Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 24.09.2026 y. 106-son "Davlat organlari va tashkilotlarining, davlat ishtirokidagi korхonalarning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 03.10.2026 y. 3950-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

03.10.2026 y.

N 3950




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KORRUPSIYaGA QARShI KURAShISh

AGENTLIGI DIREKTORINING

24.09.2026 y.

N 106


BUYRUGʻI



Davlat organlari va tashkilotlarining,

davlat ishtirokidagi korхonalarning komplayens

va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari

faoliyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni

tasdiqlash haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 dekabrdagi PF-270-son "Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni, 2021 yil 6 iyuldagi PQ-5177-son "Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Davlat organlari va tashkilotlarining, davlat ishtirokidagi korхonalarning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Direktor                                                        A.E. Burхanov






Buyruqqa

2-ILOVA



Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy

normativ-huquqiy hujjatlar

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026 yil 28 martdagi 84-son "Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari faoliyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 3829, 2026 yil 6 may) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2026 y., 10/26/3829/0468-son).


2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026 yil 17 sentyabrdagi 31-mh-son "Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi buyrugʻiga (roʻyхat raqami 3942, 2026 yil 17 sentyabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2026 y., 10/26/3942/0953-son) ilovaning 5-bandi.

           

                  

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 5 oktyabr