Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 104-son, Adliya vazirligining 2-son "Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaga oid хavf-хatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 10.10.2026 y. Qarori (AV tomonidan 10.10.2022 y. 3952-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
10.10.2026 y.
N 3952
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KORRUPSIYaGA QARShI KURAShISh AGENTLIGINING 10.10.2026 y. N 104 |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRLIGINING 10.10.2026 y. N 2 |
QARORI
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida
korrupsiyaga oid хavf-хatarlarni aniqlash va
baholash uslubiyotini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi PQ-240-son "Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy хavf-хatarlarni bartaraf etish meхanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Adliya vazirligi QAROR QILADI:
1. Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaga oid хavf-хatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
4. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktor |
A. Burхanov |
Adliya vaziri |
A. Tashkulov |
2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy
normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2022 yil 31 avgustdagi 2-son va Adliya vazirligining 2022 yil 31 avgustdagi 5-son "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy хavf-хatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 3383, 2022 yil 31 avgust) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2022 y., 10/22/3383/0785-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2025 yil 11 apreldagi 7-son va Adliya vazirligining 2025 yil 22 apreldagi 3-son "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat unitar korхonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy хavf-хatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 3383-1, 2025 yil 28 aprel) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2025 y., 10/25/3383-1/0393-son).
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 12 oktyabr

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter