Yangiliklar
26.04.21
2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar Oʻzbekiston hududiga oʻsimlik yogʻi, kungaboqar va zigʻir urugʻi, soyani olib kirish, shuningdek oʻsimlik yogʻini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish boʻyicha mablagʻlar aylanmasi QQSdan ozod qilinmoqda.
26.04.21
2021 yil 21 aprel kuni Prezident tomonidan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan PQ-5087-son qaror imzolandi. Uning qabul qilinishi bilan nima oʻzgarishi haqida buxgalter.uz sharhida oʻqing:
26.04.21
20 aprel kuni Prezident tomonidan “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Ish beruvchiga 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qaytarishdan tashqari, hujjat boshqa preferensiyalarni ham oʻz ichiga oladi:
23.04.21
2021 yil 27 mayda «Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri kuchga kiradi. Unda har yili majburiy auditdan oʻtadigan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar roʻyxati yangilandi, uni oʻtkazish va soliq organlariga auditorlik xulosasini taqdim etish muddatlari oʻzgartirildi. Shu munosabat bilan Moliya vazirligidagi manba buxgalter.uz iltimosiga binoan 2020 yil yakunlariga koʻra kimlar qanday muddatlarda majburiy auditdan oʻtishi kerakligi haqida tushuntirish berdi.
23.04.21
Jismoniy va yuridik shaxslardan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishning murakkab, potensial nizoli tartib-taomilini tartibga soladigan Qonun loyihasi e’lon qilindi. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi.
21.04.21
Joriy yilning may oyidan boshlab 2023 yil 1 yanvargacha barcha soliq toʻlovchilar-yuridik shaxslarga 25 yoshdan oshmagan shaxslarning mehnat haqi toʻlashga doir xarajatlari uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi qaytariladi, ya’ni Davlat byudjeti tomonidan qoplanadi, deb xabar berdi Moliya vazirligi axborot xizmati.
21.04.21
Soliq toʻlovchilar hozirga qadar koʻpincha mablagʻlarni soliqlarni boʻnak bilan toʻlash hisobiga oʻtkazish iltimosiga duch kelishadi. Va koʻpchilik soliq organi bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolish istagida oʻz zararlariga ham bunga rozi boʻlishadi.
21.04.21
Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari toʻgʻrisidagi yangi 3294-sonli Nizom 3 apreldan kuchga kirdi. Buxgalter.uz ularning qabul qilinishi bilan nima oʻzgarishini aniqlashtirdi:
21.04.21
«Ipak Yuli» banki Dibank xizmati bilan integratsiya loyihasini amalga oshirdi, bu bank mijozlariga toʻlovlar bilan ishlashni ikki barobar kamaytirish imkonini beradi. Endi Dibank xizmati yordamida 1S yoki Didox da yaratilgan chiquvchi toʻlov hujjatlari toʻgʻridan-toʻgʻri bankka boradi. Kirim toʻlovlar va hisobvaraqlarni hisobdan chiqarish esa buxgalteriya tizimida avtomatik ravishda «joylashtirilishi» mumkin.
19.04.21
Toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasini kamaytirish huquqini suiiste’mol qilgan korxonalar roʻyxati 574 ta sub’yektni oʻz ichiga oladi. DSQ bunday korxonalarning kameral tekshiruvdan oʻtgan va xatosini tan olgan 586 ta kontragentlariga soliq qarzini 2021 yil yakuniga qadar teng ulushlarda toʻlash imkonini beradi.
19.04.21
Moliya vazirligi va «Norma» PRMning birgalikdagi ta’lim loyihasi - «MHXS asoslari» boʻyicha dastlabki bitiruvchilarga sertifikatlar berildi. Buxgalter.uz dasturning birinchi modulidan muvaffaqiyatli oʻtib, imtihonlarni topshirgan va sertifikat olgan bitiruvchilar bilan suhbatlashdi. Oʻqish jarayoni qanday oʻtdi? Imtihonda qanday savollar berildi? Qaysilari murakkab boʻldi? Bitiruvchilar oʻqituvchilarni va erishgan natijalarini qanday baholadilar?
Alisher MAMATOV, «Nazorat audit» MChJ auditori, iqtisod fanlari nomzodi. 1993 yildan buyon mutaxassisligi boʻyicha ishlaydi:
16.04.21
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (14.04.2021 yildagi 216-son VMQ). Hujjat quyidagilarni belgilaydi: 1) qarzdorliklarni aniqlash va ularni asoslantiruvchi hujjatlar; 2) eksport va import shartnomalari boʻyicha muddati oʻtgan umidsiz debitor va kreditor qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi; 3) TSOYaEATdan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish boʻyicha hisobdorlik mexanizmi.
16.04.21
Hamkasblarni tabriklaymiz! Uchta yangi tashkilot ASSA akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlari roʻyxatini toʻldirdi: British Management University in Tashkent, Management Development Institute of Singapore in Tashkent, «The Graduate School of Business and Entrepreneurship» NTM, deb xabar berdi Moliya vazirligining axborot xizmati.
15.04.21
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududlar kesimida 2021 yil uchun davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini e’lon qildi. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi.
14.04.21
Sehrli tayoqcha, u bilan buxgalterning ishi ikki marta kamayadi! Qanday qilib? Hozir tushuntiramiz:
14.04.21
Loyihani ishlab chiqish «Estat 4.0» ATning yangilangan versiyasini sinov rejimida ishga tushirilishi bilan bogʻliq. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:
13.04.21
Bugungi kunda Oʻzbekistonda buxgalteriya yuritish uchun eng ommabop dastur (DT) «1C: Buxgalteriya» ekanligi sir emas. Biroq, koʻplab buxgalterlar hali ham ushbu dasturiy ta’minotning 7.7 versiyasidan yaxshiroq versiyasi yoʻq degan fikrda. Nima uchun 7.7 dan 8.3 qulayroq? 8.3 dolzarb versiyasining foydali xususiyati nimada?
«Balance Calculate» XK autsorsing kompaniyasi rahbari, «Profi-Training» biznes maktabining sertifikatlangan murabbiyi Venera MALIKOVA «1S: Buxgalteriya 8.3» haqida mulohaza yuritadi:
09.04.21
Adliya vazirligi tomonidan yangi Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3294, 3.04.2021 y.).
06.04.21
2020 yil dekabrda «Venkon» kompaniyasi Dibank servisini ishga tushirdi, uning yordamida 1S yoki Didox da yaratilgan chiquvchi toʻlov hujjatlari darhol bankka kelib tushadi. Va aksincha, kiruvchi toʻlovlar va hisobvaraqlardan hisobdan chiqarishlar avtomatik tarzda hisob tizimida tarqatilishi mumkin. Endi, Kapital bank mijozlari bilan bir qatorda bunday qulaylikdan Xalq banki mijozlari ham foydalanishlari mumkin. Bu qanday ishlashini eslatib oʻtamiz:
02.04.21
QHTBTda "Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida"gi Qonunning yangi tahriri loyihasini muhokama qilish boshlandi. Hujjat ERI toʻgʻrisidagi odatiy tasavvurni oʻzgartiradigan yangi tushunchalarni oʻz ichiga olgan. Ulardan ayrimlarini buxgalter.uz iltimosiga binoan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutaxassislari tushuntirishdi: