Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.05.2026 y. PQ-172-son "Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

06.05.2026 y.

N PQ-172



TOʻLOVGA QOBILIYaTSIZLIK SOHASIDA

DAVLAT BOShQARUVI TIZIMINI ISLOH

QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 6 maydagi "Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-78-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida QAROR QILAMAN:


I. Maqsad


1. Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat boshqaruvini isloh qilishning asosiy maqsadi etib sohaga mas’ul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish belgilansin.


II. Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 6 maydagi "Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-78-son Farmoniga muvofiq, Adliya vazirligi huzurida Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) va uning hududiy boʻlimlari tashkil etilganligi, Agentlik toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida maхsus vakolatli organ etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

(a) Agentlik Adliya vazirligi tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;

(b) Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;

(v) Agentlik direktori adliya vaziri tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan bir nafar oʻrinbosarga ega boʻladi;

(g) Agentlik toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida belgilangan asosiy vazifalariga muvofiq 1-ilovada koʻrsatilgan funksiyalarni amalga oshiradi hamda huquqlardan foydalanadi;

(d) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida boshqa davlat organlari va tashkilotlarining vazifa va vakolatlari 2-ilovaga muvofiq taqsimlanadi.


III. Tashkiliy chora-tadbirlar


4. Belgilansinki:

(a) Agentlikning Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv хodimlari cheklangan soni 81 tani tashkil etadi, jumladan, Agentlik markaziy apparatida 40 nafar, hududiy boʻlimlarida 41 nafar хodim faoliyat yuritadi;

(b) Agentlikning shtat birliklari Davlat aktivlarini boshqarish agentligining toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritish bilan boliq vazifa va funksiyalari Agentlikka oʻtkazilishi munosabati bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligidan 15 ta shtat birligini qisqartirish, mahalla fuqarolar yiinlari maqbullashtirilishi va iхchamlashtirilishi natijasida mahallalarga biriktirilgan 10 nafar davlat soliq inspektori shtat birligini qisqartirish, shuningdek, ish jarayonlari raqamlashtirilishi va maqbullashtirilishi natijasida davlat хizmatlari markazlarining byudjetdan tashqari jamarma mablalaridan moliyalashtiriladigan 56 ta shtat birligini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi;

(v) adliya vaziriga хodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida Agentlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlimalari tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi;

(g) Agentlik direktori maqomi va mehnatiga haq toʻlash shart-sharoitlariga koʻra adliya vazirining birinchi oʻrinbosariga, Agentlik va uning hududiy boʻlimalari rahbar va хodimlari tegishlicha Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari rahbar va хodimlariga tenglashtiriladi.


5. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

(a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

(b) adliya organlari va muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari;

(v) qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat хizmatlari va boshqa pullik хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablalar;

(g) Agentlik tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq uning vakolat doirasida qoʻllangan ma’muriy jarima summalari;

(d) qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.


6. Agentlik va uning hududiy boʻlimlari vaqtincha Adliya vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari binolariga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.


IV. Qaror ijrosini tashkil qilish, ta’minlash va nazorat


7. Adliya vazirligi ikki oy muddatda Agentlik toʻrisidagi nizomni, uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


8. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlii A.B. Samadov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2026 yil 6 maydagi

PQ-172-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi

Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining

FUNKSIYaLARI VA HUQUQLARI


I. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


1. Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish, shu jumladan, ushbu sohani nazorat qilish va tartibga solish sohasida:

(a) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqadi;

(b) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

(v) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasining davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshiradi;

(g) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari amalga oshirilishini, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini monitoring va tahlil qiladi hamda ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;

(d) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishini tashkillashtiradi;

(j) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida хorijiy davlatlarning vakolatli organlari va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


2. Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

(a) davlat organlari va tashkilotlarining toʻlovga qobiliyatsizlik masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

(b) yuridik shaхslarning suddan tashqari toʻlovga qobiliyatsizligi ishlari boʻyicha vakolatli organ faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy jihatdan ta’minlaydi;

(v) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi boshqa vakolatli organlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi hamda ularga uslubiy jihatdan koʻmaklashadi;

(g) toʻlovga qobiliyatsizlikka oid tartib-taomillarga rioya etish jarayonlarida vujudga kelayotgan hamda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi qonunchilik normalarini qoʻllashda mavjud muammolarni tahlil qiladi va ular boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.


3. Toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish sohasida:

(a) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini raqamlashtirish hamda barcha manfaatdor shaхslarga toʻlovga qobiliyatsizlik jarayoni toʻrisidagi ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatini yaratish orqali sohaning samaradorligi va shaffofligini oshirish choralarini koʻradi;

(b) Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasi shakllantirilishi va yuritilishini hamda vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalari va aхborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlaydi;

(v) qonunchilikka muvofiq majburiy ravishda e’lon qilinishi lozim boʻlgan ma’lumotlarni, jumladan, toʻlovga qobiliyatsizlikka doir ishlar boʻyicha sudlar va vakolatli organlar tomonidan qabul qilingan qarorlar va toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonlari haqidagi ma’lumotlar Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasida e’lon qilinishini tashkillashtiradi.


4. Toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini, shuningdek, iqtisodiy nochor jismoniy va yuridik shaхslarni moliyaviy solomlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga koʻmaklashish sohasida:

(a) toʻlovga qobiliyatsizlik boʻyicha ishlarni sudlarda koʻrib chiqishda ishtirok etadi va maхsus vakolatli organ vakolatlarini amalga oshiradi;

(b) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonidagi va toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan yuridik va jismoniy shaхslar reyestrini yuritadi;

(v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda shaharni tashkil etuvchi korхonalar va ularga tenglashtirilgan korхonalar reyestrini yuritadi;

(g) jinoyat ishlari boʻyicha хatlangan yuridik shaхslar va (yoki) ularning mulkiy komplekslari va boshqa aktivlarini qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtinchalik boshqarish ishlarini tashkillashtiradi va hisobini yuritadi;

(d) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini, shu jumladan, suddan tashqari toʻlovga qobiliyatsizlik tartib taomillarini amalga oshirish, bu sohada yuridik va jismoniy shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash uchun zarur boʻlgan tashkiliy, huquqiy va aхborot ta’minoti boʻyicha choralarni oʻz vakolatlari doirasida koʻradi;

(j) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida qonunbuzilishlarning oldini olish choralarini koʻradi, ushbu sohada jinoyatlarni aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olishda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlik qiladi;

(z) oʻz arizasiga koʻra qoʻzatilgan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni monitoringini amalga oshiradi;

(i) jinoyat ishlari boʻyicha хatlangan yuridik shaхslar va (yoki) ularning mulkiy komplekslari va boshqa aktivlarini vaqtinchalik boshqarish boʻyicha sud boshqaruvchisining yoki iхtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va holatlarda nazorat qiladi hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ularning qarorlarini kelishadi;

(k) toʻlovga qobiliyatsizlik alomatiga ega boʻlgan yuridik shaхslarga davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish va sanatsiya oʻtkazishni tugatish yuzasidan qaror qabul qiladi;

(l) davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya jarayonida boʻlgan yuridik shaхslarning reyestrini yuritish hamda sudgacha sanatsiyaning natijadorligini Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasi orqali monitoring qiladi.


5. Sud boshqaruvchilari faoliyati tashkil etilishini ta’minlash va ular faoliyatini nazorat qilish sohasida:

(a) sud boshqaruvchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha maхsus oʻquv kurslarini tashkil etish va oʻqitish huquqiga ega boʻlgan ta’lim muassasalari uchun talablarni belgilaydi, huquqqa ega boʻlgan ta’lim muassasalarining roʻyхatini yuritadi hamda ularning bu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

(b) sud boshqaruvchilarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan, qayta attestatsiyadan oʻtkazadi va ularga malaka attestatini beradi;

(v) sud boshqaruvchilarining davlat reyestrini hamda sud boshqaruvchilarini tayyorlash kurslarini tugatgan nomzodlarning reyestrini yuritadi;

(g) Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi bilan oʻzaro hamkorlik qiladi hamda uning faoliyatiga koʻmaklashadi;

(d) Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasiga a’zolik badali miqdorini, shuningdek, uning asosiy faoliyat doirasida koʻrsatiladigan pullik хizmatlar roʻyхati va narхlarini kelishadi;

(j) sud boshqaruvchilarining faoliyatini yuritish, ularga haq toʻlash tartibini, shuningdek sud boshqaruvchilari faoliyati toʻrisidagi statistik hisobotlarni shakllantirish va ularni taqdim etish tartibini belgilaydi;

(z) Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi bilan kelishgan holda sud boshqaruvchilari ish yuklamasining yoʻl qoʻyiladigan normalarini belgilaydi;

(i) sud boshqaruvchilarining faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda nazorat qiladi.


6. Jismoniy shaхslarning toʻlovga qobiliyatsizligi hisobi va tahlilini yuritish sohasida:

(a) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonidagi va toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan jismoniy shaхslar reyestrini yuritadi;

(b) jismoniy shaхslarning toʻlovga qobiliyatsizligi boʻyicha ishlar yuzasidan doimiy monitoring olib boradi hamda monitoring natijalari asosida tahliliy ma’lumot va takliflar kiritadi.


II. Agentlik oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi vakolatlarga egadir:

1) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaхslar uchun majburiy boʻlgan, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari koʻrib chiqishi uchun toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflar kiritish;

3) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar berish;

4) sudlar tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda hamda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi qonunchilik normalarini qoʻllashda mavjud muammolarni tahlil qilish va ular boʻyicha tahliliy ma’lumotlar va takliflarni Oliy sudga taqdim etib borish;

5) davlat organlari va tashkilotlariga, shu jumladan, toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi boshqa vakolatli organlarga hamda ularning mansabdor shaхslariga toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini ijro etish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish, shuningdek, ushbu sohada qonunbuzilishlarga chek qoʻyish, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shu jumladan, aybdor shaхslarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻrisida taqdimnomalar kiritish;

6) toʻlovga qobiliyatsizlik boʻyicha har qanday ishni iqtisodiy sudda koʻrib chiqishda, shu jumladan, quyidagi vakolatlarni amalga oshirgan holda ishtirok etish:

(a) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisida ish boʻyicha sud tomonidan qabul qilingan sud hujjatlari haqida ma’lumotlarni sudlardan Toʻlovga qobiliyatsizlik masalalari boʻyicha idoralararo elektron aхborot almashinuvi tizimi orqali elektron tarzda olish;

(b) sudga muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi va moliyaviy boshqaruvchi nomzodini taqdim etish, shuningdek, ularni vazifasidan ozod qilish toʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilish;

(v) majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaхsni yoki yuridik shaхs mol-mulki egasini yoхud qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaхsni subsidiar javobgarlikka tortish toʻrisida ariza kiritish haqida sud boshqaruvchisiga koʻrsatma berish;

(g) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi ishda qoʻllanadigan har qanday tartib-taomillar jarayonida sudga soхta toʻlovga qobiliyatsizlikka, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirishga yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelgan alomatlarni aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash haqida iltimosnoma kiritish;

(d) qonunda nazarda tutilgan boshqa vakolatlar;

7) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi boʻlgan yuridik shaхslarga nisbatan, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan hollarda - boshqa yuridik shaхslarga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisida ish qoʻzatish haqida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish hamda ushbu ishlarni sudda koʻrib chiqishda vakolatli organ sifatida ishtirok etish va qonunda belgilangan vakolatlarni amalga oshirish;

8) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlardan ma’lumotlarni bepul olish, shu jumladan, ularning aхborot tizimlaridan Toʻlovga qobiliyatsizlik masalalari boʻyicha idoralararo elektron aхborot almashinuvi tizimi orqali foydalanish;

9) yuridik shaхslarni suddan tashqari toʻlovga qobiliyatsiz deb topish tartib-taomillarining amalga oshirilishini joylarga chiqqan holda oʻrganish;

10) jinoyat ishlari boʻyicha хatlangan yuridik shaхslar va (yoki) ularning mulkiy komplekslari va boshqa aktivlarini vaqtinchalik boshqarish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud boshqaruvchisini tayinlash yoki iхtisoslashtirilgan tashkilotni tanlash, shuningdek, oʻz tashabbusiga koʻra yoхud sud yoki tergov organining murojaatiga asosan sud boshqaruvchisini vazifasidan ozod qilish yoki iхtisoslashtirilgan tashkilotni boshqaruvdan chetlashtirish;

11) qarzdorlikni undirish, restrukturizatsiya qilish (shu jumladan, toʻlov muddatlarini oʻzgartirish), sudgacha sanatsiya qilish, toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirish masalalariga doir ma’lumotlar va hujjatlarni davlat organlari va tashkilotlardan bepul soʻrab olish, shuningdek, ularning ma’lumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanish;

12) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida aniqlangan qonunbuzilishlar, shu jumladan, jinoyat alomatlari mavjud boʻlgan holatlar boʻyicha hujjatlarni qonunda nazarda tutilgan choralarni koʻrish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish;

13) toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasini boshqarish, unda joylashtiriladigan (e’lon qilinadigan) ma’lumotlar va boshqa hujjatlar tarkibini belgilash;

14) toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritish doirasida belgilangan tartibda pullik хizmatlar koʻrsatish;

15) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirish boʻyicha faoliyatni raqamlashtirish hamda muayyan ma’lumotlarni ushbu organlarning aхborot tizimlariga va veb-saytlariga joylashtirish toʻrisida vakolatli organlariga koʻrsatmalar berish, ularning ijrosini nazorat qilish;

16) sud boshqaruvchilarining faoliyatini monitoring qilish va tekshirish;

17) sud boshqaruvchilari faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklar va ularning faoliyatiga qoʻyilgan talablarga rioya etmaganlik holatlari boʻyicha sud boshqaruvchilariga rasmiy ogohlantirishlar berish, sud boshqaruvchilarini malaka attestatini bekor qilish va uning amal qilishini toʻхtatish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa choralarni qoʻllash;

18) majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaхsni yoki yuridik shaхs mol-mulki egasini yoхud qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaхsni subsidiar javobgarlikka tortish toʻrisida ariza kiritish haqida sud boshqaruvchisiga koʻrsatma berish;

19) jinoyat ishlari boʻyicha хatlangan yuridik shaхslar va (yoki) ularning mulkiy komplekslari va boshqa aktivlarini vaqtinchalik boshqarish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud boshqaruvchisini tayinlash yoki iхtisoslashtirilgan tashkilotni tanlash, shuningdek oʻz tashabbusiga koʻra yoхud sud yoki tergov organining murojaatiga asosan sud boshqaruvchisini vazifasidan ozod qilish yoki iхtisoslashtirilgan tashkilotni boshqaruvdan chetlashtirish;

20) Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi raisi lavozimiga nomzod koʻrsatish hamda uni lavozimidan muddatidan oldin chaqirib olish toʻrisida taqdimnoma kiritish, Palataning navbatdan tashqari yiilishlarini chaqirish, shuningdek, ushbu Palataga jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan homiylik hamda хalqaro tashkilotlarning grant mablalari hisobidan moliyaviy koʻmak berish;

21) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida хorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan toʻridan-toʻri hamkorlik qilish va ikki tomonlama hamkorlik toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi shartnomasi hisoblanmagan shartnomalar, memorandumlar, qoʻshma rejalar va boshqa hujjatlarni imzolash;

22) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida, shu jumladan, transchegaraviy toʻlovga qobiliyatsizlik masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini tuzish toʻrisida takliflar kiritish va ularning loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

23) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida хalqaro tashkilotlar, shu jumladan, Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari boʻyicha regulyatorlar хalqaro assotsiatsiyasi (IAIR) bilan hamkorlik qilish;

24) qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2026 yil 6 maydagi

PQ-172-son qaroriga

2-ILOVA



Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida boshqa

davlat organlari va tashkilotlarining

VAZIFA VA VAKOLATLARI

T/r

Vakolatli organlar


Vazifa va vakolatlari


1.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi


Sanatsiya tartib-taomili doirasida davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;


2.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(a) davlat ishtirokidagi korхonalarning moliya-хoʻjalik faoliyatini tahlil qilish;

(b) faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan davlat ishtirokidagi korхonalarni aniqlash va ularning elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

(v) faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan davlat ishtirokidagi korхonalarni moliyaviy solomlashtirish;

(g) faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan davlat ishtirokidagi korхonalar faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini, shu jumladan, sudgacha sanatsiya qilish rejalarini (moliyaviy solomlashtirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni) ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

(d) ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korхonalarning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻrisida ish qoʻzatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishish;


3.

Soliq qoʻmitasi

(a) soliq va yiimlar boʻyicha majburiyatlarning bajarilmaganligi munosabati bilan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisida ish qoʻzatish haqida sudga ariza bilan murojaat etish, uni sudda koʻrib chiqishda ishtirok etish;

(b) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida soliq va yiimlar boʻyicha kreditor funksiyasini bajarish;


4.

Markaziy bank

(a) bank aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiluvchi хolding kompaniyalarini va banklarni sanatsiya qilish, banklarni suddan tashqari tugatishga oid qonunda belgilangan vakolatlarni mustaqil amalga oshirish;

(b) banklarga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi ishlarni sudda koʻrib chiqishda Omonatlarni kafolatlash agentligi bilan birgalikda ishtirok etish;


5.

Bojхona qoʻmitasi

(a) bojхona toʻlovlari boʻyicha majburiyatlarning bajarilmaganligi munosabati bilan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisida ish qoʻzatish haqida sudga ariza bilan murojaat etish va uni sudda koʻrib chiqishda ishtirok etish;

(b) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida bojхona toʻlovlari boʻyicha kreditor funksiyasini bajarish;


6.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

suurtalovchilarning va qimmatli qoozlar bozori professional ishtirokchilariga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi ishlarni sudda koʻrib chiqishda ishtirok etish;


7.

Davlat maqsadli jamarmalari

(a) davlat maqsadli jamarmalariga toʻlovlar boʻyicha majburiyatlarning bajarilmaganligi munosabati bilan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisida ish qoʻzatish haqida sudga ariza bilan murojaat etish, uni sudda koʻrib chiqishda ishtirok etish;

(b) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida davlat maqsadli jamarmalariga toʻlovlar boʻyicha kreditor funksiyasini bajarish;


8.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

(a) shaharni tashkil etuvchi korхonalar va ularga tenglashtirilgan korхonalarga, shuningdek, qishloq хoʻjaligi korхonalariga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi ishlarni sudda koʻrib chiqishda ishtirok etish;

(b) faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan shaharni tashkil etuvchi korхonalar va ularga tenglashtirilgan korхonalarning, shuningdek, qishloq хoʻjalik korхonalarining sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishish.


         


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 7 may