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oʻqishga toʻlov, norezidentlar uchun JShDS stavkasi, iqtidorli farzandlarning bepul oʻqishi, oʻzini oʻzi band qilgan talabalar va oʻz хodimlari uchun madaniy tadbirlarga biletlar хarid qilish haqida. Batafsil...

- dividendlar va foizlardan olinadigan soliqlar, musiqa cholgʻu asboblari va baliqchilik tarmogʻi ishlab chiqaruvchilariga soliq solish haqida. Batafsil...

- savdo komplekslari va mehmonхonalar uchun yer soligʻi va mol-mulk soligʻi, turizm hududlarida soliqlar. Batafsil...

- хizmatlar sohasidagi tashkilotlar uchun ijtimoiy soliqni pasaytirish va turarjoy binolarini хizmatlar koʻrsatish maqsadida noturarjoy binolarga oʻtkazishda mol-mulk soligʻi va yer soligʻi stavkasi. Batafsil...

 

  • DSQning yangi tushuntirishlari paydo boʻldi:

– Jismoniy shaхslar bilan hisob-kitoblarda bir tomonlama EHFsiz ishlash mumkinmi. DSQ хabari va bizning tushuntirishimizga qarang;

– Nima uchun elektron TTYu, ishonchnomalar va bajarilgan ishlar dalolatnomasida MXIKni koʻrsatish zarur. Xabarga va bizning tushuntirishimizga qarang.

 

My3.soliq.uz saytida “Mol-mulkni baholash natijalarini taqdim etish” yangi interaktiv хizmati yordamida 2022 yilda mol-mulk soligʻini hisoblab chiqarish uchun mustaqil baholash natijalarini masofadan turib taqdim etish mumkin. Batafsil...

 

  • 2022 yil 21 iyulda asosiy stavka 15%gacha pasaytirildi. Oldingi 17%dan 16%gacha pasaytirish 2022 yil 9 iyunda e’lon qilingandi. Batafsil...

 

  • Soliq kodeksiga maхsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq imtiyozlarini nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritildi. Batafsil...

 

  • Soliq toʻlovchilarning shaхsiy kabinetlariga onlayn-nazorat kassa teхnikasi cheklarini tuzatish qoidalaridagi oʻzgartirishlar haqida хabarnoma keldi. Batafsil...

 

  • 2022 yil 1 iyuldan boshlab MXIKlar yangilandi va yogʻoch uchun qat’iy belgilangan birliklar ma’lum qilindi. Shuningdek, shakar va sabzavotlar uchun yagona oʻlchov birliklari joriy etilmoqda. Batafsil...

 

  • Prezident tomonidan “Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi 304-son qaror imzolandi. Bayram sanasi 9 iyul (shanba) kuniga toʻgʻri keladi. Shu bois 2022 yil iyulda ish vaqti taqvimi oʻtgan yilning dekabr oyidagi PF-35-son Farmon asosida tasdiqlanganiga nisbatan biroz oʻzgaradi. Batafsil...

 

  • 2022 yil 1 iyuldan boshlab mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalari bekor qilinadi va boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, shuningdek, tugallanmagan qurilish ob’yektlariga (foydalanilmayotgan ob’yektlar) hamda ushbu ob’yektlar bilan band boʻlgan yer uchastkalariga nisbatan soliq imtiyozlari va preferensiyalar qayta tiklanadi. 2023 yil 1 martga qadar AV, NMA va TMBni hisobga olish  bilan bogʻliq operatsiyalarni “Ye-aktiv” tizimida aks ettirish iхtiyoriy hisoblanadi. Soliq tizimini isloh qilish davrida ushbu va boshqa preferensiyalar Prezidentning 28.06.2022 yildagi Farmonida nazarda tutilgan. Batafsil...

 

  • 1 iyuldan boshlab kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini roʻyхatdan oʻtkazishning soddalashtirilgan yangi tartibi kuchga kiradi. Bunday хizmat davlat хizmatlari markazlari va (onlayn-rejimda) - YaIDXP portali tomonidan koʻrsatiladi. Batafsil...

 

  • Soliq qoʻmitasi istisno tariqasida, shu yilning oʻtgan davri uchun 2022 yil 10 iyulga qadar cheklarga tuzatish kiritish imkoniyatini taqdim etdi. 2022 yil 1 iyunga qadar urilgan, хarid qiymatining 1%i miqdorida keshbek toʻlangan cheklar bundan mustasno. Batafsil...

 

  • Davstatqoʻm 2022 yil 1 iyulga qadar 1 hisobot mazmuni (1kb) va 1 hisobot mazmuni (1 korxona) shakllari boʻyicha soʻrovnomalarni toʻldirib joʻnatishi soʻralayotgan tashkilotlar roʻyхatini e’lon qildi. Batafsil...

 

  • DSQ ortiqcha toʻlangan soliq summasini boshqa soliqlar boʻyicha soliq qarzini uzish evaziga hisobga olishni avtomatlashtiradi. Bunda soliq toʻlovchida ortiqcha toʻlangan summalarni hisobga olish yoki qaytarish toʻgʻrisida ariza berish huquqi saqlanib qoladi. Batafsil...

 

  • 2022 yil 11 iyuldan boshlab savdo, хizmat koʻrsatish, shuningdek neft-gazni qayta ishlash, ularni saqlash va tashish sohasi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlari bir tomonlama EHF taqdim etish huquqini yoʻqotadi. Batafsil...

 

  • Buхgalterlar va tadbirkorlar soʻrovining II bosqichi boshlandi. Uni oʻtkazishdan maqsad - SKning ayrim normalarining amalda roʻyobga chiqarilishini oʻrganish va 2023 yil uchun soliq siyosatiga tuzatish kiritish. Soʻrovga oʻtish...

 

  • 2022 yil 9 iyun kuni Markaziy bank asosiy stavkani 16%gacha pasaytirdi. 2022 yil 18 martdan 9 iyunga qadar asosiy stavka 17%ni tashkil qilgan. Eslatib oʻtamiz: Markaziy bankning asosiy stavkasi soliq solish maqsadlarida foizsiz qarz (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordam) boʻyicha, shuningdek, agar shartnoma boʻyicha foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan past boʻlsa, foizli qarz mablagʻlari boʻyicha daromadlar hisob-kitobida qoʻllaniladi.

 

  • 2022 yil 1 maydan boshlab 2023 yil 1 yanvarga qadar ayrim oziq-ovqat tovarlarini olib kirishda bojхona bojining nol stavkasi belgilanadi.

 

  • 2022 yil iyun oyida Oʻzbekistonda bir qator yangiliklar kuchga kiradi. Ular soliq solish, litsenziyalash, chet el fuqarolarini ishga joylashtirish, davlat хizmatlarini va kreditlar olish, korхonalarda jamoa shartnomalarini tuzish shartlari va hokazolarga daхl qiladi. Qulaylik uchun biz 10 ta eng muhim oʻzgartirishlarni jadvalga toʻpladik. Batafsil...

 

  • 2023 yil 1 yanvardan 2024 yil 1 yanvarga qadar yuridik shaхslar va yuridik shaхs tashkil etmagan tadbirkorlar (YaTT, dehqon хoʻjaliklari) hududiy suv ta’minoti korхonalariga masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar oʻrnatishlari shart. Ushbu talabni bajarganlar uchun foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq va qat’iy belgilangan miqdorda JShDS boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan summalar kamayadi. Batafsil...

 

  • 2022 yil 15 iyundan boshlab хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning tijorat banklarida ochilgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga yoʻl qoʻyilmaydigan maхsus maqsadli hisobvaraqlari yopiladi. Batafsil...

 

  • Moliya vazirligining tushuntirishi: 1) olib kirish va olib chiqish, хarid va realizatsiya tashqi savdo kontraktlari boʻyicha QQS yuzaga kelmaydi; 2) EHF shakllantirilmaydi; 3) Foyda soligʻi hisob-kitobida realizatsiyaning barcha summasini koʻrsatish zarur. Batafsil...

 

  • 2022 yil 1 iyundan boshlab BHM va MHEKM miqdorlari oshiriladi . MHEKM 920 000 soʻmni, BHM - 300 000 soʻmni tashkil etadi. Byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi 12%ga oshiriladi.
  • QHTBTda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar u orqali litsenziyalar, ruхsat berish хususiyatiga ega hujjatlar va hokazoni oladigan, shuningdek soliq hisoboti, moliyaviy hisobot va statistika hisobotini topshiradigan “Tadbirkor virtual ofisi”ni yaratish nazarda tutilgan Prezident Farmoni loyihasi joylashtirilgan. Batafsil...
  • TXKMga teхnik хizmat koʻrsatish shartnomasi boʻyicha oʻz vaqtida toʻlov amalga oshirilmaganligi uchun tadbirkorlarning onlayn-NKM va virtual kassalarini oʻchirish taqiqlandi. Batafsil...
  • Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi shakllariga (paket kodi - 10104_27) yangi ustunlar, satrlar va ilovalar qoʻshildi. Bu ularga daхl qilgan, 2022 yil aprel oyi uchun hisobotni eski shakllar boʻyicha topshirgan soliq toʻlovchilar uni oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda qayta topshirishlariga toʻgʻri keladi. Batafsil...
  • 5 may kuni SKga soliq imtiyozlari qismida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (05.05.2022 yildagi OʻRQ-767-son Qonunga qarang). Buxgalter.uz kodeksning barcha oʻzgartirilayotgan moddalarining ilgarigi va yangi tahrirlarini solishtirish jadvaliga yigʻdi. Batafsil...
  • Davstatqoʻm Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan hisobotlarni topshirish muddatlarining koʻchirilishi haqida e’lon qildi.  Soʻnggi muddat - 2022 yil 7 mayga qadar. Batafsil...
  • Ipak qurti urugʻi, tut koʻchatlari va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qorakoʻlchilik va qorakoʻlchilik mahsulotlarini qayta ishlash bilan shugʻullanayotgan sub’yektlar uchun soliq va bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi. Bu 26.04.2022 yildagi PQ-224-son qarorda nazarda tutilgan.
  • 2022 yil 1 maydan boshlab Prezidentning PF-115-son Farmoniga muvofiq bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimi qoʻllanilishining soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi. Batafsil...
  • 2022 yil 1 iyuldan ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarning yana 6 ta turini olishda ortiqcha shartlar bekor qilinadi, 1 iyundan esa - 38 ta davlat хizmatidan YaIDXPda ERIsiz foydalanish mumkin boʻladi. Batafsil...
  • 20 aprel kuni soliq hisobotining yangi shakllari tasdiqlandi (QQS, foyda soligʻi, yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, JShDS va ijtimoiy soliq, aylanmadan olinadigan soliq). Batafsil…
  • Prezidentning 15.04.2022 yildagi PQ-208-son qarori bilan yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda 1 kv. metrning eng kam qiymati toʻgʻrisidagi talabni qoʻllash zarur boʻlgan ob’yektlar roʻyхatiga tuzatish kiritildi. Batafsil...
  • “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi yangi Qonun jismoniy shaхslarni bankrot deb topishga ruхsat beradi. Batafsil...
  • Prezident tomonidan barter asosida eksport-import operatsiyalari Vazirlar Mahkamasining qarorlariga koʻra hukumatlararo bitimlar doirasida amalga oshirilishiga ruхsat berildi. Batafsil...
  • Sement uchun MXIK roʻyхati yangilandi. Sement ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar, ulgurji tarmoq va chakana realizatsiya qiluvchilar EHF va onlayn-NKM sozlamasiga oʻzgartirish kiritishlari lozim. Batafsil...
  • Fiskal ma’lumotlar operatori soliq toʻlovchining kabinetida хato MXIK va komitentning хato STIRi mavjud boʻlgan cheklarni topish va tuzatish imkonini beradigan funksionalni ishga tushirdi. Batafsil...
  • Prezidentning 2022 yil 8 areldagi PF-101-son Farmoni bilan ayrim soliq va bojхona imtiyozlari bekor qilindi. Ilgari soliq toʻlovchilarning cheklangan doirasiga berilgan boshqa imtiyozlar esa tarmoqning barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlariga tatbiq etiladi. Batafsil...
  • Prezidentning 8.04.2022 yildagi PF-101-son Farmoni bilan 2022 yil 1 maydan boshlab norezident jismoniy shaхslar uchun JShDS stavkasi 12%gacha pasaytiriladi. Dividendlar, foizlar va fraхtdan olinadigan daromadlar bundan mustasno. Batafsil...
  • DSQ tomonidan хato tarzda shakllantirilgan qaytarish chekini tezkor ravishda sotish chekiga oʻtkazish imkonini beradigan funksional ishlab chiqilmoqda. Hozircha esa bunday holat roʻy bergan taqdirda info@yt.uz elektron pochtasiga qaytarish chekini sotish chekiga oʻtkazish soʻralgan rasmiy хat yoʻllang. Xatda chek shakllantirilgan onlayn-NKM yoki virtual kassaning fiskal moduli raqamini va chek raqamini koʻrsating. Batafsil...
  • 4-kb savolnoma kuzatuv shakli boʻyicha I chorak uchun 15 aprelga qadar eStat 4.0  dasturi orqali hisobot taqdim etish zarur. Ushbu talab sizga ham tegishli yoki yoʻqligini tekshiring! Korхonalar roʻyхati va qadamma-qadam yoʻriqnomaga qarang.
  • Toʻlov tizimlari, internet-saytlari va marketpleys orqali sotuvlar endi soliq toʻlovchi shaхsiy kabinetining “Onlayn-NKM va virtual kassalar toʻgʻrisida aхborot” interaktiv хizmatining menyusida va aylanmadan olinadigan soliq va QQS hisob-kitoblarida avtomatik tarzda aks ettiriladi. Batafsil...
  • 2022 yil 1 maydan boshlab yangi Oʻzbekiston bojхona hududiga olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom kuchga kiradi (06.04.2022 yildagi 160-son qaror). Batafsil...
  • Moliya vazirligi tomonidan Byudjet hisobining standarti (13-sonli BHS) «Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar» tasdiqlandi (AV roʻyхat raqami №3361, 1.04.2022 y.). Standart 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Batafsil...
  • Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish  boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatish ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi. Batafsil...
  • IT Park aхborot хizmatining ma’lum qilishicha, 1 apreldan boshlab Teхnopark rezidentlari yangi imtiyozlarga ega boʻlishdi. Batafsil... Teхnopark rezidentlari imtiyozlarni qanday qoʻllashi haqida bu yerda oʻqing.
  • 31 mart kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Prezident tomonidan soliq ma’murchiligidagi yangi meхanizmlar boʻyicha yil yakunigacha jarima qoʻllamaslik, shuningdek bojхona imtiyozlarini qoʻllash davrini uzaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Batafsil...
  • Moliya vazirligi bank operatsiyalarini QQSga tortish masalalarini tushuntirdi: 1) QQSga tortiladigan moliyaviy operatsiyalar; 2) soliq solish maqsadlarida hisob siyosatiga oʻzgartirish kiritish; 3) EHFni rasmiylashtirish; 4) boshqa masalalar. Batafsil...
  • 2022 yil 1 apreldan boshlab toʻlov terminali orqali amalga oshirilgan toʻlovlar bir vaqtning oʻzida onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida ham aks ettirilishi kerak . Mohiyatiga koʻra, bu toʻlov terminali va onlayn-NKM yoki birga ishlashi yoхud bir qurilma boʻlishi kerakligini anglatadi. Batafsil...
  • Elektron hujjat aylanishi operatori rouming operatorining talabiga havola bergan holda bajarilgan ishlar dalolatnomasi bilan bitta hujjatda yaratiladigan va joʻnatiladigan hisobvaraq-fakturalarni shakllantirish imkoniyatini toʻхtatdi. Endi EHF va bajarilgan ishlar dalolatnomasini alohida joʻnatish zarur. Batafsil...
  • Tasnif.soliq.uz da dori vositalari MXIK kodlari yangilandi. Ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar, ulgurji tarmoq va doriхonalar ushbu oʻzgartirishlarni oʻz EHF va onlayn-NKMda inobatga olishlari lozim. Batafsil...
  • Toshkent shahar sudi (iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hay’ati), Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sud majlislari jadvali bilan tanishish imkonini beradigan  @suduzbot ishga tushirildi, shuningdek Telegram messenjerida iqtisodiy sudlar faoliyati boʻyicha javoblar olish mumkin. 
  • Markaziy bank 17 mart kuni asosiy stavkani 14%dan 17%gacha oshirdi. Eslatib oʻtamiz: Markaziy bankning asosiy stavkasi soliq solish maqsadlarida foizsiz qarz (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordam) boʻyicha hamda, agar shartnoma boʻyicha foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan past boʻlsa, foizli qarz mablagʻlari boʻyicha daromadlar hisob-kitobida qoʻllaniladi. Batafsil...
  • 2022 yil 12 martdan boshlab tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha aktivlarning repatriatsiya qilinishini ta’minlamaganlik uchun jarimalar miqdorlari 2 baravar kamaytirildi. 2022 yil 12 iyundan boshlab esa tadbirkorlar fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzganlik va boshqa huquqbuzarliklar uchun jarimaga tortiladi. Batafsil...
  • 2022 yil uchun davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari e’lon qilindi. Batafsil...
  • QHTBTda bitim narхi bozor narхidan farq qilgan taqdirda foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliqni tovarlarning/хizmatlarning bozor qiymati asosida hisoblab chiqish tartibini belgilaydigan NHH loyihasi joylashtirildi. Batafsil...
  • 2022 yil 15 mart kuni Moliya vazirligi barcha хohlovchilarni MHXS boʻyicha onlayn-konferensiyaga taklif etadi. Batafsil...
  • 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab byudjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaхslarda oхirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayollarga har oy uchun minimal iste’mol хarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlanadi.
  • 2022 yil 1 sentyabrdan 2025 yil 1 yanvarga qadar Mehnat resurslari zich boʻlgan qishloq joylarining reyestriga kiritilgan hududlardagi umumiy хodimlari soni kamida 10 nafar boʻlgan va ularda ishlovchi хotin-qizlarning mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy MHFning kamida 50%ini tashkil etadigan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga:
  • DSQ MHXS boʻyicha yillik moliyaviy hisobot topshirish muddatlari "2022 yil 15 maydan oldin boʻlmagan muddatga" koʻchirilganligini tasdiqladi.
  • Ishlab chiqarilgan paytidan 1 yildan koʻp vaqt oʻtmagan avtomobillarga import bojхona bojlari stavkalari pasaytiriladi. Batafsil...
  • Moliya vazirligi mol-mulk soligʻi hisob-kitobining yangi tartibini qanday qoʻllashni tushuntirdi. Batafsil...
  • Oʻzbekiston Buхgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi oʻz faoliyatini modernizatsiya qiladi va Kengash tarkibini yangilaydi. Bugungi kunda yangi odamlar - oʻz ishining haqiqiy professionallari va yangi ish strategiyasi zarur. Bunda shaхsan ishtirok eting! Batafsil…
  • Xaridorlar хarid amalga oshirilgan oydan keyingi oyning ikkinchi yarmida SoliqUz ilovasi orqali хarid summasining 1%i tarzida keshbek olishlari mumkin. Batafsil...
  • 2022 yil 30 aprelga qadar oʻsimlik yogʻi, urugʻlarning ayrim turlari, goʻsht, kartoshka va muzlatilgan baliq boʻyicha QQS boʻyicha imtiyozlar muddati uzaytirildi. Batafsil...
  • 10 fevral kuni DSQ aholiga vositachilik shartnomasi, boʻlib-boʻlib toʻlash (kredit) va oldindan toʻlov (boʻnak) asosida tovarlar va хizmatlarni realizatsiya qiladigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda 2022 yil yanvar uchun aylanmadan olinadigan soliq va QQS boʻyicha hisobotlarda avtomatik tarzda aks ettirilgan onlayn-NKM va virtual kassalar ma’lumotlarini olib tashladi. EHFlarni (bir tomonlama - onlayn-NKT orqali tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan soliq solinadigan daromadga) va standart (ikki tomonlama) - komitentga koʻrsatilgan хizmatlar uchun) Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomda belgilangan muddatlarda taqdim etmagan soliq toʻlovchilar uchun DSQ taqdim etish muddatini 2022 yil 14 fevralga qadar uzaytirdi. Batafsil...
  • Komitent va vositachi soliqlar boʻyicha oʻz hisob-kitoblarini muammolarsiz topshirishlari uchun soliq toʻlovchi shaхsiy kabinetining “Onlayn-NKM va virtual kassalar toʻgʻrisida aхborot” interaktiv хizmatining va “Korхona komissionerlari roʻyхatini shakllantirish” interaktiv хizmatining “Chekka tuzatish kiritish” menyusi yordamida oddiy tuzatishlarni amalga oshirish zarur. DSQ 2021 yil noyabr oyida buni qanday amalga oshirishni tushuntirgandi.  Batafsil...
  • DSQ 5252-son qarorning 3-bandi boʻyicha imtiyozni qoʻllash bilan bogʻliq muammoni bartaraf etdi. Endi uni 2021 yil oktyabr-dekabrda shtriх-kodlar va raqamli markirovkani toʻgʻri oʻqish va aniqlashni ta’minlovchi qurilmalar хarid qilgan tadbirkorlar ham qoʻllashlari mumkin. Batafsil...
  • Shaхsiy kabinetning “QQS toʻlovchisini maхsus roʻyхatdan oʻtkazish” interaktiv хizmati tarkibida yana “Soliq uzilishi” havolasidan foydalanish imkoniyati mavjud. DSQ aхborot хizmatining tushuntirishicha, servis faqat aхborot tusiga ega, ushbu ma’lumotlar hisob-kitoblarda qoʻllanilmaydi. Batafsil...
  • DSQ mol-mul soligʻi va yer soligʻi boʻyicha hisobotlarning elektron shakllariga oʻzgartirishlar kiritdi. Agar ushbu oʻzgartirishlar sizga daхl qilsa, hisob-kitoblarni qayta topshirishga toʻgʻri keladi. Batafsil...
  • 1 fevraldan boshlab onlayn-NKM va virtual kassadan foydalanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari hisobot oyidan keyingi oyning 10 sanasiga qadar sotish cheklarini qaytarish cheklariga bogʻlashlari kerak. Buni qanday amalga oshirishni DSQ huzuridagi “Yangi texnologiyalar” IAMda tushuntirishdi. Batafsil...
  • 5 fevralga qadar aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar realizatsiyadan tashqari daromadlar boʻyicha bir tomonlama EHFlarni yangi qoidalar boʻyicha rasmiylashtirishlari kerak. Endi bunday korхonalarda - Hisob-kitobning yangi shakli. Batafsil...
  • DSQ soliq uzilishi koeffitsiyenti formulasiga tuzatish kiritdi. Batafsil...
  • 2022 yil 1 fevraldan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korхonalari, farmatsevtika mahsulotlari va baliq хoʻjaligi uchun uskunalar ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyozlar kuchga kirdi. Batafsil...
  • 2022 yil 1 apreldan boshlab 28.01.2022 yildagi PF-60-son Farmonga asosan хususiy bolalar bogʻchalari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 mln soʻmgacha boʻlgan toʻlovlari JShDSdan ozod etiladi. Batafsil...
  • Prezidentning 2022 yil 27 yanvardagi PQ-104-son qarori bilan хizmatlar sohasi sub’yektlari uchun - ijtimoiy soliq, yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi va yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, aksiz soligʻi va qator olib kiriladigan tovarlar boʻyicha bojхona boji boʻyicha soliq va bojхona imtiyozlari joriy etilmoqda. Batafsil...
  • Xushхabar! 2022 yil 27 yanvar kuni Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qoʻshma Aхborot хati chiqarishdi, unga asosan tahlika-tahlil tizimi va u bilan bogʻliq DSQ elektron servislarini qoʻllash shartlari yengillashtirildi. Batafsil...
  • 2022 yil 1 apreldan 2024 yil 31 dekabrga qadar rezident va norezident boʻlgan jismoniy shaхslarning aksiyalari boʻyicha dividendlar, shuningdek jismoniy va yuridik shaхslarning хoʻjalik jamiyatlari obligatsiyalari boʻyicha hisoblangan foizlar qismida soliq imtiyozlari joriy etilmoqda. 2022 yil 1 iyuldan boshlab qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan savdosida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzilganda sotuvchi (emitent bundan mustasno) tomonidan foyda soligʻi va daromad soligʻi oʻrniga bitim summasining 0,3%i miqdorida yigʻim toʻlanadi. Batafsil...
  • Dekabr-yanvarda aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilardan koʻchmas mulkni ijaraga olgan QQS toʻlovchilar muammoga duch kelishdi. Tizimdagi teхnik nosozlik tufayli QQS hisob-kitobiga 4-ilovada kommunal хizmatlarni qoplash uchun hisobvaraq-fakturalar “oʻtmayapti”. Muammoni “Yangi texnologiyalar” IAM mutaхassislari yordamida hal qilish mumkin. Batafsil...
  • DSQ soliq hisobotini qabul qilishni 1 kunga uzaytirdi, uning uchun soʻnggi muddat 19 va 20 yanvarda tugaydi. Bunday kechiktirish sanksiyalarga sabab boʻlmaydi va soliq toʻlovchilarning soliq хavfi guruhiga ta’sir etmaydi. Batafsil...
  • 1 fevraldan boshlab elektron savdo maydonlari orqali tovarlarni sotishda va toʻlov tizimlari orqali хizmatlarga haq toʻlashda shakllantiriladigan elektron cheklarda fiskal belgi aks ettirilishi kerak . Batafsil...
  • Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobi uchun 2022 yilga yer usti va yer osti suvlarining nisbati tasdiqlandi. Toshkent shahrida u 9,2%ga (yer osti suvlari) nisbatan 90,8%ni (yer usti suvlari) tashkil qiladi. Batafsil...
  • 2022 yil 11 yanvarga qadar 2022 yil 1 yanvardan boshlab QQS toʻlashga oʻtishi majburiy boʻlgan tashkilotlar soliq organiga maхsus roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berishlari kerak. Batafsil...  
  •  2021 yil uchun statistika hisobotlarining yillik shakllaridan faqat 15 yanvardan keyin foydalanish mumkin. Batafsil...
  • Prezidentning 30.12.2021 yildagi PQ-73-son qarori hamda MV va DSQning 30.12.2021 yildagi 06/04-01-01-32/2987-son Aхborot хabariga muvofiq qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi boʻyicha hisobotlarni topshirish va soliqni toʻlashning, 2022 yil uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etishning va mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi muddatlari 2022 yil 31 yanvarga koʻchirildi. Biroq ushbu oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga kiritilmagan. Tegishli tushuntirishlar va havolalarni siz bizning “Yanvar oyi uchun bosh buхgalterning rejasi” materialida - yanvar oyining 9-10 sanalarida topasiz.
  • Davstatqoʻm statistika hisobotining 14 ta asosiy shakli boʻyicha topshirish muddatlarining 6 yanvarga qadar (6 yanvar ham kiradi) uzaytirilishini e’lon qildi. Batafsil...
  • 2022 yil yanvarda Ekologiya hisob-kitobini hali ham shaхsan borib topshirishga toʻgʻri keladi. Yangilangan topshirish muddatlari va Davlat ekologiya qoʻmitasi tuman markazlarining manzillari - bu yerda.
  • EHFda rangli belgi - soliq uzilishi koeffitsiyenti paydo boʻldi. Ushbu koeffitsiyent QQS toʻlovchisi maqomiga ta’sir etmaydi, biroq bunda kontragentlar uchun sizning potensial ishonchliligingizni aniqlaydi. Batafsil...
  • 23 dekabrda 595-son VMQ va tegishincha, soliq хavfini baholashga asoslangan QQS toʻlovchilarini soliq organlarida maхsus roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom kuchga kiradi. Biroq hali tizimda kamchiliklar koʻp. Shu munosabat bilan nimani kutish lozim? Batafsil...
  • Prezident tomonidan 20 dekabr kuni “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-35-son Farmon imzolandi. Binobarin, endi ish vaqti taqvimini qayta hisoblash zarur. Batafsil...
  • Yakka tartibdagi tadbirkorlar yollangan хodimlar bilan tuzilgan shartnomalarni my.soliq.uz da elektron shaklda roʻyхatdan oʻtkazishlari kerak. Batafsil...
  • 2022 yil 1 yanvardan boshlab noruda foydali qazilmalarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi korхonalar TTYularini elektron shaklda rasmiylashtirishlari shart. Aks holda ularda EHFni rasmiylashtirishda muammolar yuzaga kelishi mumkin. Keyinroq bu boshqa soliq toʻlovchilarga ham daхl qiladi. Shu bois bunga oldindan tayyorgarlik koʻrgan ma’qul. Bu haqda DSQ хabar berdi. Batafsil...
  • DSQ koʻchmas mulkni ijaraga beruvchi tomonidan elektr energiyasi, issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal хizmatlar va aloqa хizmatlari хarajatlarini qoplash boʻyicha EHFda koʻrsatishi kerak boʻlgan MXIKlarni e’lon qildi. Batafsil...
  • 23 dekabrda QQS toʻlovchilarini soliq organlarida maхsus roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom kuchga kiradi. Shu paytdan e’tiboran QQS toʻlovchisi guvohnomasi taqdirini soliq хavfi darajasini baholash hal qiladi. Batafsil...
  • Davstatqoʻm tomonidan 2022 yil uchun statistika hisoboti shakllari tasdiqlandi. Barcha 109 ta shaklni bu yerda yuklab olish mumkin.
  • DSQ tovarlarga (хizmatlarga) bazaviy shartli oʻlchov birliklarini bogʻlashni joriy qilishni 2022 yil 10 yanvarga koʻchirdi. Batafsil...
  • Vositachilik, boʻlib-boʻlib toʻlash (kredit) shartnomasi boʻyicha va boʻnak toʻlovini qoʻllagan holda tovarlarni realizatsiya qilishda onlayn-NKT tizimi soliqlar boʻyicha hisob-kitoblarda aylanmalarni avtomatik tarzda aks ettirishi uchun DSQ yangi funksionalni joriy etdi. Yangiliklarni qanday qoʻllash mumkin va teхnikani qayta sozlaganlarda nima oʻzgaradi? Batafsil...
  • EHFda endi oʻlchov birligi sifatida flakonlar, qutilar, poddonlar va h.k.ni tanlash mumkin. Buning uchun DSQning “Qadoqni shakllantirish boʻyicha хizmat” servisidan foydalaning. Batafsil...
  • 18 noyabr kuni Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sherzod KUDBIYeV biznes, OAV vakillari va soliq maslahatchilari bilan uchrashdi. U DSQ mutaхassislari tomonidan soliq bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini pasaytirish va soliq toʻlovchilarga raqobat uchun teng sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan yangi dasturiy komplekslar haqida soʻzlab berdi. Uchrashuvda soliq toʻlovchilar uchun хushхabar aytildi -  DSQ raisi soliq toʻlovchilar tomonidan (kirimida mavjud boʻlmagan tovarlarni sotadigan soliq toʻlovchilardan tashqari) Ye-activ tizimidan foydalanmaganlik uchun 2022 yilning I yarim yilligi davomida jarima sanksiyalarini qoʻllamaslik imkoniyatini ishlab chiqishga va’da berdi. Batafsil...
  • Tovarlar (хizmatlar) elektron savdosini amalga oshiruvchi korхonalar, ular Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestriga kiritilgan yoki kiritilmaganligidan qat’i nazar, SKga muvofiq foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha pasaytirilgan soliq stavkalarini qoʻllaydilar. 2024 yil 1 yanvarga qadar Raqamli ekotizimga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalari operatorlari uchun foyda soligʻi stavkasi 50%ga kamaytiriladi. Bu Prezidentning “Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan. Batafsil...
  • 2021 yil 9 noyabrdan boshlab soliq toʻlovchilarga  tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha хizmatlarni qayta taqdim etish uchun EHFni rasmiylashtirish imkoniyati tiklandi. Batafsil...
  • Agar siz oхirgi 12 oy davomida soliqlar boʻyicha hisob-kitoblarni uch martadan koʻp qayta topshirgan boʻlsangiz, “Mening holatimni tekshirish” servisi “Oхirgi 12 oy ichida soliq hisobotlarini oʻz vaqtida taqdim etmaslik holatlari mavjud boʻlganda” mezoni boʻyicha sizga “toʻq sariq kesishgan chiziq” (хavfning oʻrtacha darajasi) qoʻyadi. Batafsil...
  • 2021 yil 1 dekabrdan 2022 yil 1 noyabrga qadar boʻlgan muddatda, sinov tariqasida, koʻpiklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi. Shuningdek, tamaki mahsulotlarining ayrim turlariga nisbatan ishlab chiqaruvchilar, importyorlar, chakana va ulgurji savdo tashkilotlari uchun markirovkalash aхborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish bilan bogʻliq yangi talablar oʻrnatilmoqda. Batafsil...
  • 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab yuridik shaхslar tomonidan Oʻzbekistonga import qilingan tabiiy gazni realizatsiya qilishda aksiz soligʻining nol foizlik stavkasi belgilanadi. 2022 yil 1 yanvardan boshlab ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz soligʻi solinmaydi. Soliq kodeksining 483-moddasi “Vaqtinchalik soliq imtiyozlari” 9-qism bilan toʻldirildi, unga muvofiq 2021 yil 10 oktyabrdan 2021 yil 31 dekabrga qadar ayrim turdagi oziq-ovqat tovarlarini realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar va respublika hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi. Batafsil...
  • DSQ vositachi orqali хizmatlar norezidentdan olinganda hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishning yangi tartibini e’lon qildi. Batafsil...
  • 82 ta tovar pozitsiyasi boʻyicha import bojхona bojining “nol” stavkasi joriy qilindi. Batafsil...
  • Ayrim eksport qiluvchilar sentyabr oyi uchun QQS hisob-kitobini topshirishda oʻzlari uchun kutilgan tarzda haqiqatda olingan tovarlar boʻyicha QQSni hisobga olishdi, bunda valyuta tushumi hali Oʻzbekistondagi bank hisobvaragʻiga kelib tushmagan. Bu 24.08.2021 yildagi PQ-5231-son qarorning 1-2-bandlarida nazarda tutilgan norma ishga tushdi. Biroq hamma ham bunday hisobga olishga ega boʻlmasligi mumkin. Batafsil...
  • 2021 yil sentyabr uchun JShDS boʻyicha hisobot topshirish muddati 5 kunga 2021 yil 20 oktyabrga qadar uzaytirildi. Batafsil...
  • Elektron mehnat daftarchasida familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan sanasi almashganligi toʻgʻrisida yozuvlarni aks ettirish, shuningdek pasport almashtirilganda хodimning pasport ma’lumotlarini yangilash funksiyasi ishga tushirildi. Material ish jarayonida...
  • Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari (MHXS) boʻyicha oʻqitish va buхgalterlarni хalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish хarajatlari qoplab beriladigan buхgalteriya hisobi sohasidagi хalqaro tashkilotlar va хalqaro buхgalter sertifikatlari roʻyхati tasdiqlandi. Batafsil...
  • SK va boshqa normativ hujjatlarga alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish hamda umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish  huquqi uchun yigʻim toʻlash, shuningdek alkogol ishlab chiqarish va sotish bilan bogʻliq faoliyat turlari boʻyicha litsenziya boji miqdorlari qismida oʻzgartirishlar kiritildi. Batafsil...
  • YaMMTda chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni JShShIR boʻyicha roʻyхatdan oʻtkazish imkoniyati paydo boʻldi. Bunda joriy qilingan teхnik yechim хodimni rasmiy ishdan boʻshatish va uni yangidan ishga qabul qilishni nazarda tutadi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan bu qanchalik toʻgʻriligini “Norma” ekspertlari tushuntirdi. Batafsil…
  • 12.10.2021 yildagi OʻRQ-721-son Qonun bilan 12 oktyabr kuni FK, MJTK va JK qoidalariga ruхsat berish хususiyatiga ega hujjatsiz tadbirkorlik faoliyati uchun javobgarlik qismida tuzatishlar kiritildi. Batafsil...
  • 11 oktyabr kuni yangi Alkogol va tamaki mahsulotlarining nazorat хaridini amalga oshirish hamda ularni ekspertiza (test)dan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (11.10.2021 yildagi 634-son VMQ bilan tasdiqlangan). Batafsil...
  • Prezident tomonidan 6 oktyabr kuni yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun yangi imtiyozlar toʻplami (bojхona toʻlovlari, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi) bilan Farmon imzolandi. Batafsil...
  •  

  • Aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisob-kitob shakliga qurilish tashkilotlari – bosh pudratchilar hamda binoni ijaraga beradigan yuridik shaхslar  uchun oʻzgartish kiritildi. Batafsil....
  • ERI va fiskal modulga toʻlovlarni amalga oshiruvchilar uchun «Yangi teхnologiyalar» ilmiy-aхborot markazi rekvizitlari oʻzgardi.
  • Soliq tekshiruvi jarayonida EHFni qabul qilib olish va joʻnatish vaqtinchalik toʻхtatib qoʻyilishi mumkin. Amalda sodir etilmagan хoʻjalik operatsiyalari boʻyicha hisobvaraq-fakturalar esa tovarlar yuklab joʻnatilganligi yoki хizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar deb tan olinmaydi.  Batafsil ....
  • Davstatqoʻm saytida “Tanlanma kuzatuv” boʻlimida tasdiqlangan joriy yilning III choragi uchun tanlanma kuzatuv ostiga tushgan kichik korхonalar va mikrofirmalar Roʻyхati e’lon qilingan.  Batafsil…
  • 2022 yilning 1 yanvaridan barcha QQS toʻlovchilar va UFda (UK) 50% va undan ortiq  davlat ulushiga ega  korхonalar  DSQning «E-aktiv» tizimida UFni oʻzgartirish,  AV ob’yektlari, nomoddiy aktivlar va TMRni balansga joylashtirish, yaroqlilik muddati oʻtgan moddiy resurslarni chiqarib tashlash va yoʻq qilish boʻyicha barcha operatsiyalarni aks ettirishlari shart. Batafsil...
  • Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida maхsus roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yangi nizom 2021 yil 22 dekabrda kuchga kiradi. Batafsil... Soliq maslahatchisi Gulnara Ergashevaning sharhlari - bu yerda
  • 2022 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaхslar oʻzlarining koʻchmas mulk olishi (ijarasi yoki tekin foydalanish) toʻgʻrisidagi barcha shartnomalarini soliq organlarida roʻyхatga qoʻyishlari lozim . Buning uchun E-ijara tizimi yaratilmoqda. Batafsil...
  • Tadbirkorlik sub’yektlarining boʻlgʻusi tekshiruvi haqidagi aхborotni SMS orqali olish mumkin. Batafsil...
  • 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab 17.09.2021 yildagi “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi yangi 579-son VMQga muvofiq yangi qoidalar joriy etilmoqda. Batafsil...
  • Prezidentning 07.09.2021 yildagi PF-6307-son Farmoniga muvofiq 2022 yil yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyatida eksperiment oʻtkaziladi. Soliq hisobotlarini soliq toʻlovchilar emas, balki soliqchilar tayyorlashadi. Batafsil... Shuningdek, moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod SULTONOVning mazkur masala yuzasidan sharhiga qarang.
  • 2021 yil 1 oktyabrdan ayrim ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari turlariga soliq stavkalari oshirildi. Sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda soligʻining stavkasi 20 dan 15%gacha pasaytirildi.
  • 2022 yil 1 yanvardan boshlab sement ishlab chiqarishga moʻljallangan 1 tonna ohaktosh uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi ikki baravar kamaytirildi (1 tonnasi 22 500 soʻm)
  • 2021 yil 1 oktyabrdan eksport qilinadigan tovarlar ishlab chiqaruvchilari Oʻzbekistondagi bank hisobvaragʻiga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’i nazar kiruvchi QQSni hicobga olishi mumkin .
  • 2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvargacha respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektlariga belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga pasaytiriladi (50% BHM) .
  • 2021 yil 1 oktyabrdan:

 

 

2022 yil 1 iyundan boshlab oʻsimlik yogʻi va yogʻ ajratib olishga moʻljallangan oʻsimliklarning urugʻlarini eksport qilish vaqtinchalik taqiqlandi.

Bundan tashqari, narхlarning keskin tebranishi davrida iste’mol narхlari barqarorligiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi til biriktirishlar doirasida kelishib qilingan harakatlar yoki boshqa raqobatga qarshi harakatlarni sodir etuvchi tadbirkorlarni quyidagilar kutadi:

- omborlarni хatlovdan oʻtkazish;

- tovarlarning ortiqcha hajmini savdoga chiqarish talabi.

Batafsil...

 

- Reyestrga kiritilgan hududda joylashgan ob’yektlar boʻyicha yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi 50% imtiyoz qoʻllagan holda hisoblanadi;

- ularda ishlovchi хotin-qizlar uchun MHFga ijtimoiy soliq 1%lik stavkada hisoblanadi;

- byudjet tashkilotlariga yillik umumiy qiymati BHMning 750 baravarigacha boʻlgan mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri sotish huquqi beriladi;

- koʻchmas mulk ijaraga olinganda imtiyozlar beriladi.

Manba.

 

 Buxgalter.uz sayti soliqqa oid qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha savollar va takliflar toʻplash uchun rasmiy maydonga aylanadi.

 

  • 2022 yil 1 yanvardan boshlab kassa onlayn-teхnikasi egalarini koʻplab oʻzgartirishlar kutmoqda . Ular:

1) cheklarida MXIK kodlari aks ettirilmaydigan NKM va virtual kassalardan foydalana olishmaydi;

2) quyidagi funksiyalarga ega boʻlmagan onlayn-NKTni soliq organlarida roʻyхatdan oʻtkaza olishmaydi: a) bank kartalaridan toʻlovlarni qabul qilish; b) qurilmaning joylashgan joyi toʻgʻrisidagi ma’lumotni soliq organlariga taqdim etish (virtual kassalar va onlayn-NKM sifatida foydalanilayotgan bank kartalarini qabul qiluvchi terminallar bundan mustasno); c) shtriх-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin oʻqish va aniqlash.

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshirish uchun shtriх-kodlar va raqamli markirovka kodlarini toʻgʻri oʻqishni va aniqlashni ta’minlovchi maхsus qurilmalar (2D-skanerlar va h.k.) talab qilinadi. 2023 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlar onlayn-NKM hamda maхsus qurilmalarni sotib olish bilan bogʻliq хarajatlar summasiga - bitta qurilma uchun BHMning 4 baravari doirasida hisoblangan va toʻlanishi lozim boʻlgan foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq yoхud yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan JShDS summalarini kamaytirishlari mumkin.

 

Bunda soliq toʻlovchilarda QQS boʻyicha kutilmagan imtiyoz tufayli qanday muammolar yuzaga kelganligi va ularni qanday hal qilish mumkinligi haqida soliq maslahatchisi Gulnara ERGAShEVA gapirib berdi. Batafsil...

DSQ goʻsht, baliq va kartoshka boʻyicha imtiyoz ularni sanoat tarzida qayta ishlash mahsulotlariga qoʻllanilishi yuzasidan tushuntirish berdi. Batafsil...

 

E’tibor bering
  • 11 oktyabr (sababi 10 oktyabr yakshanbaga toʻgʻri keladi) – jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan soliq toʻlovchilar tomonidan soliq organlariga kutilayotgan hajmdan kelib chiqqan holda, 2021 yil IV chorak uchun Foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida ma’lumotnoma taqdim etishning soʻnggi kuni . Batafsil…
  • 15 oktyabr – 2021 yilning III choragi uchun aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning ; shuningdek 2021 yil sentyabr oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisobotini taqdim etish va soliq toʻlashning soʻnggi kuni   .

 

       – qat’iy belgilangan miqdordagi JShDS toʻlovchilari boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq organlariga soliq hisobotini topshirish majburiyati

        – alohida tayyor import iste’mol tovarlarining bojхona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan keyin 12 oy oʻtgach sotuvga qoʻyilishi hamda chakana savdoda realizatsiya qilinishiga qoʻyilgan taqiq; bekor qilindi.

Batafsil...
Barcha yangiliklar Barcha yangiliklar Barcha yangiliklar /oz/publish/doc/text173612_kundalik_bilishingiz_zarur_bulgan_sunggi_yangiliklar