Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasining 29.07.2026 y. 49-son "Atom elektr stansiyasida radiatsiyaviy avariya yuzaga kelish хavfi mavjud boʻlganda yoki radiatsiyaviy avariya sodir boʻlganda ob’yekt darajasidagi avariya holatini e’lon qilish, tezkor aхborot uzatish va shoshilinch yordam koʻrsatishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi Qarori (AV tomonidan 19.08.2026 y. 3928-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
19.08.2026 y.
N 3928
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
SANOAT, RADIATsIYa VA YaDRO XAVFSIZLIGI
QOʻMITASINING
29.07.2026 y.
N 49
QARORI
Atom elektr stansiyasida radiatsiyaviy avariya
yuzaga kelish хavfi mavjud boʻlganda yoki radiatsiyaviy
avariya sodir boʻlganda ob’yekt darajasidagi avariya
holatini e’lon qilish, tezkor aхborot uzatish va
shoshilinch yordam koʻrsatishni tashkil etish
tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani
tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining "Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida"gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 dekabrdagi PF-224-son "Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi QAROR QILADI:
1. Atom elektr stansiyasida radiatsiyaviy avariya yuzaga kelish хavfi mavjud boʻlganda yoki radiatsiyaviy avariya sodir boʻlganda ob’yekt darajasidagi avariya holatini e’lon qilish, tezkor aхborot uzatish va shoshilinch yordam koʻrsatishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi hamda Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Qoʻmita raisi A.V. Rafiqov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 20 avgust

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter