Yangiliklar

Bojxona huquqbuzarliklari uchun moliyaviy sanksiyalar Kodeksda belgilanadi

27.08.19
QHTBT portalida Bojxona kodeksining yangi tahriri loyihasi e’lon qilindi. Muhokama 1 sentyabrga qadar davom etadi.

Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo DSI oʻz ishini boshladi

27.08.19
Davlat soliq qoʻmitasida Prezidentning 26.06.2018 yildagi "Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-3802-son qarori bilan tashkil etilgan Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining rasmiy ochilish marosimi oʻtkazildi.

Bojxona kodeksining yangi tahriri: barcha normalar bitta hujjatda

26.08.19
Yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi loyihasiga bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirishga, investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan NHH qoidalari kiritilgan.

Biznesni yopish qanchalik osonlashadi

26.08.19
1.01.2020 yildan tadbirkorlik sub’yektlarini ixtiyoriy tugatish va faoliyatini toʻxtatish, shuningdek moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotganlarni davlat reyestridan chiqarishning yangi tartibi kuchga kiradi

Soliq kodeksida yangi imtiyozlar belgilanadi

26.08.19
Prezidentning 23.08.2019 yildagi «Nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi.

Yangi Kodeksda nimalar bayon etilgan?

23.08.19
Oʻzbekiston Bojxona kodeksining yangi tahriri loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan, muhokama joriy yilning 1 sentyabriga qadar davom etadi.

Kitob sovgʻa qilamiz

22.08.19
knigi.uz internet-doʻkoni navbatdagi bayram aksiyasini e’lon qildi. Ikkita va undan ortiq kitobni yagona toʻlov kiritib olgan har bir xaridorga uchinchi kitob sovgʻa qilinadi.

Mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish avtomatlashtiriladi

20.08.19
1 oktyabrdan “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo apparat-dasturiy kompleksini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Foydalanilmayotgan mulk uchun jiddiy kirishadilar

19.08.19
Foydalanilmayotgan ob’yektlar mulkdorlariga nisbatan yangi choralar Vazirlar Mahkamasining 13.08.2019 yildagi 666-son qarori bilan tasdiqlandi. Hujjat 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga biznesni boshlashda yordam beradilar

19.08.19
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlaydi

Elektron hisobot topshirishda muammo bormi

19.08.19
Hozir buxgalterlarda iyul oyi uchun hisobot topshirishning qizgʻin pallasi. Ularning ba’zilari bilan oʻtkazilgan mini-soʻrov soliq hisobotini toʻldirish va topshirish umuman me’yorda oʻtayotganligini koʻrsatdi.

ERI uchun toʻlov rekvizitlari oʻzgardi

16.08.19
my.soliq soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetida bu haqda xabar beradi.

Rezidentlik sertifikatini qayerdan va qanday olish mumkin

16.08.19
Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim qoidalarini qoʻllash maqsadida, yuridik yoki jismoniy shaxsning rezidentligi davlatidagi doimiy joylashuvi dalilini rasmiy tasdiqlash uchun tegishli davlatning vakolatli organlari tomonidan rezidentlik sertifikati beriladi.

25 avgustgacha uchta hisobot topshirish va soliqlarni toʻlash lozim

16.08.19
Joriy yilning avgust oyidagi soliq kalendarining yaqinlashib kelayotgan «qizil» sanalari haqida hurmatli buxgalterlarimizga eslatib oʻtamiz.

Biznes va shaharsozlik uchun yer – faqat onlayn-auksion orqali

15.08.19
1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh yer uchastkalarini berishning yangi tartibi joriy etiladi.

Biznes va mahalliy hokimiyatlarning oʻzaro hamkorligi tartibga solindi

15.08.19
Tadbirkorlarni sohaga oid boʻlmagan ishlarga, shu jumladan, ekish va yigʻib olish ishlariga jalb qilish, homiylik va xayriya yordami koʻrsatish ishlariga majburlash, ular bilan majburiy ravishda yigʻilishlar oʻtkazish mumkin emas.

Yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlar imzolandi

15.08.19
2019 yil 13 avgustdagi «Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida»gi Qonun va Prezidentning Farmoni e’lon qilindi.

Eksport qilishda tashish xarajatlariga kompensatsiya qanday olinadi

14.08.19
Mahsulotni eksport qilishda tashish xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

14.08.19
U Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida faoliyat koʻrsatadi, uning hududiy boʻlinmalarida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻlimlari tashkil etiladi.

Hammasi kadrlar ishini yuritish haqida

14.08.19
«Norma» PRM «Kadrlar ishini yuritish» kursiga taklif etadi. Mashgʻulotlar 19 dan 23 avgustgacha oʻtkaziladi.