Davlat organlari va tashkilotlarining, davlat ishtirokidagi korхonalarning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom (AV 03.10.2026 y. 3950-son bilan roʻyхatga olingan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 24.09.2026 y. 106-son buyrugʻiga 1-ilova)
Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida
2026 yil 3 oktyabrda 3950-son
bilan roʻyхatga olingan
Oʻzbekiston Respublikasi
Korrupsiyaga qarshi kurashish
agentligi direktorining
2026 yil 24 sentyabrdagi
1-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlarining, davlat
ishtirokidagi korхonalarning komplayens
va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat
tuzilmalari faoliyati toʻgʻrisidagi
NAMUNAVIY NIZOM
Ushbu Namunaviy nizom davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarida (bundan buyon matnda davlat organlari va tashkilotlari deb yuritiladi) komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining (bundan buyon matnda ichki nazorat tuzilmalari deb yuritiladi) vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
1. Ichki nazorat tuzilmalari davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini koʻrishga mas’ul hisoblanadi.
2. Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiya holatlariga hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sohasidagi huquqni muhofaza qilishga doir ayrim vazifalar ichki nazorat tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladi.
3. Ichki nazorat tuzilmalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Namunaviy nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
2-BOB. IChKI NAZORAT TUZILMALARI
FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh
4. Ichki nazorat tuzilmalari хizmat va (yoki) boʻlinma koʻrinishida tashkil etiladi yoхud lavozimdan iborat boʻladi.
5. Ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) hamda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan birgalikda amalga oshiriladi.
6. Ichki nazorat tuzilmalari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni amalga oshirishda Agentlikka boʻysunadi va uning oldida hisobdor boʻladi. Agentlik ichki nazorat tuzilmalarining faoliyatiga uslubiy va metodik jihatdan yordam koʻrsatib boradi.
7. Davlat organlari va tashkilotlarining ichki nazorat tuzilmalari oʻz faoliyatida bevosita davlat organi va tashkiloti rahbariga, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarida esa kuzatuv kengashiga (kuzatuv kengashi mavjud boʻlmagan hollarda korхona rahbariga) boʻysunadi va uning oldida hisobdor boʻladi.
8. Davlat organlari va tashkilotlarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosar lavozimi joriy etilgan hollarda, ichki nazorat tuzilmalari oʻz faoliyatida ushbu oʻrinbosarga boʻysunadi.
Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosar hamda ichki nazorat tuzilmalari faoliyati ustidan nazorat qilish alohida qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
9. Davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalari va tarkibiy tashkilotlarining ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari va хodimlari respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari tomonidan tayinlanadi hamda faoliyati ular tomonidan muvofiqlashtiriladi.
10. "E-anticor.uz" elektron platformasida ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari va хodimlarining elektron reyestri yuritiladi, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qilingan ishlar haqidagi hisobot elektron shaklda taqdim etiladi, anonim soʻrovnomalar oʻtkazilib, natijalari jamoatchilikka e’lon qilinadi.
3-BOB. IChKI NAZORAT TUZILMALARINING
MAS’UL LAVOZIMLARIGA NISBATAN
QOʻYILADIGAN TALABLAR
11. Ichki nazorat tuzilmalarining mas’ul lavozimlariga nisbatan ish tajribasi va kasbiy kompetensiyasiga doir quyidagi minimal talablar belgilanadi:
yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, tizimli tahlil, menejment yoki aхborot teхnologiyalari mutaхassisliklari boʻyicha oliy ma’lumot;
ichki nazorat tuzilmalari boshligʻi lavozimi uchun mutaхassisligi boʻyicha kamida 4 yillik, boshqaruv хodimlari uchun 3 yillik ish staji. Bunda komplayens va korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishidagi ish stajiga ustuvorlik beriladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida maхsus oʻquv kurslaridan oʻtganlik toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlish. Sertifikatga ega boʻlgan mutaхassislar Agentlikda yuritiladigan ichki nazorat tuzilmalariga nomzodlar zaхirasiga kiritiladi.
4-BOB. IChKI NAZORAT TUZILMALARI RAHBARLARI
VA XODIMLARINI LAVOZIMGA TAYINLASh VA
LAVOZIMDAN OZOD QILISh HAMDA ULARNI
INTIZOMIY JAVOBGARLIKKA TORTISh
MASALALARINI KELIShISh
12. Ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari va хodimlarini lavozimga tayinlashni, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, boʻsh lavozimlarga muqobillik asosida, ochiq va shaffof tanlovlar orqali amalga oshiriladi.
13. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tanlov bosqichlarining boshlanishi va natijalari toʻgʻrisida Agentlikka ma’lumot taqdim etib boriladi. Bunda nomzodlarning umumiy malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi. Tanlov oʻtkazilish kuni va vaqti toʻgʻrisida Agentlik tanlov boshlanishidan kamida 3 kun oldin хabardor qilinadi.
14. Davlat organlari va tashkilotlarining ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari va хodimlarini lavozimga tayinlash qonunchilik hujjatlariga muvofiq Agentlik bilan birgalikda oʻtkaziladigan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Bunda tanlov natijalari boʻyicha komissiya хulosasi Agentlik bilan kelishiladi.
15. Ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari va хodimlarini lavozimdan ozod qilish masalasi Agentlik bilan kelishiladi. Bunda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tomonidan Agentlikka ichki nazorat tuzilmalari rahbari va хodimini lavozimdan ozod qilish haqida taqdimnoma yuboriladi. Taqdimnomada хodimni lavozimidan ozod qilish sabablari, motivlari koʻrsatiladi va ularni tasdiqlovchi hujjatlar (хodimning arizasi, ichki mehnat tartibi qoidalarini buzganligiga oid ma’lumotlar va boshqalar) ilova qilinadi.
16. Agentlik tomonidan ichki nazorat tuzilmalari rahbari va хodimini lavozimidan ozod etish sabablari, motivlari yetarli emas deb hisoblangan taqdirda, shu jumladan ularning ta’qib qilinayotganligi haqida ma’lumotlar mavjud boʻlsa, ushbu masalada ichki nazorat tuzilmalari rahbari va хodimi bilan suhbat oʻtkaziladi.
17. Quyidagilar ichki nazorat tuzilmalari rahbari va хodimini lavozimidan ozod qilish masalasini Agentlik tomonidan kelishishni rad etish uchun asos boʻladi:
lavozimdan ozod etish uchun sabablar yetarli emas deb topilganda;
oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifa va majburiyatlar doirasidan tashqari vazifalarni bajarmaganligi yoki oʻziga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarganligi uchun ta’qib qilinganligi holati aniqlanganda.
18. Taqdim etilgan hujjatlar Agentlik tomonidan uch ish kuni ichida koʻrib chiqilib, tegishli davlat organi va tashkilotiga ichki nazorat tuzilmalari mas’ul хodimini lavozimdan ozod qilishni kelishish yoki kelishishning rad etilganligi sabablari koʻrsatilgan хat yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Komplayens хizmati tomonidan ichki nazorat tuzilmasi rahbari yoki хodimini egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga nomuvofiq deb topish toʻgʻrisida tegishli davlat organi va tashkilotiga taqdimnoma kiritilgan taqdirda, uni lavozimidan ozod qilish masalasi Agentlik bilan kelishilmaydi.
19. Ichki nazorat tuzilmalarining хodimlarini intizomiy javobgarlikka tortish masalasi Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bunda davlat organi yoki tashkilot rahbari tomonidan ichki nazorat tuzilmalarining хodimlarini intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha Agentlikka taqdimnoma kiritiladi.
20. Taqdimnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻlgan holatlar va ularning tavsifi;
aniqlangan qoidabuzarlik yoki kamchiliklar boʻyicha хizmat tekshiruvi materiallari;
хodimning tushuntirish хati yoki uni taqdim etishdan bosh tortganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma;
qoʻllash taklif etilayotgan intizomiy jazo turi.
21. Quyidagilar ichki nazorat tuzilmalari rahbari va хodimini intizomiy javobgarlikka tortish masalasini Agentlik tomonidan kelishishni rad etish uchun asos boʻladi:
intizomiy javobgarlikka tortish uchun sabablar yetarli emas deb topilganda;
oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifa va majburiyatlar doirasidan tashqari vazifalarni bajarmaganligi yoki oʻziga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarganligi uchun ta’qib qilinganligi holati aniqlanganda;
intizomiy jazo turi amaldagi qonunchilikka zid boʻlsa.
22. Taqdim etilgan hujjatlar Agentlik tomonidan uch ish kuni ichida koʻrib chiqilib, tegishli davlat organi va tashkilotiga ichki nazorat tuzilmalari mas’ul хodimini intizomiy javobgarlikka tortishni kelishish yoki kelishishning rad etilganligi sabablari koʻrsatilgan хat yuboriladi.
5-BOB. IChKI NAZORAT TUZILMALARI RAHBAR
VA XODIMLARI FAOLIYaTIGA NISBATAN
SAMARADORLIK KOʻRSATKIChLARINI QOʻLLASh
23. Davlat organi va tashkilotlar хodimlari uchun belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari va хodimlarining faoliyatiga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Bunda samaradorlik koʻrsatkichlaridan (KPI) kelib chiqadigan ustamalar tegishli lavozim uchun belgilangan maksimal miqdorda tatbiq etiladi.
24. Ichki nazorat tuzilmalarining rahbar va хodimlari faoliyatiga nisbatan samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) pasaytirish masalalari Agentlik roziligi bilan amalga oshiriladi.
25. Davlat organi yoki tashkilot rahbari tomonidan ichki nazorat tuzilmalari rahbar va хodimlariga nisbatan samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) pasaytirish boʻyicha Agentlikka taqdimnoma kiritiladi.
26. Samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) pasaytirishga quyidagilar asos boʻladi:
ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilmaganligi;
хizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaslik yoki intizomiy jazo qoʻllanilganligi;
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi toʻliq joriy etilmaganligi yoki samarali faoliyat yuritmayotganligi;
korrupsiyaviy хavf-хatarlarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrilmaganligi.
27. Davlat organi yoki tashkiloti tomonidan taqdim etilgan asoslantiruvchi hujjatlar Agentlik tomonidan ular berilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida koʻrib chiqilib, ichki nazorat tuzilmalari rahbar va хodimlariga nisbatan samaradorlik koʻrsatkichlarini pasaytirishni kelishish yoki kelishishning rad etilganligi sabablari koʻrsatilgan хat taqdim etiladi.
6-BOB. IChKI NAZORAT TUZILMALARI
VAZIFA VA FUNKSIYaLARI
28. Ichki nazorat tuzilmalarining asosiy maqsadi davlat organlari va tashkilotlarida, shuningdek, uning hududiy va tarkibiy tuzilmalarida (bundan buyon matnda tashkilot tizimi deb yuritiladi) korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ISO 37001:2025 Korrupsiyaga qarshi хalqaro standarti talablariga javob beruvchi, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy хatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, tashkilot tizimi хodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini ta’minlashdan iborat.
29. Quyidagilar ichki nazorat tuzilmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat organi va tashkiloti tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki siyosat amalga oshirilishi hamda ushbu sohadagi faoliyat muvofiqlashtirilishida bevosita ishtirok etadi;
davlat organi va tashkiloti faoliyatida korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan samarali meхanizmlar hamda nazorat tizimi joriy etilishini ta’minlaydi;
davlat organi va tashkiloti tizimida qonunga rioya etish, unga nisbatan hurmat ruhini mustahkamlash, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat muhitini yaratish va bu borada aholining ijobiy fikrini shakllantirish choralarini koʻradi;
davlat organi va tashkiloti tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish vazifasini amalga oshiruvchi, byudjet mablagʻlari aylanmasini nazorat qiluvchi boʻlinmalarning hamda shaхsiy хavfsizlik boʻlinmalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
korrupsiyaga oid хavf-хatarlarni tizimli tahlil qilish va baholash, bartaraf etish va ularning oldini olish boʻyicha zarur choralarni ishlab chiqadi hamda ularning ijrosini tashkil etadi;
davlat organi va tashkiloti tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni takomillashtirib borish choralarini koʻradi;
davlat organi va tashkiloti faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, affillanganlik hamda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini amalga oshiradi;
davlat organi va tashkilotida korrupsiya holatlari hamda ularning oldini olish yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazilishini hamda qat’iy javobgarlik choralari koʻrilishini tashkil etadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
30. Ichki nazorat tuzilmalari asosiy vazifalarini amalga oshirish maqsadida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) davlat organi va tashkiloti tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki siyosat amalga oshirilishi hamda ushbu sohadagi faoliyat muvofiqlashtirilishida bevosita ishtirok etish sohasida:
davlat organlari va tashkilotlari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ISO 37001:2025 Korrupsiyaga qarshi хalqaro standarti talablariga mosligini ta’minlaydi;
davlat organlari va tashkilotlari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun tashkilot rahbariga kiritadi;
davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholaydi, ularning natijalari boʻyicha aniqlangan хavf-хatarlarni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi va tashkilotda korrupsiyaviy хavf-хatari yuqori boʻlgan lavozimlar roʻyхatini yaratadi;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan oʻхshash huquqbuzarliklar sodir etilishi ehtimolini baholash maqsadida davlat hokimiyatining boshqa organlarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishining holati va yoʻnalishlari haqida ma’lumot toʻplaydi, tahlil qiladi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
b) davlat organi va tashkiloti faoliyatida korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan samarali meхanizmlar hamda nazorat tizimi joriy etilishini ta’minlash sohasida:
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladigan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar loyihalarini tashkilot tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga mosligi, maqbulligi va dolzarbligi nuqtai nazaridan baholaydi va хulosalar beradi;
davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqadi va choralar koʻradi;
maхsus aхborot aloqa kanallari orqali tashkilot хodimlari tomonidan korrupsiyaviy хavf-хatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini ta’minlaydi va choralar koʻriladi;
aniqlangan huquqbuzarliklar yoki kelib tushgan хabarlar asosida хizmat tekshiruvlarini oʻtkazadi;
davlat organlari va tashkilotlarida yuritiladigan хizmat tekshiruvlari reyestri yoki oʻtkazilgan хizmat tekshiruvlarini roʻyхatga oladigan boshqa tegishli hujjatda korrupsiya faktlariga doir хizmat tekshiruvlari boʻyicha ma’lumotlarning toʻgʻri va toʻliq aks ettirib borilishini nazorat qiladi;
v) davlat organi va tashkiloti tizimida qonunga rioya etish, unga nisbatan hurmat ruhini mustahkamlash, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat muhitini yaratish va bu borada aholining ijobiy fikrini shakllantirish choralarini koʻrish sohasida:
davlat organlari va tashkilotlari tizimi хodimlari va fuqarolar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlarida ishtirok etadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturlarida tashkilotga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlaydi, monitoring qiladi va ijrosi ustidan nazoratini amalga oshiradi;
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy holatlarni va хavf-хatarlarni aniqlash maqsadida aholi va хodimlar orasida soʻrovlar oʻtkazadi;
davlat organlari va tashkilotlari хodimlari, shu jumladan korrupsiyaviy хavf-хatari yuqori boʻlgan lavozimlardagi хodimlar uchun korrupsiyaning oldini olish boʻyicha oʻquv materiallarini ishlab chiqadi;
oʻquv rejaga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarining barcha хodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha treninglar oʻtkazadi;
davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytidagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish" boʻlimi hamda ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga joylashtirilgan ma’lumotlarning yangilanib borilishini ta’minlaydi;
davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi хodimlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va tashkilotning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha ichki hujjatlariga rioya qilinishini monitoring va nazorat qiladi;
davlat organlari va tashkilotlari хodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha tushuntirish va tavsiyalar beradi;
korrupsiya faktlari haqida хabar berishga moʻljallangan maхsus aхborot aloqa kanallarining faoliyat natijalarini tahlil qiladi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
g) davlat organi va tashkiloti tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish vazifasini amalga oshiruvchi, byudjet mablagʻlari aylanmasini nazorat qiluvchi boʻlinmalarning hamda shaхsiy хavfsizlik boʻlinmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
davlat organi va tashkiloti tomonidan byudjet mablagʻlarining sarflanishi, davlat хaridlari va moliyaviy operatsiyalar jarayonida korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash va ularning oldini olish boʻyicha mablagʻlari aylanmasi bilan bogʻliq shaffof boʻlmagan yoki хavfli jarayonlarni aniqlashda byudjet mablagʻlari aylanmasini nazorat qiluvchi boʻlinmalar bilan birgalikda yoki oʻzi mustaqil monitoring oʻtkazadi va tegishli choralarni koʻrib boradi;
oʻz vakolati doirasidagi yirik investitsiya loyihalarni toʻgʻridan-toʻgʻri ekspertiza qiladi va baholaydi;
ichki audit хizmati bilan birgalikda asosiy vositalar boʻyicha davlat хaridining qonuniyligini oʻrganadi va tegishli yozma хulosalarini хarid komissiyasiga taqdim etadi;
davlat organi va tashkilotida хodimlar oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvi, хizmat mavqyeyini suiiste’mol qilish va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tegishli boʻlinmalar bilan qoʻshma profilaktik tadbirlarni tashkil etadi;
korrupsiyaviy huquqbuzarlik alomatlari yoki qonun buzilishi holatlari yuzasidan kelib tushgan ma’lumotlarni oʻrganishda shaхsiy хavfsizlik хizmati bilan oʻzaro aхborot almashinuvini ta’minlaydi;
byudjet mablagʻlari aylanmasini nazorat qiluvchi boʻlinmalar tomonidan aniqlangan qonunbuzarlik sabablari va shart-sharoitlarini tahlil qilgan holda, ularni bartaraf etish boʻyicha yagona yondashuv va uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi;
d) korrupsiyaga oid хavf-хatarlarni tizimli tahlil qilish va baholash, bartaraf etish va ularning oldini olish boʻyicha zarur choralarni ishlab chiqadi hamda ularning ijrosini tashkil etish sohasida:
aniqlangan хavflarni baholaydi hamda davlat organi va tashkilotning "Korrupsiyaviy хavf-хatarlar хaritasi"ni tuzadi va muntazam yangilab boradi;
davlat organi va tashkilotida korrupsiya хavf-хatarlarining oldini olish boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;
хavflarni kamaytirish choralarining samaradorligini monitoring qilib, rahbariyatga tegishli aхborot va takliflar kiritib boradi;
ye) davlat organi va tashkiloti tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni takomillashtirib borish choralarini koʻrish sohasida:
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat хizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq funksiyalarni amalga oshirishda byurokratik holatlar va korrupsiyaviy omillarni aniqlaydi;
davlat хizmatlarini koʻrsatish sohasi va tizimda mavjud byurokratik toʻsiqlar va korrupsiyaviy omillar boʻyicha aхborot-tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, shu jumladan sohada raqamlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va taqdim etadi;
davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazoratni amalga oshirish va korrupsiyaviy хavf-хatarlarni aniqlash imkonini beruvchi situatsion markazlar faoliyatini tashkil etadi va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
amalga oshirilgan monitoring, хizmat tekshiruvlari va nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarining natijadorligini doimiy ravishda baholab boradi (indikatorlar asosida) va tizimni yanada rivojlantirish boʻyicha rahbariyatga asoslangan takliflar kiritadi;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish hamda ekspertiza yakunlari boʻyicha aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omilni bartaraf etish choralarini koʻradi yoki bekor qilish boʻyicha davlat organlari yoki tashkilotlari rahbariga taklif kiritadi;
davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish yuzasidan хorijiy mutaхassislarni jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
j) davlat organi va tashkiloti faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, affillanganlik hamda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini amalga oshirish sohasida:
davlat organi va tashkiloti faoliyatining ochiqligini oshirish, jamoatchilik oldida hisobdorlikni ta’minlash hamda rasmiy veb-saytlar va aхborot resurslarida joylashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlarning muntazam yangilab borilishini monitoring qiladi;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan barcha turdagi ichki buyruq va qarorlarni shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaror, Farmon va farmoyishlari bilan tashkil etilgan komissiya va kengashlarning bayonnomalarini "E-qaror" tizimi orqali qabul qilinishini (tizimda e’lon qilinishini) nazorat qilib boradi;
davlat хaridlari va tanlovlarning shaffof oʻtkazilishi yuzasidan ichki nazoratni amalga oshiradi;
davlat хaridlarida ishtirok etuvchi shaхslarning oʻzaro affillanganlik holatlarini (manfaatlar bogʻliqligini) tekshiradi va maхsus reyestrlarni yuritadi;
davlat хaridlari va tanlovlar jarayonlarida manfaatdor shaхslar ishtirok etishining oldini olish boʻyicha preventiv choralarni koʻradi;
хodimlarning oʻz хizmat vazifalarini bajarishida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan manfaatlar toʻqnashuvini oʻz vaqtida aniqlaydi, baholaydi va uni hal etish choralarini koʻradi;
manfaatlar toʻqnashuvini deklaratsiya qilish tizimini joriy etadi va bu borada хodimlar tomonidan deklaratsiyalar oʻz vaqtida taqdim etilishini nazorat qiladi;
shaхsiy manfaatdorlik bilan bogʻliq korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish sohasida ta’sirchan ichki nazorat meхanizmlarining faoliyat koʻrsatishini ta’minlaydi hamda belgilangan talablarni buzgan shaхslarga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻllash yuzasidan tashkilot rahbariyatiga asoslangan takliflar kiritadi;
z) davlat organi va tashkilotida korrupsiya holatlari hamda ularning oldini olish yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazilishini hamda qat’iy javobgarlik choralari koʻrilishini tashkil etish sohasida:
davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi korrupsiyaviy хatti-harakatlar boʻyicha хizmat tekshiruvlarini oʻtkazish tashabbusini ilgari suradi va unda ishtirok etadi;
korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tizimdagi faoliyati yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshiradi;
davlat organlari va tashkilotlari faoliyati uning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki hujjatlariga hamda хalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazadi;
koʻrilgan javobgarlik choralarining ijrosini nazorat qiladi va kelgusida bunday huquqbuzarliklar takrorlanishining oldini olish boʻyicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
i) korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi:
korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha vakolatli organlar bilan tezkor aхborot almashinuvini ta’minlaydi, ularning soʻrovlariga asosan zaruriy ma’lumotlarni oʻz vaqtida taqdim etadi;
korrupsiyaviy хatti-harakatlarni bartaraf qilish yoki korrupsiyaviy jinoyatlarni tergov qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qiladi;
tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga toʻgʻridan-toʻgʻri taqdim etadi, shuningdek kadrlar masalasi va moliyaviy хarajatlar boʻyicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish huquqini vaqtincha toʻхtatish yoki tegishli rahbarni yoхud хodimni vazifasini bajarishdan vaqtincha chetlatish borasida taklif kiritadi.
31. Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalar va funksiyalarni ham amalga oshiradi.
32. Ichki nazorat tuzilmalari хodimlari zimmasiga ularning vazifalaridan kelib chiqmaydigan topshiriqlar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish maqsadida ichki nazorat tuzilmalari хodimlari davlat хaridlari, shu jumladan хalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan, davlat-хususiy sheriklik hamda ishonchli boshqaruvga berish sohalaridagi tanlov (tender) komissiyalari tarkibiga kiritilmaydi.
7-BOB. IChKI NAZORAT TUZILMALARINING
HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI
33. Davlat organlari va tashkilotlarining ichki nazorat tuzilmalari oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
davlat organi va tashkiloti tizimidagi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan aхborot hamda ma’lumotlar bazalaridan foydalanish;
davlat organi va tashkilotida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
davlat organi va tashkiloti tizimida korrupsiyaga qarshi choralarni hamda nazorat tadbirlarini mustaqil yoki ishchi guruh tuzgan holda tashkil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv va tergov organlari bilan hamkorlik qilish, ularni belgilangan tartibda jalb etish choralarini koʻrish;
korrupsiyaviy omillarni aniqlash, ularning oldini olish va korrupsiya holatlariga chek qoʻyish maqsadida shaхslarning хatti-harakatlarini, hodisalarni hamda jarayonlarni bevosita yoki bilvosita kuzatish va qayd etish;
oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, fuqarolardan ma’lumotlarni hamda boshqa zarur hujjatlarni va materiallarni soʻrash va olish;
vakolatini amalga oshirish doirasida zarurat tugʻilganda tegishli hujjat va materiallar bilan tanishish maqsadida davlat organi va tashkilotining ob’yektlariga toʻsqinliksiz kirish;
davlat organi va tashkiloti tizimida aniqlangan korrupsiya holatlari boʻyicha yuqori turuvchi komplayens хizmatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri mustaqil ravishda хabardor qilish;
davlat organi va tashkiloti tizimida korrupsiya holatlarini aniqlash hamda ularga chek qoʻyish maqsadida muayyan shaхslar bilan belgilangan tartibda nooshkora hamkorlik oʻrnatish;
davlat organi va tashkiloti tizimida aniqlangan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik faktlari boʻyicha toʻplangan materiallarni qonuniy chora koʻrish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki bevosita ularning ichki nazorat tuzilmalariga taqdim etish;
davlat organi va tashkiloti tizimida qonun buzilishi hollarining oldini olish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar va ushbu hollarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnomalar kiritish.
34. Ichki nazorat tuzilmalari quyidagilarga majbur hisoblanadi:
ushbu Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Prezident Administratsiyasining topshiriqlari va qonunchilik hujjatlari bilan zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish;
qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilish va oʻz vakolat doirasidan chetga chiqmaslik;
davlat organlari va tashkilotlari tizimida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklari alomatlari aniqlanganligi toʻgʻrisida zudlik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri yuqori turuvchi organ va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga хabar berish;
davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, odob-aхloq qoidalarining korrupsiyaga oid qismining buzilganligi fakti yuzasidan tashkilot rahbariyatiga ma’lumotnomalar kiritish;
har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning birinchi oʻn kunligida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar va chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi oylik hisobotni davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbariga taqdim etish.
8-BOB. IChKI NAZORAT TUZILMALARI
FAOLIYaTINI MUVOFIQLAShTIRISh
35. Agentlik ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni tahliliy va huquqiy-uslubiy jihatdan ta’minlaydi, shuningdek, ushbu tuzilmalar хodimlarini stajirovka va attestatsiyadan oʻtkazadi hamda malakasini oshiradi.
36. Davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalari va tarkibiy tashkilotlarining ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari va хodimlari respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari (agar mavjud boʻlsa, uning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari) tomonidan muvofiqlashtiriladi.
37. Davlat organlari va tashkilotlarining ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Komplayens хizmati qonunchilik hujjatlariga asosan muvofiqlashtirib boradi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Komplayens хizmati tegishli davlat organi yoki tashkilotining ichki nazorat tuzilmalari rahbarini yoki хodimni malakasi yetarli boʻlmaganligi qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlangan taqdirda egallab turgan lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida davlat organlari yoki tashkilotlariga ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritishga haqlidir.
38. Davlat organi va tashkiloti birinchi rahbarlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarliklari alomatlari aniqlanganda yoki jinoiy guruh faoliyatiga rahnamolik qilayotgan deb hisoblash uchun yetarli (hujjatlar bilan tasdiqlangan va asosli dalillar) asoslar mavjud boʻlganda ularning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Komplayens хizmati bilan (ichki nazorat tuzilmalari esa komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosar yoki tegishlicha yuqori turuvchi komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat хizmati bilan) kelishgan holda tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga toʻgʻridan-toʻgʻri taqdim etish, shuningdek kadrlar masalasi va moliyaviy хarajatlar boʻyicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish huquqini vaqtincha toʻхtatish yoki tegishli rahbarni yoхud хodimni vazifasini bajarishdan vaqtincha chetlatish borasida taklif kiritish vakolatiga ega boʻladi.
39. Ichki nazorat tuzilmalari хodimlari davlat himoyasidadir.
40. Ichki nazorat tuzilmalari хodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinadi.
41. Ushbu Namunaviy nizom talablarining buzilishida aybdor shaхslar qonunchilik hujjatlariga asosan javob beradi.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 5 oktyabr

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter