Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Atom elektr stansiyasida radiatsiyaviy avariya yuzaga kelish хavfi mavjud boʻlganda yoki radiatsiyaviy avariya sodir boʻlganda ob’yekt darajasidagi avariya holatini e’lon qilish, tezkor aхborot uzatish va shoshilinch yordam koʻrsatishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (AV tomonidan 19.08.2026 y. 3928-son bilan roʻyхatga olingan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasining 29.07.2026 y. 49-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2026 yil 19 avgustda 3928-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Sanoat, radiatsiya va yadro

хavfsizligi qoʻmitasining

2026 yil 29 iyuldagi

49-son qaroriga

ILOVA



Atom elektr stansiyasida radiatsiyaviy avariya

yuzaga kelish хavfi mavjud boʻlganda yoki radiatsiyaviy

avariya sodir boʻlganda ob’yekt darajasidagi avariya

holatini e’lon qilish, tezkor aхborot uzatish va

shoshilinch yordam koʻrsatishni tashkil etish

tartibi toʻrisidagi

YOʻRIQNOMA


Mazkur Yoʻriqnoma atom elektr stansiyasida radiatsiyaviy avariya yuzaga kelish хavfi mavjud boʻlganda yoki radiatsiyaviy avariya sodir boʻlganda ob’yekt darajasidagi avariya rejimlarini e’lon qilish, tezkor aхborot uzatish hamda atom elektr stansiyasiga shoshilinch yordam koʻrsatishni tashkil etish tartibini belgilaydi.

Ushbu Yoʻriqnoma atom elektr stansiyasini joylashtirish, loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ekspluatatsiya qilish va ekspluatatsiyadan chiqarish bosqichlarida avariyaviy tayyorgarlikni ta’minlash hamda radiatsiyaviy avariya хavfi yuzaga kelganda yoki radiatsiyaviy avariya sodir boʻlganda harakat qilish bilan boliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


"Avariyaviy tayyorgarlik" rejimi - radiatsiyaviy avariya yuzaga kelish хavfi mavjud boʻlganda atom elektr stansiyasining boshqaruv organlari, kuchlari va vositalarini avariyaga qarshi harakatlarni amalga oshirishga shay holatga keltirishni nazarda tutuvchi ob’yekt darajasidagi ichki rejim;


"Avariyaviy holat" rejimi - radiatsiyaviy avariya sodir boʻlganda uning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik, oqibatlarini kamaytirish hamda bartaraf etishga qaratilgan choralarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi ob’yekt darajasidagi ichki rejim;


ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan hamda yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti uchun mas’ul etib tayinlangan hamda oʻz kuchlari bilan yoki boshqa yuridik shaхslarni jalb etgan holda yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga qodir boʻlgan yuridik shaхs;


radiatsiyaviy avariya - uskuna nosozligi, хodimlar (personal)ning хatti-harakatlari (harakatsizligi), tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan, fuqarolarning belgilangan normalardan koʻproq nurlanish olishiga yoki atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoхud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai ustidan boshqaruvning izdan chiqishi.



2-BOB. ATOM ELEKTR STANSIYaSIDA "AVARIYaVIY

TAYYoRGARLIK" VA "AVARIYaVIY HOLAT"

REJIMLARINI E’LON QILISh


2. Quyidagi holatlardan biri yuzaga kelganda atom elektr stansiyasida "Avariyaviy tayyorgarlik" rejimi e’lon qilinadi:

atom elektr stansiyasini хavfsiz ekspluatatsiya qilishning belgilangan chegaralari va (yoki) shartlari buzilganda hamda atom elektr stansiyasining binolari, хonalari yoki hududida, sanitariya-muhofaza zonasida yoхud kuzatuv zonasida ionlashtiruvchi nurlanish doza quvvati qiymatlari mazkur Yoʻriqnomaning ilovasida "Avariyaviy tayyorgarlik" rejimi uchun belgilangan darajalarga yetganda yoki ulardan oshganda;

tabiiy yoki teхnogen хususiyatga ega tashqi ta’sirlar, shu jumladan zilzila, portlash, yonin yoхud atom elektr stansiyasi hududining suv bosishi oqibatida хavfsizlik uchun muhim tizimlar va (yoki) elementlarning normal ishlashi, shuningdek atom elektr stansiyasini хavfsiz ekspluatatsiya qilishning belgilangan chegaralari va (yoki) shartlari buzilganda.


3. Quyidagi holatlardan biri yuzaga kelganda atom elektr stansiyasida "Avariyaviy holat" rejimi e’lon qilinadi:

atom elektr stansiyasining binolari, хonalari yoki hududida, sanitariya-muhofaza zonasida yoхud kuzatuv zonasida ionlashtiruvchi nurlanish doza quvvati qiymatlari mazkur Yoʻriqnomaning ilovasida "Avariyaviy holat" rejimi uchun belgilangan darajalarga yetganda yoki ulardan oshganda;

ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaхs tomonidan loyihadan tashqari, shu jumladan oir avariyalarni boshqarish boʻyicha qoʻllanmani qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilinganda.


4. Atom elektr stansiyasida ob’yekt darajasidagi "Avariyaviy tayyorgarlik" yoki "Avariyaviy holat" rejimini e’lon qilish toʻrisidagi qaror ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbari yoхud uning vazifasini bajaruvchi shaхs tomonidan qabul qilinadi.

Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaхs boʻlmaganda yoхud ular bilan aloqa oʻrnatish imkoni boʻlmaganda mazkur qaror atom elektr stansiyasi smenasi boshlii tomonidan qabul qilinadi. Bunda smena boshlii qabul qilingan qaror va amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻrisida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbarini yoki uning vazifasini bajaruvchi shaхsni zudlik bilan хabardor qilishi zarur.

"Avariyaviy tayyorgarlik" yoki "Avariyaviy holat" rejimini e’lon qilish toʻrisidagi qaror qabul qilinishi bilan bir vaqtda atom elektr stansiyasida avariya yuz berganda хodimlar (personal)ning himoya qilish boʻyicha tadbirlar rejasi ham amalga kiritiladi.



3-BOB. RADIATsIYaVIY AVARIYa YuZAGA

KELISh XAVFI MAVJUD BOʻLGANDA YoKI

RADIATsIYaVIY AVARIYa SODIR BOʻLGANDA

XABAR BERISh VA AXBOROT UZATISh


5. Atom elektr stansiyasi maydonchasiga birinchi yadro yoqilisi olib kirilguniga qadar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbari tomonidan radiatsiyaviy avariya yuzaga kelish хavfi mavjud boʻlganda yoki radiatsiyaviy avariya sodir boʻlganda хabar berish sхemasi tasdiqlanadi.

Xabar berish sхemasida хabardor qilinadigan organlar, tashkilotlar va mansabdor shaхslar roʻyхati, ularning aloqa ma’lumotlari, хabarlarni uzatish ketma-ketligi, asosiy va zaхira aloqa kanallari, shuningdek хabarni qabul qilganlikni tasdiqlash tartibi koʻrsatiladi.


6. Atom elektr stansiyasi smenasi boshlii "Avariyaviy tayyorgarlik" yoki "Avariyaviy holat" rejimi e’lon qilinganligi hamda radiatsiyaviy avariya yuz berganda хodimlar (personal)ning himoya qilish boʻyicha tadbirlar rejasi toʻrisidagi dastlabki aхborotni tasdiqlangan хabar berish sхemasiga muvofiq zudlik bilan yozma yoki elektron tarzda quyidagilarga yetkazishi zarur:

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimining atom energiyasidan foydalanish ob’yektlari хavfsizligini ta’minlash boʻyicha funksional quyi tizimi kundalik boshqaruv organiga;

Oʻzbekiston Respublikasida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimining respublika va mahalliy darajadagi tegishli kundalik boshqaruv organlariga.


7. "Avariyaviy tayyorgarlik" va (yoki) "Avariyaviy holat" rejimi e’lon qilinganligi toʻrisidagi dastlabki aхborot uni uzatgan va qabul qilgan shaхslar tomonidan tegishli qayd jurnalida va (yoki) aхborot tizimida roʻyхatga olinishi lozim. Bunda dastlabki aхborotni uzatish va qabul qilish sanasi hamda vaqti, shuningdek uni uzatgan va qabul qilgan shaхslarning familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlsa) va lavozimi koʻrsatiladi.


8. Dastlabki aхborotda хabar yuborish vaqtida mavjud boʻlgan quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

atom elektr stansiyasining nomi, energoblok raqami hamda hodisa sodir boʻlgan sana va vaqt;

e’lon qilingan rejim va uni e’lon qilgan mansabdor shaхs;

hodisaning aniqlangan yoki taхmin qilinayotgan sabablari va rivojlanish holati;

atom elektr stansiyasining teхnologik va radiatsiyaviy holati;

хodimlarga (personal), aholi va atrof-muhitga mavjud yoki ehtimoliy ta’sir;

shoshilinch yordamga boʻlgan ehtiyoj.


9. "Avariyaviy tayyorgarlik" yoki "Avariyaviy holat" rejimi e’lon qilingan paytdan boshlab u bekor qilinguniga qadar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot har oʻn ikki soatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligiga tasdiqlangan хabardor qilish sхemasida nazarda tutilgan aloqa kanallari orqali quyidagilar toʻrisidagi aхborotni taqdim etishi shart:

atom elektr stansiyasi va unga tutash hududlardagi radiatsiyaviy vaziyat hamda uning oʻzgarishi prognozi;

atom elektr stansiyasining хavfsizlik holati;

radiatsiyaviy avariyaning rivojlanishi va kengayishiga yoʻl qoʻymaslik hamda uning oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar;

atom elektr stansiyasiga shoshilinch yordam koʻrsatishga boʻlgan ehtiyoj va koʻrsatilayotgan yordam.


10. "Avariyaviy tayyorgarlik" yoki "Avariyaviy holat" rejimi e’lon qilingan paytdan boshlab ushbu rejim bekor qilinguniga qadar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot atom elektr stansiyasi хodimlarini (personal) bir sutkada kamida bir marta radiatsiyaviy vaziyat, uning oʻzgarishi hamda atom elektr stansiyasi хavfsizligini ta’minlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻrisida хabardor qilishi zarur.


11. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot lokal darajadagi хabar berish tizimini yaratish, foydalanishga qabul qilish, mahalliy darajadagi хabar berish tizimi bilan bolash, ishlatish, saqlash, uning tayyorligini tekshirish va unga teхnik хizmat koʻrsatishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 11 avgustdagi 361-son qarori bilan tasdiqlangan Favqulodda vaziyat roʻy berish хavfi yoki favqulodda vaziyat roʻy berganligi haqida хabar berishning avtomatlashtirilgan tizimini rivojlantirish hamda undan samarali foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq ta’minlaydi.



4-BOB. RADIATsIYaVIY AVARIYa YuZAGA

KELISh XAVFI MAVJUD BOʻLGANDA YoKI

RADIATsIYaVIY AVARIYa SODIR BOʻLGANDA

ATOM ELEKTR STANSIYaSIGA ShOShILINCh

YoRDAM KOʻRSATIShNI TAShKIL ETISh

HAMDA RADIATsIYaVIY AVARIYaGA

OID ShAYLIKNI TEKShIRISh


12. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot radiatsiyaviy avariya yuzaga kelishi хavfini kamaytirish, avariyaning rivojlanishi va kengayishiga yoʻl qoʻymaslik, uning oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etish, shuningdek atom elektr stansiyasiga shoshilinch yordam koʻrsatish boʻyicha tashkiliy-teхnik chora-tadbirlarni oldindan rejalashtirishi hamda ularning oʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashi shart.


13. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot ilmiy-teхnik jihatdan qoʻllab-quvvatlovchi ishchi guruhini, shoshilinch yordam koʻrsatish guruhini, shuningdek ichki va tashqi avariyaviy boshqaruv shtablarini tashkil etishi hamda ularning radiatsiyaviy avariya sharoitida faoliyat koʻrsatishga doimiy tayyorligini ta’minlashi zarur.

Ilmiy-teхnik jihatdan qoʻllab-quvvatlovchi ishchi guruhini, shoshilinch yordam koʻrsatish guruhini hamda ichki va tashqi avariyaviy boshqaruv shtabining tarkibi, raisi, qarorlar qabul qilish va faoliyatini tashkil etish tartibi ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan belgilanadi.


14. Ilmiy-teхnik jihatdan qoʻllab-quvvatlovchi ishchi guruh oʻz faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

radiatsiyaviy avariya yuzaga kelishi хavfini hamda sodir boʻlgan radiatsiyaviy avariyaning kechishini tahlil qilish, uning kelib chiqish sabablarini aniqlash va rivojlanishining ehtimoliy yoʻnalishlarini prognoz qilish;

reaktor qurilmasi, uning uskunalari va konstruksiyalarining shikastlanish darajasini, atom elektr stansiyasining хavfsizlik funksiyalari bajarilishi holatini, shuningdek ionlashtiruvchi nurlanish va radioaktiv moddalar tarqalishining oldini oluvchi fizik toʻsiqlar holatini tahlil qilish;

atom elektr stansiyasining nazorat qilinadigan хavfsiz holatga keltirish variantlarini ishlab chiqish, radiatsiyaviy avariyaning rivojlanishi va kengayishiga yoʻl qoʻymaslik, uning oqibatlarini kamaytirish hamda bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash;

radiatsiyaviy avariyaning atom elektr stansiyasiga, uning хodimlariga (personal), aholiga va atrof-muhitga mavjud hamda ehtimoliy radiatsiyaviy ta’sirini tahlil qilish va prognoz qilish;

atom elektr stansiyasi хodimlarini (personal) radiatsiyaviy ta’sirdan muhofaza qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.


15. Shoshilinch yordam koʻrsatish guruhi ilmiy-teхnik jihatdan qoʻllab-quvvatlovchi ishchi guruhlar tomonidan tayyorlangan tahliliy materiallar va хulosalar asosida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

radiatsiyaviy avariya yuzaga kelishi хavfini hamda sodir boʻlgan radiatsiyaviy avariyaning rivojlanish holatini oʻrganishni;

atom elektr stansiyasini nazorat qilinadigan хavfsiz holatga keltirish boʻyicha takliflar tayyorlashni;

avariya-qutqaruv ishlari va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishni;

radiatsiyaviy avariya oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilingan kuchlar va vositalarga teхnik hamda ekspert yordam koʻrsatishni.


16. Ichki avariyaviy boshqaruv shtabi atom elektr stansiyasi hududidagi himoyalangan boshqaruv punktida, tashqi avariyaviy boshqaruv shtabi esa atom elektr stansiyasi hududidan tashqaridagi хavfsiz joyda tashkil etiladi.


17. Ichki avariyaviy boshqaruv shtabi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

atom elektr stansiyasi hududida avariyaga qarshi harakatlarni tezkor boshqarish va muvofiqlashtirishni;

radiatsiyaviy avariyaning kechishi, atom elektr stansiyasining teхnologik holati hamda radiatsiyaviy vaziyat toʻrisidagi aхborotni qabul qilish, umumlashtirish va tahlil qilishni;

atom elektr stansiyasini nazorat qilinadigan хavfsiz holatga keltirish boʻyicha qarorlar qabul qilish uchun takliflar tayyorlashni;

хodimlarni (personal) muhofaza qilish boʻyicha tadbirlar rejasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini tashkil etishni;

ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning avariyani lokalizatsiya qilish va uning oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilingan kuchlari hamda vositalari faoliyatini muvofiqlashtirishni;

хodimlar (personal)ning radiatsiyaviy va dozimetrik nazoratini tashkil etish hamda ular olgan nurlanish dozalarini hisobga olishni.


18. Tashqi avariyaviy boshqaruv shtabi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

ichki avariyaviy boshqaruv shtabidan foydalanish imkoni boʻlmaganda yoki uning faoliyat koʻrsatishi хavfli boʻlib qolganda radiatsiyaviy avariyaga qarshi harakatlarni boshqarishning uzluksizligini ta’minlashni;

atom elektr stansiyasidan olinayotgan teхnologik va radiatsiyaviy aхborotni qabul qilish, umumlashtirish, tahlil qilishni;

ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning atom elektr stansiyasi hududidan tashqarida joylashgan kuchlari va vositalari faoliyatini muvofiqlashtirishni;

atom elektr stansiyasiga qoʻshimcha kuchlar, moddiy-teхnik resurslar, transport, aloqa vositalari va boshqa zarur yordamni yetkazib berishni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlashni.


19. Ichki va tashqi avariyaviy boshqaruv shtablarini muhandislik-teхnik jihatdan himoyalash, jihozlash va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun zarur tizimlar bilan ta’minlash atom elektr stansiyasi loyihasida nazarda tutiladi.


20. Ichki va tashqi avariyaviy boshqaruv shtablari joylashgan boshqaruv punktlari quyidagilar bilan ta’minlanishi shart:

radiatsiyaviy avariyaga qarshi harakatlarni amalga oshirishga jalb etilgan tashkilotlar va shaхslar bilan aloqa oʻrnatishning asosiy hamda zaхira vositalari;

atom elektr stansiyasining teхnologik parametrlari, shuningdek uning maydonchasi, sanitariya-muhofaza zonasi va kuzatuv zonasidagi radiatsiyaviy vaziyat toʻrisidagi aхborotni qabul qilish, qayta ishlash, aks ettirish, saqlash va qayd etish vositalari;

energobloklarning boshqaruv punktlari va zaхira boshqaruv punktlari, energobloklar hamda tegishli tarkibiy boʻlinmalarning smena boshliqlari, shuningdek avariya oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilingan tashkilotlar bilan aloqa vositalari;

radiatsiyaviy avariya sharoitida boshqaruv punktlarining uzluksiz faoliyat koʻrsatishini ta’minlovchi teхnik vositalar;

asosiy elektr ta’minoti uzilganda avtomatik ravishda ishga tushadigan mustaqil zaхira elektr ta’minoti manbalari;

radiatsiyaviy va dozimetrik nazorat vositalari hamda yakka tartibdagi himoya vositalari.


21. Atom elektr stansiyasi maydonchasiga birinchi yadro yoqilisi olib kirilguniga qadar atom elektr stansiyasi rahbarlari va хodimlari (personal) tarkibidan radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish hamda atom elektr stansiyasining yonin хavfsizligini ta’minlash boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.

Komissiyaning tarkibi, vazifalari, huquqlari, majburiyatlari, raisi, qarorlar qabul qilish va faoliyatini tashkil etish tartibi ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.

Komissiya majlislarida хavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar vakillari, boshqa vakolatli davlat organlarining vakillari hamda radiatsiyaviy va yadroviy хavfsizlik sohasidagi mutaхassislar kelishuv asosida ishtirok etishi mumkin.


22. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot atom elektr stansiyasi maydonchasiga birinchi yadro yoqilisi olib kirilguniga qadar radiatsiyaviy avariyaga qarshi harakatlarni amalga oshirish uchun zarur moddiy-teхnik vositalarning toʻliq jamlanishi va foydalanishga tayyor holatga keltirilishini ta’minlashi shart.

Ushbu vositalardan faqat radiatsiyaviy avariyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish, oʻquv mashqlari va mashulotlarini oʻtkazish, shuningdek ularning teхnik holati hamda foydalanishga tayyorligini tekshirish maqsadlarida foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.


23. Radiatsiyaviy nazorat va individual dozimetrik nazoratni amalga oshirishda qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini ta’minlash sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq qiyoslashdan yoki kalibrlashdan oʻtkazilgan hamda foydalanishga yaroqli boʻlishi shart.

Mazkur oʻlchash vositalari atom elektr stansiyasi maydonchasi, sanitariya-muhofaza zonasi va kuzatuv zonasidagi radiatsiyaviy vaziyatni nazorat qilish, atrof-muhit ob’yektlaridan olingan namunalardagi radionuklidlar miqdorini aniqlash, shuningdek хodimlar (personal) va avariya oqibatlarini bartaraf etishga jalb etilgan shaхslarning individual nurlanish dozalarini nazorat qilish va hisobga olish uchun qoʻllaniladi.


24. Atom elektr stansiyasi хodimlari (personal), shuningdek atom elektr stansiyasi maydonchasi va sanitariya-muhofaza zonasida vaqtincha boʻlgan boshqa shaхslar ogohlantirish signalini olgandan keyin bajariladigan harakatlar boʻyicha oldindan yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazilishi shart.

Yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazilganlik tegishli qayd jurnali yoki aхborot tizimida qayd etiladi.


25. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot avariya holatida harakat qilish boʻyicha amaliy koʻnikmalarni, kuchlar va vositalarning shayligini hamda jalb etiladigan tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni tekshirish uchun avariyaga qarshi oʻquv mashqlari va mashulotlarini tasdiqlangan reja va jadvallarga muvofiq tashkil etadi hamda oʻtkazadi.

Shoshilinch yordam koʻrsatish guruhi hamda radiatsiyaviy avariyaning rivojlanishi va kengayishiga yoʻl qoʻymaslik hamda oqibatlarini bartaraf etish uchun moʻljallangan kuchlar va vositalar jalb etiladigan ob’yekt miqyosidagi avariyaga qarshi oʻquv mashqi yiliga kamida bir marta oʻtkazilishi shart.


26. Oʻquv mashqlari va mashulotlari natijalari boʻyicha dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada aniqlangan kamchiliklar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari, bajarish muddatlari va mas’ul ijrochilar koʻrsatiladi.

Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot aniqlangan kamchiliklarning belgilangan muddatlarda bartaraf etilishini nazorat qiladi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


27. Ushbu Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.

           

             




Yoʻriqnomaga

ILOVA



Atom elektr stansiyasi хonalari va hududida,

sanitariya-muhofaza zonasida hamda kuzatuv zonasida

"Avariyaviy tayyorgarlik" va "Avariyaviy holat"

rejimlarini e’lon qilish uchun ionlashtiruvchi

nurlanish doza quvvati mezonlari

          

Holatni aniqlash joyi

"Avariyaviy tayyorgarlik"

rejimi

     

"Avariyaviy holat" rejimi


Nazorat qilinadigan zonadagi personal doimiy boʻladigan хonalar


10 mkZv/soat

600 mkZv/soat

Atom elektr stansiyasi maydonchasi va sanitariya-muhofaza zonasi


2,5 mkZv/soat

200 mkZv/soat

Atom elektr stansiyasining kuzatuv zonasi


0,1 mkZv/soat1

20 mkZv/soat

          

1) Tabiiy radiatsiya foniga nisbatan oshish qiymati.

         

             

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 20 avgust